O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
2.Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari 
Turizmning  muhim  unsuri  (elementi)  –  mehmonxona  industriyasining  iqtisodiy 
boshqaruv  sohasiga  boshqaradigan  ta‘sir  o‗tkazishning  mohiyati  mehmonxona 
faoliyatining  xarajatlarini  eng  kam  miqdorga  keltirishdan  iborat.  Oldin  kelishib 
olganimizdek,  xarajatlarni  aniqlash  turizmda  iste‘molni  aniqlash  bilan  uzviy  bog‗liq. 


 

120 
Shuning uchun, turizmda iste‘mol turistlarning talablarini qondirish uchun zarur tovarlar 
va xizmatlar qiymati sifatida aniqlanadi.  
Demak,  mehmonxona  xarajatlari  turistning  safarga  tayyorgarligi,  safari  va 
mo‗ljallangan joyda bo‗lishi vaqtidagi iste‘mol xarajatlarining umumiy miqdori sifatida 
aniqlanadi.  
Ta‘til  paytida  qilinadigan  sayohatda  xarajatlar  miqdorini  aniq  belgilash  uchun 
quyidagilarni aniqlaymiz: 
Sayohat oralig‗i. Bu, odam ma‘lum vaqt ichida o‗rtacha necha marta safar qilishini 
ko‗rsatadi.  
Sayohat  intensivligi.  bu  ko‗rsatkichni  aniqlash  chog‗ida  alohida  odam  emas,  balki 
mintaqaning  barcha  aholisi  e‘tiborga  olinadi.  Sayohatlar  intensivligi  halq  xo‗jaligida 
band  bo‗lgan  odamlarning  qanday  qismi  yil  davomida  sayohatga  chiqqanini  ko‗rsatadi. 
Bu sayoxat qiluvchilarning mintaqa aholisi soniga foizda ifodalangan nisbatidir: 
Safarlarning  o‗rtacha  davomiyligi.  Bu  tunab  chiqishning  umumiy  miqdorini  safar 
soniga taqsimlash yo‗li bilan hisoblanadi. 
Mehmonxona xarajatlarining xilma-xil turlarini uch guruhga ajratish mumkin: 
- safarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur dastlabki xarajatlar
- sayohat chog‗ida va sayohat joylariga borganda bo‗ladigan xarajatlar; 
-  sayohatchilar  jo‗nab  ketgan  mamlakatda  ular  xorijiy  mamlakatdan  qaytgandan 
so‗ng  bo‗ladigan  xarajatlar  (masalan,  fotoplyonkalarni  yoritish,  sayohat  chog‗ida 
shikastlangan avtomobillarni ta‘mirlash xarajatlari va boshqalar). 
Ko‗rinib  turibdiki,  turist  xarajatlari  juda  ko‗p  tovarlar  va  xizmatlardan,  uzoq 
muddat  foydalaniladigan  tovarlardan  tortib,  qarindoshlar  va  yaqinlariga  sovg‗a  sotib 
olish xarajatlaridan iborat bo‗ladi. 
Turistik  sayohat  uchun  xarajatlar  miqdorini  belgilash  uchun  biz  quyidagilarni 
aniqlaymiz: 
-safarlar  tezligi. Bu  ko‗rsatkich  kishi  ma‘lum  vaqt  davomida  o‗rtacha  necha marta 
safarga chiqishini ko‗rsatadi: 
               SS 
  ST= ---------,              bunda            ST - safarlar tezligi
               V                                        SS - safarlar soni; V - vaqt. 
-safarlar  jadalligi.  Bu  ko‗rsatkich  aholining  qaysi  qismi  yil  davomida  turistik 
xizmatdan foydalanganligini ko‗rsatadi. 
                TS 
  SJ = ------------ ,         bunda           SJ - safarlar jadalligi; 
                AS                                 TS - turistlar soni; 
                                                   AC - aholi soni. 
Turistik  xarajatlarning  barcha  bo‗limlarini  iqtisodiy  tahlil  qilish  turizm 
samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni iqtisodiy 
boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bo‗limi mavjud: 
  -kompleks safarlar; 
  -turistlarni joylashtirish; 
  -oziq-ovqat va ichimliklar
  -transport; 


 

121 
  -dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari
  -do‗konlarga borish; 
  -boshqa xarajatlar. 
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda birlashgan ko‗rsatkich qo‗llaniladi. 
                        GxL 
                K = ------- 
                         FxE 
bunda:    K - boshqaruv samaradorligi koeffitsienti; 
       G - har bir boshqaruv xodimiga to‗g‗ri  keluvchi boshqaruv  xarajatlari. 
       L - xizmatchilarning umumiy sonida boshqaruv xodimlari ulushi. 
       F – mablag‗ (fond) bilan ta‘minlanganlik; 
       E – mablag‗lar (fondlar)ning foydali ish koeffitsienti. 
Turizm  bozoridagi  kuchli  raqobat  firmalarning  ichki  samaradorligini  oshirish 
usullarini  izlanishga  majbur  qiladi.  Turistik  xizmatchilarning  mehnat      bozoridagi 
raqobatbardoshligi xizmatchilarni samarali boshqarish orqali ta‘minlanadi.  
    BX 
           K =------- * 100%, 
   X 
bunda:  
KQ - kadrlarning qo‗nimsizlik koeffitsienti. 
BX - ishdan bo‗shagan xizmatchilar soni. 
X - xizmatchilarning o‗rtacha ro‗yhat soni. 
Firmaning  mehnat  bozoridagi  mavqeini  baholovchi  ko‗rsatkichlar  sifatida 
quyidagilardan foydalanish mumkin: 
- xizmatchilarning o‗z korxonalaridan mamnunlik darajasi; 
-har  bir  xizmatchi  boshiga  to‗g‗ri    keladigan  kadrlar  bo‗yida  tadbirlar  uchun 
o‗rtacha xarajatlar; 
-kadrlar bilan ta‘minlanganlik darajasi; 
-mehnat jadalligi (samaradorligi). 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat