O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Strategik boshqaruvning vujudga kelishi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
 
2.Strategik boshqaruvning vujudga kelishi 
Barcha  darajalarda  (milliy,  mintaqaviy,  mahalliy)  turizmni  rejalashtirish  uning 
muvaffaqiyatli  rivojlanishi  va  bu  jarayonni  boshqarishni  ta‘minlashning  zarur  sharti 
hisoblanadi.  Dunyodagi  ko‗plab  turistik  mintaqalar  va  firmalar  tajribasi  shuni 
ko‗rsatadiki,  rejali  yondashuv  ko‗pincha  turistik  bozorlarda  talabni  qondirishda  katta 
muammo tug‗dirmay, kafolatli daromad olishga olib keladi.  
O‗zbekiston  va  MDHning  boshqa  mamlakatlari  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tayotganda 
rejalashtirish  yarim  unutilgan  holda  qolib  ketdi.  Ko‗pincha  tadbirkorlar,  ayniqsa, 
boshlovchi  tadbirkorlar  rejalashtirishning  roliga  etarlicha  baho  bera  olmadilar.  Bunda 
ular o‗z intuitsiyasi va tajribasiga, ishbilarmon doiralardagi norasmiy aloqalariga, qulay 
bo‗lib tuyulgan bozor istiqbollariga va boshqa holatlarga umid qildilar. Shu bilan birga, 
ularning  ko‗pchiligi  haqiqatan  ham  tushkunlikka  tushib  qoldilar,  chunki  bozordagi 
haqiqiy holat ilgari tasavvur qilinganiga qaraganda boshqacha bo‗lib chiqdi.  
Xorijiy  firmalar  va  mamlakatimizdagi  korxonalarning  tajribasi  shuni  ko‗rsatadiki, 
bozor sharoitlarida tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishga yetarlicha baho bermaslik, uni 
mensimaslik, inkor qilish yoki bilar-bilmas amalga oshirish ko‗pincha katta, hech narsa 
bilan  oqlab  bo‗lmaydigan  iqtisodiy  yo‗qotishlarga,  va  pirovardida  bankrotlikka  olib 
keladi.  
Bozor  sharoitlarida  raqobat  kurashida  rejalashtirishining  ustunliklaridan  foydalana 
bilish  juda  muhim.  Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‗ullanish  va  foyda  olishni 
xohlaydigan har bir subyekt yaxshi o‗ylangan va har tomonlama asoslangan reja – biznes 
olib  borish  strategiyasi  va  taktikasini,  maqsadni,  ishlab  chiqarish  texnikasi, 
texnologiyasi,  uni  tashkil  qilish  va  mahsulot  sotishni  tanlashni  belgilab  beradigan 
hujatga  ega  bo‗lishi  kerak.  Sinchiqlab  ishlab  chiqilgan  reja  tadbirkorlikni  faoli 
rivojlantirishga,  investorlar,  sheriklar  va  kredit  resurslarini  jalb  qilishga  imkon  beradi. 
Shuningdek u quyidagilarga imkoniyat tug‗diradi: 
Raqobat ustunliklaridan maksimal foydalanish.  
- ehtimol tutilgan xatolarni bartaraf qilish; 
-yangi tendentsiyalarni kuzatib borish va ulardan o‗z faoliyatida foydalanish; 
-salbiy omillarning turistik korxona faoliyat ko‗rsatishiga ta‘sirini kamaytirish; 
-ehtimol tutilgan tavakkallarga qarshi o‗z vaqtida choralar ko‗rish; 
-ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining natijalarini baholash.     
Hamma  davlatlarda  majburiy  rejalashtirish  sohalari  mavjud  bo‗lib,  ular 
quyidagilarni  shakllantiradi:  iqtisodiy  rivojlantirishning  strategik  yo‗nalishlari,  yirik 
ijtimoiy  va  ilmiy-texnik  dasturlar,  mamlakat  byujeti,  mudofaaga  qilinadigan  sarf-
xarajatlar va sh.k. 
Ayrimlar rejaga binoan ishlash tadbirkorlikning rivojlanishiga imkon bermaydi, deb 
hisoblaydi.  Kichiq  va  endi  ish  boshlagan  firmalarda  rahbarlar  shu  qadar  bandki,  ularda 
rasmiy  rejalar  tuzishga  vaqt  qolmaydi.  Ular  rejalashtirish  faqat  katta  korporatsiyalarda 
o‗rinli  deb  hisoblaydi.  Xatto  obro‗li  mehmonxonalarda  ham  rahbarlar  odatda  rasmiy 
rejalarsiz  ish  ko‗radi.  Mehmonxona  xizmatlarining  boshliqlari  odatda  yozma  reja 


 

38 
tuzishga  erinadi,  chunki  bu  tahlil  uchun  ancha  ko‗p  kuch  va  vaqt  talab  etadi.  Bundan 
tashqari, ular yana bir dalilni keltiradi – bozor juda tez o‗zgaradi, shu bois rejalar hech 
qanday foyda bermaydi.  
Amalda  rejalashtirish  har  qanday  korxonaning  har  qanday  faoliyatini  boshqarish 
uchun  zarur.  Marketing  rejasi  bir  necha  ish  rejalaridan  biri  bo‗lib,  firma  yoki 
mehmonxonani umumiy strategik rejalashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.  
Odatda  mehmonxonalar  va  korxonalar  strategik,  uzoq  muddatli  va  yillik  rejalar 
tuzadi.  
Strategik  reja  korxonaning  ishdagi  faolligi  yo‗nalishini  va  ayni  davrdagi  va  yaqin 
kelajakka mo‗ljallangan siyosatini belgilaydi. U korxonaning hozirgi davri va kelajagiga 
nazar  tashlash  imkonini  beradi  va  muttasil  o‗zgaruvchi  muhitda  korxona  manfaatlarida 
imkoniyatlardan keng foydalanishga ko‗maklashadi. Bu mehmonxonaning maqsadlari va 
imkoniyatlari  bilan  bozorning  o‗zgarayotgan  imkoniyatlari  o‗rtasida  strategik 
muvofiqlikni o‗rnatish va saqlash jarayonidir.  
Uzoq  muddatli  rejada  korxonaga  yaqin  yillarda  ta‘sir  etadigan  asosiy  omillar  va 
kuchlar  tavsiflanadi.  Mazkur  reja  uzoq  muddatli  maqsadlarni,  ularga  erishish  uchun 
foydalaniladigan  asosiy  marketing  strategiyalarini  o‗z  ichiga  oladi  va  zarur  resurslarni 
belgilaydi. Bunday uzoq muddatli reja ro‗y bergan o‗zgarishlarga muvofiq unga tegishli 
tuzatishlar kiritish maqsadida har yili yangilab turiladi.  
Yillik  reja  joriy  holatni,  mehmonxona  korxonasining  maqsadlarini,  kelasi  yilga 
mo‗ljallangan strategiyani, ish dasturini, budjet va nazorat shakllarini tavsiflovchi qisqa 
muddatli rejadir.  
Quyida mehmonxona korxonasida yillik rejalar tuzish jarayonini ko‗rib chiqamiz.  
Boshqaruv  darajasidagi  ish  rejalari  mehmonxona  strategiyasini  ish  amaliyotiga 
aylantiradi.  Mehmonxona  korxonasining  rahbariyati  strategik  rejaga  qarab  bilimlarga 
boyiydi  va  undan  kompaniyani  to‗g‗ri  yo‗nalishda  rivojlantirish  uchun  asos  sifatida 
foydalanadi.  Har  bir  ish  rejasi  mustaqil  bo‗lsa-da,  korxonaning  boshqa  ish  rejalarini 
to‗ldiradi.    
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat