O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Qaytim Standart og‘ish (yoki risk)



Download 0.92 Mb.
bet5/14
Sana15.07.2021
Hajmi0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qaytim

Standart og‘ish (yoki risk)

Past risk

Past qaytim

Yuqori risk

Yuqori qaytim


2-rasm. Risk-qaytim muvozanati5

Yuqoridagi 2-rasmga e’tibor beradigan bo‘lsak, tarozining pastki qismi so‘ngida riskdan holi bo‘lgan qaytim (risk-free rate of return) turadi va u odatda AQShning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan aks etadi (ya’ni, nazariy jihatdan ushbu qimmatli qog‘ozlarni defolt bo‘lish ehtimoli nolga yaqin). Mazkur holatda AQSh o‘z tarixi davomida biror marta ham defolt bo‘lmagan va boshqa bir qancha sabablarga ko‘ra ushbu davlatning qimmatli qog‘ozlari investorlar o‘rtasida risksiz (ayniqsa, qisqa muddatli sharoitda) deb qabul qilinishini ta’kidlash lozim. Riskdan holi bo‘lgan qaytimni tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, joriy riskdan holi bo‘lgan qaytim 6 foizni tashkil etsa, unda investor hech qanaqa riskni o‘z bo‘yniga olmasdan, yiliga 6 foiz daromad olish imkoniga ega bo‘ladi.

Tabiiy savol tug‘iladi: uzoq muddatli indeks fondlar yiliga 12 foiz daromad keltirsa, kim ham yiliga 6 foiz (riskdan xoli bo‘lgan aktivlardan keladigan) daromadga qanoat qilardi? Ushbu savolning javobi oddiy: hattoki butun bozorni aks ettiruvchi indeks fondlarga qilingan investitsiyalarda ham risk mavjud. Indeks fondlar qaytimi har yili 12 foizni tashkil etmaydi, balki qaysidir yili –5 foiz, boshqa yili +25 foizni tashkil etadi va hokazo. Bozor indeksiga investitsiya qiluvchi investor davlat qimmatli qog‘ozlarilariga (oldindan qaytimi aniq bo‘lgan) nisbatan yuqori daromad olish maqsadida yuqori riskni bo‘yniga oladi va ushbu qo‘shimcha qaytim risk premium deb ataladi. Bizning misolda risk premium 6 foizni tashkil etadi, ya’ni 12 foiz – 6 foiz.

Investor ma’lum daromad olishi uchun mutanosib risk darajasini aniqlash anchagina qiyin masala. Bunga asosiy sabab, riskka moyillik turli shaxslarda turlicha bo‘lishidadir. Ushbu moyillik (investorlarning qaror qabul qilishi bo‘yicha) boshqa omillar bilan bir qatorda, investorlarning maqsadi, daromadi va shaxsiy holati kabilarga ham bog‘liq bo‘ladi.

Ko‘pchilik individual investorlar qimmatli qog‘ozlarda yuzaga keladigan qisqa-muddatli o‘zgarishlar (notekisliklar)ga nisbatan hohishi bo‘lmaydi. Bunday holatda investitsiya portfelini tashkil etish va uni diversifikatsiya qilish, vaziyatni yumshatish uchun eng maqbul yo‘l sanaladi.

Diversifikatsiya – bu investitsiya portfelida turli xil investitsiyalarni aralashtirish orqali yagona qimmatli qog‘ozlar portfelining umumiy natijasiga risk ta’sirini minimallashtirish bilan amalga oshiriladigan risk-menejment texnikasidir. Ushbu texnika qanday ishlashi akademik jihatdan murakkab formulalar bilan aks ettiriladi, ammo biz bu yerda faqatgina misol keltirish bilan chegaralanamiz xolos.

Faraz qilaylik, siz orolda yashaysiz va butun iqtisod ikkita kompaniyadan iborat: bittasi yomg‘irpo‘sh sotsa, ikkinchisi quyoshdan himoyalovchi oyna sotadi. Agar investitsiya portfelingiz butunlay zontik sotadigan kompaniyadan tashkil topgan bo‘lsa, unda yomg‘ir mavsumida yaxshi natija (yuqori daromad), quyoshli kunda esa yomon natijaga erishasiz. Investitsiya portfeli aksincha, ikkinchi kompaniya qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topgan bo‘lsa, quyoshli kunda yuqori daromad olib, bulutli kunda zararli natijaga erishasiz. Bunday holatda muammoning yechimi 50 foiz mablag‘ni bitta kompaniyaga va yana 50 foiz mablag‘ni ikkinchi kompaniyaga investitsiya qilishdir. Portfelni diversifikatsiya qilish bilan, mavsumiga qarab yoki o‘ta yaxshi, yoki o‘ta yomon natijaga erishish o‘rniga yil davomida barqaror moliyaviy natijaga ega bo‘lasiz.

Eng yaxshi diversifikatsiyaga erishishning sinalgan asosiy uchta tajribasi mavjud:



  • - investitsiya portfelini naqd pul, aksiya, obligatsiya, o‘zaro bog‘liq fondlar va ko‘chmas mulk kabi turli investitsiya yo‘nalishlaridan tashkil etish kerak;

  • investitsiya portfelini riski turli darajada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashkil etish kerak. Risk darajasi turlicha bo‘lgan investitsiyalarni amalga oshirish yirik miqdordagi yo‘qotishlarni boshqa sohalar hisobidan qoplash imkonini beradi;

  • qimmatli qog‘ozlarni turli sanoat sohalari bo‘yicha tanlash kerak. Bu sanoatga xos risklar ta’sirini minimallashtiradi.

Diversifikatsiya uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarga erishish va bunda riskni minimallashtirishga yordam beruvchi eng muhim komponent hisoblanadi. Shuning bilan bir vaqtda, diversifikatsiya zararga qarshi o‘ta kafolatli dastak emas. Qanchalik diversifikatsiya qo‘llashingizdan qat’iy nazar, investitsiya qilish ma’lum darajada riskka tortilish bilan bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

Shu o‘rinda investorlarni qiziqtiradigan yana bir savol tug‘ilishi tabiiy, bu – optimal diversifikatsiyaga erishish uchun investitsiya portfeli nechta qimmatli qog‘ozdan tashkil topishi kerak? Portfel nazariyachilarining ta’kidlashlaricha porfelga 20ga yaqin qimmatli qog‘ozlarni qo‘shish, qimmatli qog‘ozlarga xos bo‘lgan individual risklarni sezilarli darajada pasaytiradi. Bunda investor turli hajmdagi va turli sanoat sektorlaridagi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilgan deb faraz qilinadi, albatta. Mazkur amaliyot rivojlangan fond bozori mavjud mamlakatlar iqtisodiyotiga xos. Lekin boshqa tomondan iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonida diversifikatsiyalash amaliyoti nafaqat qimmatli qog‘ozlar bozori, balki boshqa sektorlar uchun ham xosdir.

Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari. Amaliyotda korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:


  • - risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;

  • shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;

  • - yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;

  • past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish;

  • vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.

Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • qaratiladi: - qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan);

  • yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash;

  • iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash;

  • bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish;

  • emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash;

  • debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.

Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi:

  • fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash;

  • opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash;

  • svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash;

Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

- moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;

- valyuta portfelini diversifikatsiyalash;

- depozit portfelini diversifikatsiyalash;

- kredit portfelini diversifikatsiyalash;

- qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash;

- real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash.

Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin:

- risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;

- xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;

- lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. Shuningdek, moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin:

- moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;

- kafolatlar olish;

- fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.





  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим