O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari3



Download 0.92 Mb.
bet4/14
Sana15.07.2021
Hajmi0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari3

Moliyaviy barqarorlik pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi (foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Bu riskning tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy leverij amal qilish mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi.

Toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik prinsipi. Bu risk korporativ tuzilmada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi.

Investitsion risk. U korporativ tuzilmaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida tayyor boʻlmasligi riski, loyihakonstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi. Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi.

Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.

Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida koʻzga tashlanadi.

Valyuta riski. Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xomashyo va materiallar importi boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab boʻladi.

Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi. Kredit riski korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.

Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar uchun bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.

Risk va daromadlilik (qaytim)ning o‘zaro bog‘liqligi4.Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati turli xil risklar bilan o‘zaro bog‘liq. Mazkur holatda riskli operatsiyalarni amalga oshirish korporativ tuzilma uchun qanday miqdorda daromad keltirishini baholash bugungi iqtisodiy sharoitda muhim ahamiyatga ega. Chunki risklar va ularning qaytimini o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholash har bir tijorat tashkilotining faoliyat samaradorligi va davomiyligini ta’minlash imkonini beradi. Keltirilayotgan jihatlar moliyaviy menejerlardan korporativ tuzilmalarning investitsiya faoliyatini amalga oshirishlarida ham o‘ziga xos e’tibor va chuqur bilim talab etadi. Shu boisdan quyida investitsion jarayonlarda risk-qaytim masalalarini keltirib o‘tamiz.

“Investitsiya lug‘atlarida risk tushunchasi, qilingan investitsiya qaytimining kutilayotganidan boshqacha bo‘lish ehtimoli deb tushunitiriladi. Texnik jihatdan bu, statistik usul – standart og‘ishish (standard deviation) orqali o‘lchanadi. Oddiygina qilib aytadigan bo‘lsak, investitsion faoliyatda risk degani, amalga oshirilgan investitsiyaning ayrim qismini, yoki hammasini yo‘qotish ehtimoli borligini bildiradi. Riskning past darajasi, odatda, investitsiyadan keladigan kam daromad bilan, yuqori darajali risk esa, yuqori daromad imkoniyati mavjudligi bilan assotsiatsiyalanadi. Risk-qaytim muvozanati deyilganda, investorning past riskni o‘z bo‘yniga olishi bilan bir vaqtda, yuqori qaytim olish xohishi (imkoni) o‘rtasidagi muvozanat tushuniladi. Ushbu muvozanatni grafik ko‘rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin (2-rasm).

Yuqori standart og‘ishish yuqori riskni va shuning bilan bir vaqtda, yuqori daromad olish imkonini bildiradi. Ammo, shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik o‘rtasida «yuqori risk yuqori daromadni bildiradi», degan noto‘g‘ri tushuncha yuzaga kelgan. Aslida risk-qaytim muvozanati bizga yuqori risk, yuqori qaytim olish imkonini beradi deb tushuntiradi, ammo, bunga kafolat yo‘q. Shuni doimo yodda tutish zarurki, bu yerda risk — yuqori daromad imkoni bilan bir vaqtda, katta miqdorda yo‘qotish ehtimolini ham bildiradi.




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari