1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI
― Yaponiya madaniyati‖
mavzusida yozilgan
REFERATI
Bajardi: Yoqubov U.
Ilmiy rahbar: Ismatullayeva N.
Toshkent – 2014
2
Reja
Kirish 2
1.
Yaponiya madaniyati yozuvdan oldingi boshqich. 3
2. Qisqacha tarixiy ma'lumot 7
3. Yaponiyaliklarning urf-odati 9
4. Yaponiyaning madaniyatining eng yorqin namunalari 11
5. Zamonaviy Yaponiyada din 15
Xulosa 16
Adabiyotlar ro‗yxati 16
3
Kirish
Yaponiya madaniyati nafaqat Dunyo madaniyatlari orasida, balki Osiyo
halqlari madaniyatlari orasida ham o ‗ziga xosligi bilan betakror ko‗rinishi bilan
ajralib turadi. U 10-11 asrlardan boshlab uzluksiz rivojlanib kelgan.17asrdan to 19
asrgacha ajnabiylar uchun yopiq bo‘lgan.( Faqatgina Xitoy va Niderlandi
mamlakatlari bilan aloqalar davom etgan.)Aynan mamlakatning shunday
izolyatsiya paytida Yaponiyaning milliy o‗ziga xoslilik ijodiy rivojlanishiga turtki
bo‘ldi. Bir necha asrlardan keyin, Yaponiya Dunyo mamalakatlariga ochilgandan
keyin,o‗zining boy madaniyati bilan dunyoni hayratga solib, Yevropa
rassomchiligi, me‘morchiligi va adabiyotiga o‘zini ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmadi.
Yaponiya sivilizaciyasi qiyin va turli paytlarda sodir bo‗lgan etnik
kontaktlar
natijasida
shakllangan.
Yapon
xalqining
dunyoqarashi
va
psixologiyasining shakkanishiga xar doim tabiiy ofatlardan ogoh bo‗lib yashash va
ishlov beriladigan yerlarning kamligi va uning qimmatbaholigini anglagan hayot
tarzi katta ta ‗sir ko‗rsatgan. Yaponiya madaniyati xind va xitoy madaniyatlaridan
farqli o‗laroq, o ‗rta asrlarda shakillanishni boshlagani uchun unga dinamizm va
tashqi ta‘sirlarga ta‘sirchanligi xos bo‗lgan.
4
Yaponiya madaniyati yozuvdan oldingi boshqich.
Zamonaviy arheologik topilmalar yaponiyada birinchi odam qoldirgan izini
topilgan vaqtni yanada uzoq vaqtlarga davrlarga surib bormoqda. Yaponiyaning
poleolik davri yaqin-yaqingacha zamonaviy tadqiqotchilar uchun hazillik tuyulgan
bulsa, yapon olimlari uchun bu haqiqat ekanligi o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida
aniqlanmoqda. (vasilevskiy I.D.R 1982 yil 3-4 betlar).
Qadimgi qabilalar aholi yashaydigan joyda yapon orollari Osiyo materikning
bir qismi bo`lgan. U yerda yashagan qabilalar u yerga sharq , janubiy sharq,
Shimoliy osiyo rayonlaridan kelgan bo`lib bu yerda qolib ketishgan. Ba`zilari esa
ketishgan. 10 000 yil oldin yaponiya orollariga ikki hil qabilalar ko`cha boshladi.
Bu boshida PROTO-AYNLAR qabilalari keyinchalik esa Avstroneziya qabilalari,
ular janubiy sharqiy osiyoning kengliklariga joylashib u yerda qabilalar
madaniyatini
yo`qotmasdan
o`zlarining
madaniyatlari
mavjud
bo`lgan
madaniyatga qo`shib bordilar. Poleolit davrining minginchi yillarida va Neolid
davrida ham bir madaniyat boshqa madaniyat bilan almashinib, o`zining azaliy
hususiyatlarini yo`qotmangan edi. Ya`ni birinchi ko`chmanchilar kelgan yerlarni
madaniyat bilan yaponiya orollarida madanyat o`hshash edi. Yaponiya orollarida
asta sekin keramika o`ymakorligi madaniyati vujudga kela boshladi. Fanda u
DZYOMAN (arqonli naqsh) nomi bilan ataladi. Miloddan avvalgi IV – III asrlarda
KYU SHU orolining shimoliga va Honshyu orolining janubi g`arbiga korea yarim
orolidan PROTO yapon qabilalar ko`cha boshladi. Ular o`zlari bilan uy
hayvonlarini guruch hamda qurg`oshin hamda bronza yasash sirlarini olib keldilar.
Miloddan avvalgi III asrda yaponiya orollarida Yangi Bronza madaniyati
tarqala boshladi. (yayoy madaniyati) bu davrda marosimlar uchun boronzadan
qilingan qilich va o`qlar, 10 tadan yasalgan oyna va qo`ng`iroqlar tayyorlana
boshladi.
Yapon tilini paydo bo`lishida xitoy – tibet tillarining ta`siri .
Qadimgi xitoy dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalaridan hisoblanadi. U
dunyodagi barcha xalqlar madaniyatiga hususan Evropa, Osiyo, Hindiston va h.z.
kuchli ta`sir ko`rsatgan. Sharqda yaponiya va koreaga ta`siri behisob. Tarixda
yapon tili filologiyasi xitoy yozuvining juda katta ta`siri asosida paydo bo`lganligi
ta`kidlanadi. Aniqlanishicha, xitoy irogliflari yaponiyada tarqalgungacha
5
yaponiyada koreaning o`z yozuvi bo`lmagan. Yaponiyada yozuvning paydo
bo`lishi V asrning boshlariga borib taqaladi. Buni arheologik qazilma (Funayama
qo`rg`onida topilgan yozuv asoslaydi. Kumomoto prefekturasida topilgan. Kyu syu
oroli) ―kimki ushbu hanjarni olib yursa unga uzoq umr, ko`p farzand va ko`p
nabiralar in`om etiladi‖ deb yozilgan. Aytilishicha o`sha zamonlarda o`yib
yozilgan yozuvi bor narsaning qandaydir ilohiy kuchi mavjud deb ishonilgan.
Keyinchalik bunday qarash umuman matnga yozuvga nisbatan mavjud bo`lgan.
Yozuv birinchi bor shox saroyidagi zodagonlar orasida tarqalagan. Soliq hisob –
kitobi xitoy tilida olib borilgan. Yaponiyaning eng qadimgi yozma yodgorliklarida
ta`kidlanishicha, yapon tiliga xitoy irogliflarini kirib kelishi VII asrda tugatiladi.
Taqqoslab ko`raylik: eng qadimgi xitoy yozma yodgorliklarida ko`rsatilishicha,
xitoy irogliflariga asoslangan yozuv eramizdan oldingi ming yilliklarda paydo
bo`lgan. Iroglif – bu shunday belgiki bu tovushni emas balki bir nechta tovushninig
birligini va ushbu tovushlar birligida hosil bo`ladigan ma`noni anglatadi. Xitoy
irogliflarining harakteristikasi quyidagicha:
A. o`zining grafik shakli mavjud.
B. aniq talaffuzga (tovushga) ega, ya`ni qaysi yozuvda u yoki bu iroglif
qullanishiga qarab unga talaffuz beriladi.
C. ma`noga ega ya`ni u yoki bu talaffuz orqali belgiga ma`no beriladi.
Xitoy irogliflari xitoyda bir talaffuz ya`ni bir o`qilishiga ega. Koreada ham bir
o`qilishga ega. Yaponiyda esa ikki yoki undan ortiq o`qilishiga ega. Iroglif
o`qilishi turli mamlakatlar yozuvida turli xil lekin leksik ma`nosi ko`pincha bir xil
masalan:
火
Xo
3
(xitoy tilida)
Xwa (korea tilida)
Xi,ka (yapon tilida)
Xitoy belgilarini yapon yozuviga o`zlashtirish yapon matnlarini fiksaksiya
qilish uchun qilingan va bu belgilarni o`zlashtirish o`z matnlarga moslashtirib
o`zlashtirilgan.
Xitoy irogliflari ko`r-ko`rona emas, balki ular yapon fonetikasini Grammatik
qurilishini belgida aks ettirishi uchun hizmat qilishi kerak edi. Yapon yozuvining
6
paydo bo`lishi ikki prinsipning qarama-qarshi turishi bilan harakterlanadi. Bu
ideografik va fonetik prinsiplaridir. Bir qator irogliflarning grafik qisqartilrilishi
asosida yapon fonetik bo`g`inli alifbo ya`ni ―kani‖ paydo bo`ldi. Arheologik
qazilmalariga qaraganda kani VI asr ohirlarida paydo bo`lgan. Arheologlar
g`ishtda ― katakana‖ da yozilgan belgilarni aniqlashdi. Xitoy yozuvlarining
yaponiyaga tarqalishi kanfutsi ta`limoti bilan bog`liq. (VI asrlarda tarqalgan hamda
V asrda buddizm ham tarqalganligi haqida ma`lumotlar mavjud.
Buddizm o`zi bilan o`z madaniyatini ham olib keldi. Uning ta`siri ―litra‖
arhetekturasiga ham ta`sir o`tkazdi. Ikki asr mobaynida (IX – X asrlar) yaponiyda
sanskritni o`rganish davom etdi. Va ayniqsa uning fonetikasi va bu yapon alfaviti
(五十音ごじゅうおん)
go‘jyuo‘n deb aytishadi. 五十音 Harflari
joylashishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi, bu tartib ikkinchi tilning klassifikatsiyasini aks
ettiradi. Yaponiyada xitoy irogliflarida ko`p asrlar mobaynida yaponiyada o`z
irogliflari ixtiro qilinishiga olib keldi. Yaponlar o`zi yaratgan irogliflar
kokuji(国字こくじ) ular yuzdan ortiqroq. Bu irogliflar xitoy irogliflarining
grafikasidan olingan, xitoy irogliflarini o`zlashtirish yapon tiliga ham katta ta`sir
o`tkazdi. Irogliflar bilan birga xitoy tilining so`zlari ilsizmorfemalar yapon tilida
talaffuz me`yorlariga asoslangan, o`qilishini noqulayligini o`zgartirish va h.z.
bunday xitoy leksik elementlardan yaponlar yangi so`zlarni yasashni boshladilar.
Xitoy leksik yoki marfinik elementlaridan yapon tiliga kirib keldi. Bunday so`zlar
o‘n (音) deb, ataladi. Va bir nechta o‘n lardan tashkil topgan so`zlar
kango(漢語) deb ataladi. Va ular xitoy tili o`zlashtirmalari yoki yaponlarning
o`zlarining irogliflarining birligidan tashkil topganini ahamiyati yo`q. zamonaviy
yapon tilida kango yapon tili leksikasining yarmini tashkil etadi. Yaponiya tarixi
haqidagi ma`lumotlarni biz xitoy manbalardan topishimiz mumkin. Ular quyidagi
xitoy manbalarda uchraydi. Eng erta materiallar tsyan – Han – shu. Bu davrda eng
birinchi yaponiya haqidagi eslatma aytib o`tilgan. Bu eslatma eramizdan avvalgi
birinchi asrdagi yaponiyaga ta`luqli. Ba`zi bir ma`lumotlar shuningdek Hou-Han-
shu ikkinchi Han davrining tarixida o`z aksini topgan. Bu eslatma yaponiyaning I
va II asrlarga ta`luqlidir.
7
Uchinchi xitoy manbaasi bu Veychji. Bu Vey qirolligi tarixi haqidadir. Bu
tarixda alohida ―Vajen‖ yaponiyaliklar haqida alohida bob mavjud. Bu yaponiyani
eng to`liq tasvirlagan xitoy manbaasidir va u eng ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Keyingisi Sun-shu xitoydagi V asrda mavjud bo`lgan Sun qirolligi tarixi. ―Sun
qirolligi tarixi‖ yaponiyaning V asri haqidagi eslatmalarini o`z ichiga oladi. Mana
shunday yo`l bilan xitoy manbalari yaponiyaning I asridan to bizning
davrimizgacha ma`lumot beradi.
8
... Uzoqdan bizning mamlakatga ... Konfutsiy, Men-dzi, Djuan-dzi... Xitoy allomalari, dao ta’limotidan
tashqari, ipak...,yashma..va- bulardan ham qimmatliroq narsa-iyerogliflar kirib keldi. Iyerogliflar bizning ustimizdan
emas, biz iyerogliflarning ustidan g’alaba qozondik... Aks holda bizning tilimiz xitoy tili bo ‘lib qolar edi... Biz nafaqat
iyerogliflarning ustidan g’alaba qozondik. Bizning nafasimiz, dengiz shamoli kabi, Konfutsiy, Lao-dzi ta’limotlarini
yumshatdi. Buddan ham bundan ist’esno bo ‘lmadi. Bizning kuchimiz buzib, vayron qilishda emas. Bizning kuchimiz
o ‘zgartirishda...
Akutagawa Ryunoske (1892-1927)
2. Qisqacha tarixiy ma’lumot.
Endi Yaponiya tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berib o ‗tamiz. Chunki
nazarimizda tarix va madaniyat o ‗zaro chambarchas bog‘liq. Yaponiya arxipelagi
10000 yil avval xozirgi k o‗rinishga ega bo‗lgan.
Keyingi 8000 yil davomida Yomon erasi davom etgan. U davrda ilk ovch-
yig‘uvchilar yashaganlar. Keyinchalik ular bir qabilani shakillantirishgan.
Guruchni yetishtirish Yevroosiyodan eramizdan avvalgi 300 yilda Yayoy
davrida kirib kelgan. Yaponiyaning milliy shakllanishi Yamato davrida, ya‘ni
eramizning 3 chi asrlarga to‗g‘ri keladi, deb hisoblanadi. Aytishlariga qaraganda
Yaponiya imperiyasi eramizdan avvalgi 660 yilda, Yaponiyaning birinchi
imperatori Dzimmu taxtga o‘tirganida paydo bo‘lgan. Birinchi ming yillik (
eramizdan avvalgi 660 yildan xozirgi davrga qadar) Yaponiya Koreya va Xitoy
ta‘sirida rivojlangan, ular Yaponiyaga nisbatan yuqoriroq rivojlangan
civilizatsiyaga ega bo‗lishgan.
604 yilda shaxzoda Shotoku birinchi Konstitusiyani qabul qilgan. 7 asrda
Koreyadan Yaponiyaga buddizm kirib kelgan. Natijada buddizm davlat diniga
aylandi. Sakkizinchi asrda ( Nara davrida) Yaponiyaning birinchi poytaxti Nara
shahri bo‗ldi, keyinchalik Kyoto shahri bo‗ldi. XII asrdan to XIX asrgacha
mamlakatni xarbiy sinf, ya‘ni samuraylar boshqardi. XII asrdan mamlakatda
xarbiy tartib o‗rnatilindi. Mamlakatni Syogunlar boshqardi.
XV asrda Yaponiyada xalq urishi boshlandi. U urush 100 yil davom etdi.
XVII asrlarda xokimiyat tepasiga Tokugava Iyeyasu kelib, mamalakatning
200yillik izolyatsiyasi ( yopilishini) e‘lon qildi. Unda o‘zaro aloqalar Xitoy va
Niderlandi bilan davom etgan.
Lekin 1853 yilda amerikalik komandor Mettyu Perri kelishi bilan
Yaponiyaning Amerika va Yevropa bilan aloqalari yaxshilanishni boshladi.
Yaponiyani syogunlar tomonidan boshqarilishi 1867 yilgacha davom
9
etgan. U Yaponiyaning ohirgi syoguni Tokugava Yoshinobu o‗z xokimiyatini
Matsuxito (Meidzi)ga topshirdi. XVI-XVIIasrlarda portugaliyalik va gollandiyalik
savdogarlar Yaponiya bilan bir qancha aloqalari bo‗lgan bo‗lsada, bu aloqalar juda
sust bo‗lib, XIX asrning o‗rtalarigacha AQSH Yaponiya bilan bitim imzolagunga
qadar Yaponiya butun dunyo uchun deyarni umuman yopiq bo‗lgan.
XIX asrning oxiri ХХ asrga qadar Yaponiya bir qancha urushlarda
qatnashib, natijada 1910 yilda Tayvan oroli, Saxalin orollarning yarmi va Koreya
orollarini o‗ziga qo‗shib oldi. Birinchi Jaxon urushi tugaganidan so‗ng Yaponiyaga
Germaniyaga taaluqli Tinch okeanidagi orollarini qo‗lga kiritdi. 30-chi yillarda
Yaponiya Xitoy va Sobiq Sovet mamlakatlari bilan joylarda urush olib borgan.
Ikkinchi jahon urishi Yaponiya imperatorligi Amerikani xarbiy bazasini Perl-
Xarborni 7-dekabr1947 yilda bosib oldi. Urush natijasida yapon xarbiylari
Fransiya va Angliya okkupasiyasidagi Janubiy-Sharqiy Osiyo koloniyalarini tortib
oldi. 1945 yilda Yaponiya urushda mag‘lub bo‗lib 1947 yil 3 mayda Yaponiya
muntazam xarbiy qismiga ega bo‗lish xuquqidan mahrum bo‗lib, imperator esa o‗z
xokimiyatini parlamentga topshirdi. Hozirgi paytga kelib Yaponiyaning Amerika
qo‗shma shtatlari savdo sotiq va xarbiy masalalar bo‗yicha bir qancha keskinlashib
bormoqda. Rossiya bilan ham, Kuril orolari borasida bir oz tushunmovchiliklar
davom etmoqda.
Yaponiya xozirgi kunda ham iqtisodiy, ham madaniy tomondan yuqori
rivojlangan mamlakatdir. Quyida Yaponiyaning tarixiy davrlari keltirib o‗tilgan:
Yaponiya tarixining asosiy davrlari
Paleolit
Eramizdan avvalgi 8 000yillargacha
Yomon
eramizdan avvalgi 8 000dan —
eramizdan avvalgi 300gacha
Yayoy
eramizdan avvalgi 300 —eramizning
300 yillari
Yamato
eramizning300 — 593gacha
Asuka
593 — 710
Nara
710 —794
Xeiyan
794 — 1192
10
Kamakura
1192 — 1338
Muromachi
1338 — 1573
Adzuchi-Momoyama
1573 — 1600
Edo
1600 — 1868
Meydzi
1868 — 1912
Taishyo
1912 — 1926
Shoya
1926 — 1989
Xeysei
1989 —
3. Yaponiyaliklarning urf-odati.
Xalq madaniyati haqida ko‗pda uninig urf-odati gapiradi. Yaponlar-
xushmuomala va bosiq odalmar. Ahloq meyyorlari ular uchun juda muhim,
hususan, boshqa halqlar uchun ham muhim bo‗lgani kabi.
Yaponlar sizdan ular odatlariga rioya etishingizni kutishmaydi, lekin bunga
ahamiyat bersangiz va rioya qilsangiz sizdan juda minnatdor bo‗lishadi.
Lekin ular sizdan kutayotgan narsalar juda oddiy va hamma halqlar uchun
tabiiy ahloq meyyorlari,
masalan:
Uchrasuv haqida oldindan kelishish ( Aynan hozir qabul qilib, siz bilan
gaplashishni talab qilmaslik).
Kelishilgan vaqda, kechga qolmasdan kelish. ( Bu masalada yaponlar
juda talabchan).
Agar siz oldindan taklif qilingan joyga borolmay qolsangiz, albatta bu
haqda habar berib, aytib qo‗yishingiz zarur.
Agar qo‗ng‘iroq qishish paytida boshqa joyga tushib qolsangiz, albatta
kechirim so‘rash lozim.
Uchrasuv yoki majlis paynida faqatgina o‗zingiz gapirmasdan
boshqalarga ham so‗z navbatini berishingiz lozim.
Boshqalarning vaqti haqida ham o‗ylab, uchrashuvingiz samarali
o‗tishiga harakat qiling.
Agar yaponlarning biri ishingizda yoki o‗zingizga yordam bergan
11
bo‗lsa albatta unga minnatdorchiligingizni bildiring.
Shunga qaramasdan, yaponlar ahloqida o‗ziga hosliklari ham ko‗rinadi.
1. Yaponiyada uchrashganda bosh egish odati hozirgi zamonda ham
saqlanib qolgan bo‘lib, ular sizdan buni kutishmasada, ular bilan uchrashganda
bosh egib qo ‗ysangiz ayni muddao bo‗ladi.
2. Yaponlar xonadonida ham, majlislar zalida ham, eng ulug‗ (yuqori) joy,
eshikdan eng uzoq joy ( tokonomaning oldi) hisoblanadi. Agarda obro‗li
mehmon,kamtarlik qilib yuqoriga o‗tirishdan bosh tortsa ham, yuqori mehmon
o‗rniga o‗tirmaganingiz ma‗qul. Shunda siz hurmatga sazovor bo‗lasiz.Agar
e‘zozli mehmon kechga qolgan taqdirda, kelishi bilan hamma o‗rnidan turishi
kerak.
3. Shunday fikr borki, yaponlar majlislarda kam qaror chiqarishadi, deb.
Qaror chiqarishdan oldin yaponlar chuqur taxlil qilishadi. Lekin qaror qilingandan
keyin uning ijrosini nihoyatda tezlik bilan amalga oshirishadi. Qaror chiqargandan
keyin yaponlar albatta o‗zining qarori haqida sizga habar beradi. Agarda aniq
javob berilmasa, demak, hali aniq qaror yo‗q. Agar yapon bergan javobini
tushunmasangiz, albatta qaytadan so‘rang.
4. Yaponliklarning uylari odatda kichik va tor bo‗lib, shahardan uzoqda
joylashgan. Shuning uchun ular mehmonlarni uyiga emas, restoranlarga taklif
qilishadi. Sovg‘a berayotgan paytingizda, ―arzimasa ham‖, degan gaplarni gapirib
bersangiz yahshi. Mehmonlar kelishsa, albatta ularga dasturhon yoziladi.
Agarda sizlarni yaponcha restoranga taklif qilishsa, siz bir oz
qiynalishingiz mumkin.Shunda yaponlar albatta sizga yordam berishadi. Masalan,
oyoq kiyimni qayerda yechish va qay tarzda qo‗yish kerakligini tushuntirib
berishadi. Yerga o‗tirish tartib qoidasini, agarda yerda o‗tira olmasa, kichik stul
olib kelib berishadi.
Erkak va ayyollarni o‗tirish tartibini ham inobatga olish kerak bo‗ladi. Ular
xushmuomalik bilan sizga tushunmaganlaringizni tushuntirib berishadi.
5. Agar sizga biror ichimlik taklif etishsa, unda, stakaningizni bir oz
ko‗tarib, uni to‗ldirib bermagunlariga qadar uchlab turishingiz kerak. Siz ham
huddi shunday taklifni qo‗shnilaringizga qilishingiz tavsiya etiladi. Stolda
tayoqchalardan foydalansangiz, quyidagi narsalardan ehtiyot bo‗lishingiz kerak:
12
larni bir birining ustiga qo‗yish yoki,guruchning ichuga sanchish
mumkin emas.( bu ularda o‗lim ma‘nosini anglatadi);
ovqatni tarelkaning ichida surish va stolda tarelkalarni surush mumkin
emas;
tayoqchalarni qo‗lda ushlab turib silkitmoq va odamga qarab paxsa
qilish mumkin emas.
Choy marosimi, ―tyanoyu‖ Yaponiyaning noyob madaniyatlaridan biri. U
matcha ( ko‘k choy) ni damlashni va taklif etish marosimi hisoblanadi. Choy
Yaponiyaga taxminan VIII asrlarda olib kelingan, lekin keng omma orasida qabul
qilinmagan. XII asrlargacha. XIV asrga kelib choy damlash va uni boshqalarga
taklif qilish oliy tabaqali zadagonlar davrasida mashxur bo‘lishni bo‘shlagan.
Ushbu marosimni o‘tkazishda Xitoy san‘at asarlarini va hunarasarlarini
bahramand bo‘lish uchun ―syoin‖lar xonalarida uyushtirilgan . U yerdagi sharoin
shunga mos, tinch va osuda bo‘lgan.
Samuraylar xayotini nazorat qilgan urf- odatlar va qarashlar ta‘sirida
bunday choy marosimlarda qatnashuvchilarga rioya qilishga majbur bo‘lgan
qonun-qoidalar va majburiyatlar shakllandi. Shunday qilib choy marosimi paydo
bo‗ldi. Choy marosimining xozirgi shakli XVI asr oxirida Momoyama davrining
choy marosimi ustasi Sen-no Rikyu tomonidan kiritilgan.
Choy marosimi oddiygina choydan bahraman do‘lish marosimi bo‘libgina
qolmay, u budda ―dzen‖ sektasining ta‘sirida shakillangan bo‘lib, bu marosim
orqali inson ruhi tozalanib, tabiat bilan birlashib ketish uning asosiy maqsadi edi.
4.Yaponiya madaniyatining eng yorqin namunalari.
No teatrining dramaturgiyasi. XIV asr oxiri XV asr boshlarida musiqa, raqs,
dramatik harakatlardan iborat Noo teatri vujudga kelgan. U yokyoku nomini olgan.
Yokyoku adabiy asari ritmik proza, she‘r, notiqlik va maishiy muloqat nutqidan
tashkil topadi. Demak, bu pyesalarda sahnada sodir bo‘layotgan harakatlarni
o‘zining xissiyotlarini aktiv ifodalash uchun xorga joy ajratiladi va kelib chiqishiga
baho beriladi. Yokyoku pyesasi o‘tkir ziddiyatlar asosida qurilib shaxs va taqdir
mavzulari ko‘riladi. Tarixiy xronika va adabiy asarlarda qissa va afsonalarga
o‘xshash sujetlardan foydalaniladi. Noo teatrining repertuarlaridagi ko‘pgina
pyesalar XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida yozilgan. Yokyoku
13
pyesasining taniqli avtorlari Kanami va uning o‘g‘li Dzeami bo‘lishgan. Pyesalar
ichida eng taniqlilari: ―Matsukadzyo‖, ―Xagoromo‖, ―Yasima‖, ―Sumidagava‖,
―Ataka‖. Yokyokuning pyesalari deklamatsiya (badiiy asarni chiroyli, ta‘sirchan
qilib o‘qish san‘ati)ning musiqiy xarakteriga aloqador intonatsiya, niqoblar,
kostyumlar, rekvizitlar va boshqalar avtorning ko‘rsatmasiga binoan tuziladi. Noo
teatrida bosgqa dramatik shakllardan han foydalaniladi masalan, kyogen- unchalik
katta bo‘lmagan kulgili asar, fars (yengi, sho‘x ba‘zan beadab kichik pyesa) bilan
o‘xshash katta pyesalar orasida ijro etiladi. Kyogen pyesasida Yaponiyaning XV-
XVI asrlardagi turli jamiyatlarga xos bo‘lgan hayotini realistik ko‘rsatadi. Bu
pyesaning maishiy sujetlari oddiy so‘zlashuv tilida yozilgan. Noo teatrining
yokyoku va kyogen spektakllari birgalikda katta tematik va har xil usullarda
spektakl qo‘yishga imkon beradi. Kyogenning qarama-qarshi maishiy diologlari
yokyokuning nafis she‘riyati bilan mos keladi. XVI asr oxirlarigacha kyogen
o‘qituvchilardan o‘quvchilarga og‘zaki yetib kelgan. Matnlar tez-tez o‘zgartirilgan
va ayrim ijrolar uchun moslashtirilgan. XVII asr oxirlarida kyogenning
sepektaklga tegishli mulohazali fikrlar va izohli matnlar paydo bo‘ldi. Zamonaviy
yapon teatrlarida kyogen matnlarining anchasini ishlab chiqqan avtorlardan
ko‘plari ma‘lum emas.
XVI asrda dzyoruri- qo‘g‘irchoq teatri paydo bo‘ldi.yapon dramaturgiyasining
bu turi asosida – xalqning qadimgi ertak-qo‘shiqlari, qo‘g‘irchoq teatrining
an‘anaviy spektakllari bilan XVI asrda qo‘shilgan va o‘ziga xos musiqa ohangiga
ega bo‘lgan. Dzyorurida qissaga oid shakllar saqlanib qolgan. Dzyoruri matnlarida
hikoyachining personajdagi e‘tirozlarini va so‘zlarini ayrim hollarda ajratish qiyin.
XVII asr oxirida dzyorurini dramalashtitish an‘analari paydo bo‘ldi. Matnda
ko‘rsatilayotgan shaxsning xarakterlarini ko‘rsatib beradigan aniq dramatic
shakllar bo‘lgan. Yirik yapon dramaturgi Tikamatsu Mondzaemon o‘zining
ko‘pgina (140) pyesasini dzyururi shaklida yozgan (―Kokusenya kassen‖, ―Xeyke
Nyogo-ga sima‖ va boshqalar). Dzyorurining shakli Kabuki teatridan ko‘pgina
narsalarni o‘zlashtirib olgan.
Kabuki teatrining dramaturgiyasi. XVII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib,
spektakllari raqs sahnalari va matnlardan tuzilgan. Senariyda berilgan sujetlar
asosida yetakchi aktyorlar o‘zlari uchun matnlar yozardilar va improvizatsiya
14
jarayonida ko‘p hollarda o‘zgartirar edilar. XVII asrning oxirlarida pardali pyesalar
yozildi, professional dramaturglar paydo bo‘ldi. Odatda dramaturgalar muayyan
teatrlar uchun pyesalar yozishar edi. Truppaning yetakchi aktyor va rahbari bosh
dramaturgni yangi reja berishda sahnadagi asosiy sujetlarni o‘zi yozdi, qolganlarini
uning assitentlari, kichik dramaturglar yozishdi. Kabuki teatrining dramaturgiyasi
Noo teatridagi Kabuki pyesasining va boshqa teatrlardan, sahnalardan o‘zlashtirib
o‘zlariga moslashtirdilar. Kabuki teatrining yokyoku dramasi asosida matsubame-
mono va notori-mono nomlari paydo bo‘ldi. Kyogenga ishlov berishdi va kyogen
shaklidagi yangi pyesalar tashkil qilindi. Kabuki teatrini ommalashtirish orqali
dzyoruri dramaturgiyasi hosil bo‘ldi. Dzyoruri pyesasini qayta ishlashda bir qismi
gapiruvchi-gidayu, boshqa qismi aktyorga topshiriladi. Bunday pyesalar maruxon
kabuki nomini oldi. Kabuki va dzyoruri teatrining yirik dramaturgi Tikamatsu
Mondzaemo bo‘lgan. Kabuki teatrining atoqli dramaturgalari Namiki Syodzo,
Namiki Gohei, Sakurada Dziske. Ular zamonaviy shahar hayotini aks ettiruvchi
o‘ziga xos maishiy dramalar yozishdi. Keyinroq esa ishqiy poeziya elementlarini
rivojlantiruvchi groteska (mubolag‘ali hajviy tarzda yozilgan hayotiy asar)lar
paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning eng yirik dramaturgi Tsuruya Namboku IV (XVIII
asr o‘rtalari XIX asr boshlari). Uning ―Tokaydo yotsuya kaidan‖ pyesasi
zamonaviy yapon teatri repertuarlarida saqlanadi. Kabuki dramatrurgiyasining
klassigi Kavatake Mokuami hisoblanadi. Uning ijodida feodalizmning
parchalanish davri va Yaponiyada kapitalizmning rivojlana boshlashi aks etadi (
―Bentenkodzo‖, ―Kotiyama Sosyun‖, ―Sannin kitisa‖ pyesalari). Mokuami tarixiy
realistic pyesa katsureki-mono va zamonaviy pyesa dzangiri-monolarni yozdi. XIX
asr oxiri XX asr boshlarida sinkabuki pyesasi paydo bo‘la boshladi, zamonaviy
yevropa drama shakllariga o‘xshash. Tarixiy va maishiy pyesalardan Okamoto
Kido ―Syudzendzi monogatari‖, ―Toribeyama sindzyu‖, ―Bante Osarayasiki‖ va
tarixiy pyesa Mayama Seyka ―Yoritomono si‖, ―Genroku Tyusingura‖ va
boshqalar mashxurlikka erishdilar.
Zamonaviy yapon dramaturgiyasida yokyoku va kyogen janrlari saqlanib
qolgan. Noo tatri repertuarida 250 ta kyogen bo‘lgan, asosiy voqealar guruhlarga
ajratilgan: sintoistik xudolar haqida, yirik feodallar, xizmatkorlar, kuyovlar,
monaxlar va boshqalar haqida pyesalar. Kyogen va boshqa pyesalar orasida –
15
―Fukuno kami‖, ―Utsubodzaru‖, ―Suo otosi‖, ―Midzukake muko‖ lar mashxur.
Zamonaviy yapon teatrida yangi kyogen tashkil qilishga urinish;lar bo‘lgan, lekin
bu pyesalar teatr repertuarlariga chiqmagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin
kyogen janri rivojlanishga erishdi. 60-yillarda kyogen spektakllari Noo teatri
spektakllaridan mustaqil ravishda uyushtirildi.
Zamonaviy singeki drammasi. Yaponiyada XX asr boshlarida yevropa teatrlari
ta‘siri ostida paydo bo‘ldi. Ko‘pgina yozuvchilar dramalarni asar shaklida o‘qishga
mo‘ljallangan va sahnaga yaroqsiz holda tuzishdi. XX asr oxirlarida teatrda
qo‘yilishi uchun yozilgan singeki pyesalari paydo bo‘ldi. 1926-yilda ―Tsukidzi
syogo-kidzyo‖ teatri Tsubouti Syoyoning ―Piligrim‖ pyesasini qo‘ydi. Keyin o‘sha
yilning o‘zida Osanning ―Do‘zah‖ va ―O‘g‘il‖, Musyakodzi Saneatsuning
―Xavas‖, ―Hayot qiroli‖ va boshqalar qo‘yildi. Singeki dramaturgiyasining
rivojlanishiga 30-yillarda boshlangan xalq teatri uchun harakatlar ta‘sir ko‘rsatdi.
Pyesalarning sotsial qat‘iylik siyosiy aktualligi oldinga surilishi talab qilindi.
Ayniqsa Murayama Tomoyosining ―Qaroqchilar to‘dasi to‘g‘risida yozuvlar‖
(1929) pyesasi mashxur. Kubo Sakaening ―vulqon platosi‖ (1938) 30-yillarning
eng yaxshi pyesalari qatorida turadi. Ikkinchi jahon urushi davrida hokimiyatning
repressiyasi tufayli singekining rivojlanishi to‘xtab qoldi. Urushdan keyingi
davrlarda bu janr uchun ko‘tarilish davri bo‘ldi. 40-50-yillar dramaturglari orasida
Kinosita Dzyundzi – yapon xalq og‘zaki ijodi asosida bir necha pyesalar yaratdi.
Ular orasida ―Turna patlari‖ (1949), ―Xikoiti haqida ertak‖ (1949) va boshqalar.
―Qurbaqaning yutuqlari‖ (1952) o‘tkir satiric pyesasi bor.
Yaponiyaning yosh dramaturglari orasida Tanaka Tikao, Kayama Yusi, Misima
Yukio, Abe Kobo, Xoete Miyomilar bor.
Rassomchilik. Yaponiyaning an‘anaviy sharq rassomchiligi o‘zini daraxtga
o‘yililgan rasm, xususan, ukiyoe janri, alohida ahamiyatga ega. Bu janrda ijod
qilayotganlar qatoridan Sudzuki Xarinobu, Kitagawa Utamaro, Katsusika
Xokusay, Utagawa Xirosite va boshqalar.
Arxitektura.Yaponiyaning durungi poytaxtlari Nara va Kioyo shaharlari o
‗zlarining boy arxitekturasiga ega. Xoryudzi ibodatxonasi- Yaponiyaning
daraxtdan qurilgan eng qadimgi inshoot xisoblanadi. U xozirgi kunda ham o‘zining
betakror arxitektura shakllari bilan insonni lol qoldiradi. Kyoto shahrida
16
joylashgan tosh bog‘i Ryoandzi dunyoda mashhur. Bundan tashqari ― tilla‖,
―kimush‖ ibodatxonalari Kinkakudzi va Ginkakudzi ham dunyoda juda mashhur.
Zamonaviy yapon arxitekturasining yetuk vakillari ijod qilishmoqda. Bular, Kenzo
Tange, Arata Isodzaki, Kisyo Kurokawa, Tadao Ando, Fumixiko Maki va
boshqalar.
Yaponiyaning boshqa madaniyat turlari. Gul aranjirovkasi madaniyati- ikebana,
origami (qog‘ozdan narsa yasash), yapon oshxonasi Yaponiyadan tashqarida, ya‘ni
dunyo mamlakatlarida insonlar orasida katta qiziqish uygotgan. Bundan tashqari
Yaponiyaning turli xil spor turlariga, xususan, Dzyudo, karate, aykidolarga
qizuquvchilar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda.
Zamonaviy Yaponiyada din.
Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatidan so‗ng xarbiy-
shovinislik rejalarining bodmol bo‗lishi rasmiy dinning asoslariga putur yetdi.
Amerika xokimiyati 1945 yilda sinto dinini davlandan ajratish to‗g‘risidagi
―derektiva‖ ni e‘lon qilishdi. 1946 yil 1chi yanvarda yapon imperatorining ilohiy
ildizini va yapon xalqining boshqa xalqlardan ustun ekanligini targ‘ib etuvchi
oldingi davlat doktrinasini rad qiluvchi ―reskript‖ni mikado fosh etdi. Maktablarda
din o‗qitilishi man qilingan.
Yaponiyaning zamonaviy xayotida din faqatgina urf-odatlarda, marosimlarni
o‗tgazishdagina ifodasini topgan.
Diniy marosimlar esa, katta omma uchun madaniy va qiziqarli tomosha sifatida
qabul qilinadi.
Xulosa
Shunday qilib, biz, xindi-xitoy mintaqasining madaniyatining turli xil
tomonlarini o‗ziga singdirgan, lekin shu bilan birga o‗zining noyob o‗ziga xosligini
yo‗qotmagan, milliy asosda shakillangan Yaponiya madaniyatini ko‘rib chiqdik.
Rivojlanishning xamma bosqichida Yaponiya madaniyati o‗zini go‗zallikka
bo‗lgan nozik ta‘sirchanligi, uni kundalik xayotga tadbiq etish,o‗zinig tabiyatga
bo‗lgan beg‘ubor munosabati, dunyoning ilohiy va insoniy o‗zaro ta‘sirini xis
qilish va anglashi bilan ajralib turgan.
17
Foydalangan adabiyotlar ro‘yhati
1. Справочник «Страны мира», статья «Япония», 1996 год.
2. Советский энциклопедический словарь. М., 1987.
4. Страны мира: краткий полит. - эконом. справочник. М., 1993.
5. В. М. Хачатурян "История мировых цивилизаций" М. 1996 год
6. Алпатов В.М. Японский язык. – Языки мира. Монгольские языки. Тунгусо-
маньчжурские языки. Японский язык. Корейский язык. М. 1997
7.В.М. Алпатов. Япония: язык и общество. М. Изд. «Муравей», 2003
8. Жаҳон мамлакатлари. Справочноик. Т. Ўзбекистон. 1990. Ҳаммуаллифлик.
9. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |