Asosiy tushuncha va iboralar
«Avesto» , «Hidoya» asari; islomdagi farz va sunnat amallari; zakot; halol
mehnat, halol luqma, ehson, sadaqa; ehtiyoj, boylik, mulk, davlat.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. «Buyuk ipak yo'li» ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar ravnaq
topishida o'rni nimalardan iborat?
2. «Avesto»dagi iqtisodiy g'oyalarda ijtimoiy mehnat taqsimotining qaysi
jihatlariga ko'proq e'tibor berilgan?
3. «Avesto» asarida qashshoqlikni yo'qotish borasida qanday tadbirlar asos
qilib olingan.
4. «Alpomish» dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta'limotidagi qanday
mezon sabab bo'lgan?
5. Xalq maqollaridagi iqtisodiy fikrlarni bayon eting.
6. Islom ta'limotidagi iqtisodiy g'oyalarni qanday guruhlarga taqsimlash
mumkin.
7. Farobiy , Ibn Sino , Beruniy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy
g'oyalaridagi umumiy va xususiy jihatlarni so'zlab bering.
8. Milliy iqtisodiy tafakkur shakllanishida Markaziy Osiyo donishmandlari
iqtisodiy g'oyalarining ahamiyatini so'zlab bering.