O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи
савол, савол, савол, final work, oivoits kasalligi va undan saqlanish choralari., Bilim inson manaviy kamoloti omili, ALLOMALAR DIN TO'G'RISIDA, Hozirgi tezis nima, 4-amaliy topshiriq, 9-b baho daftari, 33, 35, 35, 1 вариант
Farg’oniy        kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma 

ishni  bir  odam  (usta)  bajarishi  mumkin  bo'lgan  holatdan,  har  bir  operasiyani 

maxsus  kishilarga  bo'lib  berish  afzalligi  ko'rsatiladi  («Qushni  so'ysa  ham,  qassob 

so'ysin»).  Mehnat  taqsimoti  to'g'risidagi  g'oya  taniqli  iqtisodchi  Adam  Smit  

ta'limotining (XVIII asr) asosidir.  

Forobiyning  fozil  (ideal)  davlat,  hokimlar  to'g'risidagi  g'oyalari  nihoyatda 

ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar 

tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd 

etilgan.  Arastu  g'oyalari  rivojlantirilib,  avvalo  er  va  joylarning  miqdori,  keyin 

ularning  egalari  va  tutgan  o'rinlari,  so'ngra  nihoyatda  zarur  hisoblanuvchi  oziq-

ovqat,  ekin  ekiladigan  erlar,  saroy  va  shaxsiy  uylarning  miqdori  hisobga  olinishi 

kerakligi ko'rsatiladi.  



  Fozillar  shahri  hokimining  fazilatlari  haqidagi  fikrlar  nihoyatda 

qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon, 

arab  va  b.  )  tillarni  bilgan,  boshqa  olim  asarlarini  tahlil  etgan,  sharhlagan  va 

izolagan.  

Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino 

Arastuning  «Metafizika»  asarini  40  marta  o'qib  ham  tushuna  olmagan  ekan.  U 

surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni 

qarangki,  bozordan  xarid  qilgan  kitobi  Forobiyning  Arastu  asariga  yozgan 

sharxlari  ekan.  Ibn  Sino  kitobni  bir  marta  o'qib  chiqishdayoq  Arastuning 

«Metafizika» asari mohiyatiga to'la tushunib etadi.  

Donishmand  hikmatlarida  insonning  kasb-unar,  san'atdagi  fazilatlari  har 

doim ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li 

bilan  ro'yobga  chiqishi  qayd  etiladi.  Shubhasiz,  bu  ikki  qobiliyat  o'zaro 

uyg'unlashganda rivojlanish bo'ladi.  

Forobiy  fikricha  ,  baxtga  erishish  maqsadida  o'zaro  yordam  bergan  xalq 

fazilatli  xalqdir.  Shu  tartibda  barcha  xalqlar  baxtga  erishish  uchun  bir-biriga 

yordam  berishsa,  butun  er  yuzi  fazilatli  bo'ladi.  O'ylashimizcha,  yangi  asr 

bo'sag'asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.  

«Kim rahbar bo'la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk 

donishmandlarni  qiziqtirgan  ekan.  Abu  Nasr  ibn  Muhammad  Forobiy  «Fozil 

odamlar  shahri»  nomli  asarida  bo'lajak  rahbarlarning  asosiy  fazilatlari  to'g'risida 

oqilona mushohada yuritgan.  

Bu  fikrlar  hozirgi  davrda  ham  nihoyatda  dolzarbligi  tufayli  ularni  keng 

ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi 

ham  diqqatga  sazovardir.  Birinchi  navbatda  rahbar  «avvalo  to'rt  muchasi  sog'-



salomat  bo'lib,  o'ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarishda  biror  a'zosidagi  nuqson 

xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi 

lozim».  Naqadar  to'g'ri  fikr.  Darhaqiqat,  nosog'lom  odamdan  samarali  ish  kutish 

amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik 

farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, 

ish  sohasida  umumiy  ahvol  qandayligini  ravshan  tasavvur  qila  olishi  zarur». 

Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la-

to'kis  saqlab  qolishi,  barcha  tafsilotlarini  unutmasligi  zarur».  To'rtinchidan, 

rahbarning  «zehni  o'tkir,  zukko  bo'lib,  har  qanday  narsaning  bilinar-bilinmas 

alomatlarini  va  u  alomatlar  nimani  anglatishini  tez  bilib,  sezib  olishi  zarur». 

Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan 

ifodalay  olishi  zarur».  Gap  bu  erda  tilni  yaxshi  bilish,  notiqlik  san'ati  haqida 

bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim, 

ma'rifatga  havasli  bo'lishi,  o'qish,  o'rganish  jarayonida  sira  charchamaydigan, 

buning  mashaqqatidan  qochmaydigan  bo'lishi  zarur».  Ayniqsa,  hozirgi  zamon 

rahbari  uchun  nihoyatda  kerakli  fazilat,  chunki  kelajak  ilm-fan  rivoji  bilan 

chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi 

aniq.  Keyingi  fazilat  iymon,  ahloq  odob,  to'g'rilik  bilan  bog'liq.  «Taom  eyishda, 

ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan 

bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur» 

degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar 

keng tarqalmoqda.  

Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil 

va  haqgo'y  odamlarni  sevadigan,  yolg'onni  va  yolg'onchilarni  yomon  ko'radigan 

bo'lishi  zarur».  Bunda  ko'pgina  rahbarlarga  tekkan  kasallaganbordorlik, 

ko'zbqo'yamachilik  illat-larining  oldi  olinadi.  Har  bir  rahbar  «o'z  qadrini  biluvchi 

va  nomus-oriyatli  odam  bo'lishi,  pastkashliklardan  yuqori  turuvchi,  tug'ma 

oliyhimmat  bo'lishi,  ulug',  oliy  ishlarga  intilishi  zarur».  Ayniqsa  «bu  dunyo 

mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan ) 

bo'lishi  zarur».  Bu  fazilatga  ega  bo'lish  ancha  mushkul,  chunki  respublikamizda 

rahbar  bo'lib  olgach,  osmono'par  dang'illama  binolar  qurish,  minglab  odamlarni 

to'plab  bir  necha  kun  to'y  berish,  qo'sha-qo'sha  mashina,  xotin  olish  faktlari 

namoyon  bo'lmoqda,  muhimi  bu  topilgan  dunyo  odatda  xarom  yo'llar  bilan 

blganligi  aniqlanadi.  Bunday  rahbarlarni  hokimiyat  ostonasiga  yaqinlashtirmaslik 

kerak.  

Haqiqiy  rahbar,  albatta,  «tabiatan  adolatparvar  bo'lib,  odil  odamlarni 

sevadigan,  istibdod  va  jabr-zulmni,  mustabid  va  zolimlarni  yomon  ko'ruvchi,  o'z 

odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, 

nohaq  jabrlanganlarga  madad  beruvchi,  barchaga  yaxshilikni  va  o'zi  suygan 

go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil 

ish  tutgani  holda  har  qanday  haqsizlik  va  razolatlarga  murosasiz  bo'lishi  zarur». 

Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina 

unga  bildirilgan  ishonchni  oqlay  oladi.  Qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiy 

tomonidan  rahbar  oldiga  qo'yiladigan  navbatdagi  fazilatda  «  o'zi  zarur  deb 




hisoblagan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda  qat'iyatli,  savodli,  jur'atli,  jasur 

bo'lishi,  qo'rqoqlik  va  hadiksirashlarga  yo'l  qo'ymasligi 

zarur» deb ko'rsatiladi.  

Yuqorida  sanab  o'tilgan  12  fazilatning  barchasi  bir 

odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda 

tug'ma  fazilatlar  sohibi  bo'lgan  odamlar  juda  kam  uchraydi 

va  ular  nodir  insonlardir».  Bunday  hollarda  aytilgan 

hislatlardan  6tasi  yoki  5tasi  kamol  topsa  ham,  «u  aql  va 

zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila 

oladi».  

Yaxshi  rahbar  u  yoki  bu  sababga  ko'ra  ishdan  ketsa 

(kasallik, o'lim...), uning o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. 

Bular donishmandlik, avvalgi o'rnatilgan odil  


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot