O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/65
Sana29.08.2021
Hajmi0.5 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
BIRINCHI QISM  

 


QADIMGI DUNYO, FEODAL JAMIYATI  VA ILK KAPITALIZMNING 

IQTISODIY TA’LIMOTLARI   

 

Englar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar  

Qur’oni Karimdan 

 

1-BOB. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA'LIMOTLARI 

 

1.1.  Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. 



 

Iqtisodiy  fan  manbalarini  avvalo  jahon  tsivilizatsiyasining  beshigi  bo'lgan 

qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.  

Iqtisodiy  g'oyalarning  shakllanishi  insoniyatning  paydo  bo'lishi  bilan 

boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil 

qilingan.  Shu  sababli  iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  quldorlik  jamiyati,  aniqrog'i, 

xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.  

Dastlab  quldorlik  jamiyati  Sharqda  sinfiy  ajralish  boshlangan  joylarda, 

Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV 

ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob 

ro'y  berdi,  metall  qurollar  ishlatila  boshlandi,  qishloq  xo'jaligida  intensiv,  ko'p 

hollarda  sug'orma  dehqonchilikka  o'tildi,  shu  asosda  nisbatan  turg'un  qo'shimcha 

mahsulot  olish  imkoni  tug'ilgan.  Oqibatda  jamiyatda  mehnat  taqsimotini 

rivojlantirishga,  ko'pgina  hunarmandchilik  sohalarining  ajralib  chiqishiga,  sinfiy 

tabaqalanishga turtki bo'ldi.  

Bu  davrda  qo'shimcha  mahsulot  olishning  asosiy  usuli  jamoaga  birlashgan 

dehqonlarni  ekspluatatsiya  qilish  yo'li  bilan  renta  -  soliq  olish  (Osiyoda)  bo'lsa, 

qullarni  (davlat  yoki xususiy)  beayov  ishlatish  bilan  ham  (Evropada)  katta boylik 

orttirilgan.  Sharqda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuv  darajasiga  qarab,  ayrim 

«erkin»  aholining  ahvoli  qullarnikidan  deyarli  farq  qilmagan  (umuman,  Sharq 

mamlakatlarida  qulchilik  masalasi  hali  uzil-kesil  hal  etilgan  emas.  Akademik 

V.V.Struve  uni  tan  oladi.  Lekin  ko'pgina  olimlarning  fikricha,  Sharqda  quldorlik 

klassik  shaklda  rivoj  topmagan,  patriarxal,  ya'ni  uy  xo'jaligida  ustun  bo'lgan 

(Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991).  

Sharq,  jumladan  Markaziy  Osiyo  mamlakatlaridagi  xo'jalik  faoliyatida 

nisbatan  erkin  odamlar  ishtirok  etgan.  Masalan,  dehqonchilik,  hunarmandchilik, 

qurilish  sohasida  qullar  mehnatidan  foydalanilmagan.  Antik  dunyo  (Farbiy 

Evropa)dagi  ayrim  regionlarda  xalqaro  savdoni  olib  borish  bilan  bog'liq  ravishda 

tovar-pul  munosabatlari ham  anchagina rivojlangan  (masalan, Gretsiyaning ayrim 

shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z 

mahsulotini 

sotishga 

mo'ljallab 

ishlab 


chiqargan 

qulchilik 

xo'jaliklari 

ekspluatatsiyani  kuchaytirishni  talab  etgan.  Oqibatda  klassik  yoki  antik  qulchilik 

yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).  

Bizgacha  etib  kelgan  eng  qadimgi  qo'lyozmada  (Qadimgi  Misr,  eramizdan 

avvalgi  XXII  asr) noib  va  aholi  o'rtasidagi  munosabatlar  to'g'risida  fikr  yuritiladi. 

Bu  davrda  sinfiy  ajralish  to'la  shakllanmagan  bo'lib,  boshqaruv  ishiga 




ishbilarmonlarni  taklif  etish  (yuqori  tabaqali  yoki  oddiy  aholidan  bo'lishidan  qat'i 

nazar) kerak deyilgan.  

Qadimgi  Misrdan  farqli  ravishda  Mesopotamiyada  xususiy  mulkchilik  va 

tovar-pul  munosabatlarining  nisbatan  tez  rivojlanishi  xarakterlidir.  Inson  shaxsi 

ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga 

olib  kelar  edi. Bunday  jarayonlar  soliq  to'lovchilar  va  harbiylardan  ajralib  qolishi 

mumkin  bo'lgan  davlatning  kuchsizlanishiga  olib  kelgan.  Saklanib  qolgan 

yodgorliklarda,  yozma  qonunlarda  iqtisodiy  g'oyalar  ham  mavjud,  unda  mustaqil 

ishlab  chiqaruvchilarning  huquqlarini  himoya  qilish,  tartibga  solish  bo'yicha 

muhim  fikrlar  berilgan.  Eramizdan  avvalgi  XVIII  asrda  Bobil  (Vavilon)  da 

(m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi

qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-

1902  yy.  Suza  shahri  qoldiqlarini  arxeologik  qazish  paytida  topilgan  (Frantsiya 

poytaxti  Parijdagi  mashhur  muzey  -  Luvrda  saqlanyapti).  Nushasini  BMT 

binosidagi  muzeyda  ham  ko'rish  mumkin.  Toshga  uyib  yozilgan  muhim  va 

qadimiy,  tarixiy  hujjatni  tahlil  qilish  shuni  ko'rsatadiki,  mavjud  davlat  sinfiy  va 

sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga 

egalik  shakllari  muhimdir.  Qonunda  «kuchlilar  zaifroqlarni  cheklamasligi  kerak» 

degan  qoida  bor.  Masalan,  qarzdorligi  uchun  podsho  jangchilari  va  boshqa 

aholining  erlarini  sotish  yoki  tortib  olish  man'  etilgan.  Sudxo'rlik  faoliyati 

cheklangan,  uning  miqdori  pulda  20,  mahsulotda  33  foizdan  ortiq  bo'lmasligi 

kerak.  


Asosiy  maqsad  ishlab  chiqarishni,  birinchi  navbatda  qishloq  xo'jaligini 

rivojlantirishni  qo'llab-quvvatlash  bo'lgan,  ya'ni  mehnatsiz  daromad  topishga 

qarshi  kurashilgan.  Qarzni  qarz  hisobiga  uch  yildan  ortiq  ushlab  turish  mumkin 

bo'lmagan.  Umuman,  xususiy  mulkchilik,  shu  jumladan  erga  ham  tan  olingan. 

Birovning  xususiy  mulkiga  ko'z  olaytirgan,  unga  zarar  etkazganlar  iqtisodiy 

jihatdan  jazolangan.  Bu  qonunlar  to'plami  davlatning  mamlakatni  iqtisodiy 

boshqarish  sohasidagi  dastlabki  tajribasini  ko'rsatadi.  Oqibatda  shu  davrda 

mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.  

Qadimgi  Hindistonning  «Manu  qonunlari»da  (m.a.  IV-III  asrlar)  ijtimoiy 

mehnat  taqsimotining,  hukmronlik  va  bo'ysunish  institutlarining  mavjudligi 

aytiladi.  

Hindistondagi  iqtisodiy  g'oyalarni  aks  ettiruvchi  qadimgi  yodgorlik 

«Artxashastra»  (m.a.  IV-III  asrlar  oralig'ida)dir  (tom  ma'nosi  bo'yicha  ifoda, 

amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy 

va  muhim  tarixiy  yodgorlikdir  (u  Chandragupta  I  podsholigi  davrida  podsho 

maslahatchisi  Kautile  Bishnugupta  tomonidan  yozilgan  degan  fikr  bor).  Unda 

qulchilikni  mustahkamlash  asosiy  vazifa  qilib  qo'yilgan.  Qulchilik  eng  past 

tabaqalarga  xos  narsa  deb  sanaladi.  Bu  asarda  «buyumning  qiymati»  muammosi 

ko'tarilgan,  qiymat  miqdori  «ish  kunlari»  bilan  belgilangan,  rag'batlantirish  esa 

mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.  

Bu  asarda  davlatni  boshqarish  bo'yicha  takliflar  berilgan  bo'lib,  bir  qancha 

iqtisodiy  g'oyalar  ham  ilgari  surilgan.  Masalan,  unda  mahsulotning  bozor  bahosi 

bilan  uning  tabiiy  qiymati  o'rtasidagi  farq  aytilgan.  Tovarga  bo'lgan  ehtiyoj 



ortganda,  uning  bahosi  qiymatdan  oshib  ketishi  mumkin,  deyilgan.  Savdo  bilan 

shug'ullanuvchilarga  alohida  urg'u  berilgan  bo'lib,  foyda  masalasi  ko'tarilgan, 

foydaning  miqdori  tovar  bahosiga  (boshqa  harajatlar  qatorida)  qo'shilib,  mahalliy 

mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham 

afzal) qilib belgilangan.  

Davlatning  iqtisodiy  ishlarga  aralashuvi  qo'llab-quvvatlangan.  Qishloq 

xo'jaligiga  alohida  e'tibor  berilgan,  bo'sh  erlar  xalqqa  bo'lib  berilishi  va  soliq 

to'lash  zarurligi,  sug'orish  inshootlari  qurishga  e'tibor  haqida  so'z  yuritiladi. 

Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, 

degan  g'oya  markaziy  o'rinni  egallaydi.  (Hozirgi  davrdagi  J.M.Keyns  va 

institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)  

Moliya  sohasida  daromad  solig'iga  katta  e'tibor  berilgan.  Davlat  ba'zi 

ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. 

Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash  (foydani oshirib, sarf-

harajatni  kamaytirish),  hisob-kitobni  tartibga  solish,  har  xil  o'g'irliklarga  qarshi 

kurashish  kerakligi  belgilangan.  Shu  tamoyillarni  amalga  oshirish  tufayli 

jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.     

Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir 

qancha  muhim  iqtisodiy  g'oyalar  keltirilgan.  Respublikamiz 

olimlarining tadqiqotlariga  ko'ra,  zardushtiylik (zoroastrizm) 

dinining  (islomgacha)  muqaddas  kitobi  bo'lgan  «Avesto» 

ya'ni  «hayot  yo'riqnomasi»  (asli  «Ovasta»)  da  ham  muhim 

iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.        

 Jumladan,  sun'iy  sug'orish  asosida  dehqonchilik 

yuritish,  ona  tabiatni  e'zozlash,  hayvonlarni  asrash,  noo'rin 

so'ymaslik,  unga  zug'um  qilmaslik,  tuproq  sharoitini 

yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalni 

II ming yillik oxiri - I  




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat