O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/65
Sana29.08.2021
Hajmi0.5 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
(reyganomika),  oqibatda  bu  prezident  davrida  qo'shimcha  14  million  kishi 

tadbirkorligiga  yo'l  ochib  berildi,  yangi-yangi  millionerlar  vujudga  keldi.  Xuddi 

shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi. 

Buyuk  Britaniya  iqtisodiyotida  ham  buni  ko'rish  mumkin  (tetcherizm). 

Iqtisodiy  siyosat  va  iqtisodiy  g'oyalarning  bir-biri  bilan  chambarchas  bog'liqligini 

isbotlovchi misollarni ko'plab keltirish mumkin. 

Ayniqsa, «soцialistik» deb atalgan rivojlanish yo'lidan voz kechmagan Xitoy 

va  Vetnam  davlatlarining  iqtisodiy  taraqqiyoti  ham  diqqatga  sazovordir.  Bozor 

iqtisodiyoti  unsurlarining  keng  rivojlanishiga  imkon  beruvchi  iqtisodiy  islohotlar 

tufayli katta yutuqlarga erishildi. 

Ikkinchi  jahon  urushi  tufayli  ikkiga  ajratilgan  GFR  va  GDRlarning  bu 

davlatlar  qayta  birlashgandan  keyingi  iqtisodiy  rivoji  ham  juda  ibratlidir. 

«Soцialistik»  lager  vakillari  ichida  etakchi  bo'lgan  GDRning  to'la  erkin  bozor 

munosabatlariga o'tishi uchun xiyla katta mablag' va vaqt talab etilishi aniq bo'lib 

qoldi.  Vaholanki,  Rossiyaning  taniqli  iqtisodchi  olimlari  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tishning  «500  kunlik»,  hatto  «100  kunlik»  dasturlarini  taklif  etdilar  (Shatalin, 

Yavlinskiy...). Bu yo'l o'zini oqlamadi.  

Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo'lgan yana bir 

xususiyat  shuki,  iqtisodiy  g'oyalar  doimo  dialektik  rivojlanishda  bo'lib,  ularning 

tahliliga so'nggi nuqta qo'yish qiyin.Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan 

fikr  va  g'oyalarning  ma'nosi  ustida  tortishuv  va  baxslar  hali  ham  davom  etib 

kelmoqda.  Masalan,  hanuzgacha  K.Marksning  qiymat  (ruscha  -  «stoimost») 




to'g'risidagi  fikri  aslida  qimmat  (ruscha  -  «цennost»)  bo'lgan, degan  fikr  mavjud. 

Marks  asarlarini  nemis  tilidan  tarjimada  yo'l  qo'yilgan  xato  tufayli  jiddiy 

tushunmovchilik  yuzaga  kelgan,  deyilgan  (Blaug  M.  Ekonomicheskaya  mыsl  v 

retrospektive.M. ,1994). 

Bu fan tarixi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ob'ektiv 

xo'jalik amaliyoti bilan chambarchas bog'liq. Ko'pgina olimlar avvallari (hozir ham 

uchrab  turadi)  o'z  qarashlarini  mutloq  universal  bekami-ko'st  deb  ko'rsatishga 

uringanlar.  Albatta,  «abadiy»  qonuniyatlar  ham  mavjud  bo'lib,  ularni  istalgan 

tizimda  kuzatish  mumkin,  ammo  ko'p  hollarda  olimlar  bugungi  haqiqatning 

tarixiyligini ilg'ab olishga har doim qodir emas. 

 Yana  bir  muhim  masala  ustida  to'xtab  o'tish  kerakki,  avval  yuzaga  kelgan 

iqtisodiy  g'oyalarga  shu  kungi  o'lchovlar  bilan  baho  beriladi  va  odatda  ilgarigi 

g'oyadagi  «xato»  va  «kamchilik»lar  aniqlanib,  yangi  g'oyaning  undan  afzalligi 

«isbotlanadi». 

Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta'kidlanganidek, avvalgi 

g'oyalar  tufayli  odatda  yangi  g'oyalar  yuzaga  keladi,  shuning  uchun  bu  g'oya 

«yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A.Smitning mashhur 

asarida  o'zidan  avvalgi  davrda  yuzaga  kelgan  antik  dunyo,  merkantilizm, 

fiziokratizm  ta'limotlari  tahlil  etilgan,  Evropaning  iqtisodiy  tarixi  sinchiklab 

o'rganilgan. 

Etakchi g'arb olimlari ko'p hollarda uch buyuk shaxsning g'oyalariga alohida 

urg'u berishadi: bu Smit, MarksA.Marshall va Keynsdir. 

Bu  olimlarning  iqtisodiy  g'oyalarida  mavjud  ta'limotlarning  ko'pchiligi  o'z 

in'ikosini  topgan  va  ular  jahon  iqtisodiy  g'oyalari  rivojiga  alohida  hissa  qo'shgan 

shaxslardir. 

Iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  fani  bo'yicha  yaratilgan  adabiyotlarga 

to'xtaladigan bo'lsak, bu masala o'zbek o'quvchilari uchun eng nozik masala deyish 

mumkin. 


1997  yili  «Fan»  nashriyoti  tomonidan  e'lon  qilingan  o'quv  qo'llanmadan 

(2000 nusha) so'ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan ham qo'llanma 

(300 nusha) bosilib chiqqan. 

2001 y. Q.Yo'ldoshev va Q. Muftoydinlvlar tomonidan «Iqtisodiy ta'limotlar 

tarixidan»  nomli  qo'llanmada  Sharq  iqtisodiy  g'oyalari  tahlil  etiladi. 

Yu.B.Yusupovning  rus  tilida  (1999)  chop  etilgan  ma'ruzalar  matni  diqqatga 

sazovardir. 

2000  yildan  boshlab  TDIU  magistraturasida  «Iqtisodiy  nazariyasi» 

mutaxassisliklari  uchun  «O'rta  Osiyo  mutafakkirlarining  iqtisodiy  g'oyalari» 

maxsus kursi o'qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, ma'ruzalar matni va 

boshqa me'yoriy xujjatlar tayyorlanib, amalda qo'llanilmoqda. 

Xorijda esa (jumladan, Rossiyada) bu sohada ancha ish qilinganini qayd etib 

o'tish  kerak.  Taniqli  g'arb  iqtisodchisi  Mark  Blaugning  (1927  y.  tug'ilgan) 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat