O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/65
Sana29.08.2021
Hajmi0.5 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
merkantilizm  vujudga  keldi.  Merkantilizm  to'g'risida  qisqa  ma'lumot  beradigan 

bo'lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir 

metallarni ko'proq to'plash, ta'limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi 

iqtisodiy  qonuniyatlarni  izlashdir,  ya'ni  avvalgi  davrdagi  g'oyalardan  keskin  farq 

qiladi. 

Keyingi muhim o'zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir 

(XVIII asr). Bu iqtisodiy ta'limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning 

umri  uncha  uzoq  bo'lmadi.  Klassik  maktab  g'oyalari  hozirgi  davrda  ham  turli 

shakllarda  qayta  namoyon  bo'lmoqda  (neoklassik,  liberal,  neoliberal...).  Marks 

nomi  bilan  bog'liq  bo'lgan  marksizm  ta'limoti  (nobozor  iqtisodiyot)  ham  tarixda 

muhim  o'rinni  egallaydi.  Hozirgi  davrda  bu  ta'limot  to'g'risida  imkoni  boricha 

gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko'proq uning 

faqat  salbiy  tomonlarini  tilga  olish  «moda»ga  kirgan.  Bunda  «jon»  bor  albatta, 

chuni  1917  yili  Rossiyada  boshlangan  marksizmni  hayotga  tadbiq  etish  jarayoni 

samarasiz  tugadi.  Keyinchalik  shu  yo'lga  o'tgan  bir  qancha  mamlakatlarda  ham 

eksperiment  samarasiz  yakunlandi.  Lekin  tarix  uchun  insoniyatga  bu  saboq  juda 

muhim, shu sababli uni chetlab o'tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda 

xayoliy  soцialistlar  va  markschilarning  iqtisodiy  g'oyalari  ham  o'rin  olgan,  uning 

tarixiy taqdiri berilgan. 

XIX  asr  2-yarmida  avvalgi  g'oyalarga  marksizmga  muqobil  ravishda 

vujudga  kelgan  va  umumlashtirilgan  holda  marjinalizm  deb  ataladigan  ta'limot 

hozirgi  zamonning  asosiy  iqtisodiy  g'oyasi  hisoblanadi.  Lekin  shuni  ham  alohida 

ta'kidlab  o'tish  kerakki,  biror  ta'limot  doimo  sof  holda  amalda  deyarli 

qo'llanilmaydi.  Har  bir  ta'limotning  ko'plab  turli  oqim  va  yo'nalishlari  mavjud. 

Odatda 

sof 


erkin 

bozor 


munosabatlari 

deyarli 


uchramaydi. 

Bozor 


munosabatlarining  unsurlari,  ular  o'rtasidagi  nisbat  ham  doimo  o'zgarib  turadi. 

Demak, iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning 

doimo  harakatda,  o'zgarish,  rivojlanishda  ekanligidir.  Bir  mamlakat  chegarasida 

iqtisodiy  ta'limot  ta'siri  ostida  iqtisodiy  siyosat  har  doim  rivojlanishda  bo'lishi 

kerak.  

90-yillarda  tarixiy  jarayonlarda  yana  bir  holat  qayd  etilmoqda.  Bu 

«soцialistik»  deb  atalgan  va  iqtisodiyoti  ma'muriy-buyruqbozlikka  asoslangan 

(«rejali  iqtisodiyot»  ham  deyiladi)  mamlakatlarning  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish 

davri  amalga  oshmoqda  («o'tish  iqtisodiyoti»  deb  ham  nomlanadi).  Bu  tarixda 



birinchi  marta  ro'y  bermoqda,  oxirgi  o'n  yillik  tajriba  bor.  Ammo  bu  holat  ko'p 

munozaralarga sabab bo'lmoqda. 

Darslikda  O'zbekiston  misolida  bozor  munosabatlariga  o'tish  iqtisodiyoti 

konцepцiyasi xususiyatlari bayon etiladi.  

Iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  fanining  boshqa  fanlardan  farqli  yana  bir  muhim 

xususiyati  shuki,  har  bir  g'oya,  ta'limot  uni  yaratgan  bir  yoki  bir  guruh  insonlar, 

olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog'liq holda beriladi. 

Iqtisodiyot  bo'yicha  Nobel  mukofoti  laureati  Milton  Fridmenning  fikricha, 

fanni o'rganishda olimlarning «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, 

shu yo'l bilan olimlarni aforizm va misollar yordamida rag'batlantirish kerak, faqat 

sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarur». 

 Sharq,  xususan  Markaziy  Osiyo  donishmandlarining  iqtisodiy  g'oyalarini 

o'rganish,  aslini  olganda,  endi  boshlandi,  shu  sababli  kitobning  bu  bo'limi  yangi 

materiallar bilan to'lib borishiga ishonchimiz komil.  

Etakchi  mamlakatlar  taraqqiyotining  asosiy  omillaridan  biri,  bu  davlatlar 

iqtisodiyotining bo'layotgan o'zgarishlarga tez adaptaцiyasidir, ya'ni moslashuvidir.  

AQSh  davlati  tarixida  qisqa  vaqt  davomida  iqtisodiy  siyosat  bir  necha  bor 

almashdi va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya (1929-1933 yy.)dan 

keyingi  davrda  AQSh  prezidenti  D.Ruzvelt  «yangi  yo'l»  kursi  bilan 

J.M.Keynsning iqtisodiy g'oyalarini amalda qo'lladi (davlatning iqtisodiyotdagi roli 

keskin  oshdi,  vaholanki  undan  avvalgi  yillari  xususiy  mulk  (99  foiz)  asosiy  va 

etakchi bo'lgan). Keyinroq prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi 

roli  ancha  kamaytirilib,  liberal  (erkin)  iqtisodiyotga  keng  yo'l  ochib  berildi 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat