O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti


Iqtisodiy fanlarning o’zaro aloqadorligi



Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/65
Sana29.08.2021
Hajmi0.5 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Iqtisodiy fanlarning o’zaro aloqadorligi   

 


 

UMUMIY 


IQTISODIY 

NAZARIYA 

Informatsion – tahliliy  

iqtisodiy – matematik 

usullar; statistika

  

xo’alik 



faoliyati tahlili 

Maxsus iqtisodiy shakl va 

tashkilotlar iqtisodiyoti 

moliya ; kredit; marketing 

tabiatdan foydalanish 

iqtisodiyoti va  boshqalar 

Aniq – iqtisodiy fanlar, 

tarmoqlar iqtisodiyoti, 

korxonalar iqtisodiyoti, 

mamlalakatlar iqtisodiyoti 

Tarixiy – iqtisodiy fanlar, qtisodiy 

talimotlar tarihi, iqtisodiyot tarixi  



 

 

Manba: Obhaya ekonomicheskaya teoriya (Politekonomiya). Uchebnik 



M.Promo-media.1995,s.30. 

 

Ayniqsa  hozirgi  davrda  iqtisodiyot  har  bir  inson  hayotiga  jo’shqinlik  bilan 



kirib bormoqda va  odamlar iqtisodiyot to’g’risida imkoni boricha ko’proq bilishga 

intilmoqdalar.  Xo’sh,  ummon  kabi    keng  iqtisodiyot  fanini  o’rganishda  nimadan 

boshlamoq  kerak,  degan  savol  tug’ilishi  tabiiy.Iqtisoyotning  asosan  bir  nechta 

nozik  «kasalliklari»  bor.  Bular  asosan  aholining  ishsizligi,  pulning  inflyatsiyasi, 

davlatning byudjet kamomadi.  

Bizningcha,  bu  ishni,  shifokor  davolanuvchini  tuzatishni  uning  kasallik 

tarixidan boshlagani kabi,  tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun 

muammolarini  to’la  hal  etishda  o’tgan  asr    iqtisodchilaridan  barcha  savollarga 

tayyor  javob  topish  qiyinligi  aniq,  ammo  o’tgan  donishmandlarning  fikr-

mulohazalari  hozirgi  va  kelajak  to’g’risida  to’g’ri  qisqacha  xulosalar  chiqarish 

uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog’i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat 

qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.  

Ammo shunday bo’ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e'tibor 

berildi, hatto  "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" katag’onga uchradi, faqat mustaqillik 

yillari bu fanni oliy o’quv  yurtlarida qaytadan o’qitish boshlandi. Bu o’z-o’zidan 

bo’lgani yo’q, albatta.  

Sovetlar  tuzumi  davrida  ko’pgina  fanlar,  shu  jumladan,  iqtisodiyot  fani 

sinfiylik, partiyaviylik  mafkurasi asosida o’rganildi, marksizm-leninizm g’oyalari 

birdan-bir to’g’ri ta'limot deb  qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga, 

uzoq  o’tmishga  hech  qanday  hojat  yo’q,  degan    umumiy  qayfiyat  yuzaga  keldi. 

Sotsialistik  va  kommunistik  jamiyat  qurishda  dasturilamal  bo’lgan  mafkuraga 

muqobil bo’lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha 

iqtisodiy  ta'limotni  o’rganishga,  kapitalizm,  bozor  munosabatlarining  kelajagi 

yo’qligini zo’rma-zo’raki "isbotlash"ga qaratildi. 

 Ammo  bu  yo’l  tarix  sinovidan  o’tmadi.  Iqtisodiyotda  sinfiy,  mafkuraviy 

tamoyillar  ertaklardagi  qum  saroylari  kabi  vayron  bo’la  boshladi.  Tabiatning 

yomon  ob-havosi  bo’lmaganidek,  tarix  ham  bo’lib  o’tgan  yaxshi  yoki  yomon 

voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru' qilmaydi. 




Hozirgi  davr  olimlari  avvalgi  mualliflardan  ko’ra  ko’proq  biladilar,  bu 

ob'ektiv  jarayon,  ammo  shunisi  ham  ayni  haqiqatki,  biz  ular  tufayli  ham  shu 

narsalarni bilamiz.  

Yana shuni ham alohida ta'kidlab o’tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi 

fanni  o’qish,  qanday  dastur  va  darslik  asosida  o’qitish  "markaz"ning  to’la 

ixtiyorida  bo’lgan.  Tarjima  qilish  ham  shu  yo’sinda  olib  borilgan.  Oxir-oqibat 

o’zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo’l berilmagan.  Ayniqsa, Sharq, xususan 

o’rta  osiyolik  olimlar,  donishmandlar  va  allomalarning  iqtisodiyot  va  boshqa 

fanlarga qo’shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.  

Mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  o’tgan  O’zbekistonlik  olimlar  oldida,  ko’pgina 

fanlar  kabi,  iqtisodiyot    fani  borasida  ham  katta  ishlarni  amalga  oshirish  vazifasi 

turibdi.  Yangi  dastur,  o’quv  qo’llanma    va  darsliklar  yaratish  eng  muhimdir. 

iqtisodiyot  insoniyat  tarixi  kabi  qadimiydir.  Iqtisodiyotga  oid  fikr,  g’oya,  qarash, 

nazariya  va  ta'limotlar  ham  ko’p  ming  yillik  tarixga  ega.  Lekin  ularning  asosiy 

qismi yozuv paydo bo’lganidan so’ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. 

Bu  manbalar,    ulardagi  g’oyalar  avvalo  insoniyatning  muqaddas  mulkidir,  uni 

topish, o’rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo’lsa, ulardagi nodir fikrlarni 

hayotga  tadbiq  etish  ham  nazariy,  ham  amaliy    ahamiyat  kasb  etadi,  katta 

tarbiyaviy ahamiyatga ega.  

Iqtisodiyot  baynalmilal  hodisa  bo’lib,  uning  oldida  turgan  vazifalar  barcha 

xalqlar  va  mamlakatlar  uchun  bir  xil,  ammo  ular  rivojlanish  davomida  turlicha 

natijalarga  erishganlar.  Hozirgi  davrda  ham  bozor  iqtisodiyotining  prinsiplari 

hamma uchun bir xil bo’lishiga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida 

klassik  iqtisodiy  maktab  vakillari  Adam  Smit  va  David  Rikardo  ob'ektiv,  ya'ni 

inson  xohishiga  bog’liq  bo’lmagan,  ammo  ular  tomonidan  o’rganilishi  mumkin 

bo’lgan  qonunlar  asosida  amal  qiluvchi  xo’jalik  tizimi  to’g’risidagi  ta'limotni 

yaratdilar.  Ularning  fikricha,  davlatning  iqtisodiy  siyosati  bu  qonunlarga  xilof 

bo’lmay,  aksincha  bu  qonunlarga  suyanishi  kerak,  ana  shunda  iqtisodiyot  ravnaq 

topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda 

to’g’ri  foydalanish  hayot  talabi  bo’lib  bormoqda.  Uzoq  o’tmishdagi  ko’pgina 

o’gitlar,  hayotiy  tajribalar,  allomalarning  fikri  va  g’oyalari  hozirgi  kunda 

asqotmoqda, ularni o’rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.  

Iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  deyarli  to’rt  ming  yillik  rivoji  davomida  bir 

qancha bosqichlarni  bosib o’tdi. Ularning turli yo’nalishlari va maktablari mavjud  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Antik olimlarning 



iqtisodiy qarashlari  

O’rta asrlardagi 

iqtisodiy qarashlar 

Fiziokratlar  

Merkantilizm 

Ilk klassik

 maktab 

Liberal 


maktab 

Angliya 


klassik 

maktab 


Marginalizm 

Utopik – sotsalistik

 

nazariyalar 



Markssha iqtisodiy 

talivot 


Tarixiy maktab 

Yangi tarixiy 

maktab 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
fizika matematika
nomidagi samarqand
fanlar fakulteti
moliya instituti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
таълим вазирлиги
respublikasi axborot
Toshkent axborot
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat