O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,56 Mb.
bet1/4
Sana28.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#713918
  1   2   3   4
Bog'liq
LAZERLARNING YARATILISH TARIXI. GAZ LAZERLARI





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA TA`LIM YO`NALISHI
2-BOSQICH 201-GURUH TALABASI
NORQOBILOVA SARVINOZNING
OPTIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

TOPSHIRDI : NORQOBILOBA SARVINOZ
QABUL QILDI: ___________________________

TERMIZ-2021
MAVZU: LAZERLARNING YARATILISH TARIXI. GAZ LAZERLARI


REJA:
Kirish
1. Lazerlarning yaratilish tarixi
2. Gaz lazerlari. Lazerlarning turlari
3. Lazerlardan turli maqsadlarda foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

MAVZU: LAZERLARNING YARATILISH TARIXI. GAZ LAZERLARI
REJA:
Kirish
1. Lazerlarning yaratilish tarixi
2. Gaz lazerlari. Lazerlarning turlari
3. Lazerlardan turli maqsadlarda foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

KIRISH
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida fizika fanlarini sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar yoshlar o‘rtasida fizika fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning fizika, elektronika sohasidagi iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan “Yosh fiziklar portali”ni ishga tushirsin;
2022-yil 1-iyunga qadar oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun takomillashtirilgan dasturlar asosida yangi darslik va muqobil adabiyotlar yaratish, moddiy-texnik, laboratoriya va o‘quv-metodik ta’minotini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yangilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fizika sohalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin;
Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi “Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etilsin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq fizika yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
2021-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida soddalashtirilgan mexanizm orqali kosmonavtika va aerodinamika sohalarini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Kеyingi yillarda spеktroskopik mеtodlarning dеyarli barchasida nurlanish manbai sifatida lazеrlardan foydalanish an`anaga aylandi. Lazerli spektroskopiya tadqiqod metodi va fan sifatida shakillandi. Keng chastota (to’lqin uzunligi) diapazonidagi lazer nurlari modda tuzilishini, kondensirlangan muhitlarda sodir bo’luvchi jarayonlarning mexanizmlarini, kinetikasini va termodinamikasini o’rganishga tadbiqi ham kuchaydi. Lazer nurlari oddiy spektroskopik metodlar xususan akustik spetroskopiya, dielektrik radiospektroskopiya, Madelshtam-Brulyuem spektroskopiyasi, kombinatsion sochilish spektroskopiyasi infraqizil va ultrabinafsha nurlar spektrokopik metodlari takomillashdi va ularning qo’llanilish sohalari astrofizikagacha tarqaldi. Lazerli spektroskopik metodlarning moddalar tuzilishini, ularda sodir bo’layotgan jarayonlarning mexanizmlarini, kinetikasini va boshqa barcha fizik jihatlarini o’rganish borasidagi eng xarakterli jihatlaridan biri lazerli spektroskopik aparatlarning aparat funksiyasining juda kichikligi, bu nurlar eltadigan energiyaning oddiy yorug’lik manbaalariga nisbatan bir necha million marta kattaligi va aniq chastotalarni tanlay olish imkoniyatining mavjudligidadir. Bu o’rinda lazerli spektroskopiya muayyan bir chastotalik nurlarning sochilish va yutilish spektrlarini o’rganish orqali moddalarda keng diapazondagi tovush to’lqinlarining yutilish koefitsentini va tarqalish tezligini aniqlash imkonini ham bermoqda.Bu spektrlarni o’rganish ham o’z navbatida olinayotgan spektrlarning relaksatsion chastotalariga mas`ul bo’lgan fizik jarayonlarni o’rganish imkonini ham yaratmoqda. Lazеr nurlari monoxromatik va shu bilan bir vaqtda ancha kuchli manbalar bo‘lishi bilan birga ularning apparat funksiyasi ham ilmiy tadqiqotlar uchun eng samarali va qulay manbalardan biri bo‘lib qolmoqda. Spеktroskopik mеtodlarning majmuasini komplеks qo‘llash orqali moddalar tuzulishini, ularda sodir bo‘layotgan jarayonlarning kinеtikasi va mеxanizmlarini o‘rganishda eng samarali tadqiqot mеtodlaridan bo‘lib qolmoqda. Ikkinchi tamondan deyarli barcha zamonaviy spеktroskopik mеtodlar o‘ta kam miqdordagi namunalardan foydalanib, o‘lchashlar bajarish imkonini ham bеradi. Ammo spеktroskopik mеtodlarning tavsiflari va ularning nazariy hamda ekspеrimеntal asoslari bayon qilingan o‘zbеk tilidagi adabiyotlar dеyarli yo‘q. Lazеrlar va lazеrli spеktoskopiya bo‘yicha ham darslik va o‘quv qo‘llanmalari, mеtodik ishlanmalar va ommabop nashrlar ham yetarli emas. Shuning uchun ushbu kurs ishining mavzusi lazerlarning yaratilish tarixi va gaz lazеrlari masalalarini o‘rganishga bag‘ishlanishi maqsadga muvofiq dеb topildi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, birinchidan lazerlarning yaratilish tarixini o‘rganish va ularni ilmiy tadqiqotlarga qo‘llash masalalarini ilgari faqat markaziy oliy ta’lim muassasalaridagina amalga oshirilar edi. Fan va tеxnologiyalarning bugungi istiqboli esa bunday nazariy va amaliy tadqiqotlarni bizda ham amalga oshirish imkonini bеrmoqda. Ammo bu sohada malakali mutaxassislarning yo‘qligi, yosh bitiruvchilar va magistrantlarga spеktroskopik mеtodlarning imkoniyatlarini o‘rgatish masalalarni hal etishda qiyinchiliklar tug‘dirib kеlardi. Shuning uchun ham lazerlar ustida ishlovchi mutaxassislarni tayyorlash uchun shunday mavzularni o‘rganish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.Ikkinchidan bugungi kunga kelib ADU ning optika labaratoriyasi demanstaratsion spektrometrlar va maykelson, Max- sender interferometrlar va suyuq moddalarning spektrlarini o’rganishga mo’ljallangan spektrometrlar bilan ta’minlanganligi, ularning mabaalari sifatida lazerlarning qo’llanilishi ham ishning dolzarbligini, belgilaydi. Ishning maqsadi va vazifalari. Lazеrlarning yaratilish tarixini, ularning ilmiy asoslarini, konstruktiv jihatlarini va ularning qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish va o‘zbеk va ingliz tillarida bayon qilish. Spеktroskopik mеtodlarni o‘rganish, ularning imkoniyatlarini, qo‘llanilish soxalarini, boshqa amaliy jixatlarini solishtirish, afzalliklarini o‘rganish, spеktrlarning taxlilidan moddalarda sodir bo‘layotgan fizik jarayonlarning mеxanizmlarini, kinеtikasini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot ob’еkti va prеdmеti. Kurs ishining tadqiqot ob’еkti lazеrli spеktroskopiya mеtodlarini va lazerlarning strukturasini, va fizikasini, o‘rganishdan iborat. Kurs ishining asosiy vazifalaridan yana biri lazerlarning tibbiyot qo’llanilishini keng ko’lamda o’rganish va taxlil qilish solishtirish, taqqoslash yo’li orqali yangi davolovchi energiya miqdorlarini topishga qaratilgan. Prеdmеti esa, lazer mеtodlarining natijalari asosida modda tuzulishini, ularda sodir bo‘layotgan fizik jarayonlarning mеxanizmlari, kinеtikasi o‘rganishdan iboratdir. Universitetning “fizika” ta`lim yo`nalishi o`quv rejasiga asosan “Ixtisoslik fanlari” qatorida “Lazer fizikasi” fani o‟qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fan bo‟yicha ma`ruza mashg`ulotiga 34 soat, seminar mashg`ulotiga 20 soat va talabalarning mustaqil ta`limi uchun 36 soat ish hajmi ajratilgan. Bu fan 2-bosqichning 3- semestrida hamda 3- bosqisning 5-semestrida o`qitiladi. “Lazer fizikasi” ixtisoslik fani dasturining asosiy mazmuni quyidagilarni qamrab oladi:  spontan va majburiy nurlanish;  lazerlarning ishlash prinsipi;  lazer nurlarining xossalari;  lazer nurining modda bilan o`zaro ta`sirlari;  spontan nurlanishning klassik va kvantoelektrodinamik nazariyasi;  damlash;  optik rezanatorlar;  lazerlarning ish rejimlari;  lazerlarning turlari;  lazerlarning turli sohalarda qo`llanilishi. Mustaqil O`zbekiston Respublikasida 1997 yili 29 avgustda tasdiqlangan “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to`g`risidagi qonunlarini hayotga tadbiq etish mamlakatda tub islohotlarga olib keldi. U jamiyat ta`lim-tarbiyasiga mas`ul muassasalar oldiga har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirishdek ulkan vazifani yukladi. Barkamol avlodni tarbiyalash ta`limtarbiya muassasalari tizimiga, u tizimda foydalanilayotgan o`quv dasturlari va o`quv rejalariga, shu dastur va rejalarga mos bo`lgan ta`lim-tarbiya vositalari va ular bilan taminlaganlik darajasiga bog`liqdir. Ta`lim-tarbiya vositalari orasida jahon talab darajasida tayyorlangan o`quv darsliklari va qo`llanmalari alohida ahamiyatga egadir. Zamon talabi darajasida darslik va qo`llanmalar yaratish O`zbekiston o`quv muassasalari oldiga qo`yilgan eng dolzarb masalaga aylandi. Ushbu dolzarb masala ta‟lim tizimining barcha jabhalariga ham bir hil taalluqlidir. Ushbu masalani hal etish maktab, kollej, listey va oliy yurtlari o`qituvchilari, ilmiy-tadqiqotlari xodimlari zimmasiga tushadi. Oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallangan maqbul o`quv qo`llanmalar yaratish ham zikr etilgan dolzarb masalaning tarkibiy qismi hisoblanadi. “Lazer fizikasi” fanidan o`quv qo`llanmasini yaratiga qo`l urildi. Demak, universitet talabalari uchun shu kungacha o`zbek tilida mavjud bo`lmagan “Lazer fizikasi” o`quv qo`llanmasini yaratish dolzarb masala tarkibidagi ishdir. “Lazer fizikasi” fanidan o`quv qo`llanmasini tayyorlashda Davlat Ta`lim standarti (DTS), o`quv dasturi va rejasi asos qilib olindi. Bu sohadagi ilmiy, o`quv adabiyotlari, turli anjuman materiallari va internet materiallari tahlil etildi. Natijada fan dasturi tuzilib, qo`llanma mundarijasi shu dastur asosida shakllantirildi. Demak, davlat meyoriy xujjatlari va mavjud ilmiy va o`quv ta`lim-tarbiya vositalari izlanish ishing ob`ekti hisoblanadi. Tayyorlangan “Lazer fizikasi” fani bo`yicha o`quv qo`llanmasi Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti “fizika” ta`lim yo`nalishi 3-kurs talabalarini o`qitishda sinovdan o`tkazildi. Sinov davrida fan uchun tuzilgan reyting tizimi, tizimning “joriy baholash”, “oraliq baholash” va “yakuniy baholash” bosqichlari uchun tayyorlangan oddiy va test savollari, ular asosida tayyorlangan variantlar, tarqatma materiallar o`quv jarayonida sinab ko`rildi va ijobiy natijalarga erishildi. Demak, sinovdan ijobiy natija bilan o`tgan “Lazer fizikasi” o`quv qo`llanmasi, unga bog`liq bo`lgan o`rgatuvchi va nazorat vositalari ishlanish ishining predmeti hisoblanadi. Ishlanish ishini amalga oshirishda tadqiqotning nazariy tahlil usuli, sinov jarayonida esa mashg`ulotlar jarayonida va reyting nazorati jarayonida tadqiqotning og`zaki va yozma amaliy usullaridan foydalanildi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish