O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti boshlang`ich ta`lim metodikasi



Download 1.12 Mb.
bet39/46
Sana14.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Nazorat savollari:

1. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz?

2. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang.

14- mA’RUZA

Mavzu: O’quvchilarning matematikadan bilim, malakalarini tekshirish.

Reja:


  1. O’quvchilarning matematikadan bilim, malakalarini tekshirish usullari.

  2. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning og’zaki va yozma usullari.

  3. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning test usullari.

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti:

1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18



  1. O’quvchilarning matematikadan bilim, malakalarini tekshirish usullari.

Boshlang'ich sinf o’quvchilarining matematik tayyorgarliklariga qo'yilgan talablar. ikki darajada belgilanib berilgan. Birinchi daraja matematikaga oid boshlang'ich tushunchalarni o'zlashtirish — o’quvchiga davlat va maktab tomonidan beriladigan imkoniyatlarni о 'z ichiga oladi.Bu darajaga erishish uchun ta'lim jarayoni darslik, o’quv qo'llanmalari va ularga mos ravishda ta'lim berish sifati bilan ta'rninlanishi kerak. Ushbu daraja yaxshi o'zlashtiruvchi O’quvchi nimaga erisha oUshi mumkinligini ko'rsatadi.

Ikkinchi daraja — о 'quvchi erishishi zarur bo 'Igan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja har bir ta'lim oluvchi egallashi kerak bo'lgan bilimlar minimumini ifodalaydi va boshlang'ich matematik ta'lim natijalarining chegarasini belgilaydi.

O’qituvchiga boslilang'ich ta'lim davlat standartining bu ikki darajasi haqidagi farq to'la tushunarli bo'lishi uchun quyida uning mazmunini keltiramiz.

Matematik ta'lim sohasi bo'yicha standart ko'rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol to'g'risida tasawurni shakllantirish, puxta hisoblash malakalarini hosil qilish, amahy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo'llay olishga o'rgatish, sodda geometrik shakllar, ularning tekislikda tasvirlanish xususiyatlari haqida tasawurga ega bo'lish hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtayi nazaridan belgilanadi.

Agar har bir sinfda o’quvchilar tayyorgarligining majburiy darajasidagi topshiriqlar bilan murakkablik darajasi orttirilgan topshiriqlarni taqqoslasak, u holda majburiy darajasidagi topshiriqlarning soddaligiga va ularning soni uncha yuqori emasligiga qaramay, bu topshiriqlarni har bir o’quvchi erkin yecha olishiga erishish oson ish emasligini ko'ramiz.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, barcha o’quvchilar tomonidan majburiy tayyorgarlik darajasiga erishish masalasi o'z-o'zidan amalga oshirilmaydi.



Birinchidan, o’quvchilarning yuqorida keltirilgan ta'limning yakuniy majburiy darajalariga erishishlarini ta'minlash uchun kursning har bir mavzusini o'zlashtirishda ular ma'lum bir tayyorgarlik darajasiga ham erishishlari kerak. Ya'ni o’quvchilarning o'zi har bir katta bo'lim yuzasidan majburiy tayyorgarlik darajasidagi topshiriq turlarini ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

  1. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning og’zaki va yozma usullari.

1. Og`zaki usullar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya olish, muammoli savollar qo`yish, ularni hal qilish imkonini bеradi.

Evristik usul(grеkcha – topaman, ochaman)da qo`yilgan savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kеlishga olib kеladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda dastlab (50+8)-30, (40+5)-4 so`ngra 28=20+8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi?

Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqеa – hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kеrak.

M: Nеga? Buni qanda tushunish kеrak?

H i k o ya bilimlarni tekshirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan matеmatika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni so’rashda foydalaniladi.

Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning yozma usullari.

O’quvchining majburiy tayyorgarlik darajasiga erishish yoki yakkama-yakka so'rov ko'rinishida, tekshirish va nazorat ish ko'rinishida aniqlanishi mumkin. Ishga standartda keltirilgan topshiriqlarga
o'xshash topshiriqlar kiritiladi. Bunday topshiriqlarning to'g'ri bajarilganligi haqida yakuniy javobga qarab yetarlicha hukm chiqarish mumkin. Shuning uchun o’quvchilardan yechirnini keltirish yoki uning javoblarini asoslab berishlari (og'zaki tekshirish bo'lgan holda) talab etihnaydi.

Bunday tekshirish shakli o’quvchining bilimlari majburiy talablar darajasidami yoki yo’qmi, degan savolga javob berishiga yordam beradi. Bunday tekshirish natijalarini «o'tdi», «o'tmadi» tarzida baholash tavsiya etiladi. Bu yerda «o'tdi» bahosi «3» baho bilan ham, «5» baho bilan ham mos kelmaydi. Shuning uchun keyingi darslarda (darsdan tashqari vaqtlarda) «o'tdi» bahosini olgan o’quvchiga murakkabroq topshiriqlar beriladi. Ularning to'g'ri yechilganligi uchun o’quvchiga qo'shimcha «4» yoki «5» baho qo'yilishi mumkin. O’quvchi murakkabroq ko'rinishdagi topshiriqlami bajarmagandagina u (majburiy minimum darajasini tekshirish natijalariga ko'ra) qoniqarli baho oladi.

Agar o’qituvchi nazorat ishiga majburiy va orttirilgan darajadagi topshiriqlami kiritsa, u holda o’quvchilarga ijobiy baho olish uchun (mazkur holda «uch» baho) nechta topshiriqni to'g'ri bajarish kerakligini hamda qanday topshiriqlami to'g'ri bajarish o’quvchilarga yaxshi va a'lo baho olish uchun imkon berishini ko'rsatib beradi.

Misollar keltiramiz.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat