O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti



Download 290 Kb.
bet6/26
Sana15.05.2021
Hajmi290 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Harakat – ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy va jismoniy faoliyat, mehnat. O‘z mohiyatiga ko‘ra aqliy ѐki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar harakat MTT tarbiyalanuvchilarining to‘la-to‘kis o‘sib-ulg‘ayishlarini ta’minlovchi muhim shartlaridan biri sanaladi. Faol harakatlarga ehtiѐj o‘yinning barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar orqali to‘liq qoniqtiriladi. SHuningdek, o‘yinlar bolaning muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiѐjini qondirishda katta imkoniyatga ega.

O‘yin maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalar haѐtini tashkil etish

shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar MTMda bolalar haѐti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jaraѐnda tarbiyachi etakchi o‘rin egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. SHuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot ѐki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas. MTT tayanch dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. O‘yin bolalar haѐtini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, o‘yqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidalari o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yicha qo‘yiladigan o‘yin, rolli, didaktik o‘yinlar kiradi.

O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me’ѐrlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladi. O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.

O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O‘yin jaraѐnida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u ѐki bu rolni bajaraѐtib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynaѐtganida kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. SHunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi.

Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga, boshqa millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning haѐtga, bir-biriga bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi maktab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o‘yiniga rahbarlik qilaѐtib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin jaraѐnida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.

MTTda tashkil etiladigan bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati,

tashkil etilishiga ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki turga ajratish mumkin:



Ijodiy o‘yinlar qat’iy belgilangan qoidalarga ega bo‘lmagan va o‘yin

qoidalarini bolalarning o‘zlari o‘yin jaraѐnida belgilaydigan o‘yinlar sanaladi. Odatda bu kabi o‘yinlarni bolalarning o‘zlari o‘ylab topadi.

O‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy o‘yinlar bir necha turli bo‘ladi. Ular


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat