O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti



Download 290 Kb.
bet4/26
Sana15.05.2021
Hajmi290 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Predmetni o‘rganish vazifalari:talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish.



Kompetensiyalar. Kompetensiyalar–bu o‘qish jarayonida talabalar tomonidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llanilishi.

Huquqiy kompetensiyalar:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”;

Axborotlashtirishga bevosita taaluqli asosiy maqolalar;

Elektron axborot resruslarining turlar;

Davlat axbotrot tizimlarida elektron axborot resruslarini qayta ishlash,saqlash va zahiralik nusxa ko‘chirish vositalariga bo‘lgan majburiy talablar;

Axborot resruslari va axborot tizimlari davlat elektron registrida elektron axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatidan o‘tkazish;

Davlat axborot tizimlarida “Elektron hukumat” doirasida amal qilish tartibi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron axborot resurslari va ularni taqdim etish tartibiga kirish huquqlari



Uzluksiz o‘qish va mustaqil ta’lim kompetensiyalar:

Adabiyot bilan ishlash;

Internet resurslari bilan ishlash;

Elektron tashuvchilarda o‘quv va ilmiy materiallar bilan ishlash;

Taqdimotlar va mavzuli referatlar tayyorlash;

Ma’ruza va namoyish materiallarini tayyorlash.



Kirish

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707- sonli qarori (29.12.2016 y.), «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3276- sonli qarori (15.09.2017y), «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.), «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017 y.) qabul qilindi.

Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.

Ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora- tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash uchun nazariy va metodik bilimlarni egallashi g‘oyat muhimdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini talabalar «Bolalarni maktabga tayyorlash» modulini o‘zlashtirish orqali egallab boradilar.

Modulning maqsadi va vazifalari

Modulning maqsadi: Talabalarining bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini Davlat talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish.

Modulning vazifalari:

  • talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;


  • ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish.


Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:

Talabalar:

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashga oid nazariy qarashlar, etakchi konsepsiyalarni;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning normativ- huquqiy hujjatlarini bilishi ;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida


bolalarning shak^a 1a'Nsh1§a ishish1u ua shax8i§ 1auuog§agN§1ga qaratilgan didaktik vositalarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ish shakllarini tashkil etish va ularni o‘tkazish;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash uchun didaktik ta’minotni takomillashtirish kabi malakalarga;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion texnologiyalar, bolalar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llash;


  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida


talabalarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim shakllari, metod va vositalaridan pedagogik amaliyotda samarali foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.

Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarni maktabga tayyorlash moduli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.

Modulni o‘qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi:

  • nazariy darslarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va elektron-didaktik materiallar;


• amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim usullari nazarda tutiladi.

Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va

Uzviyligi

Modulning mazmuni o‘quv rejadagi «Maktabgacha pedagogika», «Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari», «Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigienasi» o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.

Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Mazkur modul «Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy- me’yoriy asoslari», «Umumkasbiy tayyorgarlik» bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini bolalarni maktabga tayyorlashda ilg‘or tajribalar hamda innovatsiyalar moduliga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi.

Modulning ta’limdagi o‘rni

Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish, amalda qo‘llash va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash.

Mоdul bo‘yicha soatlar taqsimoti



Fan mavzulari

Xammasi

Mashg‘ulot turi

Nazariy

Amaliy mashg‘ul

Ko‘chma mashg‘ul


Mustaqil ish


1

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni

maktabga tayyorlash mazmuni


7

1

2



4

2

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari


7

1

2



4

3

Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatinig moxiyati


7

1

2



4

4

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va va maktabning xamkorligi


7

1

2



4

5

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash


5

1

2



2

6

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati


4



2



2

7

Bolalarning maktab ta’limi tayyorlashda nutqini rivojlantirish va savodga o‘rgatish


5

1

2



2

8

Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).


5

1

2



2

9

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy rivojlantirishning axamiyati


5

1

2



2

10

Bolalarning mexnat malakalari va odatini shakllantirish Bolalarning maktabta’limi tayyorlashda nutqini rivojlantirish va savodga o‘rgatish


4



2



2

11

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy - psixologik tayyorgarligiBolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy rivojlantirishning axamiyati


5

1

2



2

12

Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy - psixologik tayyorgarligi


5

1

2



2



Jami:

66

10

24



32

NAZARIY MASHG‘ULOT MAVZULARI

  1. Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni (2 soat)


Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligi. Bolaning maktabga psixologik tayyorligi. Umumiy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qitttiga. jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga

rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanganlik darajasi; Nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi. Ma’naviy madaniy etuklik. Intellektual (aqliy) tayyorgarlik. SHaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik. Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari xaqida.

  1. Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari (2 soat)


Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullarida sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi. SHaxsiy - psixologik va akliy rivojlanganlik tashxisi. Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniklash tashxisi. Tekshirishning kushimcha shakllari. Bolani maktabga tayyorlashning usullari. Bolani maktabga tayyorlashda shifokor tekshiruvidan o‘tkazish.


  1. Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatining mohiyati (2 soat)


O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmokda.

O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘kuv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTMning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni akliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.

  1. Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va maktabning xamkorligi (2 soat)


Maktabgacha ta’lim muassasasini turlari. Maktabgacha ta’limning shakli. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasidagi uzviylik. Maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat turlari orqali bolalarni maktabga tayyorlash. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. Bolani maktabga tayyorlashda oilani o‘rni. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolani maktabga tayyorlash

Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va oilaning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va maktab dasturlarining aloqasi. O‘qitish metodi va shakllaridagi izchillik. MTMning oila bilan ishlash shakllari.

  1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash (2 soat)


Maktabga yetuklikni aniklashda bola sog‘ligining holati va organizmning biologik etukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni «Maktabga etuklik»ni asosiy ko‘rsatkichi va eng avvalo bir kator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi.ularga: partada anchagina o‘zok muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yahshi boshkarish, jumladan yozish va rasm solishga alokador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoklarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga hos shartli alokalarni nisbatan tez hosil kilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning etarlicha rivojlanganligiga ta’liklidir.

AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI

  1. Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni(2 soat)


Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qitttiga. aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qishiga jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari.


  1. Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari (2 soat)


Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniklash tashxisi. Tekshirishning kushimcha shakllari. Bolani maktabga tayyorlashning usullari. Bolani maktabga tayyorlashda shifokor tekshiruvidan o‘tkazish. Psixologik - pedagogik kuzatuv.


  1. Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatining mohiyati (2 soat)


O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTMning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.


  1. Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va maktabning xamkorligi (2 soat)


Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va oilaning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va maktab dasturlarining aloqasi.

Uqitish metodi va shakllaridagi izchillik. MTMning oila bilan ishlash shakllari.

  1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash (2 soat)


Maktabga chikish munosabati bilan bola turmush tarzining kayta kurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘kuv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab kiladi.

6-MavzuMaktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

Bolani maktabga tayyorlashda navbatdagi muxim ish uni shifoxonada shifokor tekshiruvidan o‘tkazishdir. Bolaning sogligi va jismoniy rivojlanishi xakidagi ma’lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va pedagog bolaning jismoniy rivojlanishi, kurish va eshitish darajasini xisobga olib, uni o‘qishning dastlabki kunlaridayok partaga to‘g‘ri o‘tkazishda, unga tegishli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tavsiya etishda, shuningdek, bolaning xulk-atvorini, axlokini bilib olib, xar kaysisiga xos muomala topishda shu ma’lumotlardan foydalanadi

7-Mavzu: Bolalarning maktabta’limi tayyorlashda nutkini rivojlantirish va savodga urgatish (2 soat)

Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur. Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalar belgilangan bo‘lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim.

8-Mavzu: Bolalarni maktabga tayorlashning “Ilk qadam ” dasturi asosida (2-soat)

Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablari asosida amalga oshiriladi yaniy Ilk qadam Davlat dasturida urgatilishi lozim bulgan 5-ta bolalrni rivojlantiruvchi faolik markazlari orqali amalga oshiriladi

9.Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining aqliy rivojlantirishning axamiyati(2 soat)

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jixatdan rivojlantirish, ularning ruxiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va extiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan ibor

10-Mavzu:Bolalarningmaktabta’limigatayyorlashdaijtimoiy- psixologik tayyorgarligi(2soat)

Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. «Agar pedagogika odamni xarjixatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xarjixatdan bilibolishi kerak» - deb yozganedi.K.D.Ushinskiy. SHuning uchun ta’lim – tarbyaviy ishlarni tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanishb olishlozim.

11-Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashdajodkorligini rivojlan tirish (2 soat)Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchida rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritish qoliyatlarini shakllantirish

12-Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari(2 soat)

Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvoffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari protsesida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintiz,takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. SHuningdek bu protsesslarda bolalar kollektivda ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar.

MUSTAQIL TA’LIM MAZMUNI

Modulga oid o‘rganilgan materiallar asosida mustaqil ish bajariladi.

MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI:

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Tinglovchi mustaqil ishni muayyan modulni xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanib tayyorlashi tavsiya etiladi:


  1. Maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari


  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim tarbiyasi


  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari


  4. O‘zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni


  5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi


  6. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida «Bolajon» dasturining ahamiyati.


  7. Tarbiya ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi.


  8. Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga tasiri.


  9. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi.


  10. O‘zbekiston respublikasi Davlat MT to‘g‘risidagi Nizom


  11. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining asoosiy vazifalari, vositalari.


  12. Aqliy tarbiya


  13. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga hosligi


  14. Ekskursiya-maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash shakli.


  15. Mashg‘ulot-maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli.


  16. Maktabgacha ta’limga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tahlili.


  17. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari


  18. «Bolajon»


dasturiasosidaMTMniyoshguruhlaridagifaoliyatlartahlili


  1. Tarbiya jarayonini zamonaviy tashkil etishning o‘ziga hosliklari.


  2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar faoliyatidan tashkil etishda tarbiyachining o‘rni


  3. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida


  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni muxit tag‘sirida tarbiyalash.


  5. Bolalarni vatan’arvarlik ruxida tarbiyalashda MTMning o‘rni.


  6. Milliy xalq o‘yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o‘rgatish.


  7. Qurish o‘yinlari asosida mexnatsevarlik tarbiyasi.


  8. Mashg‘ulotlarni tashkil etishning pedagogiktexnologiyalari.


  9. Bog‘chada estetik tarbiya.


  10. MTMda jismoniy tarbiyani tashkil etishda milliy qadriyatlardan foydalanish.


  11. Bolalar ruxiyatini o‘rganishning pedagogikasoslari.


  12. Xalq og‘zaki ijodiyotida o‘rtoqlik do‘stlik tarbiyasi.


  13. O‘yin vositasida fidoyilik tarbiyasi.


  14. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiyaberish usul va va yo‘llari.


  15. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda milliy usul odatlaridan foydalanish.


  16. Bolalarni kattalar namunasida tarbiyaash.


  17. Bola tarbiyasida oilaning o‘rini haqida mutafakkirlar ta’limoti


  18. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturi


Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan referatlar va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.


O‘QITISH SHAKLLARI

Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:


  • ma’ruza mashg‘ulotlar (ma’lumotlarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);


  • davra suhbatlari (ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha taklif berish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);


bahs va munozaralar (maktabgacha ta’lim tizimida huquqiy ta’lim- tarbiyani amalga oshirishning asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar echimini topish qobiliyatini rivojlantirish).

MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI

«FSMU» metodi:Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagiumumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiѐslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga

vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda

foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa ѐki g‘oya taklif

etiladi;

har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari ѐzilgan

qog‘ozlarni tarqatiladi:

ishtirokchilarning munosabatlari individual ѐki guruhiy tartibda

taqdimot qilinadi.

FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy

mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli

o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.

«BAHS-MUNOZARA» METODI - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar

bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi sanaladi. Ushbu metod har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qo‘llaniladi. Ta’lim beruvchi «Bahs-munozara»ni boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi ѐki o‘zi olib borishi mumkin. Bunda «Bahs- munozara»ni erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish talab qilinadi. Ushbu metod qo‘llanilaѐtganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolar darhol bartaraf etilishi lozim. «Bahs-munozara» metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

«o‘ng qo‘l» qoidasiga (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash) rioya qilish;

fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;

bir-birlariga o‘zaro hurmat.

Quyida «Bahs-munozara__________» metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan. Bahs- munozara» metodining tuzilmasi.

«Bahs-munozara» metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir

savollar ishlab chiqadi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va

ularni munozaraga taklif etadi.

3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni

turli g‘oya va fikrlarni ѐzib boradi uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib sifatida tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan

fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul echimi

tanlanadi.

Turli fikrlar tinglanadi Muammoli savol tashlanadi Fikr-g‘oyalar to‘planadi Tahlil qilinadi Aniq va maqbul echimni topiladi Mavzu ѐritiladi

«VENN» diagrammasi metodi. Metodning maqsadi. Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jixatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladi lar va ularga ko‘rib chiqilaѐtgan tushuncha ѐki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (ѐki aksi) doiralar ichiga ѐzib chiqish taklif

etiladi;

navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik

guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;

juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib

chiqilaѐtgan muammo ѐhud tushunchalarning umumiy jihatlarini (ѐki farqini) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga ѐzadilar.

«Tanishuv» treningi

Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bir biri

bilan yaqindan tanishtirish, nazorat qilish, tekshirishga yo‘naltirilgan.

Mazkur trening orqali ta’lim oluvchilarning munosabati, jamoada ishlashi, mahorati, aql-idroki,bilimi bo‘yicha tashxis qilinadi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

«Tanishuv» treningi darsning boshida yangi guruh tashkil etilganda

o‘tkazish tavsiya etiladi. SHuningdek, pedagogning ijodiy ѐndashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha topshiriqlar ѐki savollarni kiritish mumkin.

Namuna:


1.Siz kim va nima uchun bu erga to‘plandingiz?

2. Sizning maqsadingiz!

3. Kim bilan hamkorlik qilasiz?

4.Kimga g‘amxo‘rlik qilasiz?

5.Sizning kuchsiz tomonlaringiz!

6.Sizning kuchli tomonlaringiz!

7.Pedagogik texnologiya haqidagi tushunchangiz?

8.Innovasiyaga ta’rif bering?

9. Fan xakidagi fikringiz!

«Kichik guruhlarda ishlash» metodi: Ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga

ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish ѐki berilgan topshiriqni

bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan

o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi

boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida «Kichik guruhlarda ishlash» metodining tuzilmasi keltirilgan.

Kichik guruhlarda ishlash metodining tuzilmasi: Kichik guruhlarda ishlash metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq

bo‘lgan masalalar belgilanadi.

2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6

kishidan bo‘linishlari mumkin.

3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. Kichik guruhlar shakllantiriladi. Mavzu ѐritiladi:

1-guruhga topshiriq

2- guruhga topshiriq

3-guruhga topshiriq

4- guruhga topshiriq

Ko‘rsatma berish va yo‘naltirish. Muhokama va tahlil qilish.

1- guruh taqdimoti

2- guruh taqdimoti

3-guruh taqdimoti

4- guruh taqdimoti

Baholash

4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.

5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7. Kichik guruhlar baholanadi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

o‘qitish mazmunining yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli

kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

«Tushunchalar tahlili» metodi. Metodning maqsadi: mazkur metod tinglovchilar ѐki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘zbilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:

ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

tinglovchilarga mavzuga ѐki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar

nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual ѐki guruhli tartibda);

tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon,

qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida ѐzma ma’lumot beradilar;

belgilangan vaqt yakuniga etgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning

tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi ѐki slayd orqali namoyish etadi;

har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy

munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

Namuna:


Tushunchalar:Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lumot

«SWOT-tahlil» metodi. Metodning maqsadi. Mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

S – (strength) – kuchli tomonlari.

W – (weakness) – zaif, kuchsiz tomonlari.

O – (opportunitu) – imkoniyatlari.

T – (tnreat) – to‘siqlar .

«Konseptual jadval» metodi. Konseptual jadval metodi - turli g‘oyalarni, qarashlarni o‘zaro taqqoslash va ularni turli toifalar bo‘yicha taqqoslagan holda baho berishga qaratilgan organayzer hisoblanadi. Metod ta’lim oluvchilarni o‘rganilaѐtgan mavzu (masala ѐki muammo)ni ikki ѐki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Undan foydalanishda ta’lim oluvchilarning mavzu

yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli baѐn qilish

qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Mashg‘ulotlar chog‘ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi:

O‘qituvchi echimi topilishi lozim bo‘lgan mavzu (masala)ni aniqlaydi

Ta’lim oluvchi mavzu va metoddan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi

Ta’lim oluvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi

Guruhlar o‘zlariga berilgan topshiriqni bajaradi

Guruhlar echimni guruh jamoasi hukmiga havola etadi

Guruhlarning echimlari guruh jamoasida muhokama qilinadi

Talabalar e’tiboriga quyidagi namunani tavsiya etish mumkin:

O‘rganilaѐtgan mavzu mohiyatini ѐrituvchi jihatlar Muhim belgilar, tavsiflar 1-belgi (tavsif) 2-belgi (tavsif) 3-belgi

(tavsif) 1-jihat 2-jihat ...

«Xulosalash» metodi. Metodning maqsadi. Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli harakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va, ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda tinglovchilarning mustaqil g‘oyalari,

fikrlarini ѐzma va og‘zaki shaklda tizimli baѐn etish, himoya qilishga

imkoniyat yaratadi. «Xulosalash» metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida

individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar

mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlil qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.

Metodni amalga oshirish tartibi:

o‘qituvchi ishtirokchilarni 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga

ajratadi;

trening maqsadi, shartlari va tartibi bilan ishtirokchilarni

tanishtirgach, har bir guruhga umumiy muammoning tahlil qilinishi zarur

bo‘lgan qismlari tushirilgan tarqatma materiallarni beradi;

har bir guruh o‘ziga berilgan muammoni atroflicha tahlil qilib, o‘z

mulohazalarini tavsiya etilaѐtgan sxema bo‘yicha tarqatmaga ѐzma baѐn qiladi;

navbatdagi bosqichda barcha guruhlar o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar.

SHundan so‘ng, o‘qituvchi tomonidan tahlillar umumlashtiriladi, zaruriy axborotlar bilan to‘ldiriladi va mavzu yakunlanadi.

«Muammoli vaziyat» metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli

vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod. «Muammoli vaziyat» metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda, echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodiqo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar.

Quyida «Muammoli vaziyat» metodining tuzilmasi keltirilgan.

«Muammoli vaziyat» metodining tuzilmasi

«Muammoli vaziyat» metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va azifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni baѐn qiladi.

2.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari

to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar,

ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab

chiqadilar.

Guruhlarning muammoli vaziyatning echimini ishlab chiqishi

Muammoli vaziyat tavsifini keltirish

Guruhlarga bo‘lish

Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini o‘rganishi, aniqlashi

Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi

To‘g‘ri echimlarni tanlash

7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot

qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.

8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim

beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.

Jadvalni to‘ldiring

Savol Maktabgacha ta’lim muasassasalarida jismoniy tarbiya

mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va vositalari

(F) Fikringizni baѐn eting

(S) Fikringiz baѐniga sabab ko‘rsating

(M) Ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring

(U) Fikringizni umumlashtiring

«Davra suhbati» metodi

Aylana stol atrofida berilgan muammo ѐki savollar yuzasidan ta’lim

oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib

boriladigan o‘qitish metodidir.

«Davra suhbati» metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida

joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan «ko‘z aloqasi»ni o‘rnatib turishiga ѐrdam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va ѐzma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr- mulohazalarini og‘zaki baѐn etadilar. So‘zlaѐtgan ta’lim oluvchini barcha Belgilar:

1-ta’lim oluvchilar

2-aylana stol

diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr- mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’limoluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq adaniyatining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Quyida «Davra suhbati» metodining tuzilmasi keltirilgan Davra stolining tuzilmasi

YOzma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida oylashtirilib,

har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va «Javob varaqasi»ning biriga o‘z javobini ѐzib, konvert ichiga solib qo‘yadi. SHundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha ѐnidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini «Javoblar varaqasi»ning biriga ѐzib, konvert ichiga solib qo‘yadi va ѐnidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. YAkuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.

«Davra suhbati» metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi

bilan tanishtiradi.

3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar ѐzish uchun

guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan «Javoblar varakalarini

tarqatilib, har bir javobni ѐzish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi.

Ta’lim oluvchi konvertga va «Javoblar varaqalari»ga o‘z ismi-sharifini ѐzadi.

4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini ѐzadi va

«Javoblar varaqasi»ga o‘z javobini ѐzib, konvert ichiga solib qo‘yadi.

5. Konvertga savol ѐzgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi

bo‘yicha ѐnidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga «Javoblar

varaqalari»dan biriga javob ѐzadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda ѐnidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

7. Konvert __________davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol ѐzgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol ѐzgan ta’lim oluvchi konvertdagi «Javoblar varaqalari»ni baholaydi.

8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’ektiv baholashi mumkin.

Quyida «Bahs-munozara» metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan.

«Bahs-munozara» metodining tuzilmasi

«Bahs-munozara» metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir

savollar ishlab chiqadi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va

ularni munozaraga taklif etadi.

3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni

turli g‘oya va fikrlarni ѐzib boradi ѐki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirish- lariga sharoit yaratib beradi.

Muammoli savol tashlanadi

Turli fikrlar tinglanadi

Fikr-g‘oyalar to‘planadi

Tahlil qilinadi

Aniq va maqbul echimni topish


4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan

fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul echimi

tanlanadi.

«Muammoli vaziyat» metodi.

Ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini

tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini

shakllantirishga qaratilgan metoddir.

«Muammoli vaziyat» metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi

ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar.

Quyida «Muammoli vaziyat» metodining tuzilmasi keltirilgan.

«Muammoli vaziyat» metodining tuzilmasi

«Muammoli vaziyat» metodining bosqichlari quyidagilardan

iborat:

Guruhlarning muammoli vaziyatning echimini ishlab chiqishi

Muammoli vaziyat tavsifini keltirish Guruhlarga bo‘lish

Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini

aniqlashi

Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr

YUritishi To‘g‘ri echimlarni tanlash .

1Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad

va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni baѐn qiladi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad,

vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar.

Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh

taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari

to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar,

ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab

chiqadilar.

7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot

qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.

8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim

beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbulvariantlarini tanlab oladi.

«T – sxema» metodi

Pedagog:

yangi mavzuni baѐn qiladi va ta’lim oluvchilarga ikki qarama-qarshi

jihat haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni beradi;

topshiriqni yakka tartibda bajarishlarini so‘raydi va 10 daqiqa vaqt ajratadi;

vaqt tugagach ta’lim oluvchilardan izohlarsiz o‘z fikr muloxaza- larini o‘qib eshittirishlarini aytadi;

barcha xulosalar tinglangach, umumlashtiriladi va yakuniy xulosa

shakllantiriladi.

Ta’lim oluvchi:

mavzuni diqqat bilan tinglaydi;

o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni daftariga qayd qilib boradi;

berilgan sxema asosida tushunchaga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;

yakuniy xulosasi bilan o‘tirganlarni tanishtiradi;

reglamentga rioya qiladi.

Kutiladigan natija: ta’lim oluvchilar mavzu yuzasidan zaruriy

bilimlarni o‘zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

«T» sxema asosida mustaqil faoliyatni tashkil etish.

+ (ha, ijobiy) - (yo‘q, salbiy)

«Tushunchalar tahlili» metodi

Metodning mohiyati. Ushbu uslub o‘quv predmeti mavzularini ѐdga

olish, biron - bir mavzu bo‘yicha pedagog, tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratishga yo‘naltirilgan.

Metodning maqsadi. Mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va

mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin baѐn eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan karash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o‘rgatish.

Metodning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi ѐki dars oxirida, ѐki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash ѐki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin ta’lim oluvchilarning- bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jaraѐnida ѐki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

• tinglovchilarni guruhlarga (sharoitga karab) ajratadi;

• tinglovchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalar bilan

tanishtiriladi;

• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.

• tinglovchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu ѐki yangi mavzu bo‘yicha

tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

• tinglovchilar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar

ѐniga egallagan (ѐki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh ѐzadilar (yakka tartibda);

• pedagog tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni

o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izoxni

belgilaydi ѐki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;

• har bir tinglovchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning

farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. «Tushunchalar tahlili» metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash ѐki yangi mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini

aniqlash uchun ham foydalanish mumkin

NAZARIY MASHG‘ULOT MTERIALLARI
1-mavzu. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI

MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI


Tayanch tushunchalar: Davlat talablari, faoliyat,ta’limtarbiya




Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat