O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti



Download 290 Kb.
bet11/26
Sana15.05.2021
Hajmi290 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
pedagogik topshiriqni bajarish jaraѐnidagi ota-onalar va tarbiya-chining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turla-rini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz(yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtai nazarni talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog‘liq to‘garak-larga rahbarlik qilish va boshqalar. Tarbiyachiga tashkiliy ѐrdam ko‘rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga ѐrdamlashish(transport, yo‘llanma bilan ta’minlash); taniqli

kishilar bilan uchrashuv-larni tashkil etishga ko‘maklashish; guruh xonasini jihozlashga ѐrdamlashish. Xo‘jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim muassasasining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o‘quv jihozlari va qurollarini tayѐrlashga ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga ѐrdam berish.

Pedagogik topshiriqlarning sanab o‘tilgan mazkur turlari ota-ona-

larning ijtimoiy ishlarining barcha turlarini qamrab olmaydi. Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ullanishni xohlaѐtganliklari bo‘yicha savol bilan murojaat va anketa to‘ldirishni taklif etish mumkin.



Ota-ona va oila bilan individual ishlash. Bunda oilaga tarbiya-chining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim muassasadagi haѐti bilan tanishtirish kabilar kiradi.

Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.



Ko‘rsatmali ishlar – tarbiyachi-metodist tomonidan MTT jamoasi bilan hamkorlikda ѐki shaxsiy tashabbusi asosida sub’ektlar, ob’ekt va jaraѐn bilan bevosita tanishish maqsadida tashkil etiladigan amaliy-ko‘rsatmali tadbirlar sanaladi.

Bu turdagi ishlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

1. Ko‘rgazmalar uyushtirish (bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish).

2. Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan

tanishish.

3. Ota-onalar pedagogik ta’lim berish.

MTTda ota-onalar bilan olib boriladigan jamoaviy ishlar quyidagi

mazmunga ega:



Pedagogik ma’ruzalar ota-onalarning e’tiborini tarbiyaning zamo-naviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalarni tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi.

MTTning oila bilan olib boradigan ishlari

1. Ko‘rsatmali ishlar.

2. Pedagogik ma’ruza.

3. Pedagogik majburiy o‘qish.

4. Pedagogik ta’lim universiteti.

5. Yillik ilmiy-amaliy konferensiya.

6. Ochiq eshiklar kuni (ѐki MTMda ota-onalar kuni).

7. Ota-onalar majlisi

1. Oilaga tashrif buyurish.

2. Pedagogik topshiriq.

3. Pedagogik maslahat



Pedagogik majburiy o‘qishni ilk ѐsh guruhdanoq ota-onalar bilan

boshlash lozim, chunki ayni shu paytda MTTga, pedagogik ma’rifat-parvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni MTT mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egal-lashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedago-gik ta’lim universiteti ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar audito-riyasi bunday ish shakliga tayѐr emas. Tez-tez ta’lim muassasalarida bunday «universitet» tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi.

MTTda tarbiya jaraѐnini tashkil etish muammolari bo‘yicha ota-

onalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllan-tiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. MTT va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. SHundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mumkin.

Ochiq eshiklar kuni ѐki MTTda ota-onalar kuni juda kata tayѐrgar-likni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi

bosqichga o‘tishlariga mo‘ljallanadi. MTT maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayѐrlanadi.




Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari