O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi Davlat universiteti Zoologiya kafedrasi



Download 1,3 Mb.
bet1/4
Sana25.06.2017
Hajmi1,3 Mb.
#15818
  1   2   3   4
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus

ta’lim vazirligi

Qarshi Davlat universiteti
Zoologiya kafedrasi
“Himoyaga tavsiya etilsin”

Тabiatshunoslik va geografiya fakulteti

dekani _________dots. B.Хo’jamqulov

“____”_______2013 yil



Elmurodova Zilola Ziyodullayevnaning
«5420100-Biologiya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

Butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalar bioekologiyasi, zarari va ularga qarshi kurash tadbirlari” mavzusida yozgan



BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:_________dots.J.Berdiev


«Himoyaga tavsiya etilsin»

Zoologiya kafedrasi mudiri

___________ dots.J.Berdiyev

_________________2013 yil
Qarshi-2013

M U N D A R I J A
KIRISH…………………………………………………………………….

1-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDA HASHAROTLARNING MORFO-ANOTOMIK TUZILISHIDAGI MUHIM BELGILARI…………………………………

1.1.Morfologik tuzilishidagi muhim belgilar…………………………………

1.2. Anatomik va fiziologik tuzilishidagi muhim belgilar…………………..
2-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDALAR BIOEKOLOGIYASI VA ZARARI…………

2.1.Karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagi, karam kuyasining bioekologiyasi va zarari………………………………………….


3-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASH TADBIRLARI………

3.1.Zararkunandalarga qarshi agrotexnik kurash tadbirini qo’llash………….

3.2. Karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagi va karam kuyasining entomofaglarini aniqlash va ularni qo’llash usullari…………….

3.3. Entomofaglar ko’payishi va rivojlanishi xususiyatlari………………….

3.4. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik faol moddalardan foydalanish……………………………………………………………………
XULOSA…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………


KIRISH.
Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammoalari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi...
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak

sari. 1998 yil


Muammoning dolzarbligi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini ta‘minlashni, qishloq xo’jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklashni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Qishloqni isloh qilish jarayoni ixtiyorimizdagi eng katta boylik bo’lgan yerning chinakam egasini tiklash, dehqonda umid tug’dirish, uning turmushini yanada to’kinroq qilish vazifasidan kelib chiqdi.

Biz davlat qishloqqa butun choralar bilan yordam ko’rsatishi shart, degan qoidaga qat‘iy amal qilgan holda respublikada agrar munosabatlarni isloh qilish uchun, qishloq xo’jalik korxonalarini qaytadan tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirishni yanada ko’paytirib borish, ayrim mahsulot turlarini chetdan keltirishdagi qaramlikni kamaytirish uchun zarur sharoitlar yaratib kelindi.

Iqtisodiyotning agrar sektorida yangilanish jarayonini jadаllashtirishda ilgari qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi hamda chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xo’jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoyalash to’g’risida 1994 yil fevralda qabul qilingan hukumat qarorlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.

Hasharotlar sinfi turlarga boy bo’lib, ularning bir qismi butguldosh ekinlarning zararkunandalari hisoblanadi. Bu zararkunandalarning bir qancha turlari mavjud bo’lib, bular orasida karam, rediska, turp, sholg’om ekinlariga teng qanotlilar, tangacha qanotlilar turkumining bir qator oilalarining vakillari hisoblanadi. Hasharotlarda ozuqa rejimining almashuvi ular xulq atvorining, ozuqa qabul qilish usuli va og’iz apparatining modifikatsiyalanishi hamda ozuqa hazm qilish jarayonlarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi. Shubhasiz, bunday o’zgarishlar evolyutsion jarayonlar bilan bog’liq.

Barcha ekinlar zararkunandalarining og’iz apparati so’ruvchi va kemiruvchi tipda bo’lib, filogenetik nuqtai nazardan, ayniqsa qadimgi hasharotlarga xosdir. Hozirgi vaqtda bu ekinlarning zararkunandalar turlari atroflicha o’rganilmaganligini e‘tirof etgani holida butguldosh ekinlarning zararkunandalarini o’rganish hosildorlikni saqlab qolishda muhim hisoblanadi.

Butguldosh ekinlarning zararkunandalariga karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagi, karam kuyasi va bu o’simliklarga o’tishi mumkin bo’lgan karam tunlami, ildiz kemiruvchi tunlamlar, simqurtlar, o’rgimchakkana va oqqanotlar qulay sharoit vujudga kelishi bilan bularning har biri karamning ashaddiy zararkunandalari qatoridan o’rin olishi mumkin.

Bu zararkunandalardagi umumiy belgilar quyidagilardan iborat, ekinlarning barglariga yopishib, barg plastinkalarini teshib, oziqlanishi natijasida o’simlikni o’sishdan qoldiradi, ayrim turlari esa og’iz organlari kemiruvchi tipda bo’lganligi sababli to’g’ridan-to’g’ri oziqlanib, hosildorlikning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi.

Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda, butguldosh ekinlarning zararkunandalarini to’liq va atroflicha o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalarning bioekologiyasi va qarshi kurash tadbirlarini o’rganishdan iborat bo’lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- butguldoshlarlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunanda hasharotlarning morfo-anatomik tuzilishidagi muhim belgilarni o’rganish.

- butguldoshlarlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalarning tur tarkibini aniqlash, bioekologiyasi va zararini o’rganish.

- butguldoshlarlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish.


Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3-bob, xulosa, ishlab chiqarishga tavsiyalar, adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, matni betni tashkil qiladi. Ishga ta rasm ilova qilingan.

Ishning ilmiy yangiligi. Kasbi tumanida ekilgan butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunanda turlarini aniqlashdan iborat bo’lib, tumanni aholi turar joylarida ekilgan karam, rediska, sholg’om o’simliklari ekilgan maydonlarda 2012-2013 yillari kuzatuvlar olib bordik. Kuzatuvlar natijalariga ko’ra Baydoqchi qishlog’ida ekilgan karam, rediska, sholg’omlar o’simliklari bir qator zararkunandalar bilan zararlanganligi ma‘lum bo’ldi. Bu o’simliklar orasida karam o’simligi eng ko’p zararlangan o’simlik turi hisoblandi. Karam o’simligida uchragan zararkunandaning tur G.Banek ma‘lumoti bo’yicha aniqlandi. Karam shirasi – Brevicoryne brassicae teng qanotlilar turkumining shiralar Aphididae oilasiga mansubligi ma‘lum bo’ldi. Kuzatuvlarimizni davom ettirgan holda karam shirasi asosan karam o’simligiga va unda yondosh bo’lgan sholg’om, rediskalarga zarar yetkazishi ma‘lum bo’ldi.

Kuzatuv olib borgan yillari yoz mobaynida karam shirasi Kasbi tumani sharoitida 25 tagacha bo’g’in berishi aniqlandi. Har bir bo’g’in oralig’i 8-10 kunni tashkil etdi. Shu sababli biz kuzatuvlarimiz davomida asosiy e‘tiborimizni karam shirasiga qaratdik va uning bioekologik rivojlanishini Kasbi tumani sharoitida ilk marotaba o’rgandik. Shuningdek, butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqdik.

Tadbirlar orasida zararkunandalarga qarshi agrotexnik kurash tadbiri eng qulay usullardan biri bo’lib chiqdi. Ayniqsa, agrotexnik qoidalarga rediska, sholg’om ekiladigan maydonlarda qo’llash yuqori samara berdi. Bundan tashqari karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagining entomofaglari aniqlandi. Bu entomofaglarning ko’payish va rivojlanish xususiyatlari shu sohaga oid adabiyotlar asosida atroflicha o’rganildi.

Kasbi tumani sharoitida karam, sholg’om, rediska, turp o’simliklariga zarar keltiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik faol moddalardan yuvenoidlar yuqori ta‘sirchanligi bilan ta‘sir etishi ma‘lum bo’ldi.

Ishning aprobatsiyasi. BMI va uning materiallari Tabiatshunoslik va geografiya fakultetining Zoologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Zoolog» to’garagida ma'ruza qilingan va ilmiy-amaliy konferensiyada maqola bilan qatnashgan.

Muallif Bitiruv malakaviy ishni bajarishda va uni tayyorlashda ko’rsatgan yordamlari, bergan qimmatli maslahatlari uchun ilmiy rahbari, dots.J.Berdievga va Zoologiya kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

I-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDA HASHAROTLARNING MORFO-ANATOMIK TUZILISHIDAGI MUHIM BELGILARI.


1.1.Morfologik tuzilishidagi muhim belgilar.
Zararkunandalarda ham boshqa umurtqasiz hayvonlardagi singari ichki skelet bo’lmaydi, ularda skelet vazifasini qattiq, qalin va elastik xususiyatga ega bo’lgan teri bajaradi. Ularning terisi ichki organlarni himoya qiladi va ularga muskullar birikkan bo’ladi. Hasharotlar terisining elastiklik xususiyati uning harakatlanishiga yordam beradi. Hasharotlar tanasi uch qismdan: bosh, ko’krak va qorin qismdan iborat.

Bosh qismda bir juft mo’ylov va murakkab ko’z, ba‘zilarida esa ikki-uch juft oddiy ko’z va og’iz joylashgan bo’ladi. Turli hasharotlarda og’iz tuzilishi har xil bo’lib, quyidagilarga: kemiruvchi, sanchib-so’ruvchi, so’ruvchi, yalovchi, sanchib-yalovchiga bo’linadi. Qo’ng’iz, chigirtka, chumoli va boshqa hasharotlarning og’iz tuzilishi kemiruvchi tipda bo’lib, ular qattiq tishsimon jag’lari bilan o’simlikning barg va poyalarini, yirtqich hasharotlar esa o’z o’ljalarini osongina tishlab oladilar. Gul nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda og’iz tuzilishi naysimon uzun bo’lib, u oziq moddalarni so’rib olishga moslashgan.

Qandala va chivinlar og’zi sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. U og’zini dastlab o’simlik to’qimasi yoki odam terisiga sanchib naysimon kanal orqali so’lak ajratadi, keyin undagi shira yoki qonni so’radi. Ba‘zi kapalaklarning, ikki qanotlilar vakillarini og’iz apparati butunlay rivojlanmagan bo’ladi va ular lichinkalik davrida yig’ilgan oziq moddalar hisobiga yashaydi.

Zararkunandalarning oyoqlari yuguruvchi, sakrovchi, suzuvchi, tutuvchi, yopishuvchi, yig’uvchi va qazuvchi tuzilishga ega. Hasharot oyoqlarining bunday xilma-xil bo’lishi yashash sharoiti va hayot kechirishga bog’liq. Masalan, tez harakat qiluvchi hasharotlarning oyoqlari uzun va yuguruvchi tipda bo’ladi, bu esa ularga tez yurishiga yordam beradi. Chigirtkaning oyoqlari sakrovchi, uzun va yo’g’onlashgan bo’ladi. Tuproqda yashovchi turlarda esa oyoqlar qazuvchi tipda tuzilgan. Ko’pchilik hasharotlarda bir juft qanot bo’lib, o’rta va ketingi ko’krakka joylashadi. Ikki kanotlilarda esa qanot bir juft bo’lib, bular o’rta ko’krakka joylashadi. Tuban hasharotlar kenja sinfiga kiruvchi hasharotlarda esa qanot mutlaqo bo’lmaydi. Hasharotlarning qorin qismi 11-12 ta sigmentdan iborat, ko’pchilik hasharotlarda bu sigmentlar bir-biri bilan harakatchan, ba‘zi turlarda esa harakatsiz tarzda birikkan bo’lishi mumkin. Qorin ham xar xil turlarda turlicha shaklda, tuzilishiga ko’ra keng qorin, osilgan qorin, doyasimon qorin kabi xillari bo’ladi. Qorin segmentlarining yon tomonida 7 yoki 8 juft maxsus nafas teshiklari joylashgan bo’lib, undan havo maxsus kanalcha (traxeya)lar orqali hasharot tanasining, ichki qismlariga o’tadi va organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan. SO2 ni tashqariga chiqarib yuboradi.

Qorinning oxirgi (8-9) segmentlarida jinsiy yoki himoya funktsiyasini bajaradigan maxsus organlar hosil bo’ladi. Masalan, arilar gonapofiz nayza hosil qilib, himoya funktsiyasini bajaradi.

Boshqa ko’pchilik turlarda gonapofiz erkagining tashki jinsiy qo’shilish organini, urg’ochilarida esa tuxum qo’ygich vazifasini bajaradi. Zararkunandalar o’z tuxumlarini tuproqqa, o’simlik barglariga, poyalarga,hayvon tanalariga va boshqa joylarga qo’yadi.

Zararkunandalar tanasining nomiga mos tanasining oldingi qismida bir juft-ikkita qanoti bor, ba‘zilarida esa qanotlar bo’lmasligi ham mumkin. Ikki qanotlilarning boshi juda harakatchan bo’ladi. Ko’kragining o’rta qismi oldingi va orqa qismiga nisbatan rivojlangandir. Bosh qismida joylashgan mo’ylovlari ba‘zi turlarida ko’p bo’g’ini bo’ladi. Qorin qismi 8-10 segmentlidir. Qanotlarida asosan uzunasiga ketgan tomirlar bo’lib, qanotlar pardasimon tuzilishga ega. Qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar rivojlangan. Qanotlar bir sekundda 300 dan 600 martaga qadar harakat qila oladi. Ikki qanotlilar turkumining vakillari har xil muhitda yashaganligi uchun ular tuxumlarini har xil joylarga qo’yadilar.

Ba‘zi turlari suvda, ba‘zilari tuproqda, ba‘zi turlari esa, hayvonlarning tanasiga tuxum yoki lichinka qo’yadi. Ko’pgina turlarining tuxumlari oq rangda bo’ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar oyoqsiz, ba‘zi turlarining lichinkasi hatto boshsiz bo’lib, ularda og’iz vazifasini ilmoqsimon tuzilmalar boshqaradi. Bu turkumning ko’p vakillari juda tez ko’payib, bir yilda 3-4 hatto 10 dan ortiq avlod beradi. Hasharotlarning ko’pchilik turlari, hasharotlar sinfining ikki qanotlilar turkumiga kiradi. Hasharotlar ustida olimlarning uzoq yillar davomida olib borgan kuzatishlariga qaraganda, hasharotlar yer yuzida keng tarqalgan, lekin tabiiy sharoit ularning tuzilishi va katta kichikligiga o’z ta‘sirini ko’rsatgan.

Masalan, sovuq iqlim sharoitidagi, ba‘zi hasharotlarning kattaligi 0.25-0.7 mm, issiq iqlimda yashovchi hasharotlarniki esa 25-30 sm atrofida bo’ladi. Hasharotlar tanasining tashqi tomoni, qattiq xitin qoplamidan, ya‘ni mexanik va ximiyaviy xususiyatiga ega bo’lgan tarkibdan iborat. Zararkunandalarni og’iz qismlari oziqlanish usullariga munosib tuzilgan. Umuman olganda hasharotlarning deyarli ko’pchiligida og’iz apparatining tuzilishi yalovchi, sanchib so’ruvchi, sanchib yalovchi tipda tuzilgandir. Bularga bosh qismida joylashgan mo’ylovlari ba‘zi turlarida 3 bo’g’umli bo’lsa, boshqalarida ko’p bo’g’umli bo’ladi.

Zararkunandalarning ko’rish organlari oddiy va murakkab fasetkali bo’ladi. Murakkab ko’zlar o’z navbatida bir necha o’n, yuz va hatto mingta ko’zchalaridan iborat bo’ladi. Masalan, respublikamizda keng tarqalgan qora pashshada har biri 2000 mayda ko’zchalardagi tashkil topgan 2 ta ko’z bo’ladi. Hasharotlarning ko’kragi 3 sigmentdan iborat. Har qaysi sigmentning qorin tomonida bir juftdan oyoq, o’rta va keyingi segmentlarning ust tomonida bir juftdan qanotlar joylashgan. Hasharotlarning hayot kechirish tarziga ko’ra ularning oyoqlari yugurishga, sakrashga, suzishga, kovlashga va boshqa shunga o’xshash vazifalarni bajarishga moslashgan bo’ladi. Ko’pchilik hasharot turlarining qanotlari bir yoki ikki juftdan iborat bo’ladi. Zararkunandalar tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. Tuxumdan chiqqan lichinka ma‘lum yoshlarni o’tab voyaga yetadi (imago) va uchadigan hasharotga aylanadi.


1.2. Hasharotlarning anatomik va fiziologik tuzilishidagi muhim belgilar
Hamma zararkunandalarning tana tuzilishi bir xil bo’lsa ham, tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ammo ularning tana tuzilish va rivojlanishi chuqurroq o’rganilsa, bir-biriga o’xshashligini payqash qiyin emas. Hasharotlar tarqalgan iqlim sharoitlari xam xilma-xildir. Ularni ekinzorda, cho’l va dashtlarda, tog’li joylar, o’rmonlar, daryolar, ko’l suvlarida va boshqa joylarda uchratish mumkin.

SHuningdek, hasharotlarning zarar keltirishi ham qadimdan ma‘lum. Ikki qanotli hasharotlarning ko’pgina turlari odam va hayvonlarda parazitlik qilib turli xildagi invazion va infaktsion kasalliklarni tarqatadi. Shuni eslatib o’tish lozimki, ba‘zi hasharotlarda (bitlar, burgalar va boshqalarda) yashash muhiti sharoitning o’zgarishiga ko’ra qanotlar soni qisqargan yoki butunlar reduktsiyalanib ketgan bo’ladi. Sochxo’rlar, parxo’rlar, bitlar va burgalar turkumiga kiruvchilarning deyarli hammasi parazitlik qilib hayot kechiradi.

Bundan tashqari yarim qattiq qanotlilarning vakillari, qandalalarning qariyib 100 ga yaqin turi sut emizuvchilar, qushlar va odamlarning tashqi parazitlari hisoblanadi.

Muskul sistemasi. Hasharotlarda asosan ko’ndalang-targ’il muskul bo’ladi. Bularning soni 200 ga yaqin. Muskullar ko’pincha teri skeletiga birikadi va hasharotlar tanasi bo’g’imlarini tashkil etishi mumkin. Bu muskullar bo’g’imlarda turli harakatlarni bajaradi. Ko’krak qismida joylashgan muskullar, ayniqsa kuchli rivojlangan.

CHunki bu muskullar ko’krak qismidan chiqqan qanot va oyoqlarni harakatga keltiradi. Shuning uchun ham ba‘zi hasharot turlari uzoq-uzoq masofalarga ucha oladi. Ba‘zi yirik ninachilar 96 km.ga qadar, xasva yoki cho’l chigirtkalari esa bir necha ming km.ga qadar uchadi.

Ovqat hazm qilish sistemasi. Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, xalqum, qizilo’ngach (ko’pchilik hasharotlarda qizilo’ngach kengayib, jig’ildonni hosil qiladi), jig’ildondan keyin muskulli oshqozon so’ngra haqiqiy, ingichka ichak, yo’g’on ichak va to’g’ri ichak keladi. To’g’ri ichak anal teshigi bilan tugaydi.

O’simliklar bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanali, hayvonot maxsulotlari bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanaliga nisbatan 5-10 marta uzun bo’ladi.

Og’izda so’lak bilan xo’llangan ovqat xalqum orqali qizilo’ngachga o’tadi. Kapalak, suvarak va pashshalarning qizilo’ngachi kengayib, jig’ildonga aylanadi. Ovqat jig’ildonda bir oz ushlanib, muskulli oshqozonga yoki o’rta ichakka o’tadi. Muskulli oshqozonda ovqat mexanik ta‘sirda uchraydi.

O’rta ichakda esa turli fermentlar ta‘sirida oziq moddasining parchalanish protsessi yuz berib, xazm bo’lgan oziq, shu qismda so’riladi. O’rta ichak bilan yo’g’on ichak oralig’ida malpigi kanalchalari bo’lib, hazm protsessida hosil bo’lgan zaharli keraksiz moddalar shu yerda so’riladi, hazm bo’lmagan ovqat esa to’g’ri ichakka o’tib, unda ekskrement hosil bo’ladi.

Ovqatning hazm bo’lishi har xil hasharotlarga turlicha bo’ladi. Kemiruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqat jag’lar yordamida maydalanib, muskulli oshqozonda so’lak bilan ho’llanadi. Sanchib-so’ruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqatning hazm bo’lishi o’simlik to’qimasida boshlanadi, chunki bunda hasharot avval so’lak fermentlarini yuboradi.

Hamma hasharotlarda ham ovqatning hazm bo’lishi fermentlar ta‘sirida boradi. Lekin xar xil turlarda yoki bir tur hasharotning turli stadiyasida fermentlar bir xil bo’lmaydi. Masalan, kapalak qurtida oqsillarni parchalovchi proteolitik va yog’larni parchalovchi lipaza fermentlari bo’lsa, gullar nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda faqat invertaza uchraydi. Hasharot ichaklarda turli fermentlarning bo’lishi ular ozig’ining xiliga bog’liq.

Ayirish organlari. Tirik organizmda moddalar almashinuvi protsessida gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi organizm uchun zaharli hisoblangan moddalar hosil bo’ladi. Hasharot organizmida hosil bo’lgan bunday moddalar maxsus ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Gazsimon moddalar nafas olish organlari, hazm bo’lmagan oziq moddalar esa ichak yo’llari orqali chiqariladi.

Hasharotlarda asosiy ayirish organi malpigi kanallari hisoblanib, u 100 dan ortiq uchi berk kanalchalardan iborat. Kanalchalarning bir uchi ichak ichak bilan tutashgan bo’lsa, ikkinchi uchi esa tana bo’shlig’ida hasharot qoni bilan yuvilib turadi. Qon tarkibidagi siydik kislota, kaltsiy, ammoniy, natriy va kaliy tuzlari kanalchalar devori orqali malpigi kanaliga o’tadi, undan ichaklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.



Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq bo’ladi. Tananing yelka tomoniga joylashgan ko’plab maxsus tomirlar qonni harakatga keltiradi. U bir qancha kameralardan iborat bo’lib, yurak vazifasini bajaradi. Bu kameralar bo’shashganda qon so’riladi, qisqarganda esa qon tomirlar bo’ylab bir qancha kameralar orqali orqadan oldinga tomon harakat qiladi va tana bo’shlig’iga qo’yiladi.

Hasharotlar yuragining qisqarib bo’shashishi bir minutda 30-140 marta atrofida bo’ladi. Hasharotlar qonini gemolimfa deyilib, u tanadagi butun organ va to’qimalarni oziq moddalar, hamda kislorod bilan ta‘minlaydi, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz moddalar ayirish organlari orqali chiqarib yuboradi.

Qon maxsus organlar ishlab chiqargan garmonlarni ham butun tanaga tarqatadi. Ba‘zi tur hasharotlar biror xavf sodir bo’lganda maxsus teshikchalar orqali qonni sachratib, o’zini himoya qiladi.

Nafas olish organlari. Hasharotlarda nafas olish protsessi ularning butun tanasi bo’ylab tarmoqlangan traxeya va traxeolalarida o’tadi. Traxeya naysimon tuzilishga ega bo’lib, ichki devori kutikuladan iborat. Hasharotlarning traxeyasi tana yuzasining ichki yon tomonida joylashgan tomirlardan boshlanadi. Nafas teshiklarining 2 jufti ko’krakda, 7-8 jufti esa qorin qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida maxsus yopgich apparati bo’lib, uning yordamida nafas teshigi yopilishi mumkin. Maxsus yopgich apparati havoning traxeyaga o’tishi va organizmdagi suvning bug’lanishini boshqaradi.

Tashqaridagi havoning nafas teshigi orqali traxeyaga o’tishi va chiqindi gazlarning traxeyadan tashqariga chiqarilishi nafas harakatlari orqali amalga oshadi. Nafas harakati turli tur yoki bir turga oid hasharotlarning, har xil aktivlik davrida o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, karam kapalagining nafas harakatlari minutiga 4 marta, asalarilarda esa 240 martagacha bo’ladi.

Tashqaridan traxeyalar orqali kirib, barcha to’qima hujayralariga borgan kislorod undagi oqsil, yog’ va uglovodorodni oksidlantiradi. Natijada karbonad angidrid va issiqlik energiyasi ajralib chiqadi.

Har bir organizmning tana tempraturasi organizmdagi moddalar almashinuvi protsessiga bog’liqdir. Hasharotlar tanasida temperaturani bir xil saqlovchi moslamalar bo’lmagani uchun ular tinch turganda tana tempraturasi tashqi muhit tempraturasiga mos keladi. Hasharot harakatda bo’lganda nafas olish va moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayib, tana tempraturasi ko’tariladi.



Nerv sistemasi va sezgi organlari. Hasharotlarning nerv sistemasi juda rivojlangan bo’lib, sezgi organlari orqali tashqi muhitning turli ta‘sirini yaxshi sezadi. Ularning nerv sistemasi tugunchalardan, markaziy nerv zanjirlaridan va periferik nervlardan iborat. Tugunchalardan tuzilgan markaziy nerv zanjiri hasharot tanasining ostki tomonida joylashgan.

Tomoq ustki nerv tugunchasi boshda joylashgan, u og’izdagi organlarning, oldingi ichakning ishini bajaradi. Hasharotlarning xam yuqori darajada rivojlangan hayvonlarniki singari beshta sezgi organlari: ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish va tuyg’u organlari bo’ladi. Bu organlar (sensillalar) orqali qabul qilingan ta‘sirlarni sezgi nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasiga, undan esa ichki organlarga o’tkazadi. Buni refleks deb ataladi.

Hasharotlarning hid bilish organi ancha murakkabdir. Uning mo’ylovlari hid bilish organi bo’lib xizmat qiladi. Ta‘sirot qabul qiluvchi sensillalarning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, o’simlikxo’r hasharotlarda 2-5 tagacha, asalarilarda esa 1500 tagachadir. Hasharot mo’ylovida sensilla qancha ko’p bo’lsa, u hidni shuncha yaxshi sezadi. Ayniqsa, tekinxo’rlik qilib yashovchi hasharotlarda hid bilish organi juda rivojlangan. Masalan, yaydoqchilar o’z o’ljasini hatto o’simlik poyasi ichidan ham hidi orqali topa oladi.

Ko’rish organi. O’simliklarda yashovchi hasharotlarning ko’rish organi yaxshi rivojlangan, yer ostida, g’orlarda yashovchi turlarda esa ko’z bo’lmasligi ham mumkin. Hasharotlarning ko’zi ikki xil bo’ladi: oddiy ko’z, murakkab ko’z. Har qaysi ko’zning ustki qismida shox parda, uning ostida esa yorug’likni sindiruvchi konussimon ko’z gavhari va yorug’lik nurini qabul qiluvchi to’r parda joylashgan. To’r parda hujayralarida esa nerv uchlari joylashgan, u yorug’lik ta‘sirini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, hasharotlarning ko’pgina turlari deyarli hamma ranglarni farq qilar ekan. Masalan, asalari to’q sariq rangdan tortib binafsha ranggacha farq qiladi, ammo u qizil rangni qora rangdan farqlay olmaydi. U odam ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurni ta‘siriga javob beradi.

Eshitish organi. Zararkunandalarda eshitish organi ovoz chiqaradigan turlarda rivojlangan bo’lib, uni tempanal (nog’ora) organ deyiladi. Masalan, chigirtkalarda, tsikada va temirchak kabilarda eshitish organi mavjud bo’lib, ko’pgina hasharot turlarida esa bo’lmaydi, ular eshitmaydi deb taxmin qilinadi.

Zararkunandalarning eshitish organi parda tortilgan chuqurchadan iborat bo’lib, unga eshitish nervlarining uchlari kelib tutashadi. Qora chigirtkalarning tempanal organi oldingi oyoqning boldir qismida, tsikada va chigirtkasimonlarniki esa qorinning birinchi sigmentida joylashgan. Ba‘zi zararkunandalarda o’zlaridan ultratovush chiqarishi ham ma‘lum. Masalan, gessen pashshasining lichinkasi, ombor uzunburuni va boshqalar.



Tuyg’u organi. Hasharotlar terilari orqali tempraturani, mexanik bosimni, og’riqni sezadi. Tuyg’u organlari ayrim sensillalar yoki ularning gruppalari tarzida ostki jag’ va ostki lab paypaslagichlari, mo’ylovlari, qanot va oyoqlari, ba‘zan tananing boshqa qismlarida ham joylashadi. Ayniqsa, hasharotlarda tempratura o’zgarishini sezish yaxshi rivojlangan.

Ta‘m bilish organi. Ko’p tur hasharotlarning og’iz apparatida maxsus sensillalar gruppasi joylashgan. Bunday tur hasharotlarda ta‘m bilish organi ancha rivojlangan bo’ladi. Kapalaklarning ba‘zi turlarida, masalan, g’o’za tunlamida ta‘m bilish organi oyoq panjasida joylashganligi ma‘lum. Zararkunandalarda yana yog’ tanasi deb qoplangan chiqarish organi bor. Bu tanada bo’sh joylarni to’ldirib turadi. Yana yog’ tanadagi tuplangan yog’dan hasharot metamorfoz rivojlanish jarayonida foydalanadi. Uni yig’uvchi buyrak deyishadi. Chunki, u dissimilyatsiya mahsulotlarini chiqarmaydigan “yig’uvchi buyrak” nomini olgan.

Ayrim vazifasini yana yurakning yon tomonlarida joylashgan perikardial hujayralar ham bajaradi. Nerv sistemasi - bularda murakkab rivojlangan. Ayniqsa, bu hol jamoa bo’lib yashaydigan hasharot-larda - arilarda yaxshi kuzatiladi.

Hasharotlarning bosh miyasi 3 bo’limdan:

1.Oldingi bo’lim-prototserebrum deyilib, u 2 ta yarim shardan iborat. Undan ko’ra boradigan nerv bo’laklari chiqadi. Yarim shar ichida poyasimon yoki zamburursimon tanalar taraqqiy etgan. Bu tanalar jamoa bo’lib yashaydigan hasharotlarda katta ahamiyatga ega bo’lsa kerak.


2.O’rta bo’lim - dyitotserebrum deyilib, undan nerv tomirlari hasha-­
rot mo’ylovlariga boradi. U hidlov vazifasini bajaradi.

3.Orqa bo’limi - tritotserebrum-antennalar sigmentiga o’xshaydi. Bu


bo’limdan lablarni idora qiladigan nervlar chiqadi. Bosh miya tomoq oldi va tamoq-osti tuguniga qo’shiladi. Bular pastki va yuqori jag’larni himoya qiladi. Ma‘lumki; oldin aytganimizdek 3 ta ko’krak va 2 ta qorin sigmentlari bor. Ana shulardan nerv zanjirlari chiqib gavdaga tarqaladi. Ayrimlarida bir necha gangliyalar bir joyda yig’iladi. Bu hodisa voyaga yetgan hasharotlarda yaxshi ko’rinadi.

Sezuv organlari - hasharotlarni nafas sistemasi kabi sezuv organlari ham yaxshi rivojlangan.

1.Tuyg’u organlari

2.Hidlash organlari

3.Ta‘m bilish organlari

4.Ko’rish organlari

5.Eshitish organlari

Tuyg’u organlari vazifasini sezuvchi tuklar kirib ular jag’ apparatining (paypaslashlarida) paypaslagichlarida, oyoqlarda joylashgan.

Xidlash organlarining ahamiyati (changlash) ularni har bir xidni bilishdadir. Masalan: o’limtiklarga, gullarga uzoqdan uchib kelishi, urg’ochisi xidini erkagi bilishi, 2-3 kilometrdan sezishi.

Arining mo’ylovida 14-15 ming, may qo’ng’izining erkagida 50 mingga yaqin, urg’ochisida 8 minggacha hidlov chuqurchasi bor.

Ta‘m bilish organlari - jag’larda, pastki labda paypaslagichlarda joylashgan. Shuning uchun ham ular hamma narsaga ko’navermaydi.

Ko’rish organlari 2 xil bo’ladi. 1) Oddiy ko’zchalar. 2) Fasetkali ko’zchalar.

Ko’pgina hasharotlar, arilarda 1 juft fasetkali ko’zlardan tashqari boshining tepa qismida 3 ta oddiy ko’zcha bo’ladi. Erkak aridagi ko’zda 13 090 ta, ishchilarida 6300 ta, urg’ochi arida 4920 ta ommatidiy bo’ladi. Ommatidiydan iborat fasetkali ko’zlar hasharotlarda bor, ular bir mo’ljalni ko’zlab uchishda ishtirok etsa ajab emas. Suv qo’ng’izlaridagi ko’z ommatidiylari suvdagi boshqa hayvonlarni ko’rishda ishtirok qiladi. Fasetkali ko’zlar deyarli butun bosh qismini (ninachilarda) egallab turadi, gullarni rangini ajratadi, urg’ochilarni izlab topadi. Ammo oddiy ko’zlarni mohiyati hali aniqlanmagan bo’lsada ularni yordamchi ko’rish organlari sifatida tan olishadi.

Ba‘zi olimlar fikricha ayrim hasharotlar daltoniklardir (rangini ajrata olmaydi). Ayrim hasharotlar chumolilar odam ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurlarni ko’rish qobiliyatiga ega deyishadi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish