1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT
INSTITUTI
Neft va gaz fakulteti
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi
5320300-“Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavr ta’lim yo’nalishi
talabasi Xidirov Davron Murod o‘g‘lining
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu:
Tabiiy gazni tayyorlash tizimlarida qo‘llaniladigan jihozlar va
ularga texnik xizmat ko‘rsatish
Bajaruvchi:
Xidirov D.M.
Rahbar:
Yuldoshev T.R.
«Himoyaga ruxsat etildi»
“TMJ” kafedrasi mudiri
_________ prof. T.R.Yuldashev
imzo ilmiy unvoni, F.I.SH.
«___» __________2018 yil
«Himoya uchun DAK ga yuborildi»
Fakultet dekani :
_________dots. A.R. Mallayev
imzo ilmiy unvoni, F.I.SH.
«___» __________2018 yil
Qarshi - 2018 yil
2
Mundarija
Kirish
5
I bob. NEFT, GAZ VA KONDENSATNI TAYYORLASHNI O’RGANISH
1.1.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashga tayyorlash
8
1.2.
Tabiiy gazni ajratish asosiy texnologik jarayonlar tavsifi
10
1.3.
Suyultirilgan gazlarini fraksiyalarga ajratish texnologik tizimi.
12
1.4.
Qayta
tiklanmaydigan
an’anaviy
energiya
manbalarining
chegaralanganligi va unga bog‘liq global va mintaqaviy
muammolar
12
1.5.
Gazsimon fraksiyalarni kondensatsiyasi
19
II bob. TABIIY GAZNI TASHISHGA TAYYORLASH USULLARINI
TANLASH
2.1.
Har xil bosimli uglevodorod gazlarning oqimlarini nordon
komponentlardan tozalash
22
2.2.
Tabiiy gazni oltingugurtli birikmalar va karbonat angidrit gazidan
tozalash
23
2.3.
Tabiiy gazni seolit yordamida tozalash qurilmasi
26
2.4.
Gazni past haroratli ajratish qurilmasi
26
2.5.
Gazni nordon komponentlardan tozalash usullari va uni amalga
oshirishda qо‘llaniladigan absorberlar
32
2.6.
Absorbentlar yordamida gazni quritish
34
2.7.
Gazni adsorbentlar bilan quritish
38
2.8.
Separatorlar va ajratgichlarning maqbul konstruksiyalarini tanlash
39
III bob. MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
3.1.
Portlash-yong‘inni atrof muhitga ta’siri
47
3.2.
Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari
47
3.3.
Jarayonning о‘ ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan
xavfsizlik choralari
51
Xulosa
53
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
55
3
Kirish
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyvning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy
tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi
ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik
bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va
jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. Endigi
navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan
mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to‘g‘risidagi
fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz
tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham
belgilab berilgan [1].
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklar
amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan
fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, yurtimiz
iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi kunning
dolzarb masalasi hisoblanadi.
Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan
global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli
darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos
izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini,
tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga
tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. So‘nggi jahon moliyaviy–
iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini inobatga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakat
iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan har tomonlama
asoslangan
chora-tadbirlar
ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerishilayotgan
muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi.
4
Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moddernizasiyalash,
texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol investisiya siyosatini
olib borishga katta e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash
sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash
zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan halq ho‘jaligi uchun eng
arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5
mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi
va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni
tashkil etdi. 1984 yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25
mlrd. m
3
ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m
3
ni
tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi homashyo manbalari asosan
yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O‘rtabuloq, Dengizko‘l-Qauzak, Samantepa
konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz
konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, tehnik oltingugurt,
barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi.
Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft
mahsulotlarini tashqi tashqi bozorga chiqarilayapti. Ushbu kabi eksportbob
maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar tayyorlash muxim va
axamiyatli vazifadir.
SHо‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen
mahsulotlari ekologik va gigiyenik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005
yil Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
Hozirgi vaqtda SHо‘rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda.
YA’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo
(Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston,
Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
BMI mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. “SHо‘rtanneftgaz”
MCHJga qarashli gaz va gazkondensat konlarining qatlam va ishchi bosimi yildan
yilga tushib kelmoqda. Konlardan qazib olingan tabiiy gazdan dastlabki tayyorlash
5
qurilmasida gazkondensat, suv va boshqa mexanik aralashmalarni ajratib olib, gaz
va gazkondensatni bosimini Past haroratli ajratish qurilmasiga bosimini kо‘tarib
berishda Siquv kompressor stansiyasidan foydalaniladi. Siquv kompressor
stansiyasining muttasil bir maromda unumli ishlatish muddatini uzaytirish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
BMIning maqsadi va vazifalari. Siquv kompressor stansiyasining normal
texnologik zoyil meyorida ishlashiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va oldini
olish. Siquv kompressor stansiyasining ishlashini о‘rganish va ish unumdorligini
yaxshilash uchun takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Konlarda neft va gazni tayyorlashning texnologik jarayonlarini tahlili.
Neft va gaz manbalaridan foydalanish va uni kompleks tayyorlash qurilmalarining
ishlatish samaradorlik ko‘rsatgichlarini oshirish usullarini asoslash.
Konda neft, gaz va suvni tayyorlashda qo‘llaniladigan jihozlarning ish
samaradorligini baholash va ulardan samarali foydalanishni tadqiqotlash bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqiladi.
BMIdagi ilmiy yangiliklari. “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ tarmog‘idagi
amaldagi SKSsining ishlatish jarayoni tahlil qilingan, qurilmalarning tuzilishi va
ishlatish ketma-ketliklari asoslangan, neftli yо‘ldosh va mash’alaga beriladigan
gazlarini utilizatsiya qilish, gazdan foydalanish va gazuzatmalariga haydash
jarayoni tadqiqotlangan, iqtisodiy samaradorligi asoslangan va SKSsini
ishlatishdagi nosozliklarni bartaraflash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Zamonoviy texnologiyalarni
qo‘llash asosida konda neftni kompleks tayyorlash ishlari tahlil qilingan,
utilizatsiya jarayonini olib borish bо‘yicha takliflar kiritilgan, nosozliklarni
bartaraflash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
BMIning natijalari. Kondagi neftli yо‘ldosh gazlarni va mash’ala gazlarini
utilizatsiya qilish asosida ekologik muammolar hal qilinadi, gazdan ichki
ehtiyojlarda foydalaniladi va SKSsini ishlatish muddatini oshirish bо‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
6
I bob. NEFT, GAZ VA KONDENSATNI TAYYORLASHNI O’RGANISH
1.1.Tabiiy gazlarni qayta ishlashga tayyorlash
Tabiiy yoqilg‘i gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o‘zida
namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar
(vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar – geliy va
argon) bo‘ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug‘laridir.
Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch
guruxga bo‘lish mumkin:
I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning
miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo‘ladi.
II guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal
sharoitda gaz ko‘rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o‘tadi.
III guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali
uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo‘lib, benzin
tarkibiga kiradi.
Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon
komponentlar va namlikni yo‘qotish, so‘ngra bu gazlardan I va II guruh
uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir.
Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko‘ra ularni uch guruhga
bo‘lish mumkin:
1. Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo‘lgan bo‘lib tarkibida juda oz miqdorda
suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
2. Yo‘ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
3. Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil
bo‘ladigan gazlar.
Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilg‘i sifatida
keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarishda xom
ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu maxsulotlar asosan vodorod, atsetilen, formaldegid,
xloroform va boshqalar.
7
Yo‘ldosh gazlar kommunal extiyojlar va avtotransportlarda yoqilg‘i uchun
qo‘llaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham
foydalaniladi.
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod
gazlari hosil bo‘ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko‘ra bir–biridan
farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda
to‘yinmagan uglevodorodlarga boy bo‘ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va
butilenlar miqdori ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil
bo‘ladi.
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil
uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki
oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga
egadir:
.
6
;
6
;
6
;
17
;
17
;
8
;
6
2
2
2
2
2
2
2
10
4
2
8
3
2
6
2
2
4
O
H
CO
О
Н
N
О
Н
S
Н
О
Н
Н
С
i
О
Н
Н
С
О
Н
Н
С
О
Н
СН
Gidratlar ko‘rishini – oq kristal moddalar bo‘lib, hosil bo‘lish sharoitiga
ko‘ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o‘xshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida
suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to‘la bo‘ladi, kichik
qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo‘ladi.
Gaz gidratlari hosil bo‘lishi kuvurlar va jihozlarda tiqinlar tufayli ko‘ndalang
kesim yuzasi kichrayishiga olib keladi.
Neft va gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli
sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo‘lishiga qarshi kurashda
ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo‘llaniladi. Bu usulning
mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi
va natijada suv bug‘lari bosimi hamda gidratlar hosil bo‘lish temperaturasi
pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo‘lish temperaturasi
pasaytirilishini Gamershmidt tenglamasi yordamida aniqlash mumkin:
Δt = 0,556 K/M ∙ w/100 - w
8
bu yerda Δt- ma’lum bosimdagi gidratlar hosil bo‘lishni pasayish
temperaturasi,
0
С; w- ingibitor massa ulushi,%; К-o‘zgarmas (metanol uchun
К=2335; glikollar uchun К=4000); М- ingibitor molekulyar massasi.
Gidratlar hosil bo‘lishiga qarshi ingibitorlar sifatida metanol va gazlarni
quritishda glikollar keng qo‘llaniladi. Metanol (СН
3
ОН) – metil spirti bo‘lib, gaz
oqimiga kiritilganda suv bug‘larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli
spirt eritmasiga o‘tkazadi.
Glikollar ham suv bug‘iga to‘yingandan keyin separatorlarda ajratiladi va
so‘ngra qayta tiklanadi.
Ingibitorlar sifatida kalsiy xlor (CaCl
2
) eritmasi va litiy xlor ham ko‘p
qo‘llaniladi. Gidratlar hosil bo‘lishini oldini olishni yanada samarali usuli bu
gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorlarning quritishni keng tarqalgan usullari
mavjud:
- suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etil glikollar)
- qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar)
sintetik seolitlar va boshqalar.
Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni kuritish kenga
qo‘llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo‘llash ikki ko‘rinishda
bo‘ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion .
1.2. Tabiiy gazni ajratish asosiy texnologik jarayonlar tavsifi
Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy jarayon bu – benzinsizlashtirish
jarayoni hisoblanadi. Qayta ishlanadigan neft gazini hajmidan, bu gazdagi zarur
komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko‘ra benzinsizlashtirishni
to‘rt usuli qo‘llaniladi:
Kompressorlash;
Past temperaturali kondensatsiya va rektifikatsiya;
Absorbsiyalash;
Adsorbsiyalash;
9
Benzinsizlantirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan
bo‘lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og‘ir
uglevrdorodlar va suv bug‘lari kondensatsiyalanadi, so‘ngra separatorlarda
ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan yetarli darajada ajratish
imkonini ta’minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan
holda o‘tkazish talab etiladi.
Past temperaturali kondensatsiyalash (PTK) jarayonida siqilgan gaz maxsus
sovuqagent (propan, ammiak) lar ishtirokida to past (minusli) temperaturagacha
sovitiladi. Natijada gazning katta qismi kondensatsiyalanadi. Uglevodorodli
kondensat separatorda ajratiladi, so‘ngra rektidiatsion kolonna – deetanizatorga
beriladi. Kolonna yuqorisidan metan va etan, pastidan esa beqaror gazsimon
benzin chiqariladi.
Past temperaturali rektifikatsiyalash (PTR) jarayonini past temperaturali
kondensatsiyalash (PTK) dan farqi, ya’ni PTR jarayoni ancha past temperaturada
boradi va rektifikatsion kolonnaga ikki fazali aralashma: sovitilgan va
uglevodorodli kondensat kiritiladi. Kolonna yuqorisidan benzinsizlantirilgan gaz,
pastidan esa metansizlantirilgan kondensat chiqariladi, kondensatdan etan ikkinchi
kolonna – deetanizatorda ajratiladi.
Benzinsizlantirishni absorbsiyalash usuli suyuq neft maxsulotlarida gaz
komponentlarining turli eruvchanligiga asoslangan jarayon absorberlarda
o‘tkaziladi. Absorber balandligi bo‘yicha ko‘ndalang to‘siqlar–barbotajli
tarelkalarga joylashtirilgan. Gaz oqimini pastki tarelkadan yuqorigacha
ko‘tarilishida uning tarkibidagi og‘ir uglevodorolar asta–sekin absorbentga yutiladi
va absorber yuqorisidan to‘yingan absorbent chiqariladi. To‘yingan absorbent
desorbsiyalash orqali desorber yuqorisidan gazli benzin chiqariladi, pastdan qayta
tiklangan absorbent sovitilgan xolda absorberga qaytariladi. Absorbsiya jarayoni
temperaturasi qancha past bo‘lsa, absorbentlarni yutish qobiliyati shuncha yuqori
bo‘ladi.
Benzinsizlantirishni adsorbsiyalash usuli С
3
Н
8
+ yuqori uglevodorodlar
miqdori 50 dan 100 g/m
3
gacha bo‘lgan neft gazlarini qayta ishlashda qo‘llaniladi.
10
U adsorbentlar yuzasiga bug‘lar va gazlarni yutilishiga asoslangan. Adsorbent
sifatida odatda aktivlangan ko‘mirdan foydalaniladi. Bunda adsorbent gazdagi
og‘ir uglevodorodlar asta–sekinlik bilan to‘yinadi. Yutilgan uglevodorodlarni
xaydash va adsorbentni qayta tiklash uchun o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan ishlov
beriladi. Adsorbentdan xaydalgan suv va uglevodorod bug‘lari aralashmasi
sovitiladi va kondensatsiyalanadi hamda olingan beqaror benzin osongina suvdan
ajratiladi. Adsorbsiyalash jarayonlari qo‘llanilishidagi kamchiligi ularning davriy
ishlashidir.
1.3. Suyultirilgan gazlarini fraksiyalarga ajratish texnologik tizimi.
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad, neftni qayta ishlashda chikayotgan
gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlarni aloxida komponent holida ajratib olish
yoki yuqori tozalikdagi uglevodorod fraksiyasini ajratib olish.
Jarayon uchun xom ashyo va olinadigan maxsulotlar. Jarayonga xom ashyo
sifatida neftni qayta ishlash tizimlaridan ajralib chikayotgan gaz fraksiyalari
yoki stabilizatsion kolonnalarda ajratib olinayotgan yengil uchuvchi
fraksiyalardan tashkil topgan suyuqlik fazasi beriladi.
Tuyingan gazlarni fraksiyaga ajratishda quyidagi maxsulotlar olinadi:
1.
Etan fraksiyasi - piroliz jarayoni uchun xom ashyo va moylarni
deparafinatsiya qilishda sovituvchi agent sifatida qo‘llaniladi;
2.
Propan fraksiyasi - piroliz jarayoni uchun xom ashyo, yoqilg‘i yoki
sovituvchi agent sifatida qo‘llaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |