O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kurs ishi


Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari



Download 46.05 Kb.
bet4/9
Sana07.04.2021
Hajmi46.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari

Ko‘pchilik marketing tadqiqotlari (Magketing Research) bilan bozor tadqiqotlarini (Market Research) bir xil faoliyat deb tushunishadi. Ma’lumki, «bozor tadqiqotlari» bozorning o‘zini miqdoriy baholash va tahlil qilishni o‘z ichiga olsa, marketing tadqiqotlari tovar va xizmatlar marketingiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni ham qamrab oladi. Ya’ni, u o‘z ichiga reklama va sotish kanallarining samaradorligini o‘rganishni, tovarlar va raqobatchi firmalar marketing usullarini tahlil qilishni va shuningdek, iste’molchilarning o‘zlarini tutishlari bilan bog‘liq barcha muammolarni oladi.

I. Breg o‘zining «Boshqarish tamoyillari» ilmiy asarida «bozor tadqiqotlarini» quyidagicha tushuntiradi: «Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq nazariy tamoyillarga mos amaliy masalalarni yechishga bog‘liq barcha muammolarni o‘rganishdir». Quyiroqda esa bozor tadqiqotlarining maqsadi quyidagicha ifodalanadi: «tijorat qarorlarini qabul qilishda noaniqliklarni kamaytirish». Bu ikkala tushuntirish ham ancha cheklangan bo‘lib, tovar bozori va uning tahlili yuqoridagi tushunchalarga nisbatan kengroq mavzuni tashkil etadi.

Marketing tadqiqotlari maqsadi besh asosiy: kim?, nima?, qancha?, qayerda? va qanday? — degan savollarga javob topishdan iboratdir. Ular bilan bog‘liq: nima uchun? — degan savol tadqiqotlarni ijtimoiy-psixologiya sohasigacha kengaytiradi. Bu soha alohida «motivasion tahlil» (motivation research) nomi bilan ataladi va xaridorlarning o‘zlarini tutishlari motivi o‘rganiladi.

Marketing tadqiqotlari tizimli asosda amalga oshiriladi va uni quyidagicha turkumlash mumkin:

- bozorni tadqiq qilish (motivation research)

- bozor hajmi va xarakterini aniqlash (iste’molchilarni yoshi, jinsi, daromadi,

kasbi va ijtimoiy ahvoli bo‘yicha tavsifnomasi);

- mumkin bo‘lgan iste’molchilar geografik joylashishini aniqlash;

- aynan shu bozorda sotishning umumiy miqdorida asosiy raqobatchilar tovarining hajmini aniqlash, shu bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sotish kanallarining tarkibi va ishni tashkil qilishini tadqiq qilish, bozorning tarkibiga ta’sir qiluvchi umumiqtisodiy va boshqa tashqi tendensiyalarni tahlil qilish.

Sotishni tadqiq qilish (sales research) — alohida rayonlar bo‘yicha sotish miqdoridagi farqni aniqlash:

— sotish rayonlari chegarasini o‘rnatish va qayta ko‘rib chiqish.

— kommivoyajerlar tomonidan mijozlar huzurida bo‘lishni rejalashtirish;

— sotuvchilar ishi samaradorligini aniqlash;

— sotish usullari va sotishni rag‘batlantirishni baholash;

— «xarajat-foyda» oralig‘ida taqsimot kanali samaradorligini tahlil qilish;

— chakana savdodagi tovar zaxiralarini inventarizatsiya qilish.

Tovarlar iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish:

— raqobatchi tovarlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish (ya’ni faqat o‘z firmangiz tovarinigina emas, raqobatchilar tovarini ham o‘rganish);

— ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan foydalanishning yangi usullarini izlash;

— iste’molchilarni jalb qilgan holda yangi mahsulot g‘oyasini tahlil qilish;

— qadoqlash sohasidagi tadqiqotlar;

— assortimentni soddalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish. Reklamani tadqiq qilish (Advertising research) — reklama e’lonlari samaradorligini va reklama tarqatish vositalari samaradorligini tahlil qilish.

Marketing sohasidagi tadqiqotlar ikki asosiy kategoriyaga: doimiy va doimiy bulmaganga bo‘linadi. Marketing uzluksiz jarayon bo‘lib, doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarda yuzaga chiqadi va tadqiqotlarni tizimli o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Bu firmaga talab va sotishga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishidan xabardor bo‘lishga va o‘z siyosatini o‘zgartirishga imkon yaratadi. Bunday turdagi keng miqyosdagi axborotni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va davlat mahkamalari yig‘adi. Shu bois ular ko‘pchilik holda umumiy xarakterda bo‘lib, firmaning alohida maxsus talablariga javob bermaydi. Shu bois ular firmaning o‘zi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari, marketingning ko‘plab vaziyatlari shunchalik o‘ziga xoski (masalan, bozorga yangi tovar chiqarish), ular maxsus tadqiqotlarni talab qiladi. Bunday tadqiqotlar ma’lum sxema asosida bajariladi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

— tadqiqotlar o‘tkazish zarurligni asoslash;

— bu zaruratni talab qiluvchi omillarni tahlil qilish, ya’ni muammoni shakllantirish;

— tadqiqot maqsadini aniq shakllantirish;

— eksperiment rejasini tuzish va tahlil asosida tekshirib ko‘rish;

— ma’lumotlar yig‘ish;

— ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish;

— natijalarini interpretatsiyalash, xulosa va tavsiyalarni shakllantirish;

— tadqiqot natijalarini jamlashtirgan ma’ruza tayyorlash va taqdim etish;

— tadqiqot xulosalari asosida ko‘rilgan tadbirlar, choralar natijalarini baholash, ya’ni «qarama-qarshi aloqa» o‘rnatish.

Doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadqiqot ham xuddi birinchi marta o‘tkazilayotgan sxema asosida amalga oshiriladi. Faqat keyingilarida birinchi to‘rt bosqich tashlab o‘tiladi.




Download 46.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat