O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 43,46 Kb.
Sana06.02.2020
Hajmi43,46 Kb.
#38877
Bog'liq
Guli kurs ishi tayyori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI

O‘ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI” KAFEDRASI

O‘ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI


Mavzu: “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limi”

Bajardi: “Akademik ijrochilik” fakuteti

“Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi

2-kurs talabasi: Mahammadjonova Guli


Ilmiy rahbar : “O‘zbek maqomi tarixi va nazariya”

kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Zokirov

Toshkent -2020

Reja:
I.Kirish.

II.Asosiy qism:

2.1 Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi.

2.2. Chorgoh maqomi haqida.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH

Maqom nima? Salobatli maqom turkumlarida qanday g‘oya yoki ta’limotlar ifoda etilgan? Nima sababdan maqom san’ati ko‘p asrlardan buyon o‘z mohiyati, demakki, badiiy qiymatini yo‘qotmasdan kelmoqda? Bu kabi savollar aslida tubdan serqira va bir-biriga tutash madaniy-tarixiy-nazariy masalalar bilan uzviy bog‘lanib ketganki, natijatda ularga bir yo‘la yoki shu damdayoq bir jihatli javob berish mushkuldir. Shu bois qayd etilgan savollarimizga bu san’at malsalalaridan javob axtarish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Zotan har qanday musiqiy madaniyatni nafaqat moddiy-alostik fenomen tarzida balki eng avvalo ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida tushunmoq zarur. Maqomlar tarixini o‘zaro farqli ikki lirik davrga ajratish mumkin.

Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o‘rganish tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda bizga ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan albatta. Bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o‘z o‘rnida mufassalroq to‘xtamga o‘tamiz. Ta’kid joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy qatlamlarini o‘rganishga ko‘mak bo‘luvchi maxsus musiqiy risolalar bo‘lmasa-da, ammo bu borada eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo‘lsa ajdodlarimizdan ulkan ma’naviy meros qolgan. Shashmaqom “Xorazm maqomlari” va “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridir”. Maqom kuylarining tuzilish (sinaksis) ko‘nikmalarini malakali idrok va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg‘unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish imkoniyati mavjud.

Bugungi kunda ushbu turdagi maqom na’munalarga nisbatan I.S. Rajabov sarlavhada ko‘rsatgan “Maqom yo‘llari” ( ya’ni Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari) iborasi ko‘proq qo‘llanilmoqda1.

Qadim zamonlarda bu zaminda yuzaga kelgan yirik davlatlar antik davrda-Xarazm, Sog‘t va Baqtiriya mamlakatlari, o‘rta asrlardagi Samoniylar, Qoraxoniylar (Markaziy Buxoro), Xorazmshohlar (Urganch-Xorazm), Temuriylar (Samarqand) imperiyalari ham ana shu umumiy tarixiy-madaniy makonninig shakllanishi bilan bog‘liqdir. XVI arsdan e’tiboran tarkib topgan songgi davrida ham shu shaharlarning atrofida Buxoro, Xiva va Qo‘qon davlatlari tashkil topdi.

Xorazm elining qadim dunyo tarixchilari tomonidan e’tirof etilgan musiqiy dovrog‘i islom zuhuridan keyin ham o‘z shon-shuhratini saqlab kelgan. Arab tilidagi ilk musiqiy risolalaridan biri algoritm faning asoschisi Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy qalamiga mansub bo‘lishi ham bejiz emas. Ma’lumki, Muhammad Xorazmiy Bag‘doddagi “Ma’mun akademiyasi” (Bayt ul-hikma) ning sardori bo‘lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, olimlar orasida shifo uslublari haqida baxs ketganda, shogirtlardan biri Xorazimiyga-“siz insonlarni davolashda nimani afzal ko‘rasiz, dori-darmonlarnimi yoki jarrohliknimi?”-deb savol bergan ekan. Shunda ustozining “mening vatanimda ularning ikkilasidan ham musiqaning shifobaxsh kuchini ustun tutardilar”,-degan sozlari tarixga kirib qolgan.

Xorazmliklarning oddiy odamlaridan, xunarmandlardan tortib, eng oliy tabaqa vakillarigacha o‘zini soz san’atiga yaqin tutgan. Beruniyning dalolat berishicha, Muhammad Xorazmshoh (Ma’munII) musiqa va she’riyatni chuqur idroklaydigan, atrofdagi shoir va sozandalarga nozik o‘qittishirishlar qiladigan podshoh bo‘lgan. Tarix kitoblarida, Ma’mun akademiyasining tarkibida musiqashunoslik ilmida e’tibor topgan olimlarning nomlari ham tilga olinadi.

Zikr etilganlarga o‘xshagan ko‘plab ma’lumotlar, Xorazm-Musiqiy an’analar avvaldan e’zozlanib, taraqqiy etib kelayotgan, sozparvar maskan ekanligidan dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha “Xorazm poytaxti Ko‘hna Urganch ma’mun va obod zamonlarda Chingizxon Ko‘hna Urganchni harb qilmasdan ilgari Ko‘hna Urganch shahrida sokin bo‘lgan odamlarini aksarisi musiqiyni o‘zlaridan bir hunar va kasb ittizoh qilganlar. Shuning orqasida o‘z oilalarining o‘ngishiqlarining ta’min etadurlar. Xatto, Mazkur asalari mubolag‘a bilan ko‘rsatganiga qaraganda yolg‘iz Ko‘hna Urganch shahrida dutor sozina eshak yo‘nib, sotib o‘ngishqlarini shul hunarlari bilan o‘tardurg‘on kishilarning miqdori bir mingga yetishadur”.

O‘rta Osiyo mintaqasining maqomoti bu yirik shajaraning asoslaridan birini tashkil etadi. U ham mamlakatga o‘xshab tarixan shakllangan. Turli toifalarni o‘z ichiga oluvchi yeg‘ma tushuncha. Maqomot-Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toahkent maqom yo‘llari hamda ular zaminida yuzaga kelgan yangi zamonaviy navlarni ko‘zda tutadi. Maqomotning umumiylik tomonlari kuy va ashullarning parda asoslari va usullarning o‘xshashligida o‘z aksini topadi. O‘ziga xoslik tomonlari esa mustaqil kuy va ashullalar, usul va parda tizimlarining xususiyatlari, cholg‘u sozlarini ijro uslublari, qolaversa, kuy va ohanglarining betakror janrida namoyon bo‘ldi.

Musiqiy risolalarda, umuman yozma xujjatlarda Buxoro va Xorazm yoki Farg‘ona-Toshkent maqomlarining shevalariga oid mulohazalar uchramaydi. Ustoz-sozanda va muhlis-shinavandalarining nazarida zikr etilgan maqom turlari umumiy ildizlardan kelib chiqqanligi e’tirof etiladi. Masalan, Xorazm sozandalarining fikricha, maqom turkumlarini tuzishda Buxoro (navbat-shashmaqom) an’analaridan andoza olgan.

Buxorolik mashhur ustoz Marduhay Tanburiyning o‘g‘li Mihoel Baraev bilan bo‘lgan suhbatda “Maqomlar dar Xorazm paydo bo‘lib, Buxoroda rivoj topgan” (“Maqomho dar Xorazm paydo shuda, Buxoro ba rivoj giriftagi”) degan gapni otasidan eshitganligini bildirgan edi. Bundan tashqari, Farg‘onada hofiz va sozandalar orasida mazmunan yuqoridagiga o‘xshagan “Maqomlarning tanasi-Buxoroda, shoxlari-Xorazmda, mevasi-Farg‘onada” degan fikri keng tarqalgan.

Maqomlarning dastlabki tushunchasi Jam’larga bevosita bog‘liq bo‘lgan va ular tarkibidan ajratib olingan ladlarning maxsus uyushmasidan iboratdir2.

Mushtarak an’analarning mohiyatini anglashga qaratilgan ushbu majoziy ta’riflar maqom ildizlari va bu san’atning hayotiy ko‘rinishlari xalq tassavvurida aks ettirilishidan dalolat beradi.

Mening mavzuim, Fafg‘ona-Toahkent maqom yo‘llarining ashulla bo’limi. O‘zbek milliy musiqasida “Farg‘ona-Toshkent maqomlari” yoki “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” maqomchilik san’atining yana bir asosiy turkumini tashkil etadi. Farg‘ona vodiysida XIX-XX asrlarda turkumli va turkumsiz ashulla va maqom yo‘llari keng tarqalgan bo‘lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakchi o‘rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an’analari bilan sug‘orilgan. Katta va kichik turkumga ega bo‘lgan Farg‘ona-Toshkent maqom ashulla yo‘llari “Shashmaqom” tarkibidagi bir qator sho‘ba (saraxbor, savt), shahobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir. (ularning kuy harakati, shakli, usullariga o‘xshash).

Toshkent, Farg‘onada mashhur bo‘lgan maqom turkumlari asosan ashulla yo‘llaridan iborat bo‘lib, ularda Shashmaqomdagi kabi cholg‘u yo‘llar uchramaydi3.

Farg‘ona-Toshkent maqomlari va maqom yo‘llari 2,3,5,7 qismli turkumlarni tashkil etadi. Ularning har biri ma’lum shohobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi.

Farg‘ona-Toahkent maqomlari orasida yirik shulla turkumlari: Bayot I-V, Chorgoh I-V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I-VII (ularning har biri umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi. Gulyor-Shahnoz maqomlaridan tashqari), masalan, Byot I, BayotII, BayotIII, Bayot IV, Bayot V.

Farg‘ona-Toshkent maqomlari “Shashmaqom” ashulla bo‘limining sho‘ba’ shaxobcha va taronalarining ohang usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashulla yo‘lining harakati asosida rivoj topgan.



Farg‘ona-Toshkent maqomlarini targ‘ib etishda Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Orifjon Xatamov, Mahmudjon Tojiboyev, Imomjon Ikromov, Rasulqori Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov va boshqalar maqom yo‘llarini yanada boyitish, yangi na’munalarni ijod etishga katta hissa qo‘shganlar.

Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi.

Toshkent va Farg‘ona vodiysi (Qo‘qon, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na’munalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o‘laroq alohida-alohida cholg‘u va ashulla yo‘llaridan iborat. Jumladan, cholg‘u yo‘llari "Nasrullo I-V", Munojot I-V", ‘‘Ajam va taronalari”, “Miskin I-V”, “Mirzadavlat I-II”, “Cho‘li Iroq”, “Chorgoh”, “Sumay Iroqi”, “Sumay Dugohi” “Sumay Ushshog‘I” kabilar mashhur. Ashulla yo‘llari alohida bir qismli (“Segoh”, “Toshkent irog‘i” kabi) na’munalardan tortib keng ko‘lamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli “Chorgoh”, “Bayot”, “Bayoti Sheroziy”, “Gulyor-Shahnoz” va yetti qismli “Dugoh- Husayn” ashulla yo‘llari ommalashgan. (Ular mumtoz she’riyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va h.) na’munalari asosida o‘qiladi. Farg‘ona-Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (“Miskin I”, “Miskin II”, “Bayot I”). Tarkibiy qismlaning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, “Miskin” cholg‘u turkumining III kismi “Adoiy”, IV qismi “Asiriy”, “Nasnrllo”ning II qismi “Chavandoz”, III qismi “Qashqarcha”, IV qismi “Tarona”, V qismi “Ufar” deb nomlanadi. Farg‘ona-Toshkent maqomi yo‘llarining shakllanish ildizlari o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan. O‘n ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud tukumli asarlarga borib taqaladi. Atamasi ham shunga ishora etadi. Zero “maqom” atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida “yo‘l” ma’nosidagi “roh”, “tariqa”, “ravashin” kabi tushunchalar keng qo‘llanib kelingan. Shashmaqomdan farqli ravishda, Toshkent rnaqomiy- nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bog‘liq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, sumay yo‘llari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar o‘yini va to‘y bazmlarda dutor, tanbur, g‘ijjak ijrolari hamda ashulla yo‘llari uy sharoitlarida o‘tkaziladigan turli yig‘in va majlislarda namoyon bo‘lgan. Ayni paytda bu maqomlarda Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubiga xos yo‘llar ashulla, katta ashulla janrlarining xususiyatlari o‘z aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur bo‘lishi sabablaridan biridir. Farg‘ona-Toshkent maqom ijrochilari mazkur an’anani odatda mashhur ustozlardan o‘rganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qo‘shnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot (tanburchi), A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (g‘ijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), S.Toshmatov (g‘ijjak), T.Alimarov (tanbur, dutor), hofizlar - Sh.Shoumarov, To‘ychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlaning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev, so‘nggi yillarda A.Ismoilovlar Farg‘ona-Toshkent maqom an’analarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. Maqomlari ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dastularidan asosan maqomlar, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining kuy va ashullalari, xalq musiqasi na’munalari o‘rin oladi. XX asrning boshlariga qadar maqomlarni Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va h. Yirik shaharlarda xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik maqomlarni yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targ‘ib qilish maqsadida qayta tuzilgan. O‘tmishda maqomlarni yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholg‘u va ashulla qismlari ijro etilgan. Bunda jumladan Shashmaqom Talqin, Nasr, Savt kabi sho‘balarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxorq nasrchi, savtxon deb ) yuritilgan. Ularga tanbur, doira yoki ixcham cholg‘u ansambli jo‘rlik qilgan. Jumladan, IX asrning oxirida Buxoroga mos maqomlar tarkibida odatda 2 ta tanbur, dutor, qo‘biz (yoki sato), doim va 2-3 nafar jo‘rnavoz hofizlar bo‘lgan. 1920-yillarda tashkil topgan. Sharq musiqa maktablarida Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim lbodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Hatamov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar.

Xar kimning dilida Haq Taoloning shavq otashi bo‘lsa, ishq o‘tini tezlashtirish uchun unga samo juda muhimdir.4 1989-yildan Yunus Rajabiy nomida Respublika radiosi huzurida tashkil topgan. O‘zbek xalq cholg‘ulari ansambli (rahbar Yunus. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, To‘ychi hofiz kabi atoqli hofizlaning boy ijodiy-ijrochilik an’analariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholg‘ulardan tanbur, dutor, chang, rubob, g‘ijjak, nay, qo‘shnay, doira va h. kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari mukammal o‘rganilishi hamda noyob lirik uslublari o‘zlashtirilishida F.Sodiqov (1961-1966-yillarda changchi va musiqa rahbari), J.Sultonov, O.Imomxojayev, A.Haydarov, K.Ismoilov, B. Dovidov, O. Alimahsumov, O.Qosimov, T.Alimatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar - K.Mo‘minov, A.Ubaydullayev, B.Zirkiyev, I.Kataye, S.Aminov, Sh.Ergashev, X. Qodirov, H.Yusupov, Sodiqov, I.Qodiroq shuningdek, L.To‘rayev, D. Sottixojayev, U.Otayev va h.ning ulushi katta bo‘ldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor ko‘paytirilgan. Yunus Rajabiy rahbarligida keng faoliyat ko‘rsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va o‘ziga xos maktab yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yunus Rajabiy, O.Alimahsumov, Sh.Mirzayev, G.Toshmatov (1981-1986), A.Ismoilov (1989-1996) va, Isroil Vahobov (1996-1999) xizmatlari katta. So‘nggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholg‘ulari bilan kengaydi, maqomlaning ijro talqinlari yanada ko‘paydi.

Maqom ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yo‘ldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Do‘stmurodov, T. Marsan’at kollejlarida hamda ba’zi boshlang‘ich musiqa va san’at maktab va litseylarida ham maqom yo‘llari o‘qitilmoqda. 1983-yildan muntazam o‘tkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlariga, 1991-yildan Yunus Rajabiy nomi berilgan. Shu asnoda O‘zbekistonda mavjud maqomlar (Shashmaqom, Xorazm maqonmlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari) musiqasiga nazar tashlar ekanmiz, uning har biri o‘zgacha tarovatli kuy-navolari negizida eng mukammal darajada ulushgan parda (tovush) tizilmalai borligi e’tiborimizni o‘ziga jalb qiladi. 7 ta asosiy pardalari o‘zaro uyg‘un, ohangdosh tovuslar nisbatiga qurilgan bu nag‘amot ulushmalari kim tomonidan va qachon ijod etilgan? Bu borada yuritilgan mantiqiy flkr-mulohazalar asosida ularning shakllanish vaqtini keyingi davrlargcha, ya’ni musiqa san’ati taraqqiy etgan asrlarga taaluqli deb o‘ylash mumkin.

Biroq jahon musiqa tarixi bunday xulosani inkor etadi. Chunki, maqom pardalariga o‘xshash yeri asosiy pog‘onali (pardali) tovush tuzilmalari Sharqu-G‘arb musiqa madaniyatiga juda qadim zamonlardan ma’lumdir. Xususan, qadimgi yunonlar bu kabi pardalarni bir necha turlarini bilibgina qolmay, balki ularning inson tarbiyasida alohida muhim o‘rni borligini ham ta’kidlaganlar. Donishmand Fisog‘urs Pifagor esa mukammal pardalarning inson ruhiga favqulodda ta’siri sabablarini ikniy bilish maqsadida ularni matematik usullar bilan o‘rganib chiqgan (bu usullar keyinchalik o‘rta asr Sharq musiqashunos olimlari tomonidan ham qo‘llangan). Demah mukammal uyushgan parda tizilmalari dastlab ilmiy-nazariy asosda ham ijod etilmagan, balki ularda mavjud go‘zal ohang uyg‘unliklari ilmiy asosda kashf etilgan edi. Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko‘ra maqomlaming eng qadimiy na’munalari payg‘ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi - XVlI asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning "Tuhfatus-surur" nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg‘ambar nomlari bilan bog‘liq yettita maqom bo‘lgan. Bunda “Rost” maqomi - Odam alayhissalomdan, “Ushshoq”-alayhissalomdan, "Navo" - Dovud alayhissalomdan, "Hijoz" - Ayub alayhissalomdan, “Husayniy’’ - Yoqub alayhissalomdan va "Rahoviy" - Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi5.

Muallif bu axborotni yetkazishda Xo‘ja Abdulqodir ibn Marog‘iy, xoja Safiuddin ibn Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro‘li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma’lum qiladi. Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval “yo‘l” ma’nosini anglatuvchi “roh”, kabi atamalar qo‘llanib kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma’lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo‘lgan payg‘ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatganlar. Ulardan qolgan manaviy ta’limot na’munalari jamoa-qavnlar orasida alohida e’zozlanib, avloddan-avlodga go‘zal ruhiy meros sifatida o‘tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma’qul va manzur bo‘lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o‘rganish asnosida) hosil etilib, so‘ngra shu (parda) “yo‘llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi na’munalari ijod etilgan) bo‘lsa kerak6. Shunday qilib, qadimgi dunyodan meros kelayotgan mukammal parda ulushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida shuningdek bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yangilik ahamiyat kasb etgan. Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og‘zaki musiqa ijodiyotining ko‘hna na’munalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy na’munalariga oid “izlari” ham saqlangan.

Xususan bu izlari bizgacha yetib kelgan Navro‘zi Ajam, Nalto‘zi Xoro, Navro‘zi Sabo nomli maqom asarlarida ko‘ramiz Shundayki, bu asadrlarning kuy negizlarida mutahassis olimlar tomonidan xalq kuyining eng qadimiy na’munasi tasnif etilgan quyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma’lumki, ko‘pgina Sharq xalqlari uzoq o‘tnishdan buyon Navro‘z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma’lum kuy va ashullalarni ijro etib kelganlar.

O‘ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an’anaviy hayotidan muhim o‘rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o‘zining yuksak rivojlangan ko‘rinishlarga ega bo‘lganligi haqiqatga yaqin bo‘lsa kerak. Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh shaklidagi) kuy tuzilmalari ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblari ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avesto” dagi “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatalar inobatga olinadi. Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan davrlardan-da qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-Toshkent maqomlaridagi Dugoh-Husayniy kuyi negizida ikki tayanch pardali ohang tuzilmasi, Segoh cholg‘u shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi Segoh, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qisimlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmalari borligi ayon bo‘ladi. Etnomusiqashunos olimlaming qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi tayanch tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dasdabki kurtaklaridir.

Albatta, maqomlarda qadimiylikka mansub qanchadan-qancha musiqiy yodgorliklaming o‘mi topilmasin, biroq ulari asl holiday qayta jonlanadi sadolanadi deb bo‘lmaydi. Zero maqomlarda “saqlangan” musiqiy yodgorliklar, garchand ulaming muhim izlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da o‘zlarining yuksak rivojlangan holatlarida namoyon bo‘ladi. Demak maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma’nodagi maqomlar tarixi bo‘lmay, balki ko‘proq ularning kelib chiqish manbalari bo‘lgan ko‘hna davr musiqa kuy qatlamlariga dahldordir. Xuddi ana shu turli musiqa na’munalari (demakki, nurli uslubli kuy shakllari) asosida usluban badiiy yaxlit maqom tizimlarining shakllanish davrlaridan e’tiboran bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi.

Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lganligi xususida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu borada Sosoniylar saroyida (shoh Xusrav Parviz davrida 590-628 yil) xizmat qilgan mashhur musiqachi - Borbad ijodiy merosi, xususan “7 Husravoniy” tizimi diqqatni o‘ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar “7 Husravoniy” tizimi keyinchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo‘lganligi yoki har holda bu tizimning maqomlar shakllanishiga ma’lum ta’siri haqida taxminlarga boradilar. Ammo bu masalada hali bir to‘xtamga erishilmaganligini ham qayd etish kerak. Mutaxasislar salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kasbiy qatlam ijrochilik taraqqiyotining ma’lum tarixiy bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi, falsafa va matematika fanlarining mavjudligi, qolaversa buning uchum zarur shahar madaniy muhiti kabi omillar bilan shakllanganligini alohida ta’kidlaydilar. Xususan, atoqli musiqashunos olim, san’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabovning bu boradagi malakali ko‘rsatmalari e’tiborlidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo‘lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan... Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq ekanligini uqtirib o‘tganlar. Professor Ravshan Yunusovning ta’kidlashicha: Sharq maqomoti ko‘hna ancha murakkab falsafiy musiqiy-nazariy hamda amaliy asoslarga egadir. Shuni aytish kerakki, sharq musulmon olamida maqom tizlmasii yuzaga kelishi uchun zarur omillar asrlarga kelib jamul-jam bo‘lgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning (871- 950) nusiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi, shuningdek diniy-falsafiy ta’limot va qarashla yoyila boshladi. Ana shu bevosita va omillar ta’siri o‘laroq o‘rta asr Sharqining yirik (markaziy) shaharlarida o‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasni dastlab Safiuddin Urmaviy (1230-1294) va Qutbiddin Sheroziylarning musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abdulqodir Marog‘iy (XIV), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy (XV), Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi ustoz amaliyotchi va nazoratchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan edi7.

Yuqorida qayt etilganidek, Farg‘ona-Toshkent maqomlari keyinchalik umumlashtirib olingan tushuncha. Avval ustozlarning o‘zlari ularni Farg‘ona hamda Toshkent maktabiga xos maqomlarga ajratib kelganlar. Xususan: “Bayot”, “Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Miskin”, “Ajam”, “Nasrulloyi”, “Farg‘ona yo‘llari”, “Munojot”, “Choli Iroq”, “Girya”, “Ko‘cha bog‘i”, esa ko‘proq Toshkent an’analariga mansub deb qaratilgan.
Chorgoh maqomi haqida.

Chorgoh (fors-to‘rt va joy, o‘rin) O‘n ikki maqom tizimidagi 24sho‘balardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204-180 sent) va yarim ton (114 sent) oralig‘ida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. O‘tmishda bastakorlar Chorgoh pardalari negizida turli shakl va janrlarda yaratishgan. Chorgoh maqom yo‘llari’iz hozirgi kunga qadar xilma xil ijod va ijro uslublari orqali bizgacha yetib kelgan. Muayyan maqom yoki sho‘ba tovushqatorining to‘rtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar hil maqom va sho‘balarga tayamgan holda Chorgoh nomida kuy va ashullalar bitilgani ma’lum. Masalan, “Chorgohi Ajam” (Ajam sho‘basining Chorgohi) kabi. Bu asar o‘rta yerlarda 24 murakabotning biri sanalgan.

Shashmaqomda ham Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh maqomida tarkibiy cholg‘u kuy va ashulla yo‘llari: “Muhammasi Chorgoh”, “Taqini Chorgoh, Nasri chorgoh”, “Ufari Chorgoh, Safti Chorgoh”, “Talqinchai Savti Chorgoh”, “Qashqarchai Safti Chorgoh”, “Soqiynoma Safti Chorgoh”, “Ufari Safti Chorgoh”. Ular parda tuzilishining dastlabki to‘rt pog‘onasi O‘n ikki maqom Chorgoh sho‘basiga moye keladi. Chorgoh maqom yo‘llari Yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat o‘rnatadi.

Chorgoh sho‘balarining o‘zgacha uslubiy yo‘llari ham yaratilgan. Chunonchi, Farg‘ona-Toshkent mashhur Chorgoh ashulla yo‘llari, “Yovvoyi Chorgoh”, Surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharipov) yaratgan “Chorgohi Munojot” shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Chorgoh yo‘llari 5 qismli yirik shakldagi ashulla turkumidan iborat. “Chorgoh 1” saraxbor, “Chorgoh 2” tarona, “Chorgoh 3” savt, “Chorgoh 4” qashqarcha, “Chorgoh 5” va “Chorgoh 6” ufar doira usullari asosida ishlangan.

Eron dastgohlari, ozarbayjon mug‘omlari va uyg‘ur maqomlaridan birining nomi. Mazkur Chorgohlarning parda tuzilishi bir-biriga yaqin bo‘lsada, kuy-ohanglari, usul va uslublari o‘z milliy va mahalliy musiqasiga xosdir.

Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panchgoh) shaklidagi kuy tizilmalarini ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblarni ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avestodagi” “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatlar yana inobatga olinadi8.

Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan davralardan-da qadimniyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-Toshkent maqomlaridagi Dugih-XusayniyI kuyi negizida ikki tayanch parda ohang tizilmasi, Segoh cholg‘u kuyida, shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi asegih, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qismlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmasi borligi ayon bo‘ladi. Etnomusiqashunos olimlarning qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi tayannh tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabki kurtaklaridir.

Aslida ana shu kabi maqomlarning yeti asosiy pardasi va ular asosida


(Dugoh, Segoh, Choirgoh va boshqalar) ko‘hna kuy tizilmalarining quyidan yuqoriga qarab bosqichma bosqich (I, II, III, IV, va h.k) rivojlanib, pirovatdida yangi sifatlar kashf etish uslubi tariqat manzillariga xos jarayonlarning badiiy tarzida shakllangan bo‘lsa kerak. Har holda O‘n ikki maqom tizimini bizgacha “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” da yetib kelgan na’munalarining qiyosiy tahlili shu kabi xulosalarga ham asos bo‘lmoqda. Bunga Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridagi “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” nomli na’munalar yaqqol misol bo‘la oladi. Shundayki, dastlab juda oddiy shakllarda bo‘lgan goh kuy tizimlari O‘n ikki maqom tizimining sho‘balari guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ularni mumtoz talablar darajasida rivoj toptirish maqsadida har biriga alohida-alohida mukammal parda uyushmalari biriktirilgan edi. Shunga binoan, Dugoh sho‘basi Xusayniy maqomida, Segoh sho‘basi Hijoz maqomida, Chorgoh sho‘basi Zangula pardalarida bayon etilib rivojlantirilgan. (N. Kavkabiy tasnifi). Buning binovarida esa sho‘balarning birikirilgan maqom pardalariga tabiiy singib ketish jarayoni ro‘y bergan. Bunga quyidagi misolni dalil keltirish mumkin. Xorazm maqomlaridan o‘rin olgan “Maqomi Segoh” aytim yo‘liuda dastlab uch tovushdan iborat bo‘lgan Segoh kuy-ohang qurilmasi “re” pardasidan boshlab birin-ketin yettita asosiy bosqichlarni zabt etadi.. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan “Segoh” aytim yo‘lida ham shu kabi musiqiy jarayonlar yuzaga keladi.

Maqom yo‘llarini o‘zbek-tojik xalqlari musiqa boyliklari bilan bog‘liq holda chuqurroq o‘rganish, maqomlarning ikkala xalq musiqa merosida qanchalik katta ahamiyatga egaligini to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi, shu bilan birga, gullab-yashnayotgan o‘zbek-tojik musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan musiqa-madaniy manbalardan biri-Shashmaqom kuy asoslaridan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini ochishga imkon beradi9.

“Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” degan ibora bevosita jonli an’analarni aks ettiruvchi hayotiy tushunchadir10.

Demak dastlab ovoz ko‘lami (Dugoh), uch (Segoh) va to‘rt (Chorgoh) tovushlari doirasida bo‘lgan soda ko‘rinishli ko‘hna kuy tizilmalarining muayyan maqomlarning yettita asosiy pardalari bo‘ylab bosqichma-bosqich rivojlanuv natijasida ularning yangi sifat (ya’ni maqom) darajalari yuzaga kelgan edi. Aynan shu sifatlari darajasida ular keyinchalik yuzga kelgan yangi maqomot (Shashmaqom, Xorazm maqomlarida-Dugoh va Segoh, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarida Dugoh, Segoh va Chorgoh maqomlar) tizimidan o‘rin olgan edi. Mantiqiy xulosa shuki, bu jarayonda avvallari qo‘llanib kelingan Segohi-Hijoz, Dugohi-Xusayniy, Chorgohi-Zangula maqomlari pardalarining “hayoti” ham davom etayotganligini e’tirof etishimiz kerak.


Xulosa

Maqom borasidagi ushbu ta’riflar nafaqat O‘n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘onja-Toshkent maqom yo‘llariga ham bevosita dahldordir. Bu o‘rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so‘zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, “qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma” kabi ko‘plab tasavvuf us istilohlarining qo‘llamishi, shuningdek asosiy aytim yo‘llarida yuksak ishq ( Jomiy, Sakkokiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va h. k.) mazmunidagi g‘azallarning kuylanib kelinishi, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo‘llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o‘laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yog‘rilgan maqomlar musiqasidir. Chunki bir musiqa mazmunida pok ruhiyatining asl go‘zallik, chin haqiqat sari ma’naviy xuruji o‘z ifodasini ntopodi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o‘z badiiy qiymatini yo‘qotmasligi va ayni paytda, millionloab odamlar qalbidan o‘rin olganligini asl sabablaridan biri ham ularning teran ma’nolarga yo‘g‘rilgan go‘zal navolari-yu, beqiyos shaklu-tamoillari bilan izohlanadi. Zero, ma’naviyatdan uzilgan har qanday go‘zallik oxir-oqibat yoqimsizdir.



Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo‘lga kiritgan ulkan hodisa bo‘ldi. Zotan maqomlar insonlardan sof, muqaddas tuyg‘ularni uyg‘otivchi, ruhiyatni nafs to‘siqlari uzra asl maqomlari sari yuksalishga da’vat etuvchi ma’naviy navolarimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



  1. Ishoq Rajobov “Maqomlar” Toshkent 2006.

  2. Ishoq Rjabov “Maqomlar masalasiga doir” Toshkent 1963.

  3. Ishoq Rajabov “Maqom asoslari” Toshkent 1992.

  4. Otanazar Matyoqubov “Maqomot”.

  5. Hikmatullaev H. Shoislomov Sh. Toshkent. 1965.

  6. Oripov Z.T. “Sharq musiqa manbashunosligi” Toshkent. 2008.

  7. Akbarov I.A. Musiqa lug‘ati Toshkent. 1997.

  8. Matyoqubov O. “Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga kirish” Toshkent 1983.

  9. Ma’naviyat yulduzlari, Toshkent. 1997.

  10. Internet ma’lumotlari: Wikipedia. Org; ziyo.net.

1 I.Rajabov “Maqomlar” 402-bet.

2 Sh.I. qo‘lyozmalari, inv. 816, 1331, 275, 468/III, IV, 449, Adabiyot muzeyi.

3 Shu maqomlarga xos juda ko‘p cholg‘u yo’llar mavjud bo‘lib, ular yakkasoz va kichik ansambllar ijrosida alohida-alohida chalinadi.

4 Otanazar Matyoquboy “Maqomot” 94-bet.

5 Ishoq Rarajabov “Maqomlar” 36-bet

6 Otanazar Matyoqubov “Maqomot”

7 Ishoq Rajabov “Maqomlar” 34-37-betlar

8 “Musiqa Ensklopediyasi” kitobidan.

9 Ishoq Rajabov “Maqomlar” kitobidan

10 Otanazar Matyaqubov “Maqomot” kitobidan

Download 43,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish