O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo‘lim



Download 45,56 Kb.
Sana08.04.2020
Hajmi45,56 Kb.
#43395


O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Sirtqi bo‘lim
Logopediya” kafedrasi

«Maxsus pedagogika va psixologiya» fanidan

sirtqi bo‘lim talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari

TO‘PLAMI


Toshkent-2020 y.


SIRTQI BO‘LIM TALABALARI UChUN FANLARDAN SESSIYa ORALIG‘I NAZORAT IShLARINI

TAYYoRLASh TARTIBI
Sirtqi bo‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo‘lim yakuni bo‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, sirtqi bo‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan boblar, bo‘limlar, mavzular yoki to‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bo‘yicha to‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi. Fanning boblari, bo‘limlari va mavzulari bo‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholanadi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bo‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qo‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-o‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo‘limi alohida mustaqil ish turini qo‘llashdan iborat topshiriqlar to‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo‘yicha tuzish mumkin:

1. Fan bo‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo‘yicha aniq savollar ro‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo‘lishi mumkin).

2. Har bir fan bo‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

3. Har bir mavzu bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bo‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.

4. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to‘plamini tayyorlash.

5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba o‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.

6. Talabaning o‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga individual variantdan iborat bo‘ladi hamda kafedra tomonidan Sirtqi bo‘limga elektron variantda taqdim etiladi.

Sirtqi bo‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari o‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Sirtqi bo‘lim”ga taqdim etiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida komissiya tomonidan baholanadi.

Fan bo‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va Sirtqi bo‘limga elektron variantda taqdim etiladi. Taqdim etilgan test savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

Sirtqi bo‘lim talabalari uchun «Maxsus pedagogika va psixologiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari

Fan: «Maxsus pedagogika va psixologiya»
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi: Maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalarida fanlarning bloklar bo‘yicha taqsimoti, o‘quv soatlari miqdori taqsimotini o‘rganish, mutaxassislik fanlardan taqvimiy mavzuli reja tuzishni o‘rganish, dars reja konspektlarini tayyorlash, darslarni tahlil qilish va hujjatlashtirishni amalga oshirishni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar.
Talabalar ongida pedagogika, psixologiya, Maxsus pedagogika va psixologiya, mutaxassislik va maxsus fanlar bo‘yicha olgan bilimlarining yaxlit mujassamlashgan modelini shakllantirish, ularni chuqurlashtirish amalda sinab ko‘rish maqsadida «Maxsus pedagogika va psixologiya» fani bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning «Maxsus pedagogika va psixologiya» fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va sinash, ularni kelgusi o‘qituvchilik faoliyatida kerak bo‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (o‘quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari to‘plamida o‘z aksini topgan.

Talabalar «Maxsus pedagogika va psixologiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi hujjatlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqishadi ayrimlarini o‘zlari tuzishni o‘rganishadi.

«Maxsus pedagogika va psixologiya» fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv rejasi va dasturi, o‘qituvchining dars o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.


  1. topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.



  1. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablar.

  2. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab internatida korrektsion ishlar tizimi qanday tashkil etiladi.

  3. Maxsus pedagogikaning vazifalarini yoritib bering.


2 – topshiriq: Mustaqil o‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.

  1. Aqli zaiflik deganda nimani tushunasiz?

A) bosh miyaning organik jaroxatlanishi natijasida bilish jarayonlarining turg‘un buzilishi.

B) bosh miyaning organik buzilishi natijasida psixik jarayonlarida o‘zgarishlar yuzaga kelishini tushunamiz.

V) Qattiq kasallik bilan organik boladagi bilish faoliyatlarining turg‘un pasayishini tushunamiz

2. Aqli zaiflikning darajalari berilgan qatorni ko‘rsating

A) yengil, o‘rta, og‘ir, chuqur aqli zaiflik

B) epeleptik demensiya, shizofreniya

V)psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar

3. Aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan defektologiyaning qaysi yo‘nalishi shug‘ullnadi?

A)surdopedagogika

B) tiflopedagogika

V) oligofrennopedagogika

4. Metod tushunchasi nimani ifodalaydi?

a) ta’lim berish usullari va shakllari.

b) tadqiq qilish yoki bilish yo‘li.

v) pedagogik qonuniyatlarini ta’limda ifodalanishi.

5. Og‘zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko‘rsatilgan?

a) hikoya, suhbat, mashq.

b) ma’ruza, trening, suhbat.

v) hikoya, suhbat, ma’ruza.

6. Aqli zaiflikni o‘xshash holatlardan ajratishda qaysi ikki ko‘rsatkich asosiy hisoblanadi?

A) Eksperimentatorning yordamida foydalana olish ko‘nikmasi avvalgi tajribani yangi sharoitda qo‘llay olish ko‘nikmasi

B) Oldindan mavjud bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar

V)Bajarilgan topshiriqlar soni
7. Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi berilgan qatorni belgilang?

A) o‘quv reja, o‘quv dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalar

B) maktab xujjatlari, o‘quv reja, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar

V)o‘quv reja, yillik reja, kundalik reja

8. Pedagogik faoliyat deganda nimani tushuniladi?

a) yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida davlat oldida javob beradigan, ta’lim - tarbiya berishda maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati.

b) bolalar va o‘smirlar orasida ta’lim-tarbiya ishiga ma’sul kishilarning faoliyat.

v) pedagogik jarayon - inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan jarayon

9. Analizatorlarning qo‘pol buzilish hamda bilish faoliyatining murakkab formalarning rivojlanmay qolganligi bilan xarakterlanadigan bolalar oligofreniyaning qaysi formasiga kiradi?

A) Analizatorlar buzilishdagi oligofreniya

B) Shaxsi qo‘pol buzilgan oligofreniya

V) Oligofreniyaning murakkab bo‘lmagan formasi

10. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida sinf va tarbiya guruhlari va murakkab nuqsonli bolalar uchun guruhlarda nechta o‘quvchi bo‘ladi?


  1. 10-12o‘quvchi

  2. 8-10 o‘quvchi

  3. 10-15 o‘quvchi

  4. 5-7 o‘quvchi

11. Total ko‘rlarning ko‘ruv o‘tkirligi nechaga teng?

0 ko‘rish o‘tkirligi

0,005 ko‘rish o‘tkirligi

0,05 ko‘rish o‘tkirligi

0,1 ko‘rish o‘tkirligi.

12. Zaif ko‘ruvchi bolalarning qo‘rish o‘tkirligi nechagacha bo‘lishi mumkin?



  1. 0,05-0,4

  2. 0,04-0,3

  3. 0,02-0,1

  4. 0,1-0,2

13. Ta’lim metodi tushunchasining to‘g‘ri javobini ko‘rsating?

a) dars jarayonini tashkil qilishda faydalaniladigan o‘qitish yo‘llari.

v) ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari.

s) ta’lim yarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati.

d) o‘quvchiga yordam berish lozim bo‘lgan ilmiy bilimlar majmuasi.

14. Aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulot



  1. Dars

  2. Ekskursiya

  3. O‘quv ustaxonasidagi mashg‘ulotlar

  4. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar

15. Darsning tashkiliy qismi necha daqiqadan iborat bo‘ladi?

a) 10-15 daqiqa.

v) 20-25 daqiqa;

s) 3-5 daqiqa.

d) 2-6 daqiqa.

16. Metod tushunchasi nimani ifodalaydi?

a) ta’lim berish usullari va shakllari.

v) tadqiq qilish yoki bilish yo‘li.

s) pedagogik qonuniyatlarini ta’limda ifodalanishi.

d) o‘quvchilarga bilim berish va baholash jarayoni.

17. Og‘zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko‘rsatilgan?

a) hikoya, suhbat, mashq.

v) ma’ruza, trening, suhbat.

s) hikoya, suhbat, ma’ruza.

d) ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi.

18. Ta’limning korreksion yo‘nalganlik tamoyilining o‘quv jarayonidagi ahamiyati



  1. o‘quvchilarning tasavvur, tushunchalarining rivojlanishiga yordam beradi,o‘quv jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni maxsus metodik yo‘llar orqali bartaraf etishni ta’minlaydi

  2. o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llay olishini ta’minlaydi

  3. o‘quvchilarni adabiy manbalar bilan ishlay olishni ta’minlaydi

  4. o‘quv jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni maxsus metodik yo‘llar orqali bartaraf etishni ta’minlaydi.

19. Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi berilgan qatorni belgilang?

  1. o‘quv reja, o‘quv dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalar

  2. maktab xujjatlari, o‘quv reja, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar

  3. o‘quv reja, yillik reja, kundalik reja

  4. ilmiy jurnallar, maxsus adabiyotlar, maqola to‘plamlari

20. Pedagogik faoliyat deganda nimani tushuniladi?

a) yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida davlat oldida javob beradigan, ta’lim - tarbiya berishda maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati.

v) bolalar va o‘smirlar orasida ta’lim-tarbiya ishiga ma’sul kishilarning faoliyat.

s) pedagogik jarayon - inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan jarayon

d) bolalarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan shaxslar.

3 – topshiriq. Mavzular bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob bering.

Keys topshiriqlari.

Ma’lumki, oligofrennopedagogika umum nazariy va maxsus ixtisosli bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi kerak, chunki bu bilimlarning majmui va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy-pedagogik ta’sir etish metodlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantiradi.

Oligofrennopedagogikani kirish asosiy bo‘limlar quyidagilardan iborat:


    1. oligofrennopedagogika fanining maqsad, vazifalari va predmetini aniqlash.

    2. oligofrennopedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aniqlash.

    3. Defektolog shaxsiga qo‘yilgan talablar doirasini bilish va tahlil qilish.

  1. oligofrennopedagogikaning asosiy vazifalarini aniqlash.

Maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejasini o‘rganish bo‘yicha:

a) o‘quv rejasi tuzilishi bilan tanishib chiqish;

b) o‘quv jarayoni grafigi bilan tanishib chiqish;

v) o‘quv jarayoni rejasi bilan tanishib chiqish;

g) umumta’lim, maxsus va kasbiy tayyorgarlik fanlarini o‘rganishga har bir kursda haftasiga necha soat, o‘quv yilida jami necha soat vaqt ajratilganligini aniqlash;

d) ishlab chiqarish amaliyotiga qancha vaqt ajratilishini, qaysi kurslarda o‘tilishi va o‘quv davrining qaysi paytiga to‘g‘ri kelishini aniqlash;

ye) kollej ixtiyoridagi soatlar miqdori qancha bo‘lishini va ular nimaga ajratilishini aniqlash.

Maxsus ta’lim muassasalari o‘quv dasturini o‘rganish bo‘yicha:

a) o‘quv dasturi bo‘limlari va ularning mazmuni bilan tanishib chiqish;

b) o‘quv dasturining tushuntirish xatida nimalar bayon qilinganligini aniqlash;

v) o‘quv dasturining mavzuli rejasi va mazmunini taxlil qilish;

g) mavzuli rejasida qanday bo‘limlar va mavzular mavjud ekanligini aniqlash va ularga ajratilgan vaqt miqdorini tahlil qilish.

Fan bo‘yicha taqvimiy mavzuli rejani ishlab chiqish bo‘yicha:

Maxsus pedagogika va psixologiya (Oligofrennopedagogika) fanlari bo‘yicha taqvimiy mavzuli rejani to‘liq ishlab chiqish hamda 1-jadvalning barcha ustunlarini to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish talab etiladi.


1-jadval



Dars va mavzular

Ajratilgan soat

Ta’lim metodlari (Pedagogik texnologiyalar)

Jihoz va ko‘rgazmali qurollar

Fanlararo aloqa

Qo‘llanma va adabiyotlar

1

2

3

4

5

6

7











































Bu jadvalni to‘liq to‘ldirish uchun o‘quv ustaxonalarida qilinadigan ishlar ro‘yxati, kasb ta’lim (maxsus va kasbiy tayyorgarlik) fanlarining o‘zaro bog‘liqlik jadvali kerak bo‘ladi.

Shuningdek, bu jadvalni tuzish uchun darslarning aniq mavzuli rejasi zarur, chunki ular o‘zaro bir-biri bilan mantiqiy bog‘liqdir. Taqvimiy (kalendar) mavzuli rejani ishlab chiqish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Bu bosqichda o‘qitiladigan bo‘lim va mavzular nomi, ularni o‘tish ketma-ketligi, ularga ajratilgan soat miqdori va dars o‘tiladigan sana aniqlanadi (1-jadvaldagi 1-3 ustunlar).

Kasb ta’limi (maxsus va kasbiy tayyorgarlik) fanlari bo‘yicha taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqish uchun topshiriqlar.

a) har bir sinf uchun o‘quv dasturining mavzular rejasidan har bir bob (bo‘lim) uchun ajratilgan vaqt miqdori bilan tanishib chiqish;

b) dasturning mavzular rejasida har bir bob (bo‘lim) uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdorini mavzular bo‘yicha taqsimlash uchun tegishli boblarda o‘quvchilar uchun yetkazilishi kerak bo‘lgan texnik ma’lumotlar - nazariy bilimlar va bajarilishi zarur bo‘lgan amaliy ishlar mazmunini aniqlash;

v) dastlab birinchi bobni(bo‘limini), so‘ng ikkinchi, uchinchi va h.k. boblarni shu boblar (bo‘lim) mazmunini to‘la qamrovchi mavzularga ajratish;

g) mavzularni o‘rganish tartibini tahlil qilish va mantiqiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirish;

d) dasturning mavzular rejasi qismida har bir bob (bo‘lim) uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdorini mavzularga (mazmuni, hajmi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda) taqsimlash;

ye) natijani jadvalning 1-3 ustunlariga kiritish, har bir sinfda tegishli darsdan mashg‘ulotlar uchun o‘quv rejada haftasiga necha soat vaqt ajratilganini

4-ustun. Ta’lim metodi. Ta’lim metodi – o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar ongiga bilim, ko‘nikma va malakalarni singdirish va o‘quvchilar tomonidan bu bilim, ko‘nikma hamda malakalarni o‘zlashtirish usullarini tavsiflaydi.


Ta’lim metodlarini asosan quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin;

1.Ta’limning og‘zaki metodlari.

2.Ta’limning ko‘rgazmali metodlari.

3.Ta’limning amaliy metodlari.

Har bir metodning o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari mavjud bo‘lib, u ta’limning mazmuni maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Turli xil ta’lim metodlarining ta’lim vazifasini amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanib har bir mavzuga mos holda 6-ustun to‘ldiriladi.

Bunda o‘tiladigan mavzuni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan foydalaniladigan texnik vositalar (kompyuter, multimedia, videofilmlar va boshqalar), qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar ko‘rsatiladi.

5-ustun. Fanlararo bog‘lanish, bunda har bir mavzuni boshqa fanlardan o‘rganilgan qaysi bo‘limning qaysi mavzusiga bog‘lab o‘tish mumkinligi oldindan rejalashtiriladi.

6-ustun. O‘qituvchi va o‘quvchilar ushbu mavzu mazmuni bilan tanishishda qaysi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarning qaysi betidan hamda qanday boshqa manbalardan foydalanishlari mumkinligi ko‘rsatiladi



4 – topshiriq: Dars ishlanmasini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashqni bajarish (kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, dars beruvchi fani misolida):

a) o‘quv dasturida berilgan mavzu bo‘yicha dars rejasini ishlab chiqish.

b) ushbu mavzu dasturning qaysi bo‘limiga tegishli ekanligini aniqlash;

v) mavzuni o‘z ichiga olgan bo‘lim bo‘yicha dasturda oldingi va keyingi kurslarda o‘quvchilar qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganliklari va egallaydigan bilimlarini aniqlash;

g) tegishli kurslarda o‘quvchilar mavzu bo‘yicha qanday bilim, ko‘nikma va malakalar egallashlari lozimligini aniqlash, hamda dars rejasini tuzish.

d) dars rejasiga asoslangan holda darslik, qo‘shimcha adabiyot va metodik qo‘llanmalar hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanib dars matnini yozish.

________________________________________________fanidan

Nazariy dars reja - konspekti

Guruh ___________________________Sana «___» ___________ __ y.

Dars mavzusi ______________________________________________________________________

Dars maqsadi:

1. Ta’limiy_______________________________________________________________________

2. Tarbiyaviy______________________________________________________________________

3. Rivojlantiruvchi________________________________________________________________

Dars metodlari: ___________________________________________________________________

Darsning jihozlanishi, ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar __________________________________________________________________________________

Fanlararo bog‘lanish________________________________________________________________

Dars o‘tiladigan xona _______________________________________________________________

Adabiyotlar:

Asosiy:


1.

2.

3. Qo‘shimcha



1.

2.

Darsning borishi



(dars elementlari va taxminiy taqsimot vaqti ko‘rsatiladi).

1. Tashkiliy qism (5 daqiqa).

2. O‘tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash (10 daqiqa).

Savollar:

a)

b)

v)



O‘quvchilar javoblarini umumlashtirish.

3. Yangi mavzu bayoni (45 daqiqa)

Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).

Savollar: 1.

2.

O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirish.



5. Dars yakuni (7 daqiqa).

6. Uyga vazifa berish (3 daqiqa).




Download 45,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish