O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 81.85 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2020
Hajmi81.85 Kb.
  1   2   3   4   5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI




«Tasdiqlayman»

o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

v.v.b. ________ D.Dehqonov «____»_____________ 2019 yil



FUQAROLIK JAMIYATI

O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, IV-kurslari uchun


Bilim sohasi:




100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:




120000 – Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:




5120300 – Tarix



NAMANGAN – 2019

Ushbu “Fuqarolik jamiyatifanining ishchi o‘quv dasturi 2017 yil 18 avgustda № BD-1.06 bilan ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirigining 2017-yil 24 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqarolik jamiyati” fan dasturi asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirigining 2011 yil 17 sentyabrdagi 392-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 2011 yil 8 noyabrda № БД-1.10-1 bilan ro‘yxatga olingan “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan namunaviy dastur asosida shuningdek, vazirlikning 2013-yil 2 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashni takomillishtirish to‘g‘risida”gi 278-sonli buyrug‘i, uning to‘rtinchi ilovasi, ya’ni: “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining DTS asosida fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi”ning 2-ilovasi ikkinchi shaklini inobatga olgan holda “Fuqarolik jamiyati” fani bo‘yicha bakalavr bosqichidagi talabalarning zaruriy tayyorgarlik darajalari va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida tayyorlandi.


Tuzuvchi:

G‘ofurov N.O. – t.f.n. NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri


Isabayev M. Ataxanov B. – NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchilari

.
Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining ishchi dasturi NamDUning “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining 2019-yil ___ -avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakul’tet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: ___________t.f.n. N. G‘ofurov
Ishchi o’quv dastur NamDUning Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining 2019-yil ____-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakultet kengashi raisi: ____________ t.f.n., dots. N. Dehqonov

Kelishildi:

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i:v.v.b. ___________ Z.Mo’minov
Kirish
Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini oliy o‘quv yurtlari bakalavriat yo‘nalishlarining ikkinchi semestrida o‘qitish belgilangan. Dasturda fanning maqsadlari, vazifalari, mazmuni va malakaviy talablar belgilangan bo‘lib, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga oid qonuniyatlar, tamoyillar, belgilar, amalga oshirish mexanizmlari va unga doir zamonaviy konsepsiyalar berilgan.

Dastur fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining birinchi Prezident I.Karimov tomonidan nazariy metodologik asoslarining ishlab chiqilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ― “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida (2017- yil 7 fevral ) mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayoti, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholi ishtirokini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.


O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarga O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining mazmun-mohiyati, fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabati, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.


Fanini o`qitishning vazifalari

Fanning vazifasi fuqarolik jamiyati O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalarini o‘rganish, fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oya, yo‘nalish va nazariyalarni tahlil qilish; huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslari to‘g‘risida tushunchalar berish; taraqqiyotning ― O‘zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslari yoritish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ― Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish; talabalarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish to‘g‘risida tasavvurlarini boyitish.


Fanlar bo‘yicha talabalarning bilim va malakaviy ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar

Talaba:


  • Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti ning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy asoslari; fuqaroviylik, fuqaro faolligi, demokratik institutlarni rivojlantirish; qonun ustuvorligi, saylov huquqi erkinligi; taraqqiyotning o‘zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslari, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish; siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyati, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

  • O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarini tahlil qila olish; taraqqiyotning o‘zbek modeli va fuqarolik jamiyati mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etish va ijtimoiy-siyosiy faolligi va daxldorlik tuyg‘usini namoyon etish; “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha - Harakatlar strategiyasi”da belgilangan asosiy yo‘nalishlar va vazifalar to‘g‘risida bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘zining erkin fikrini bildira olish; mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlari va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro boqliqligi va uslubiy

jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Fuqarolik jamiyati”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani falsafa, tarix, huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, pedagogika, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqador.


Fuqarolik jamiyati,O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining talimdagi o‘rni

Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning erkin va qonun asosida faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan va hokimiyatni boshqarishda xalqning bevosita ishtirokini ta’minlashga qaratilgan chinakam fuqarolik jamiyatigani shakllantirish va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan “Fuqarolik jamiyati” fanini o‘qitish zaruriyati tug’ildi.


Fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Fanni o‘qitishda, har xil sxemalar, chizmalar tuzish va boshqa ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga e`tibor beriladi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda olingan bilim muntazam qo‘llaniladi.

“Fuqarolik jamiyati”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini” o‘qitish jarayonida ilmiylik tarixiylik, mantiqiylik, obyektivlik tamoyillarga amal qilingani holda zamonaviy pedagogik usullar, davra suhbati, klaster, bahs-munozara, aqliy hujum, matbuot konferensiyasi, o‘z o‘rningni top, menyu, tanqidiy fikrlash, sinkveyn, prezentatsiya kabi zamonaviy pedagogik texnologiya vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

Fanga umumiy 112 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 84 soat bo’lib, semester davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.



Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti

Semestr



Yuklama



Auditoriya mashg’ulotlari turi bo‘yicha o‘quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta’lim



Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg’ulot


VII semestr

56

42

20

22

14

VIII semestr

56

42

20

22

14

Jami

112

84


40


44


28

Download 81.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat