O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,76 Mb.
bet3/8
Sana22.01.2017
Hajmi0,76 Mb.
#880
1   2   3   4   5   6   7   8

Birinchidan, mehnat unumdorligining o‘sishi oqibatida ushbu tarmoqlarda band bo‘lgan aholining ish haqi, daromadlari ham tez o‘sib boradi.

Ikkinchidan, ushbu tarmoqlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan bozor to‘yinadi, shuningdek, aholi daromadlarining o‘sishi natijasida ularning moddiy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘liqqondiriladi.

Uchinchidan, moddiy mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori darajada qondirila borishi oqibatida aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘sib boradi. Talabning tarkibiy tuzilishida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Turli tuman xizmat turlariga bo‘lgan talab o‘sib boradi.

K.Klark va J.Furastelarning fikrlariga ko‘ra, agrar xom ashyo sektorida mehnat unumdorligining pasayib borishi tendensiyasi yuz beradi. Buning oqibatida ushbu tarmoqlarda daromadlilik pasayib boradi. Shuning uchun ham ushbu sohada band bo‘lgan aholining bir qismi boshqa sohalarga, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘ta boshlaydilar.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat unumdorligi nisbatan o‘zgarmas yoki sekin o‘sish tamoyiliga ega. Bunga xizmat ko‘rsatishning individualligi hamda qo‘l mehnatiga asoslanganligidir. Xizmat ko‘rsatish hajmining o‘sishi, asosan, uning turlari ko‘payishi hisobiga amalga oshadi.

Ushbu tendensiyalar xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu sohada kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga hamda ish bilan band aholining ko‘payishiga olib keladi19.

Xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omil ehtiyojlarning o‘sib borishidir. Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha ne'matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germenning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishini kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘ladi. Shuningdek, ularni birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarga ham bo‘lishadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va shunga o‘xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga esa insonning ma'naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san'at, turli ko‘ngilochar tadbirlarga qatnashish kabi ehtiyojlarni keltirish mumkin.

Moddiy ehtiyojlar birlamchi ehtiyojlar bo‘lib, ularning qondirilishi darajasining o‘sishi va yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishi natijasida xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj ham o‘sa boradi.

Xizmatlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga mehnat unumdorligini ta'minlash zarurati ham ta'sir qiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni texnologik jihatdan ta'minlash va xodimlar, ishlovchilarning malakasini yuqori darajaga ko‘tarish lozim bo‘ladi. Yuqori malakali ishlovchilar esa yuqori ish haqi oladilar. Demak, yuqori ish haqi, daromad bilan yuqori bilim darajasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud20. Bilim va malaka darajasini oshirish uchun esa xizmat turlariga talab ortadi. Chunki ishchi kuchini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniy, maishiy va boshqa xizmat ko‘rsatish turlariga talab ham orta boradi.

2.1.1.-jadval

Rivojlangan mamlakatlarda YaIM tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi, foizda21


Mamlakatlar

Yillar

Qishloq xo‘jaligi

Sanoat

Xizmat ko‘rsatish sohasi

AQSh

1960

1980


1996

2008*


4

3

2



1

34

30

28



22

58

62

70



77

Yaponiya

1960

1980


1996

2008*


13

5

2



1

37

32

32



30

45

53

60



68

Germaniya

1960

1980


1996

2008*


6

2

2



1

46

38

34



30

40

51

59



69

Fransiya

1960

1980


1996

2008*


9

5

3



2

40

30

24



21

43

60

68



77

*Izoh: 2008 yil ma'lumotlari “Selected World Development Indicators” 2010 dan olingan.

Sanoat ishlab chiqarishning yuqori texnologik darajada rivojlanishi xizmat ko‘rsatish sohalari mehnat salohiyatining o‘sishiga olib keladi. Ushbu omillar ta'sirida rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohalari taraqqiy etib bordi. AQShda xizmat ko‘rsatish sohalarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1960 yilda 58,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1996 yilda 70,0 foizni, 2008 yilda 77 foizga yetdi. Shunga muvofiq ravishda sanoat va qurilishning YaIMdagi ulushi shu davrda 34 foizdan 22 foizga tushib qoldi (qarang 2.1.1-jadval).


Ushbu ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushlari kamayib bormoqda. Hozirgi davrga kelib, xizmat ko‘rsatish sohalarining yalpi ichki mahsuloti ulushlari rivojlangan mamlakatlarda 60-75 foizni tashkil qilmoqda.

2.1.2 - jadval

O‘zbekistonda YaIMning ishlab chiqarish tarkibi, foizda22

Ko‘rsatkichlar__Yillar__2003__2004'>Ko‘rsatkichlar

Yillar

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

Sanoat

15,8

17,5

21,1

21,8

21,0

23,5

23,6

23,9

24,0

24,0

Qishloq xo‘jaligi

28,4

26,4

26,3

25,1

23,2

19,7

18,6

18,0

17,8

17,5

Qurilish

4,7

4,8

4,8

5,1

5,9

5,6

6,8

6,5

6,1

5,9

Xizmat sohasi tarmoqlari

37,4

37,2

37,2

37,9

39,8

41,3

41,4

42,4

43,5

44,9

Sof soliqlar

13,7

14,1

10,6

10,1

10,1

9,9

9,6

9,2

8,6

7,7

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlana boshladi. Bu, asosan, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish hajmining o‘sishi hisobiga yuz berdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ko‘plab xizmat turlarining tijorat asosida tashkil etilishi, ko‘pchiligining xususiylashtirilishi xizmat ko‘rsatish sohasida biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keladi.

Mamlakatimizda ham keyingi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining sezilarli darajada rivojlanishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, ushbu sohaning YaIM tarkibidagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimiz YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 2003 yildagi 37,4 foizdan 2012 yilda 44,9 foizga yetgan, ya'ni 7,5 foizga o‘sgan. Sanoat tarmog‘ining ulushi tegishli ravishda 15,8 foizdan 24,0 foizga yetgan, ya'ni 8,2 foizga o‘sgan. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushi 38,4 foizdan 17,5 foizga tushgan, ya'ni 10,9 foizga qisqargan.

Ish bilan band bo‘lganlarning tarmoqlar bo‘yicha bandligini quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.



2.1.3-jadval

O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lganlarning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (foiz hisobida)23

Ko‘rsatkichlar

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

Jami band bo‘lganlar Shu jumladan:

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi

31,9

30,7

29,1

28,1

27,9

27,5

25,6

26,9

27,2

26,7

Sanoat

12,8

13,0

13,2

13,4

13,5

13,5

13,4

13,2

13,1

13,0

Transport va aloqa

4,5

4,6

4,8

4,8

4,9

5,0

5,1

5,2

5,2

5,2

Qurilish

8,0

8,2

8,3

8,4

8,5

8,6

8,9

9,2

9,2

9,3

Savdo va xizmat, umumiy ovqatlanish

8,5

8,7

8,9

9,3

9,8

10,3

10,5

10,7

10,8

10,9

Kommunal xizmat

3,0

3,0

3,1

3,2

3,2

3,3

3,4

3,4

3,5

3,5

Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va sport

6,8

7,0

7,2

7,3

7,5

7,6

7,6

7,7

7,6

7,6

Ta'lim, madaniyat va san'at, ilm-fan sohasi

13,1

13,3

13,6

13,7

13,8

13,9

13,9

13,8

13,7

13,4

Moliya, kredit va sug‘urta idoralari

0,5

0,5

0,5

0,5

0,6

0,5

0,5

0,6

0,6

0,5

Boshqa tarmoqlar

10,9

11,0

11,3

11,3

10,3

9,8

11,1

9,3

9,1

9,9

O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ish bilan band bo‘lganlar tarkibini tahlil qilish quyidagilarni aniqlash imkonini berdi:

- qishloq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lganlar ulushi yildan
yilga kamayib borishi ijobiy tendensiya bo‘lib, bu hol ortiqcha, unumsiz ish bilan band bo‘lganlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga o‘tayotganligidan dalolat beradi;

- bu ma'lumotlar hamon qishloq xo‘jaligida ortiqcha, unumsiz ish


bilan bandligining mavjudligini ko‘rsatmoqda;

  • sanoatda ish bilan bandlarning umumiy soni va ulushi o‘sib
    bormoqda. Bu hol ushbu sohaning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushining o‘sib borishi bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lmoqda;

  • aholi ish bilan bandligining tarmoq tuzilishi iqtisodiyot
    tarmoq tuzilishini va undagi nomutanosibliklarni hamda tarkibiy o‘zgarishlar tendensiyasini ifodalaydi.

Ushbu ma'lumotlar xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan bandlikning, shuningdek, iqtisodiyotdagi o‘rni va rolining o‘sib borayotganligini ham ko‘rsatmoqda.

Ta'kidlash lozimki, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi nisbatlarning nomutanosibligi eksport va import tarkibida ham nomutanosibliklarni keltirib chiqargan.

Demak, bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotda tarmoqlar o‘rtasidagi xamon nomutanosibliklar saqlanib qolganligini ko‘rsa/moqda. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi tub o‘zgarishlar hamda mavjud nomutanosibliklarni mamlakatning eksport va import tarkibidagi nomutanosibliklarda ham ko‘rish mumkin (2.1.4-jadval).

Ushbu ma'lumotlar tashqi savdo saldosi ijobiy bo‘lgani bilan iqtisodiyotning xom ashyoga yo‘naltirilganlik darajasining yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Tahlil davrida paxta tolasining eksportdagi ulushi 2 barobardan ziyodga kamaygan. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish 2 barobarga ko‘paygan.

Import tarkibi ham o‘zgarib bormoqda. Uning tarkibida kimyo va undan tayyorlangan maxsulotlar ulushining o‘sib borishi milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganligini ko‘rsatadi. Ammo import tarkibida hamon mashina-uskunalar va tayyor mahsulotlar ulushining yuqoriligi iqtisodiyot tarmoq tuzilishida hamon jiddiy nomutanosibliklarning mavjudligidan dalolat beradi.



2.1.4-jadval

O‘zbekiston eksporti va importi tarkibi (yakuniga nisbatan foiz hisobida)24




2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

Eksport hajmi

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

Shu jumladan:































Paxta tolasi

19,8

18,1

19,1

17,2

12,5

9,3

8,6

12,1

9,0

9,3

Oziq-ovqat mahsulotlari

2,7

3,8

3,8

7,9

8,5

4,5

6,0

9,7

13,3

6,4

Kimyo va undan tayyorlangan maxsulotlar

3,1

4,7

5,3

5,6

6,8

5,6

5,0

5,1

5,6

5,6

Energiya manbalari va neft maxsulotlari

9,8

12,4

11,5

13,1

20,2

24,7

34,2

22,8

18,5

34,6

Qora va rangli metallar

6,4

8,6

9,2

12,9

11,5

7,0

5,0

6,9

7,4

7,8

Mashina va asbob-uskunalar

5,9

7,4

8,4

10,1

10,4

7,6

2,9

5,5

6,6

6,5

Xizmatlar

14,4

11,8

12,2

12,1

10,7

10,4

8,8

10,2

11,8

17,3

Boshqalar

37,9

33,2

30,5

21,1

19,4

30,9

29,5

27,7

27,8

12,5

Import - jami

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

Shu jumladan:































Oziq-ovqat mahsulotlari

9,9

6,8

7,0

7,7

7,2

8,3

9,0

10,5

11,5

10,9

Kimyo va undan tayyorlangan maxsulotlar

12,8

12,5

13,6

13,8

13,1

11,6

11,1

13,8

12,5

13,7

Mashina va uskunalar

44,4

46,0

43,3

47,0

49,6

52,4

56,5

44,0

44,0

45,9

Xizmatlar

10,2

11,1

10,4

8,4

5,8

4,4

4,4

5,3

5,0

5,8

Boshqalar

12,1

11,2

12,9

12,2

13,3

11,0

9,2

11,2

10,9

9,9

Iqtisodiyot sohalari, tarmoqlari щrtasidagi nisbatlarning nomutanosibligiga barham berish, ularning mutanosibligini ta'minlash barqaror iqtisodiy o‘sishga zamin yaratadi. Buning uchun milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida tubdan, chuqur o‘zgartirishlarni uzluksiz davom ettirish lozim bo‘ladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish