Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi iqtisodiyot fakulteti



Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana02.05.2021
Hajmi0.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

2.KICHIK VA O’RTA BIZNES ISTIQBOLI 

2.1.O’rta va kichik biznes

 

Butun  dunyoda  bozor  iqtisodiyoti  mexanizmi  taraqqiyotning 



harakatlanuvchi  kuchi  sifatida  o`z  samarasini  ifoda  etmoqda.  Bozor 

mexanizmining  samarali  faoliyat  ko`rsatishi  uchun  xususiy  mulkchilik, 

raqobat va tadbirkorlik muhiti mavjud bo`lishi kerak. 

O`zbekiston  mustaqillikka  erishish  bilan  mamlakatimiz  Prezidenti 

I.Karimov  xususiy  tadbirkorlik  va  uning  kichik  va  o`rta  biznes  shaklini 

rivojlantirish 

masalalariga 

jiddiy 


e`tibor 

qaratdi. 

Natijada 

respublikamizda  qisqa  vaqt  ichida  kichik  va  o`rta  tadbirkorlik 

rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimi shakllantirildi. 

Birinchi  navbatda  bu  tadbirkorlarning  huquq  va  manfaatlarini 

himoyalovchi  huquqiy  asos  bo`lsa,  ikkinchidan,  ularning  qisqa  va  uzoq 

muddatli  kredit  resurslariga  ega  bo`lishi,  imtiyozli  soliqlar  belgilanishi, 

moliyaviy, 

ijtimoiy, 

bozor 

infratuzilmalaridan 



foydalanishlariga 


imkoniyatlar  yaratildi.  Bu  esa  ushbu  sektorda  faoliyat  ko`rsatayotgan 

barcha  xususiy  korxonalarning  rivojlanishiga  yaqindan  yordam  berdi, 

raqobat va tadbirkorlik muhiti shakllanishini tezlashtirdi. 

Shu bilan birga respublikada milliy iqtisodni yanada erkinlashtirish 

va  islohotlarni  chuqurlashtirish  dasturining  qabul  qilinishi  kichik,  o`rta 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish  hamda  uni 

iqtisodiyotda  etakchi  o`ringa  olib  chiqish  ustivor  vazifa  qilib  qo`yildi. 

Prezident I.Karimov: «Biz o`z oldimiga kichik, o`rta va xususiy biznesni 

faqat ichki yalpi mahsulotni ishlab chiqarishda yuqori o`rinni egallashiga 

erishishimiz,  balki  aholi  farovonligi  va  daromadlarini  o`sishi,  ayniqsa 

kichik  shaharlar  va  qishloq  joylarida  bandlik  muammosining  muhim 

manbai  bo`lishi  kerakligi  haqidagi  vazifani  qo`yamiz»,  deb  alohida 

ta`kidlagan. 

Bunday  vazifani  amalga  oshirish  uchun  harakatdagi  qonunchilik 

xujjatlariga  tegishli  qo`shimchalar  kiritildi,  kichik  biznes  korxonalarini 

qo`llab-quvvatlash tizimlari takomillashtirildi va tadbirkorlik erkinligini 

himoya qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. 

Shular  tufayli  hozirgi  kunda  respublika  xususiy  mulk  shaklidagi 

xo`jalik yurituvchi nodavlat korxonalari  asosiy o`rin tutmoqda. YA`ni, 

2001  yilda  respublika  bo`yicha  ro`yxatga  olingan  korxonalarning  201,9 

mingi  yoki  90,5  foizi  kichik,  o`rta  korxonalar  va  mikrofirmalardir. 

Ularning shu yilgi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,8 foizni, shundan 

kichik va o`rta korxonalar ulushi esa 14,8 foizni tashkil etdi va bu o`tgan 

2000  yilga  nisbatan  mos  ravishda  2,8    va  1,7  foizga  ko`pdir.  Shu  bilan 

birga kichik va o`rta biznes. Хususiy tadbirkorlik sohasida band aholining 



soni ham muntazam o`sib bormoqda. Bu ko`rsatkich respublika bo`yicha 

2001 yil boshiga nisbatan 7,1 punktga yuqoridir. Kichik va o`rta biznesni 

moliyaviy qo`llab-quvvatlash ham muntazam o`sib bormoqda. 

Tahlillar shuni ko`rsatadiki, kichik va o`rta biznesning rivojlanishi 

hali  talab  darajasida  emas.  Buning  uchun  bizning  fikrimizcha,  davlat 

tomonidan  olib  borilayotgan  tadbirkorlik  muhitini  faollashtirish  bilan 

birga  kichik  va  o`rta  korxonalar  faoliyatining  bozor  sharoitiga 

moslashuvini  tezlashtirish  hamda  respublikada  makroiqtisodiy  qarorlar 

qabul  qilish  uchun  kichik  va  o`rta  biznes  rivojlanishining  ustivor 

yo`nalishlari o`zgarishini bashoratlarini amalga oshirish lozim. 

Bozor iqtisodiyoti xo`jalik faoliyatining asosiy sub`ektlari bo`lib uy 

xo`jaliklari,  biznes  tashkilotlari  va  davlat  hisoblanadi.  Uy  xo`jaliklari 

biznes  tashkilotlari  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  pirovard  mahsulot  va 

xizmatlarni  iste`mol  qiladi.  O`z  navbatida  davlat  institutlari  va  biznes 

tashkilotlari,  oila  a`zolarining  tadbirkorlik  faoliyatini  ta`minlovchi 

tuzilmaviy  tashkilotlar  hisoblanadi.  Aynan  ana  shu  faoliyat  natijasida 

biznes egalari- uy xo`jaliklari  daromad oladilar. Biznes korxonalarining  

faoliyat  ko`rsatish  mexanizmiga  davlat  va  uning  tashkilotlari  turli  xil 

usullar  bilan  ta`sir  ko`rsatib  turadi.  Ular  qatoriga  imtiyozli  soliqlar, 

huquqiy kafolatlar, resurslar bozoriga kirishni osonlashtirish, marketing, 

axborotlar  xizmatlarini  ko`rsatish,  mahsulotlarni  to`siqlarsiz  bozorlarga 

chiqarish, imtiyozli kreditlar olish va boshqalar kiradi. Shular bilan birga 

kichik  korxonalarni  rag`batlantiruvchi  asosiy  mexanizm  talab  va  taklif 

hisoblanadi.  Shu  nuqtai  nazardan,  taklif  va  talab  muvozanatini  tahlil 

qilish, korxonalarning faoliyat ko`rsatish mexanizmini aniqroq tasvirlab 

beradi. 



 

2.2.O’rta va kichik biznes istiqboli 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  talab  va  taklif  kichik  va  o`rta  biznes 

korxonalarini  samarali  faoliyat  olib  borishga  undaydigan  mexanizm 

sifatida  namoyon  bo`ldi.  Agarda  korxonalar  ishlab  chiqarayotgan 

mahsulotlar  bozor  talablariga  to`liq-  javob  bersa,  demak  korxonaning 

ushbu  mahsulotlarni  sotishdan  oladigan  daromadlari  o`sib  boradi  va 

korxona  qo`shimcha  kengayish  imkoniyatlariga  ega  bo`ladi.  Ikkinchi 

tomondan, tovarlarning narxi ishlab chiqaruvchilarga bozorda bo`ladigan 

o`zgarishlar  to`g`risida  signal  bo`lib  xizmat  qiladi.  Tovarlarning 

bozordagi  narxlari  oshishi  bilan  ishlab  chiqaruvchilarga  raqobat  paydo 

bo`ladi va ular bozorga ko`plab mahsulotlar chiqara boshlaydilar. 

Shularni  hisobga  olib  kichik  va  o`rta  biznes  korxonalari  faoliyati 

ko`rsatkichlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy asoslari tadqiq 

qilinadi va ular rivojlanishining modellari ishlab chiqiladi.. Buning uchun 

iqtisodiy  jarayonlarni  modellashtirish  usullari  va  unda  qo`llaniladigan 

yondashuvlar,  modellarni  tahlil  qilish  va  ularni  kichik  va  o`rta  biznes 

korxonalari  faoliyatini  tizimli  o`rganish  va  rivojlanishidagi  ahamiyati 

ochib beriladi. 

Kichik  va  o`rta  biznes  korxonalari  ishlab  chiqarish,  mehnat  va 

moddiy  resurslar  miqdorlarini  hamda  foyda  va  xarajatlar  hajmini 

modellashtirish  usullari  va  ularga  mos  ishlab  chiqarish  funktsiyalari 

tuzishi lozim. 

Kichik va o`rta biznes korxonalari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish 

vaqtida  turli  xil  resurslar,  texnologiyalar,  ishchi  kuchi  va  boshqa 



resurslarni jalb etadilar. Ushbu korxonalar o`zlarining maqsadlariga qarab 

uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda faoliyat ko`rsatadilar. Qisqa muddatli 

oraliqda  korxona  ishlab  chiqarish  quvvatini  o`zgartira  olmaydi,  lekin 

undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqda 

ishlab chiqarish quvvati ham o`zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli 

oraliqlar,  har  xil  mahsulotlar  uchun  turlicha  bo`lishi  mumkin.  Shu 

davrlarda  korxonalarning  asosiy  maqsadi  foydaning  eng  katta  hajmiga 

erishishdan  iboratdir.  Umumiy  holda  foyda  yalpi  daromaddan  umumiy 

xarajatlarni ayirish orqali topiladi. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati