Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi iqtisodiyot fakulteti


 “KICHIK VA O’RTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISH “ to’g’risidagi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana02.05.2021
Hajmi0,56 Mb.
#63615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Jomurotov Sherozjon 170520234521 8f6df331cea31dececc303624ee9c3ab

4. “KICHIK VA O’RTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISH “ to’g’risidagi 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

qarori………………………………………………………………………….. 

5. XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………… 

6.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….. 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

KIRISH 



       Mavzuning dolzarbligi. 

Yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik 

faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yilishi va rivojlanishi,  mahalliy xom-ashyo va 

qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlashni  yanada  rivojlantirish, 

O'zbekiston  Respublikasi  ichki  bozorini  iste'mol  tovarlari  va  chakana 

xizmatlar  bilan  to'ldirish  kabi  muommolarni  hal  qilish,  ularni  milliy  va 

xorijiy  kredit  liniyalari  hisobidan  moliyaviy  ehtiyojlarini  qondirish 

bugungi  kunning  dolzarb  vazifalaridan  hisoblanadi.      Jahon  amaliyotini 

kuzatadigan  bo'lsak,  rivojlangan  va  rivojlanib  borayotgan  ko'pgina 

davlatlarda  iqtisodiyotning  rivojlanishiga  kichik  biznes  subyektlarini 

rivojlantirish orqali erishilgan. Buning asosiy sababi ularning moliyaviy 

resurslarga  bo'lgan  ehtiyojini  ichki  va  tashqi  resurslardan  oqilona 

foydalanib qondira olganligidir.   Mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy 

ahvolidan  kelib  chiqib,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklarini,  xususiy 

tadbirkorlarni  yanada  rivojlantirish,  ularni  texnika-  texnologiyalar  bilan 

ta'minlash, ularning faoliyatini yaxshilash uchun respublikamiz va xorijiy 

davlatlardan kreditlar ajratilmoqda. Bu esa bevosita yangi ish o'rinlariga 

bo'lgan  talab  darajasini  qondirishga,  yalpi  ichki  mahsulotning  sezilarli 

darajada  oshishiga  bevosita  xizmat  qiladi.  Masalan,  "kichik  biznesni 

rivojlantirish  uchun  qulay  ishbilarmonlik  muhitini  shakllantirish  va 

tadbirkorlikka  yanada  keng  erkinlik  berish  borasida  qabul  qilingan 

direktiv  hujjatlar  ijrosini  ta'minlash  borasida  amalga  oshirilgan  keng 

ko‘lamli  tadbirlar  kichik  biznes  subektlariga  ajratilgan  kreditlar 

hajmining 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payishiga, 2017 yilning 1 

yanvar  holatiga  ko‘ra  15,9  trln.  so‘mdan  oshishiga  imkon  berdi. 

Jumladan,  mikrokreditlar  hajmi  3,3  trln.  so‘mni  tashkil  etdi  yoki  bu 

ko‘rsatkichning  hisobot  yili  davomida  1,3  barobar  o‘sishi  ta'minlandi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  ayollarning  tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-

quvvatlashga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2015 yilga nisbatan qariyb 1,3 

barobar ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 1,6 trln. so‘mga 

yetdi1". 

 Yurtboshimiz  ham  mana  shu  sohaga  o'zining  asosiy  e'tiborlarinini 

qaratib, yuqori saviyali loyiha va me'yorlar ishlab chiqarish kichik biznes 

subyektlarini  har  tomonlama  qo'llab  quvvatlashga  keng  yo'l  ochib 

bermoqda.  Shuni  ta’kidlab  o’tishimiz  kerakki,  ikkinchi  prezdidentimiz 



tashabbusi  bilan  ishlab  chiqilgan  „2017-2021-yillarda  O’zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha 

harakatlar  strategiyasi“  davlatmiz  va  jamiyatimiz,  qolversa, 

iqtisodiyotimiz  rivojining  kaliti  bo’lib  xizmat  qilishi  shubhasiz.  Aynan 

yuqoridagi harakatlar strategiyasida kichik biznes subyektlari uchun ham 

alohida  e'tibor  berib  o'tilgan  ya'ni:  "Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini 

kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uni  ustuvor 

mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 

davom  ettirish"  sarlavhasi  bilan  boshlanib  quyidagicha  davom  etadi:    -

xususiy  mulkning  huquq  va  kafolatlarini  ishonchli  himoya  qilishni 

ta’minlash, barcha turdagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy 

tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq 

boy  bo‘lsa,  davlat  ham  boy  va  kuchli  bo‘ladi”  degan  prinsipni  amalga 

oshirish;    -kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish 

uchun 


qulay 

ishbilarmonlik 

muhitini 

yaratish, 

tadbirkorlik 

tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi 

organlar  tomonidan  noqonuniy  aralashuvlarning  qat’iy  oldini  olish;    -

davlat  mulkini  xususiylashtirishni  kengaytirish  va  uning  tartib-

taomillarini  yanada  soddalashtirish,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning 

ustav  jamg‘armalarida  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  davlat  mulki 

xususiylashtirilgan 

obyektlar 

bazasida 

xususiy 


tadbirkorlikni 

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  -investitsiya muhitini 

takomillashtirish,  mamlakat  iqtisodiyoti  tarmoqlariga  va  hududlariga 

xorijiy,  eng  avvalo,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  faol  jalb 

qilish;  -korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy 

etish,  korxonalarni  strategik  boshqarishda  aksiyadorlarning  rolini 

kuchaytirish;                          -tadbirkorlik  subyektlarining  muhandislik 

tarmoqlariga  ulanishi  bo‘yicha  tartib-taomill  va  mexanizmlarni 

takomillashtirish  va  soddalashtirish;    -ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 

jarayonlarini  tartibga  solishda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  davlat 

boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, 

davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  rolini  oshirish2.      Shunga  ko‘ra 

davlatimiz  zamonaviy  mamlakatlar  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarni 

kengaytirish  va  chuqurlashtirish  uchun  turli  davlatlar  hamkorlikda  bir 

birlari  bilan  moliyaviy  munosabatlarni  bog'lashga    katta  e’tibor 

bermoqda. Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan respublikamiz 

uchun muhim ahamiyatga ega. 




 

 

 



 

 

 




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish