O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana07.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#168031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SHOKIR KURS ISHI TAYYOR PDF
9-amaliy adabiyot Z.D, 03 mudira, dasturlash boyicha olimpiada mas, dasturlash boyicha olimpiada mas, Эгалик ҳуқуқи тиклашга тўсиқ-1, 2 5370586037888224007, Nurbek Karimov
Amaliy-laboratoriya nazorati va o‘z-o ‘zini nazorat qilish usullari: 

a)   kontrol - laboratoriya ishlari 

b)  ENM yordamida nazorat qilish v) eksperimental masalalar yechish 

g) amaliy-laboratoriya ishlari yordamida o‘z-o‘zini nazorat qilish. 

O‘quv  vaqtining  juda  cheklanganligi  tufayli  o‘qituvchi  dars  vaqtida  hamma 

o‘quvchilarni so‘rab  chiqa olmaydi, shuning uchun  o‘quvchilarning butun ishi davomida 

ularni doimo ishini kuzatib borish kerak. Dars rejasi tuzishda so‘raladigan o‘quvchilarnigina 

emas,  balki  tekshirib  borilishi  kerak  bo‘lgan,  orqada  qolayotganligi  ma’lum  bo‘lgan 

o‘quvchilarni ham darsda ikki-uch marta turg‘izib so‘rash kerak. 

So‘rash - o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishning asosiy shaklidir. Maxsus 

tanlab  olingan  savollar  sistemasi  o‘qituvchining  o‘quvchilarni  sistemali  suratda  kuzatib 

borganligi to‘g‘risida dalolat beradi. 

Oldingi va ilgari o‘tilmagan darslarning materiali ham so‘raladi. Shunday qaytarib 

turish  o‘quvchining  bilimini  puxtalash  va  kengaytirishga  imkon  ber  adi.  Vaqtni  tejash 

maqsadida  "qisqa  so‘roq"  savol-javob  o‘tkaziladi.  Ular  maxsus  kartochkalarda  oldindan 

yozib qo‘yiladi. 

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda malakalarini tekshirish og‘zaki, yozma va 

amaliy  bo‘lishi  mumkin.  yozma  tekshirish  va  mustaqil  ishlar  bilimlarni  tekshirishning 

asosiy shakllari hisoblanadi. 

Yozma  tekshirish  o‘quvchilarning  bilimlari  sifatini:  to‘g‘riligi,  aniqligi,  anglab 

olingani, amalga tadbiq etilishi to‘g‘risida bir fikrga kelish va qisqa vaqt ichida guruhdagi 

barcha  o‘quvchilar  bilimini  tekshirib  ko‘rishga  imkon  beradi.  Yozma  tekshirish,  asosan 



yozma grafik ishlarni bajartirish bilan amalga oshiriladi. Yozma tekshirish ishlari ikki xil 

bo‘lishi  mumkin:  mavzu  bo‘yicha  va  yakuniy  tekshirish  ishlari  guruh  mavzuni  o‘rganib 

bo‘lgandan keyin, yakuniy tekshirish bir necha mavzu o‘tib bo‘lingandan keyin o‘tkaziladi. 

O‘quvchilar bilimini hisobga olishning ayrim o‘quvchilarninggina emas, balki butun 

sinf  o‘quvchilarning  ham  o‘zlashtirishini  bir  vaqtda  tekshirib  ko‘rishga  imkon  beradigan 

tejamli vositasi kontrol yozma ishlardir. 

"Bir  pasli  yozma  ishlar"  -  10-15  daqiqa  davomida  davom  etadi  -  bu  nazorat 

kundalikka kiritilishi mumkin. 

O‘quv  ishini  sifati  to‘g‘risida  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishiga  qarab  hukm 

chiqariladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishning uchta shaklidan: 

 kundalik 



 vaqti-vaqti bilan va; 

- yakuniy shakllaridan foydalaniladi. Bularning uchalasi maktabda o‘quvchilarning 

o‘zlashtirishini hisobga olishning yaxlit bir sistemasini tashkil etadi. 

Kundalik  hisobga  olish  o‘quvchilarning  ishini  sistemali  suratda  tekshirib  borish 

asosida  o‘tkaziladi.  O‘quvchilar  ishini  kundalik  kuzatib  borish  o‘qituvchining  har  qaysi 

o‘quvchining  o‘zlashtirishini  mahsus  tashkil  etilgan  so‘roq  yo‘li  bilan  ancha  yaxshi 

tekshirib  ko‘rishga  imkon  beradi.  So‘rash  og‘zaki  va  yozma  tarzda  o‘tkaziladi.  Bunday 

so‘rash butun sinfning o‘zlashtirishini hisobga olishning eng qulay vositasi yozma kontrol 

ish butun sinf qanday o‘qiyotganligini kuzatishgagina imkon beradi. 

Axborot texnologiyalaridan o‘zlashtirishni vaqti-vaqti bilan hisobga olishning oxirgi 

bosqichi ba’zi o‘qituvchilarda har qaysi o‘quvchiga va butun sinfga tavsifnoma berishdan 

iborat  bo‘ladi.  Bunday  hisobga  olish  asosida  o‘quvchilarning  bir  yillik  o‘zlashtirishi 

to‘g‘risida  umumiy  xulosa  chiqariladi.  Imtihon  va  attestat  olishda  o‘quvchilarning  butun 

fandan qanchalik o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. 

Bir  mavzu  o‘tilgandan  keyin,  yoki  chorak  oxirida  butun  bir  darc  davomida  shu 

o‘tilgan mavzu bo‘yicha nazorat yozma ish o‘tkaziladi. 

O‘quvchilarning nazorat ishini mustaqil suratda bajarilishni ta’minlash uchun bu ish 

bir necha variantlarda tuziladi (2, 3, 4, va hokazo). Savollarning oson- qiyinligini taxminan 

bir xil bo‘lishi kerak. Nazorat ishning qanday bajarilganligini tekshirib ko‘rish va unga baho 




qo‘yish  ta’lim-tarbiya  jihatidan  katta  rol  o‘ynaydi.  Eng  ko‘p  takrorlangan  xatolarni 

o‘qituvchi tahlil qilib ko‘rish asosida o‘quvchilarning javoblariga baho qo‘yibgina qolmay, 

balki  axborot  texnologiyalari  o‘qitish  ishini  bundan  buyon  yaxshilash  uchun  tegishli 

xulosalar ham chiqarib oladi. 

O‘quvchilarning  o‘quv  va  malakalarni  tekshirib  ko‘rishda  faqat  nazariy  bilimlarni 

emas, ya’ni: axborot texnologiyalariviy til, grafikadan foydalana bilish, mikdoriy hisoblar 

qila  olish,  balki  eksperiment  o‘tkaza  bilish  malakalarini  -  eng  ko‘p  ishlatadigan  asbob-

uskunalardan  foydalana  olish,  eng  muhim  axborot  texnologiyalariviy  operatsiyalarni 

bajarish,  axborot  texnologiyalariviy  eksperimentdan  foydalana  olish  malakalarini  hosil 

qilish vazifasi ham turibdi. 

Bunda ham chorak oxirida va yil oxirida o‘quvchilarning eng muhim eksperimental 

malakalarini tekshirib ko‘riladi va baho qo‘yiladi. Bu ham ta’lim- tarbiya jihatidan katta rol 

o‘ynaydi. Malakalarni tekshirishda eksperimental masalalar yechishdan foydalansa bo‘ladi. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash