O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti



Download 39.4 Kb.
bet6/9
Sana29.08.2021
Hajmi39.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sektorlar va ularning vazifalari

Yuqorida o’ayd etilganlardan tashqari BMTining 1993 yilda qabul qilingan MSTida bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan malakatlarda yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya qilinadi, ya’ni:


Tovar ishlab chiqarish sohasi-bunda buyum, gaz, suv, va energiya shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, qurilish tarmoqlari kiritiladi.


 Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlarni soha va tarmoqlar bo’yicha hisoblaydi va e’lon qiladi.

SHunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi.


  1. Ijtimoiy tuzilishi.


  2. Tarmoq tuzilishi.


  3. Takror ishlab chiqarish tuzilishi.


  4. Hududiy tuzilishi.


Ijtimoiy tuzilish- bu iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllari o’rtasidagi o’zaro nisbatdir.

O’zbekistonda mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash mulkchilik tarzida shakllangan.

Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi.

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloo’ xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.

Yuksak rivojlangan mamlakatlar*da xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa- qazib oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir.

U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish o’rtasidagi, iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro nisbatlardir. Takror ishlab chiqarish tuzilishi iqtisodiy o’sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi.

Iqtisodiyotning hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hududiy jihatlarini aks ettiradi va alohida hududlarning umummilliy ko’rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U butun mamlakat bo’yicha turmush sharoitini barqarorlashtirish maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi. Ma’lumki, ma’muriy jihatdan O’zbekiston 12 viloyat va 1 ta avtonom respublikadan iboratdir. Unda 119 ta shahar, 163 ta qishloq ma’muriy tumanlar mavjuddir.

Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo’yicha mamlakatimiz 6 ta iqtisodiy regionga bo’linadi:

1. Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir. Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to’g’ri keladi.Bu region o’rta hisobda Mamlakat milliy daromadini 25.9% va 32.5% sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.

2. Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy regioniga to’g’ri keladi. Bu region Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarini o’z ichiga oladi va 19.2 ming m2 territoriyaga egadir, yoki 4.3% respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6% yashaydi. Bu region O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31.5% ini, 36.8% qishloq xo’jalik mahsulotini, 28.3% tovar oborotini ishlab chiqaradi.

3. Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.

4. Janubiy iqtisodiy region - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo’jaligi, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region yetishtiradi.

5. Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini yetishtiriladi.

6. Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston Avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini yetishtiradi.

Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish umumiy tizim faoliyati darajasini, milliy iqtisodiyot tarkibidagi mavjud kamchilik va qoloq tomonlarni anglash imkoniyatini yaratib beradi. Tarkibiy tahlil asosida iqtisodiy siyosat ishlab chiqiladi.

Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



  1. Mulkiy munosabatlar tahlil qilinadi.

Respublikamizda mulk munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Mulkchilik to’g’risi”da, uni “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlar va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlash tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni va boshqa huquqiy hujjatlarni qabul qilindi


Download 39.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat