O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti



Download 0.51 Mb.
bet2/16
Sana28.08.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Mahsulot tannarxi korxona yoki ishlab chiqarish birlashmasi moliya-xo‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tizimida birlashma va korxonalar faoliyatini baholashda foyda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich qilib olingan. Ammo bu mahsulot tannarxi ko‘rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi, degan gap emas. Korxonalarning ishlab chiqarish-moliya rejasini tuzishda mahsulot tannarxi iqtisodiy ko‘rsatkichiga alohida ahamiyat beriladi.

Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan e’tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini to‘g‘ri sarflash, belgilangan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qo‘llash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmokda.

Bugungi kunda korxonalar foydasini shakllanish jarayoni va uning taqsimlanishi har bir birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to‘g‘ri tashkil qilishning imkoniyatlarini shakllantirgan holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari me’yorining mavjud bo‘lishi, ombor xo‘jaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik schoti, kalkulyatsiya ob’ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash, kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqish, kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash usulini tanlash muhim hisoblanadi.Ushbu holat mamlakatimiz hududida mahalliylashtirish dasturini jadallashtirishda eng muhim ustuvor vazifalarni belgilaydi. Bu haqida mamlakatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha to‘xtalib o‘tdilar: «Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to‘plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga bog‘liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to‘ldirish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim rol o‘ynashini amalda tasdiqlamoqda»1. Bu borda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda korxonalarda xarajatlarni hisobga, xarajatlarni to‘liq va ishonchli aks ettirish korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishini aniq maqsadga yo‘naltirish dolzarb vazifalardan biri ekanligidan dalolat beradi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat