O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti


yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab



Download 0.51 Mb.
bet15/16
Sana28.08.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2017 yilda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab

chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar.

Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to‘g‘ri va samarali yechim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda tutilgan:

1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70%i va undan ortiq

qismini bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari

balansiga berish;

2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif

qilgan va tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga

sotish;


3) bankrot korxonanitanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol»

qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish.

Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan. UshbuFarmoyishga ko‘ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar:


  • qo‘shimcha qiymat solig‘idanozod qilindi;

  • uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer

soliqlarinito‘lashdan ozod qilindi;

  • boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq

to‘lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning faoliyat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat

banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan, jumladan:


  • bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi

korxona tashkil etish;

  • bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval

berilgan,

qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan

kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;


qilish;

  • bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini

tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.

Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini

ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan,jumladan:


  • tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash,

texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta

qurollantirish, zarur bo‘lganda korxonani to‘liq restrukturizatsiya qilish

orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va

investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab

chiqish;


  • yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan

natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori

malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;



ustidan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha

Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu

jarayonga tijorat banklarini jalb qilish borasida belgilangan tadbirlar

korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi.

Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2010 yilda mamlakatimiz

147 tasi tijorat banklari balansiga o‘tkazildi.

Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda.
XULOSA
Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.

O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kunning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.

O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq.

.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2010 y.

  2. 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 yildagi PQ-1442 sonli Qarori.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

  2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010.

  3. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining aossiy mezonidir. –T.: O‘zbekiston, 2011.

  4. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003.

  5. Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: Mehnat, 2000.

  6. Osnovы biznesa. Uchebnik. –M.: Market Ds, 2007.

  7. K.S. Xamdamov. Mikroiqtisod. -T.: TDIU, 2001.

  8. E. Egamberdiev, X. Xo‘jaqulov Kichik biznes va tadbirkorlik. T., Ma’naviyat, 2009.

  9. Slavin M.B. Sistemnuy podxod v mikroekonimike. - M.: TEIS, 2001.

  10. N. I. Bazulev, S. P. Gurko, M. N. Bazuleva, A. K. Korolchuk, M. G.

  11. Mutalimov, L. N. Novikova. Mikroekonomika. Izdatelstvo: BGEU 2000 ISBN: 985-426-183-2.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat