O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNVERSUTETI IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
«MIKROIQTISODIYOT» fanidan KURS ISHI
MAVZU : Iqtisodiy resurs va ularning turlari.
Bajardi: S20.119 guruh talabasi Soliyev Raxmatulloh Ilmiy rahbar: ____________________
FARG’ONA 2022 Baho: _________ MAVZU: Iqtisodiy resurs va ularning turlari.
REJA:
I.KIRISh
II.Asosiy qism
1. Iqtisodiy resurslar tushunchasi.
2. Iqtisodiy resurs turlari.
3. Iqtisodiy resurslarga talab va ularning taklifi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISh Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o`tgan davr mobaynida milliy xo`jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo`lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o`sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o`zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi shakllantirildi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to`siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi»1 .
Jamiyatda ro`y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo`lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g`oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ayni paytda Prezidentimizning ma’ruza va asarlaridan, xususan, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari» nomli asaridan bizga shu narsa ma’lum bo`lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o`z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar ham mavjud. Mamlakatimiz ba’zi viloyatlari va qishloq tumanlari byudjetlarining haligacha dotatsiyada qolib ketayotgani, ularda zamonaviy korxonalar, kichik biznes sohasi, savdo tarmoqlarini, bozor infratuzilmasini rivojlantirishga yetarli e’tibor berilmayotgani, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish tadbirlarining sustligi, ba’zi yangi mulkdorlarning xususiylashtirilgan mulkdan oqilona foydalanmasligi, oqibatda ularning bankrotlikka yuz tutishi, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani, qishloq xo`jaligidagi sug`oriladigan yerlar anchagina qismining meliorativ holati qoniqarsizligi tufayli foydalanishga yaroqsizligi va boshqalar shular jumlasidandir2 .