O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetiti ikkinchi mutaxassislikda ta’lim olayotgan 2-kurs, 14-1btum-20-guruh talabasi



Download 104.46 Kb.
Sana29.08.2021
Hajmi104.46 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETITI

ikkinchi mutaxassislikda ta’lim olayotgan 2-kurs, 14-1btum-20-guruh talabasi

Jumayeva Hanifa G’aforovnaning

boshlang’ich sinflar uchun yozgan

1 soatlik dars ishlanmasi

Buxoro 2021-yil

Sana:_____________

Fan: O’qish

Sinf:4.

Mavzu: “Topishmoqlar”

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga topishmoq janri haqida ma’lumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o‘qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o‘rgatish.

TK 2: mavjud axborot manbalaridan (kitob, kompyuter) foydalana olish.

FK 1: topishmoqlarning javobini topa olish.

Tarbiyaviy: topishmoqlar orqali o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko‘ngillik tuyg‘ularini singdirish.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatini rivojlantirish.

FK 2:xalq og‘zaki ijodi namunalaridan topishmoqlarni bir-biridan farqlay olish.

Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: savol-javob, “Kim topog‘on”, “So‘zlovchi quticha” o‘yinlari.

Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilar bilan “Kim topag’on” o’yini o’ynaldi.


  1. Sanamay sakkiz…

  2. Qariyalarning suyanchig’i?

  3. Osmonda uchuvchi temir qush?

  4. Tping-chi uning nomin,

  5. Sichqonning berar dodin.

  6. 10,100,1000,… keying sonni toping

“So‘zlovchi quticha” o‘yini. O‘quvchilar uchun quticha ichiga

maqollar yozilgan tarqatmalar solingan bo‘ladi. Quticha ichidan shu maqollardan birini olib, qaysi mavzuga oid ekan ligini

aytadilar va uning mazmunini tushuntirib beradilar. Masalan: Do‘stsiz

boshim–tuzsiz oshim. (Do‘stlik haqida.)

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

– Ekrandagi topishmoqlarni to‘g‘ri topsangiz, bugungi mavzuga oid so‘z kelib chiqadi.

“Topgan topaloq” o‘yini.

1. Qorday oppoq,

Yungday yumshoq. (Paxta)

2. Ikki otim bor,

Bir-biridan chopog‘on. (Oyoq)

3.Yer tagida qubba igna. (Tipratikan)

4. Atlas ko‘ylak qanoti,

Xush xabarchi odati. (Zag‘izg‘on)

5. Emaklagan toshni ko‘rdim,

Toshdan chiqqan boshni ko‘rdim. (Toshbaqa)

6. Pishirsa osh bo‘lur,

Pishirmasa qush bo‘lur. (Tuxum)

7. Ismi bor,

Jismi yo‘q. (Shamol)

8. G‘uv-g‘uv etar,

Qorni to‘ysa yumalab ketar. (Urchuq)

9. O‘zi qizil, go‘zal biram, Qirga yozar qizil gilam. (Lola)

10. Og‘zi yo‘g‘-u, tishi bor, Duradgorda ishi bor. (Arra)

11. Gulsiz bo‘lar mevasi,

Shirin-shirin donasi. (Anjir)

– Bugun biz sizlar bilan “Topishmoq” janri bilan tanishamiz.

(Topishmoqlar haqida o‘qituvchi tomonidan qisqacha ma’lumot beriladi.)

– Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakati, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo‘ladi. Topishmoqlar qadimda “jumboq”, “top-top” deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o‘ziga xos rasm-rusmlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ekranda video orqali topishmoqlar aytiladi, javoblari topiladi.

O‘quvchilar darslikdagi topishmoqlarni o‘qiydilar va javobini topadilar. Topishmoqlarda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:

harchand – harqancha, qanchalik, imkon boricha

dong‘il – keng va ravon

bosib yer – ko‘p-ko‘p yer

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Topishmoqlar”ni ichda o‘qiydilar, ma’nosi izohlanadi. Savol va topshiriqlar ustida ishlash:

1. Topishmoqqa xos umumiy o‘xshashlik nimada deb o‘ylaysiz?

2. Topishmoqlarni kim yaratgan?

3. Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?

4. Topishmoqning qanday foydasi bor?

5. O‘zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?

“Kim topog‘on” o‘yini.

O‘zi katta, Dumi kalta. (tuya)

Ko‘m-ko‘k tusi,

Xushbo‘y isi. (rayhon)

Qat-qat quloq,

Dum-dumaloq. (karam)

Ovozasi azonda,

Mazaligi qozonda. (xo‘roz)

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.

Darsda o‘rganilganlari yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

1. Topishmoq nima ekan?

2. Topishmoqlardan qaysi biri sizga ko‘proq yoqdi? Nima uchun?

3. Insondagi qaysi fazilatni ulug‘laysiz?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish.Topishmoqlarni yod olish.
Download 104.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat