O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxorodavlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 21.75 Kb.
bet2/2
Sana29.08.2021
Hajmi21.75 Kb.
1   2
Murdor – muddor, mumkin – mungkin so'zlari tarkibidagi to-vush o'zgarishlarida ham assimilyatsiya, ham dissimilyatsiya holatlari yuz bergan bo'lsa (rd>dd, mk>ngk kabi), tug+gan - tukkan (gg>kk) tovush o'zgarishlarida avval keyingi g undoshi oldingi g undoshini k undoshiga (regr.diss.), so'ng oldingi k undoshi keyingi g undoshini k undoshiga (prog.ass.) aylan-tirgan.

Metateza – o'rin almashtirish demakdir. So'z tarkibida qator kelgan ikki undoshning o'rin almashish hodisasiga metateza deyiladi.

Misollar: daryo – dayro, yomg'Ir – yog'mir, supra – surpa, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq, kiprik – kirpik, o'rgan-moq – o'granmoq, yamlamoq – yalmamoq, ahvol – avhol, to'g'-ramoq – to'rg'amoq, tebratmoq – terbatmoq kabi.

Metateza hodisasi maxsus fonetik qonuniyat asosida emas, balki ayrim so'zlarning talaffuzidagi yengillik asosida maydon-ga keladi.

Tovushlarning vaziyatiga ko'ra o'zgarishi


Tovushlar ba'zan talaffuz talabi va ayrim tovushlarning o'rin-lashish, joylashish qonuniyatlariga ko'ra ham o'zgarishga uch-raydi. Talaffuz me'yori va o'rin munosabatlariga ko'ra yuz beradigan fonetik o'zgarishlarga tovushlarning vaziyatiga ko'ra o'zgarishi yoki pozision o'zgarishlar deyiladi. Bunday tovush o'zgarishlarining quyidagi ko'rinishlari mavjud:

1. Reduksiya.

2. Eliziya.

3. Proteza.

4. Epenteza.

5. Prokopa.

6. Apokopa.

7. Sinkopa.

8. Diereza

9. Sinerezis.

10. Gaplologiya



Reduksiyalotincha, aslida orqaga qaytish ma'nosida bo'lib, so'z tarkibida urg'usiz bo'g'indagi unli tovushning yoki bir bo'g'inli so'zlarda undoshlararo vaziyatdagi tor unlilarning qisqarishidir. So'z tarkibidagi ayrim unli tovushlarning sifat jihatdan odatdagidan ko'ra qisqaroq talaffuz qilinishiga reduk-siya deyiladi.

Misollar: bir – b:r, bil – b:l, biz – b:z, bilan – b:lan, biroq –b:roq kabi.



Eliziya. So'z tarkibidagi ayrim tovushlarning tushish hodi-sasiga eliziya deyiladi. Eliziyaning bir qancha ko'rinishlari mavjud: 1) ayrim egalik qo'shimchasini olgan so'zlarda o'zak-dagi keyingi unli tushib qoladi: shahar – shahrim, o'g'il – o'g'li, singil – singlim kabi; 2) unli bilan tugovchi va unli bilan boshla-nuvchi ikki so'zning qo'shilishidan unlilardan biri tushib qoladi: yoza oldi – yozoldi, bora oladi-boroladi kabi; 3) undosh bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so'zning qo'shilishida keyingi unli tushib qoladi: borar ekan – borarkan, kelgan emish – kelganmish kabi; 4) so'z tarkibidagi bir necha tovush (unli – undosh) tushib qoladi: Abdusalom – Absalom, Abdujabbor – Abjabbor, Muhammadkarim – Matkarim kabi. Bular eliziyaning yu-qori, murakkablashgan ko'rinishidir. Eliziyaning murakkab-lashishi natijasida so'zlarning qisqargan shakli hosil bo'ladi.

Proteza. Tarixan so'z boshida qo'llanmaydigan va so'z boshi-da qator kelgan undosh fonemalardan oldin bir unli tovushining orttirilishiga proteza deyiladi. Misollar: shkaf – ishkaf, stol – ustol, rus – o'ris, stakan – istakan kabi.

Epenteza. So'z oxiridagi qator kelgan undosh fonemalardan keyin bir unli tovushning orttirilishiga epenteza deyiladi. Masalan, tank – tanka, kiosk – kioska, blank – blanka, bank –banka, otpusk – otpuska kabi.

Prokopa. So'z boshida ayrim undosh fonemalarning tushi-rilish hodisasiga prokopa deyiladi: yiroq – iroq, yog'och –og'och, yirtilmoq – irtilmoq, yigirmoq – igirmoq kabi.

Apokopa. So'z oxirida qator kelgan undosh fonemalardan birining tushirilishiga apokopa deyiladi. Misollar: sust – sus, g'isht – g'ish, go'sht – go'sh, daraxt – darax, Toshkent – Tosh-ken, Samarqand – Samarqan kabi.

Sinkopa. So'z tarkibida qator kelgan undosh fonemalar o'rtasida bir unli tovushning orttirilish hodisasiga sinkopa deyiladi: plan – pilan, tramvay – tiramvay, plug – piluk, kran –kiran, qirq – qiriq, baxt – baxit, daraxt – daraxit va boshqalar.

Diereza. So'z tarkibida qator kelgan undosh tovushlardan birining tushirilishiga diereza deyiladi. Masalan, sentner –sentir, povestka – poveska, tonggi – tongi, Munavvar – Muna-var, Mukarram – Mukaram, Muhabbat – Muhabat kabi.



Sinerezis. So'z tarkibida qator kelgan unli fonemalarning tushirilish hodisasiga sinerezis deyiladi. Misollar: Saodat – Sodat, maorif – morif, sanoat – sanot, matbaa – matba kabi.

Gaplologiya. So'z tarkibida qator kelgan bir xil so'z bo'g'in-laridan birining tushirilish hodisasiga gaplologiya deyiladi. Misollar: stepependiya – stependiya (asli stepependiya < ste-pen – daraja, pendiya – nafaqa, darajasiga ko'ra nafaqa demakdir), morfolologiya – morfologiya, mineralologiya –mineralogiya, tragikokomediya – tragikomediya, morfofono-logiya – morfonologiya va b.
Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat