O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


III BOB. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida O’zbekiston OTMlarini takomillashtirish yo’nalishlari (Buxoro Davlat Universiteti misolida)



Download 0,83 Mb.
bet4/5
Sana22.06.2017
Hajmi0,83 Mb.
#11845
1   2   3   4   5

III BOB. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida O’zbekiston OTMlarini takomillashtirish yo’nalishlari (Buxoro Davlat Universiteti misolida)

3.1. Oliy ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari,amaliyot, muammolar va istiqbollari

3.2. Buxoro Davlat Universiteti faoliyati ko’rsatkichlari tahlili





IIIBOB. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida O’zbekiston OTMlarini takomillashtirish yo'nalishlari (Buxoro Davlat Universiteti)

3.1. Oliy ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari, amaliyot, muammolar va istiqbollari.

Oliy ta'lim muassasalarini byudjetdan tashqari fondlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi, ta'lim xizmatlari sifatinioshirish, professor-o'qituvchilarni moddiy rag'batlantirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga rag'batlantirish masalalarini to'liq hal etishga imkon bermaydi.

Ta'lim xizmatlari bozorining shakllanishi jahonda ro'y berayotgan globallashish sharoitida mamlakatlarning xalqaro mehnat va yangi texnologiyalar bozorlariga kirib borishining vositasiga aylanib bormoqda.

Jahon moliyaviy inqirozining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va kamaytirishga ma'lum darajada asos bo'lgan omillardan biri yangi sharoitlarga moslashtirilgan Kadrlar tayyorlash milliy modelining ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi bo'ldi. Ta'limning uzluksizligini ta'minlash ta'lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun esa, bilim olish, malakani oshirishning noan'anaviy shakllarini rivojlantirish maqsadga muoviqdir. Ta'lim xizmatlarning sifatini oshirishdan iborat. Ta'lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir U uning raqobatbardoshligi ta'minlaydi.

Ta'lim xizmatlari bozoridagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan yana biri Kadrlar tayyorlash Milliy modelining elementlari orasidagi bog'liqlikni kuchaytirishdir, yani ta'lim xizmatlari bozori va mehnat bozori o'rtasidagi muvofiqlik va bog'liqlikni kuchaytirish, ta'lim bilan fan o'rtasidagi bog'liqlikning samaradorligini oshirish, ta'lim tizimi va ta'lim xizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishdir.

Ta'lim tizimi mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni kuchaytirishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki, birinchidan fan va texnikaning rivojlanishini yuqori malakaga ega bo'lgan mutaxassislarsiz ta'minlab bo'lmaydi va hozirgi davrda ilmiy ishlanmalarning aksariyat qismi oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilmoqda, ikkinchidan, esa yangi texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish ish joylarida amalga oshirilmoqda. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi strategiyasi tayyorlanayotgan mutaxasislarni ish joylari bilan ta'minlash imkoniyatlaridan (hozirda va istiqbolda) kelib chiqilgan holda ishlab chiqilishi lozim. Demak, ta'lim tizimida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu ta'lim xizmatlari bozorini mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirishdan iborat. Davlatning ta'lim xizmatlari bozoridagi oqilona siyosatini takomillashtirib borish moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va yangilarini tadbiq etishdan iborat.

Ta'lim xizmatlari bozoridagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ta'lim tizimida davlat byudjeti mablag'laridan samarali foydalanish, byudjetdan tashqari mablag'larni ishlab topish mexanizmlarini takomillashtirish bilan bir qatorda, unga xususiy va korporativ mablag'larni investitsiyalash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu mexanizmlarni amaliyotga tadbiq etish sohadagi umumiy moliyaviy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashi bilan bir qatorda, uni mehnat bozoridagi talablarga moslashuvchanligini oshiradi, ta'lim sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Davlatning ta'lim tizimini moliyalashtirishda oliy ta'lim tizimida yangicha yondoshuvlarni talab etadi.

Davlat oliy ta'lim muassasalarini yanada rivojlantirish yo'llarinitopishi va tadbirkorlikni rivojlantirishga intilishni rag'batlantirishi zarurdir.

Ma'lumki, jahondagi davlat organlarining oliy ta'lim tizimining iqtisodiy jihatlariga e'tibori kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: rivojlangan mamlakatlar oliy ta'lim tizimining avtonomligi va davlat tomonidan ushbu sohani markazlashtirishni tartibga solish o'rtasida oqilona nisbatni o'rnatish muhim va dolzarb ahamiyatga ega ekanligi; davlatning oliy ta'limni moliyalashtirishda byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish usullari o'rtasidagi oqilona nisbatni topishga harakat qilishi; oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda oshkoralikni ta'minlash. O'zbekiston Respublikasida ta'lim xizmatlari bozorining hozirgi kundagi mavjud mehanizmi oliy ta'lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishini to'liq ta'minlab bera olmaydi. Shu bois, nodavlat oliyo'quv yurtlarini barpo etish oliy ta'limga bo'lgan talabni qondirish, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish va ta'limning sifatini oshirishga imkon beradi.

Uzluksiz ta'lim oliy ta'lim muassasalaridan tashqari firma va korxona doirasida ham ta'lim olish, qayta o'qish, malakani oshirishni tashkil mavjud axborotlar miqdorining tez oshib borishi va uni ma'lum muddatga eskirib qolishi bilan bog'liq. Binobarin, uzluksiz ta'limni ta'minlash uchun xususiy va boshqa mulk shakllariga asoslangan o'quv muassasalarini tashkil etishni rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir. Xodimlarning o'z malakasini oshirishga bo'lgan talabini qondirish ularning kasbiy faoliyati davomida uzluksiz ta'limdan foydalanish infratuzilmasini takomillashtirishni talab etadi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan: modulli tomoyillar asosida kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlari; ushbu dasturlarni amalga oshiruvchi turli mulk shakllariga asoslangan tashkilot va muassasalar; mutaxasislarni tayyorlash qayta tayyorlovchi va malakasini oshiruvchi, kasbiy mahoratni shakllantiruvchi, davr talabiga javob beruvchi ta'lim texnologiyalarini qidiruvchi va tanlovchi, ta'lim dasturlarining sifatiga baho berishga yo'naltirilgan ijtimoiy-kasbiy tashkilotlar; ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga bog'liq bo'lgan ta'lim sifatini baholovchi tizimdan iborat bo'lishi kerak. Mamlakatimizda ushbu elementlarni to'laqonlik shakllantirish va ular o'rtasidagi bog'liqlikni kuchaytirish muhimdir.

Ta'lim tizimida band bo'lgan professor-o'qituvchilarinng ijtimoiy maqomi va moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: professor-o'qituvchilarning o'rtacha ish haqi miqdorini bosqichma-bosqich ko'tarib uning iqtisodiyot bo'yicha o'rtacha ish haqi darajasidan kam bo'lmasligini ta'minlash; qo'shimcha moddiy rag'batlantirishni har bir o'qituvchining ma'lum bir davrdagi faoliyat natijalariga qarab tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilishini yo'lga qo'yish; professor-o'qituvchilarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish; o'qituvchi va xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga undovchi mexanizmni amaliyotga tadbiq etish zarur. Bundan tashqari ilm bilan shug'ullanayotganlarga kommunal, transport, soliq va boshqa to'lovlarni to'lashda imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir; professor-o'qituvchilarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida korxonalar, biznes sub'ektlarining moliyaviy mablag'larini jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish; professor-o'qituvchilarning malaka oshirish tizimini takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirishni o'z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta'minlash maqsadida malaka oshirish davrida asosiy ish joyidagi maosh saqlanib qolgan holda ma'lum miqdorda stipendiya to'lashni yo'lga qo'yish.

Uzluksiz ta'lim oliy ta'lim muassasalaridan tashqari firma va korxona doirasida ham ta'lim olish, qayta o'qish, malakani oshirishni tashkil mavjud axborotlar miqdorining tez oshib borishi va uni ma'lum muddatga eskirib qolishi bilan bog'liq. Binobarin, uzluksiz ta'limni ta'minlash uchun xususiy va boshqa mulk shakllariga asoslangan o'quv muassasalarini tashkil etishni rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir. Xodimlarning o'z malakasini oshirishga bo'lgan talabini qondirish ularning kasbiy faoliyati davomida uzluksiz ta'limdan foydalanish

infratuzilmasini takomillashtirishni talab etadi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan: modulli tomoyillar asosida kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlari; ushbu dasturlarni amalga oshiruvchi turli mulk shakllariga asoslangan tashkilot va muassasalar; mutaxasislarni tayyorlash qayta tayyorlovchi va malakasini oshiruvchi, kasbiy mahoratni shakllantiruvchi, davr talabiga javob beruvchi ta'lim texnologiyalarini qidiruvchi va tanlovchi, ta'lim dasturlarining sifatiga baho berishga yo'naltirilgan ijtimoiy-kasbiy tashkilotlar;

ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga bog'liq bo'lgan ta'lim sifatini baholovchi tizimdan iborat bo'lishi kerak. Mamlakatimizda ushbu elementlarni to'laqonlik shakllantirish va ular o'rtasidagi bog'liqlikni kuchaytirish muhimdir.

Mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalarining avtonomligini ta'minlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: talabalarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish soni va to'lov asosida o'qish narxini belgilash huquqini bosqichma-bosqich oliy o'quv yurtlari zimmasiga yuklash; oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy resurslardan foydalanishlarini cheklovchi bevosita va bilvosita to'siqlarni bartaraf etish shu bilan bir qatorda oliy o'quv yurtlarining davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lardan samarali foydalanishda mas'uliyatlarini oshirish; oliy ta'lim muassasalarining byudjetlararo munosabatlari va moliyaviy faoliyati oshkoraligini ta'minlash; oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishda shartnoma mexanizmiga o'tish, ya'ni davlat oliy ta'lim muassasalarining faoliyat natijalariga asoslanib moliyaviy resurslarni tabaqalashtirilgan tarzda shartnoma asosida ajratishi; oliy o'quv yurtlarida qo'shimcha to'lov asosida taqdim etiladigan ta'lim xizmatlarini ko'rsatishni rag'batlantirish.

Oliy ta'lim muassasalarida innovatsiyalarga asoslangan faoliyatni ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi: turli texnologiyalarni takomillashtirishni ta'minlovchi loyihalarni yaratish; fundamental va amaliy tavsifdagi tadqiqotlarning olib borilishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish; o'quv jarayonida loyiha va tadqiqot vazifalarining integratsiyasini ta'minlovchi ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish kerak. iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini tashkil etadi.

Oliy ta'lim xizmatlari bozori ustidan davlat nazoratini saqlab qolgan holda ta'lim sohasini boshqarishda ma'lum darajada nomarkazlashtirishga qaratilgan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: ta'lim xizmatlari bozorida nodavlat mulkiga asoslangan ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'ektlarni vujudga keltirish; oliy ta'lim muassasalariga yoshlarni qabul qilishning soni va to'lov-shartnoma asosida o'qish narxini belgilash huquqini bosqichma-bosqich oliy ta'lim muassasalariga berish; oliy ta'lim muassasalariga asosiy va qo'shimcha faoliyatidan oladigan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqini berish; ta'lim sohasini boshqarishda bozor mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish o'rtasida oqilona nisbatni ta'minlash; kasbiy ta'lim sohasida ta'lim muassasalarini boshqarishni ta'lim dasturlarini amalga oshirish bilan bog'liqlikda olib borish.

Oliy ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish borasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish muhimdir: talabalarning tayyorlagan texnik loyihalari, malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini sinovdan o'tkazishni tashkil etish; oliy ta'lim muassasalarining kichik korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi tadqiqot markazlariga aylanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; oliy ta'lim muassasalarida turli korxonalar va firmalar xodimlarining malakasini oshirish markazlarini ochish va ularning samaradorliigni ta'minlash.

Oliy ta'lim bilan mehnat bozori o'rtasidagi oqilona bog'liqlikni ta'minlashning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda respublikamizda oliy ta'lim tizimi rivojlanishining monitoringini amalga oshiruvchi va marketing tadqiqotlarini olib boruvchi tashkilot va bo'limlar faoliyatini takomillashtirish lozim. Buning uchun esa quyidagi masalalar hal etilishi zarur: monitoring tizimining maqsadi va vazifalarini aniqlash; monitoringni amalga oshirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish: bunda ta'lim tizimining sifat jihatdan o'zgarishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga alohida e'tibor qaratish; monitoringni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish; monitoringni amalga oshiruvchi tashkilot va bo'limlar o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlash.

Ta'lim xizmatlari bozorining rivojlanishini ta'minlash ushbu sohani moliyalashtirishni takomillashtirish masalasi bilan bog'liq. Bu yo'nalishda quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishda raqobat va shartnomaga asoslangan mexanizmlarga o'tish; qo'shimcha haq to'lashga asoslangan xizmatlarni ko'rsatishni keng yo'lga qo'yish; oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiy avtonomligi tamoyilini ro'yobga chiqarish, ko'pkanalli moliyalashtirishning samaradorligini oshirish; byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va moliyaviy munosabatlarda oshkoralikni ta'minlash; ta'lim sohasining investitsion jozibadorligini oshirish.

3.2. Buxoro Davlat Universiteti faoliyati ko’rsatkichlari tahlili.



5-rasm
Buxoro Davlat Universiteti (5-rasm)

1. BuxDU haqida umumiy malumot4.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 28 -fevraldagi Farmoniga asosan Buxoro davlat pedagogika instituti bazasida 1992- yil 15- martda Buxoro davlat universiteti tashkil etilgan.

O`quv dargohida yoshlarning bilimlarni, zamonaviy komp'yuter texnologiyalarini puxta egallashi va boshqa ko’pgina fanlardan bilimlar o`zlashtirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Buxoro Davlat Universitetining asosiy vazifasi -ta`lim va tarbiya jarayonida O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonunini va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish, Vataniga, xalqiga, o`z burchiga sodiq, yuksak ahloqli va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir. O`quv -ta`lim ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishga katta e`tibor berilgan.

Buxoro Davlat Universitetida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari soni 41 ta, talabalar soni 6164 nafar ; magistratura mutaxassisliklari soni 14 ta, talabalar soni 140 nafar talaba o’rniga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunda universitetda8 ta fakultetlar mavjud bo’lib (2-ilova), Kadrlar tayyorlash bilim sohalari (ta talaba)bo’yicha

- gumanitar soha----------------------------------------5424 (86.04 %)

- ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq-----------------552 (8.76 %)

- qishloq va suv xo'jaligi----------------------------95 (1.5 %)

- xizmatlar sohasi-----------------------------------233 (3,7 %);

tahsil olmoqda.

BuxDU moddiy - texnik bazasi .

O'quv - laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 1200 kv.m.

Bir talabaga to'g'ri keladigan foydali maydon 1.8 kv.m.

O'quv auditoriyalar soni 331 ta bo'lib, 7000 nafar talabaga mo'ljallangan(bu o'quv jarayoni 1 smenada olib borishga yetarli ).

Laboratoriya xonalari 20 ta, lingafon sinflari 6 ta (laboratoriya jihozlari bilan taminlanganlik 80 %).

Kompyuter sinflari soni 25 , kompyuterlar soni 632 ta (1 ta kompyuterga 10 nafar talaba to'g'ri keladi), internetda ulangan kompyuterlar soni 225 ta.

Talabalar turar joylari soni 7 ta, o'rinlar soni 1500 ta (turar joyga ehtiyojlar 850) hozir 1034 nafar talaba istiqomat qiladi, ulardan 664 ta nafari xotin -qizlarni tashkil etadi. Shuningdek, 850 nafar talaba xususiy xonadonlarda yashaydi.

Talabalar uchun ovqatlanish majmualari : oshxonalar soni 8 ta (1110 ta o'ringa ega); kafelar soni yo'q, bufetlar soni 8 ta( 220 ta o'ringa ega).Profilaktoriyalar soni 1ta ( 25 ta o'ringa ega). Sport majmualari: yopiq zallar soni 4 ta, ochiq maydonlar soni 2 ta. (3-ilova)



Talabalar kontingenti.

Jami 6304, shu jumladan ayollar 4100 (62,8 %).Ulardan maxsus sirtqida o'qiyotganlar -yo'q. Bakalavriatda 6164 nafar (97,78 %), magistraturada 140 nafar (2,22 %).(shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatda 2069 nafar (32.8 %), magistraturada 33 nafar (0,52%) (4-ilova).

Talabalar kontingenti o'qitish tillari kesimida :

- o'zbek tilida 5637 ( 89.4 %);

- rus tilida 580 (9.2 %);

- qoraqalpoq tilida ____-__

- qozoq tilida ____-__

- tojik tilida 87 ( 1,4%);

- qirg'iz tilida ___-___

- turkman tilida__-____

Boshqa viloyatlardan kelib o'qiyotganlar 239 nafarni tashkil etadi ( 3.9 %) Chet ellik talabalar soni 14 ta (Turkmaniston Respublikasidan).

Oxirgi o'quv yilida 1526 bakalavr, 72 magistr bitirdi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatda 557 (27 %), magistraturada 18 (25,3 %)).

2013/2014 o'quv yilida 1542 nafar bakalavr, 72 nafar magistr qabul qilindi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatda 557 (36.1%), magistraturada 18(25 %)nafar.

Maxsus sirtqi bo'lim bo'yicha qabul amalga oshirilmadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari, Davlat nomli stipendiatlar, Xalqaro musobaqalar sovridorlari, respublika musobaqalari sovrindorlari, ko'rik-tanlovlar g'oliblari haqida ma'lumot(5-ilova).

Professor -o'qituvchilar tarkibi .

Jami 514 (shu jumladan ayollar 215 (41.8 %))

BuxDU bo'yicha ilmiy darajali (unvonli )lar soni 166 (30,22 %).

Ulardan:


To'liq shtatda

- 20 (4.3 %)fan doktorlari ,professorlar ;

-128 (27.4 %)fan nomzodlari, dotsentlar;

-68 (14.5 %)katta o'qituvchilar ;

- 252 (53.8 %)assistentlar, o'qituvchilar;

O'rindoshlik asosida ishlayotganlar

-3 (6.5 %)fan doktorlari ,professorlar ;

-15 (32.6 %)fan nomzodlari, dotsentlar;

-1 (2.3 %)katta o'qituvchilar ;

-27 (58.6 %)assistentlar, o'qituvchilar;


BuxDUda malaka oshirish va qayta tayyorlash holati .

Oxirgi 3 yilda malakasini oshirgan professor-o'qituvchilar 514 (100 %); qayta tayyorlovdan o'tganlar 40 (7.8%). (6-ilova) .Ulardan 54 nafari chet elda .Iste'dod jamg'armasi bo'yicha 2 nafar.

Oxirgi to’rt yilda tanlovdan o'tgan professor-o'qituvchilar haqida ma'lumot 7-ilovada keltirilgan.2012 yil davomida ilmiy va o'quv -uslubiy ishlar natijalari .

Chop etilgan : -554 ta ilmiy maqola(ulardan 78 tasi chet elda);

-8 ta monografiya;

-5 ta darslik;

- 742 ta o'quv uslubiy majmualar tayyorlangan ;

-7 ta o'quv qo'llanma.(8-ilova)

Chet el grantlari : 204994 aqsh dollari .

ITI davlat grantlari bo'yicha : 179960 ming so'mlik bajarildi .

ITI bo'yicha xo'jalik shartnomalari 132350 ming so'mlik bajarildi.

ITI da 132 nafar professor-o'qituvchi va 141 nafar talaba ishtirok etdi .

Katta ilmiy xodim - izlanuvchi 17 nafar;

Belgilangan muddat ichida 10 % katta ilmiy-xodim izlanuvchi, 24 % stajer -tadqiqotchi - izlanuvchi himoya qildi (oxirgi 3 yil ichida).



Moliyaviy masalalar. Ajratilgan byudjet 8296.322 mln.so'm. Byudjetdan tashqari mablag'lar 193031.196 mln.so'm. Chet el investitsiyasi yo'q. Homiylik yordami 606.340

2013 yilda o'quv jarayoni uchun sarflangan (assignovaniy)xarajatlarning umumiy hajmi 12325 ming so'm (shu jumladan axborot resurs markazi jamg'armasini yangilash uchun 7300 ming so’m; o'quv-laboratoriya jihozlari uchun 12000 ming so’m; kompyuterlar xarid qilish uchun 7500 ming so’m; mebel olish uchun 225000 ming so’m; Internet xizmatlariga to'lov uchun 3600 ming so'm va boshqalar)



BuxDU haqida qisqacha ma'lumot- 9-ilovada keltirilgan.


Xulosa va takliflar

Respublikada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ishlab chiqilishi va ro'yobga chiqarilishi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustivor yo'nalish maqomiga ega bo'ladi. Milliy dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qo'yildi va qonun kuchiga ega bo'ldi. Uning amalga oshirilishi uchun Prezident Farmoni bilan Bosh vazir o'rinbosari rahbarligida respublika komissiyasi tuzildi.

Deyarli barcha mamlakatlardagi kabi O'zbekistonda ham davlat byudjeti, shubhasiz, ta'limni moliyaviy ta'minlashning bosh manbaidir. Ta'limga davlat xarajatlarining deyarli 90 foizi respublika byudjetidan (jumladan mahalliy darajada qolgan respublika soliqlarini qo'shgan holda respublika byudjetiga barcha tushumlar), shuningdek respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga subvensiyalar va boshqa transfertlardan moliya mablag' bilan ta'minlash. Ta'limga davlat xarajatlarining 10 foizdan sal ko'prog'i bevosita mahalliy daromadlardan moliyaviy ta'minlangan.

Bizning zamonamizda bo'lg'usi mutaxassis o'zlashtirishi lozim bo'lgan ilmiy axborotlar hajmi to'xtovsiz oshib bormoqda. Shu munosabat bilan ta'lim oluvchi rivojlanishning yuqori darajasiga intiladi, o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'liq ishga soladigan, xullas to'la kuch bilan o'qiydigan takomillashgan o'quv jarayoni tashkil etish tizimini ishlab chiqishi lozim.

Shuni ham xulosa qilib aytish mumkinki, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish, xalq xo'jaligining mutaxassislariga bo'lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashda ilg'or xorijiy tajribadan samarali foydalanish-bu masalalar bugungi kunda eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual yetuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib bo'lmaydi.

Respublikada oliy ta'limni rivojlantirish vazifalari, hajmi, moliyalashtirish manbalari, bakalavr va magistraturalarni tayyorlash holati va oliy va o'rta maxsus yurtlarini isloh qilishning dolzarb masalalarini yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va masofadan o'qitish texnologiyalarini joriy etish ko'rsatilgan.

Biz bitiruv malakaviy ish mavzusi yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqdik:

1.Ta'lim tizimida band bo'lgan professor-o'qituvchilarinng ijtimoiy maqomi va moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida professor-o'qituvchilarning o'rtacha ish haqi miqdorini bosqichma-bosqich ko'tarib uning iqtisodiyot bo'yicha o'rtacha ish haqi darajasidan kam bo'lmasligini ta'minlash;

2. Qo'shimcha moddiy rag'batlantirishni har bir o'qituvchining ma'lum bir davrdagi faoliyat natijalariga qarab tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilishini yo'lga qo'yish;

3. Professor-o'qituvchilarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish; o'qituvchi va xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga undovchi mexanizmni amaliyotga tadbiq etish zarur.

4.Ilm bilan shug'ullanayotganlarga kommunal, transport, soliq va boshqa to'lovlarni to'lashda imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir;

5. Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishda raqobat va shartnomaga asoslangan mexanizmlarga o'tish;

6. Oliy ta'lim muassasalarining kichik korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi tadqiqot markazlariga aylanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aytishimiz mumkinki,ijtimoiy soha tarmoqlaridagi mehnatning samararadorligiga quyidagilar o'z ta'sirini ko'rsatadi:





FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

    1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент «Ўзбекистон» 2013y

    2. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисидаги қонуни» - Т.: Ўзбекистон, 1997 йил.

    3. Ўзбекистон Республикасининг «Кадрларни тайёрлаш миллий дастури» - Т.: Ўзбекистон, 1997 йил.

    4. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xaqlimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. T: O’zbekiston, 2011.

    5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.T.:O’zbekiston, 2009.

    6. Каримов И.А. Бош мақсадимиз-кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. - 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ҳамда 2013 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузалари.

    7. Каримов И.А. «Эришилган марраларимизни мустаҳкамлаб, ислоҳотлар йўлларини излаб бориш - асосий вазифа» Халқ сўзи 2004й. 10 феврал.

    8. Каримов И.А.“Юксак маънавият– енгилмас куч”. Тошкент. Ўзбекистон. 2009 йил.

    9. Prezident Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidaginutqi.17.02.2012.

    10. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг «Янгиланиш ва барқарор тараққиёт йўлидан янада изчил харакат қилиш, халқимиз учун фаровон турмуш шароити яратиш-асосий вазифамиздир» маърузаси. – «Халқ сўзи», 2007 йил, 13 февраль.

    11. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Иқтисодиёт реал сектори корхоналарининг молиявий барқарорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида. 2008 йил 18 ноябрь, ПФ-4053-сон.

    12. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2005 йил 7 февраль куни Оқсарой қароргоҳида қилган нутқи «Янги ҳаётни эскича қараш ва ёндашувлар билан қуриб бўлмайди» Халқ сўзи, 2005 йил, 17 февраль.

    13. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 4-том , 2004 йил.

    14. Абдураҳмонов Қ.Ҳ. ва бошқалар., 2004. Аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш. –Тошкент: ТДИУ.

    15. Абулқосимов Х.П.-“Шаклланаётган бозор иқтисодиётида инсон омили ва уни фаоллаштириш йўллари”. -Т.: Молия, 2005йил

    16. Бекмуродов А.Ш., Ғафуров У.В-“ Ўзбекистон – иқтисодиётни модернизациялаш ҳамда ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг янги ва юксак босқичи йўлида”. Т.: Иқтисодиёт, 2008

    17. Бекмуродов А.Ш., Беркинов Б.Б., Усмонов Б.Б., Ҳамидов О.М., Ғафуров У.В. ва Неъматов И.У.-“Ўзбекистон иқтисодиётни либераллаштириш ва модернизациялаш йўлида”.- Т.: Иқтисодиёт, 2009йил

    18. Иноғомов Р., Тошмуродова Қ. Педагогика фани XXI асрда. Т. 2000. “Янги аср авлоди” нашриёти.

    19. Ишмухамедов А.Э., Каланова М.З. «Ижтимоий соҳа иқтисодиёти» Маърузалар матни Т.: ТДИУ, 2005

    20. Игнатов В.Г., Батурин Л.А., Бутов В.И. Экономика социальной сферы. Ростов на Дону, 2004.

    21. Матвеев В.Г. Основы экономических знаний. Т. Шарқ, 1996, С. 127

    22. Саидов М., Перегудов В. Олий таълим менежменти ва иктисодиёти. Укув қўлланма. Т, “Шарқ” нашриёти, 2002 йил

    23. . Акрамова Ф.А. Таълим самарадорлигини таъминлашда фаол педагогик технологияларнинг урни., Информационно-ресурсное обеспечение высшего экономического образования в условиях модернизации экономики: опыт, результаты и перспективы: Сборник докладов и тезисов международной научно-практической конференции. Т. ТГЭУ, 2009г. 197-б

    24. Бекмурадов А.Ш. “Информационно-ресурсное обеспечение высшего экономического образования: методика, содержание и техническое обеспечение.” Информационно-ресурсное обеспечение высшего экономического образования в условиях модернизации экономики: опыт, результаты и перспективы: Сборник докладов и тезисов международной научно-практической конференции. Т. ТГЭУ, 2009г. 17-с.

    25. Минаварова Г.Т. «Экономическое образование как движущая сила модернизации экономики.» Информационно-ресурсное обеспечение высшего экономического образования в условиях модернизации экономики: опыт, результаты и перспективы: Сборник докладов и тезисов международной научно-практической конференции. Т. ТГЭУ, 2009 г.

    26. Мирсалиева М. Талаба шахси ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари. Халқ таълими журнали 2008 йил 7-сон 28-бет

    27. Хайитов О., Расулов З. Иқтисодий таълим ва профессионал билимдонлик контекстида шахс Информационно-ресурсное обеспечение высшего экономического образования в условиях модернизации экономики: опыт, результаты и перспективы: Сборник докладов и тезисов международной научно-практической конференции. Т. ТГЭУ,2009г.

    28. Usmanova R.M. “Ta'lim xizmatlari bozorida iqtisodiy

munosabatlarni takomillashtirish”. O'zbekiston Respublikasida ishlab

chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish

muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. - Toshkent, TDTU,

2007. - B.115-116.

29. Usmanova R.M. “Ta'lim xizmatlari bozorini rivojlanishi.”Bozor, pul va kredit. - Toshkent, 2007.- №6. -B. 59-61.

30. Usmanova R.M. “ Ta'lim tizimini rivojlantirishning nazariy zaminlari.” Bozor, pul va kredit. Tashkent, 2008. - S.6-1131.

31. Usmanova R.M. “Ta'lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari.” Ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar.- Toshkent, 2009- №1-2. - B.214-218.


  1. Usmonova R.M., Pardaev A. “Yangi ish o'rinlarini barpo etish zamon

talablari.” Ilmiy ishlar to'plami. ToshDTU- Toshkent, 2010 - B.221.

  1. Usmanova R.M. “Ta'lim xizmatlari bozoridagi iqtisodiy munosabatlarning samaradorligini ta'lim xizmatlari sifati orqali tashkil etish.” O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”asari bo'yicha ilmiy ishlar to'plami. -Toshkent, TDTU, 2010 - B. 195.

  2. Usmanova R.M. “Ta'lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning

nazariy jihatlari va xususiyatlari.” Barkamol avlod yili davlat dasturiga

bag'ishlangan oliy o'quv yurtlariaro ilmiy ishlar to'plami. -Toshkent, TDTU,

2011-B.165


  1. Ўзбекистон Республикасининг статистик ахборотномаси- 2011. –Тошкент, 2013.

  2. www.bux.du.uz

  3. www.norma.uz

38.www.federalreserve.gov

39. www.boj.or.jp/en/siryo/stat/tumi/htm

40. www.bankofengland.co.uk/markets/money/index/htm.

41. Ziyonet Axborot Ta`lim tarmog`i.www.ziyonet.uzhttp://www.ziyonet.u/.



42. www.internetindicators.com – Иқтисодий индикаторлар Интернет веб-сайти.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish