O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 SHoli doniga gidrotermik ishlov berish



Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/184
Sana31.10.2020
Hajmi1.8 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184
4. SHoli doniga gidrotermik ishlov berish. 
Yorma zavodlarida donlarga gidrotermik ishlov berishning ikkita usuli 
qo`llaniladi.  Birinchi  usul  -  donlarni bug’lashdan iborat,  yana qisqa vaqt 
namiqtiriladi,  quritiladi va sovutiladi. Bu usul sholi, grechixa,  suli va no`xat  
donlarini qayta ishlash texnologiyasida qo`llaniladi.  Ikkinchi usul - donlarni 
namlash va namiqtirish.  Bu  usul  bug’doy va makkajuxori donlaridan yorma 
olishda qo`llaniladi. 


 
110 
    Birinchi  usulda    donlarni  bug’lash,  quritish  natijasida  mag’izning 
mustahkamligini  oshishiga  erishiladi    va    qobiqning    mo`rtligi  oshadi. 
CHunki quritish va sovutishda qobiqning namligi ko`proq kamayadi. 
    Donlarni bug’lash.  Bunda don bir vaqtda namlanadi va qizdiriladi. 
    Mag’iz  ichiga  namlikning  kirishi  va  qizishi  bilan  u  elastik  bo`ladi, 
mo`rtligi  kamayadi,  qobiqdan  ajratish  jarayonida  mexaniq  ta`sir  natijasida  u 
kamroq  darajada  sinadi.  Donlarni  bug’lash  ikkita  ko`rsatkich  bilan 
harakatlanadi  -  bug’  bosimi  va  bug’latishning  davomiyligi  bilan. 
SHuningdek, qanchalik bug’ bosimi va bug’latish davomiyligi yuqori bo`lsa,  
shunchalik don yuqori namlikka va temperaturaga ega bo`ladi. 
    Bug’latish  rejimlarini  tanlash,  donlarning  juda  yuqori  texnologik 
xossalariga  bog’liq.  Bug’latish  rejimlarining  ko`tarilishi  –  bug’  bosimi 
ko`pligi,  va  uning  temperaturasi  yuqoriligi  (qanchalik  bug’  bosimi  yuqori 
bo`lsa,    shunchalik  uning  temperaturasi  ham  yuqori  bo`ladi),  shuningdek, 
bug’latish davomiyligining uzoqligi, olinadigan Yorma sifatining buzilishiga 
olib  kelishi  mumkin.    SHuning  uchun  bug’  bosimi  va  bug’latishning 
davomiyligining yuqori chegarasi  belgilanadi. 
    Bug’latish  parametrlari  donlarning  texnologik    xossalariga  har  xil  ta`sir 
qiladi.    SHuningdek,  bug’  bosimi  va  bug’latish  davomiyligi  oshishi  bilan, 
singan  magizning  chiqishi  kamayadi  va  sholi  donining  qobiqdan  ajratish 
samaradorligi  oshadi,  shuning  uchun  unga  qattiq  parametrlar  qabul 
qilinganda  asosan  bug’  bosimi  0,30    Mpa  (bunday  bug`  bosimida  uning 
temperaturasi  143  S  )  va  ta`sir  qilish  vaqti  –  5  min.    Bug’  bilan  ishlov 
berishning 
juda 
yuqori 
parametrlari 
Yormaning 
is`temolboplik 
xususiyatlarini yomonlashtiradi. 
    Donlarni  bug’latgichlarda  uzluksiz  va  uzlukli  ta`sirda  bug’latiladi.  
Uzluksiz  ta`sirdagi  bug’latgichlar  -  shnekli    gorizontal,  kompaktli,    oddiy 
konstruktsiyali,  apparatdan  oldin  va  keyin  bunkerlar  o`rnatish  kerak  emas.  
Donlar bir tekisda bug’latiladi – bu uning  av`zalligidir,  shuningdek  u ishlov 
berish jarayonida doimo donni aralashtiradi. Ularning kamchiliklari  -  ishchi  
kamerasida yuqori bosim yaratib bo`lmaydi, bug’latish davomiyligini sozlab 
bo`lmaydi.  Ularda  eng  yaxshi  usullardan  biri  0,03...0,05    MPa    bosim  hosil 
qilish mumkin. 
 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati