O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2.48 Mb.
bet7/36
Sana25.01.2017
Hajmi2.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36

KIRISh


O`zbek filologiyasi fanining ta`limiy maqsadi: talabalarni ozbek adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari, adabiy janrlarning shakllanishi,eng qadimgi adabiy yodgorliklar, o`’zbek mumtoz adabiyotiga mansub bo`lgan ijodkorlar ijodi (M. Koshg`riy, Yusuf Xos Hojib,Alisher Navoiy, Bobur, Nodira ,Ogahiy va boshqalar ), ularning asarlarida ko`tarilgan muammolar, ilgari surilgan g`oyalar bilan tanishtirish va nazariy bilimlarini shakllantirish.

O`zbek filologiyasi fanining tarbiyaviy maqsadi: talabalarni milliy an`analarga nisbatan hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Ularga o`zbek adabiyotidagi ijodkorlar asarlaridagi eng ilg`or g`oyalar: gumanizm,erksevarlik va vatanparvarlik g`oyalarini singdirish.

O`zbek filologiyasi fanining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda o`zbek adabiyotidagi badiiy asarlar va ularning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantirish.

O`zbek adabiyoti fani, maqsad va vazifalari, manbalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.



O`zbek adabiyoti tarixi fanining o`tmish adabiyot bilan ish ko`rishi. Fan va madaniyatimizning yuksak bosqichda taraqqiy etishida adabiyot tarixining o`rni. Mazkur kurs o`tmishda yaratilgan g`oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarning badiiy olami, nafosati, she`riy san`atlar, shoirning san`atkorligi, she`rning estetik jozibasi kabilardan saboq berishi xususida. Shuningdek, nazariy kurs sifatida adabiyot nazariyasiga doir bilimlar hosil qilinishi. Adabiyot hodisalarini tadqiq qilishning ilmiy-metodologik asoslaridan, ularning tarixidan nazariy ma`lumotlar berishi. Bu kurs mashg`ulotlarining talabalarning estetik didi, dunyoqarashi, badiiy tafakkurini shakllantirishi.

Bu kursda badiiy tafakkurning rivojlanish qonuniyatlari, ramziy-majoziy timsollar olami, badiiy talqin tamoyillarining o`rganilishi.

Mazkur fanning bir qancha ijtimoiy, filologik fanlar bilan chambarchas bog`liqligi. Mumtoz adabiyotning tasavvuf tarixi, tasavvuf nazariyasi bilan chambarchas aloqada ekanligi. Fol`klor, etnografiya, tarix, etika-estetika, falsafa, mantiq, til tarixi, geografiya tarixi kabi fanlar bilan aloqasi.

ENG QADIMGI ADABIYoT YoDGORLIKLARI


(2 soat ma`ruza , 2 soat seminar)
Eng qadimgi og`zaki adabiyot yodgorliklari. Qadimgi davr – eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar. Arablar istilosi va uning oqibatlari.

Eng qadimgi og`zaki adabiy yodgorliklar. Asotirlar va afsonalar. Mif va afsonalar qadimgi odamlarning hayot va tabiat haqidagi tushunchalarining badiiy ifodasi ekanligi.

Qahramonlik eposi. O`rta Osiyo eposlar vatani ekanligi. Sharq epik adabiyotining mashhur qahramonlari Rustam, Siyovush, Afrosiyob haqidagi afsonalarning dastavval O`rta Osiyo xalqlari orasida tug`ilganligi.

Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari: «To`maris», «Shiroq», «Zarina va Striangiya», «Zariadr va Odatida» qissalari haqida umumiy ma`lumot.



Islomgacha bo`lgan davr adabiyoti

(2 soat ma`ruza , 2 soat amaliy)


YoZMA YoDGORLIKLAR. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ekanligi. Asarning adabiy, ilmiy, tarixiy ahamiyati.

"Avesto" - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. «Avesto»ning mundarijasi 3ardusht va zardushtiylikning paydo bo`lishi, o`rganilishi. Zardushtiylik g`oyalarining o`z davri uchun muhim bo`lgan jihatlari. "Avesto"ning tarixiy, ilmiy va adabiy qimmati. "Avesto" dastlab ko`chirilganda 12 ming qoramol terisida 21 nask - kitobdan iborat bo`lgan. A.Makedonskiy tomonidan aksariyat qismi yo`q qilingan. "Avesto"ning bizga qadar Vendidot, Vispared, Yasna, Yasht deb nomlanuvchi to`rt kitobigina saqlanib qolgan. "Avesto"ning g`oyaviy muhimligi Bizgacha yetib kelgan «Avesto» nusxalari ikki variant «Avesto» qadimgi eron tillari gruppasidagi tillarning qadimgi yodgorliklaridan «Avesto» asos e`tibori bilan mehnatkash ommaning orzu-tilaklarini aks ettirgan. bu «Avesto»ning keng tarqalishi va uzoq umr ko`rishi boislaridan biri Axura Mazdaning oltita eng yaqin yordamchilari Voxu-Manax, - ezgu fikr - (poda va chorvani) Asha Vahishta - yuksak haqiqat (olovni) Xisatra Varog - munosib qudrat, hokimiyat (ma`danni)Sienta Armati–muqaddas itoat (erni) Harvatat - salomatlik - (suvni) Ameretat - mangulik - (o`simliklar dunyosini) Axa Mana - yovuz fikr Taurva-so`lish, Zarik - o`lim, Ayshma-g`azab,qahr,urushAraska-hasad, Uda - ezmalik, shallaqilik. Zardusht g`oyalarining eng ulug` (progressiv) jihati dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo`lishga undash.

O`rxun-Enasoy yodgorliklari. Yodgorliklarning turkiy tilda yozilgan eng qadimiy yodgorliklardan ekanligi. Kashf qilinishi haqida ma`lumotlar. Ularning til xususiyati, adabiy qimmati.


Islom ta`siri ostida yaratilgan adabiyot

(2 soat ma`ruza , 2 soat seminar)

Mahmud Qoshg`ariyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot. «Devonu lug`atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishi. Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi.

Mahmud Qoshg`ariyning turkiy tillar fonetik qonuniyatlarining kashfiyotchisi ekanligi. «Devonu lug`atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.

Yusuf Xos Hojib –XI asrning mutafakkir shoiri. Uning hayoti va ijodini o`rganish tarixi. «Qutadg`u bilig» dostoni. Uning yaratilish tarixi.

Dostonda didaktika. Unda muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta`limiy masalalarning qo`yilganligi. Asardagi diniy-tasavvufiy fikrlar. Dostonning syujeti va kompozision qurilishi. Undagi obrazlarning majoziy xarakteri.

O`zbek adabiyoti rivojida Yusuf Xos Hojib dostonining tutgan o`rni va ahamiyati.

Ahmad Yugnakiy – o`zbek didaktik adabiyotining namoyandasi sifatida. Shoir hayoti va ijodini o`rganish tarixi.«Hibat-ul haqoyiq» dostonida didaktika. Asardagi ijtimoiy, falsafiy va axloqiy masalalar. Diniy-tasavvufiy fikrlar.Dostonning qurilishi, badiiy qimmati, badiiy ifoda uslubi, she`riy san`atlar, vazn va qofiya.Asarning til xususiyatlari. Shoir ijodining turkiy xalqlar adabiyoti rivojidagi o`rni.

Ahmad Yassaviy –turkiy adabiyotning yirik vakili. Shoir hayoti va ijodining o`rganilish tarixi. Ahmad Yassaviy hayoti va faoliyati. Tasavvuf – shoir ijodining bosh mavzusi sifatida. Ahmad Yassaviy «Hikmat»lari – turkiy adabiyotning nodir namunasi.Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining badiiy qimmati.Ahmad Yassaviyning turkiy hikmat maktabini ta`sis etishi. Adabiyot rivojida Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.
XIV-XVI asarlarda ijtimoiy-siyosiy hayot

(2 soat ma`ruza , 2 soat amaliy)

Mo`g`ul xukmronligining zaiflashishi. Temur imperiyasining yemirilishi. Shayboniylar imperiyasining yuzaga kelishi. Shayboniylar haqida ma`lumot. XIV-XVII asarlarda ilm –fan taraqqiyoti.

Davr adabiyotining yetakchi xususiyatlari: dunyoviy adabiyotning maydonga kelishi, o`zbek adabiyotining boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqasining kuchayishi, yozma adabiyot bilan xalq og`zaki ijodi o`rtasidagi munosabatning rivoji, turkiy tilning adabiy til darajasigi ko`tarilishi, o`zbek adabiyotining eng yuqori cho`qqiga ko`tarilishi.

Rabg`uziy XIV asr o`zbek adabiyotining yirik vakili. Rabg`uziyning hayoti va ijodiy faoliyati. «Qissasi Rabg`uziy» asari. Uning yaratilish tarixi, tuzilishi, g`oyaviy mazmuni. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari.

Asarning tarbiyaviy ahamiyati. O`zbek nasri rivojidagi ahamiyati.

Xorazmiy- yirik shoir. Xorazmiy haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Shoir ijodining o`rganilish tarixi. Xorazmiy ijodiga eskicha qarashlarga munosabat.

Sharq adabiyotida noma janri. «Muhabbatnoma asarining yaratilish tarixi, kompozisiya xususiyatlari. Noma janrining xususiyatlari. «Muhabbatnoma» asarida timsollar, g`oyaviy yo`nalishlar. Asar badiiyati. O`zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida «Muhabbatnoma» an`analari.



Sakkokiy- lirik shoir. Shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Sakkokiy ijodining o`rganilish tarixi, ularga munosabat. Adabiy merosi. Shoir devonining kompozisiyasi.

Sakkokiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g`oyaviy yo`nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir ijodida ilohiy muhabbat mavzusi. Shoir g`azallarining badiiy go`zalligi.Sakkokiy lirikasida insoniy muhabbat masalasi.

Sakkokiy-qasidanavis. Qasida janri xususiyatari. Shoir qasidalari tahlili. O`zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida shoir ijodi an`analari. Shoir lirikasining tarbiyaviy ahamiyati.

Shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Otoiy ijodining o`rganilish tarixi. Shoirning taxallusi masalasi. Uning lirik merosi.

Atoiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g`oyaviy yo`nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir lirikasida haqiqiy va majoziy ishq talqini. O`zbek adabiyotining g`oyaviy-badiiy takomilida Atoiy ijodining o`rni.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik