O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 66,24 Kb.
bet1/4
Sana18.04.2020
Hajmi66,24 Kb.
#45694
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5242363616082003603



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


Ro’yhatga olindi.

Tasdiqlayman”

_________________

O’quv ishlari bo’yicha prorеktor:

b.f.n.dots. A.Sh. Mamatyusupov

201__ “__” __________

____________________________




____” __________2019 - yil

MATEMATIKA

FANINING

ISHCHI O’QUV DASTURI


Bilim sohasi:

100000



Gumanitar

Ta’lim sohasi:

110000



Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi:

5110700



Informatika o’qitish metodikasi

Andijon – 2019 y.




Fanning ishchi o’quv dasturi ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:

A.Axlimirzayev - ADU, “Matematika” kafedrasi dotsenti, p.f.n.

O.Samsaqov – ADU , “Matematika” kafedrasi o`qituvchi

D.Hojiyev – ADU , “Matematika” kafedrasi o`qituvchi
Takrizchilar:

Axmedov C.A.- ADU, “Matematika” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.

Abdullayev.Q -ADU, “Matematika” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.

Fanning ishchi o’quv dasturi matematika kafedrasining 2019 yil “26 ” avgustdagi 1 - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri Ibaydullayev.T.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Fizika-matematika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yildagi 1-sonli bayonnoma).

Fakultet kengashi raisi Maxkamov.M.


Kirish

Ushbu dastur informatika fanlarini o’rganish uchun zarur bo’lgan algebra va geometriya, bir va ko’p o’zgaruvchili funktsiyalarning differentsial va integral hisobini, sonli va funktsional qatorlarni, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, ularning tatbiqlarini hamda bu fan tarixi va rivojlanish tendentsiyasi masalalarini qamraydi.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda informatika o’qituvchilariga fizika, matematik mantiq va diskret matematika hamda ixtisoslik fanlarini yaxshi o’zlashtirish va ular masalalarini yechish uchun yetarli matematik bilim, ko’nikma va malakalar shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – asosiy algebraik tushunchalar, koordinatalar metodi, vektorlar algebrasi va chiziqli algebra elementlari, tekislikdagi va fazodagi analitik geometriya, matematik analizga kirish, ketma-ketlik va funktsiyaning limiti, uzluksiz funktsiyalar va ularning xossalarini o’rganish; bir o’zgaruvchili funktsiyaning differentsial va integral hisobi va uning tatbiqlarini o’rgatish; ikki va uch o’lchovli integrallar, egri chiziqli integrallardan keyingi o’qiladigan fanlar uchun kerakli hajmda bilimlar berish va ularning geometrik va fizik kattaliklarni o’lchashdagi tatbiqini o’rgatish; tatbiqiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan qatorlar nazariyasi bilan tanishtirish, Teylor qatorining funktsiyalarni o’rganishdagi muhim matematik apparat ekanligini uqtirish; ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari bilan tanishtirish, mantiqiy mulohaza va ilmiy-adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
«Matematika» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- haqiqiy sonlar to’plamining asosiy xossalarini; kompleks sonlar maydoni va uning xossalarini; to’g’ri chiziq, tekislik, fazoda koordinatalar metodini; determinantlar va ularning xossalarini; vektorlar va ular ustidagi amallarni, matritsalar va ularning xossalarini; tekislikda va fazoda analitik geometriya asoslarini; ketma-ketlik va uning limiti; funktsiya, uning limiti va uzluksizligini; bir va ko’p o’zgaruvchili funktsiyalarning differentsial va integral hisobi asoslarini; qatorlar nazariyasi asoslarini, kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi elementlarini ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalarini, matematik statistika elementlari, statistik gipotezalar va ularni tahlil qilish metodlarini bilishi kerak;

-talaba fizik masalalarni yechishda qo’llaniladigan matematik apparatni aniq masala uchun asosli holda to’g’ri tanlash; chiziqli algebra va vektorlar algebrasi elementlari, analitik geometriya, differentsial va integral hisob, differentsial tenglamalar yordamida tatbiqiy masalalarni yechish va yechimni asoslash, ehtimollikni hisoblash, taqsimotlarning avriatsion qatorini tuzish, matematik kutilma va dispersiyani hisoblash, gistogramma chizish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;

-talaba vektorlar ustida amallar bajarish, determinantlarni hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemalarini yechish, to’g’ri chiziq, tekislik tenglamlariga oid masalalarni, sodda funktsiyalarning hosilalarini, integrallarini hisoblash, sodda differentsial tenglamalarni yechish, sodda ehtimolliklarni hisoblash malakalariga ega bo’lishi kerak.


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

Matematika fani o’quv rejaning matematika va tabiiy-ilmiy fanlar blokida bo’lib, birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirishda o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik mantiq va diskret matematika hamda ixtisoslik fanlarini o’zlashtirish uchun yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab qilinadi.



Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning matematik analiz fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlatirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlar, tarqatma hamda elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarda mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

“Matematika” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



SHaxsga yunaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim uz moxiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini kuzda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini uzida mujassam etmogi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha buginlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yunaltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni karatish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda takdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv karama-karshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va uzaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita uzaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-surov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti boskichlarini belgilab beruvchi texnologik karta kurinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Matematika” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar

bo’yicha taqsimlanishi:



Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Mustaqil ta’lim




1-semestr

118

28

34

56



To’plamlar va ular ustida amallar.

6

2

2

2



Matematik mantiq elementlari.

6

2

2

2



Kompleks sonlar

10

2

4

4



Determinantlar

10

2

2

6



Matrisalar va ular ustida amallar.

12

2

4

6



Chiziqli tenglamalar sistemasi

10

2

4

4



Vektorlar nazariyasi.

6

2

2

2



Tekislikda to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi. To’g’ri chiziq tenglamalari.

8

2

2

4



Ikkinchi tartibli egri chiziqlar

12

2

2

8



Fazoda to’g’ri chiziq va tekislik

8

2

2

4



Sonli ketma-ketlik tushunchasi.

8

2

2

4



Funksiya tushunchasi

6

2

2

2



Hosila va differensial

8

2

2

4



Hosilaning tadbiqlari

8

2

2

4




2-semestr

122

28

36

58



Differensial va uning tadbiqlari

10

2

4

4



Aniqmas integral tushunchasi

6

2

2

2



Aniqmas integralni hisoblash

12

2

4

6



Aniq integral tushunchasi

6

2

2

2



Aniq integralning tadbiqlari

10

2

4

4



Ko'p o'zgaruvchili funktsiya, uning limiti va uzluksizligi

12

2

4

6



Ko'p o'zgaruvchili funktsiya xususiy hosilasi

8

2

2

4



Sonli qatorlar

8

2

2

4



Funktsional qatorlar

8

2

2

4



Differentsial tenglamalar bo`yicha asosiy tushunchalar

8

2

2

4



Yuqori tartibli tenglamalar

8

2

2

4



2-tartibli differensial tenglamalar

8

2

2

4



Karrali integrallar

8

2

2

4



Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

8

2

2

4

Jami

240

56

70

114



Asosiy qism

Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

To’plamlar nazariyasi. Koordinatalar sistemalari. Funktsiyalar nazariyasi. Determinantlar. Vektorlar nazariyasi. Matritsa va chiziqli tenglamalar sistemasi. To’g’ri chiziq. Ikkinchi tartibli egri chiziq. Tekislik. Fazoda to’g’ri chiziq. Sirtlar. Sonlar ketma-ketligi va funktsiya limiti. Funktsiya uzluksizligi va differentsial hisobi. Aniqmas integral. Aniq integral. Xosmas integrallar. Sonli qatorlar. Funktsional ketma-ketliklar va qatorlar. Ko’p o’zgaruvchili funktsiyalar. Karrali va egri chiziqli integrallar. Sirt integrallari. Differentsial tenglamalar nazariyasi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.


Koordinatalar sistemalari

Tekislikdagi va fazodagi to’g’ri burchakli koordinatalar sistemalari. Tekislikda, fazoda ikki nuqta orasidagi masofa. Qutb koordinatalari. Dekart va qutb kooordinatalari orasidagi bog’lanish. Koordinatalarni almashtirish, parallel ko’chirish va burish



Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, uz-uzini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A3; A6; Q9; Q10; Q11.


Funktsiyalar nazariyasi

Funktsiya tushunchasi, berilish usullari, funktsiyalar klassifikatsiyasi. Monoton, teskari, davriy funktsiyalar. Murakkab funktsiya. Funktsiyalar ustida arifmetik amallar. CHiziq tenglamasi. CHiziqning tenglamasini uning geometrik xossalariga ko’ra topish.



Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, uz-uzini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A3; A6; Q9; Q10; Q11.


Download 66,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish