O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Bakteriyalar soni (GPA) mln/g tuproqda



Download 181.94 Kb.
bet5/6
Sana22.01.2017
Hajmi181.94 Kb.
1   2   3   4   5   6

Bakteriyalar soni (GPA) mln/g tuproqda

(N.Sohadinova, 2013)



Variant

1.05

1.06

1.07

1.08

1.09

1.10

1.

7.5

8.3

6.5

6.3

8.0

9.2

2.

8.8

9.7

9.8

9.5

10.0

11.5

3.

10.2

10.5

10.0

9.8

11.2

13.0

4.

10.5

11.7

11.2

11.0

12.0

14.2

Masalan, 1.05 sanasida nazoratda tuproq haydov qatlamida 1 gramm tuproqda bakteriyal soni 7.5 mln bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variantida bu ko’rsatkich 8.8 mln, N350P245K175 variantida 10.2 mln ni tashkil etdi. Go’ng 20 va 40 t/ga me’yorida qo’llanilganda bakteriyalr soni nazoratga nisbatan orti. Go’ng meyorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish bakteriyalar soniga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu holat butun o’suv davri davomida kuzatildi. Mineral o’g’itlar ichida azotli o’g’itlar bakteriyalar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatdi. Mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash tuproq haydov qatlamida bakteriyalar sonini tajriba bo’yicha eng yuqori bo’lishini ta’minladi. Bunda bakteriyalar soni N250P175K125+40 t/ga go’ng variantida eng yuqori bo’ldi. Masalan bakteriyalar soni 20 t/ga go’ng variantida 1.06 sanasida 8.3 mln / g tuproqda bo’lgan bo’lsa 40 t/ga go’ng variantida bu ko’rsatkich 9.7 mln / g tuproqda, N250P175K125+20 t/ga go’ng variantida 10.5 mln, N250P175K125+40 t/ga go’ng variantida 11.7 mln / ga, N200P140K100+20 t/ga go’ng variantida 19.3 mln /g tuproqda tashkil etdi. Demak mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda bakteriyalar soni eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldi xuddi shunga o’xshash ma’lumotlar Oqdaryo tumanida o’tloq – bo’z tuproqlarda ham olindi.

Mikroorganizmlarning taksonomik guruhlaridan biri zamburug’lar hisoblanadi. Zamburug’lar soni bakteriyalar sonidan bir necha pog’onaga kam bo’lishi aniqlandi. O’simlik o’suv davrida zamburug’lar soni ortdi. Bu holat ildiz ajratmalari bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida zamburug’lar soni ortdi. Bunda mineral o’g’itlar me’yorini ortishi bilan tuproqda zamburug’lar soni ham ortib bordi. Masalan, 1.05 sanada haydov qatlamida 1 gr tuproqda nazoratda 30000 zamburug’ bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variantida bu ko’rsatkich 35000, N250P175K125 variantida 40000, N300P210K150 variantida 43000, N350P245K175 variantida 45000 donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar mineral o’g’itlarga nisbatan zamburug’lar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatdi. Go’ng dozasini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish zamburug’lar sonini yanada ortishiga olib keldi.

Mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash tuproqda zamburug’lar sonini eng yuqori bo’lishini ta’minladi. Zamburug’lar bakteriyalarga nisbatan organik o’g’itlarga yuqoriroq darajada bog’liq bo’lishi aniqlandi. Tajribada aktinomisitlar soni ham g’o’za o’suv davri avj olishi bilan ortib bordi. Mineral o’g’itlar qo’llanishi natijasida aktimnomitsitlar

3.1.2-jadval



Zamburug’lar (Chapek muhiti) ming/g tuproqda

(N.Sohadinova, 2013)



Variant

1.05

1.06

1.07

1.08

1.09

1.10

1.

30

35

31

25

33

37

2.

35

46

37

40

47

55

3.

40

50

42

43

50

60

4.

43

53

44

47

52

65

soni sezilarli ortdi. Mineral o’g’itlar me’yorini oshirib borish ham aktinomitsitlar sonini ortishiga olib keladi. Bu qonuniyat o’tloq tuproqlarda ham, o’tloq – bo’z tuproqlarda kuzatiladi. Masalan, 1.05 sanada o’g’itsiz nazorat variantda o’tloq tuproqning 1 gr da 5.5 mln dona aktinomisit bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variqantida 8.8 mln , N250P175K125 variantida 9.0 mln, N300P210K150 variantida 10.1 mln, N350P245K175 variantida 10.5 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’it qo’llanilganda aktinomisitlar soni nazoratga nisbattan barqaror ravishda ortdi . Lekin organik o’g’itlarning aktinomisitlar soniga ta’siri mineral o’g’itlarnikidan kuchsizroq bo’ldi. Organik o’g’itlarning me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish aktinomisitlar sonini oshirdi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda aktinomisitlar soni eng yuqori bo’ldi. Bu ayniqsa mineral va organik o’g’itlarning meyori yuqori bo’lgan N250P175K125+40t/ga go’ng variantida yaqqol ko’rindi.

3.1.3-jadval



Aktinomitsetlar mln/g tuproqda

(N.Sohadinova, 2013)



Variant

1.05

1.06

1.07

1.08

1.09

1.

5.5

6.6

6.2

7.0

7.3

2.

8.8

9.5

9.3

10.3

10.7

3.

9.0

10.0

9.7

11.0

11.5

4.

10.1

10.5

10.2

11.8

12.3

Demak, mikroorganizmlarning taksonomik guruhlari vakillari soniga mineral va organik o’g’itlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi mineral o’g’itlar bakteriyalar va aktinomitsitlar soniga ko’proq ta’sir ko’rsatsa , organik o’g’itlar zamburug’lar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.

Har yili yuqori dozadagi go’ngni qo’llash go’sh peptonli agarda, kraxmal amiakli agarda rivojlanadigan mikroorganizmlar sonini oshirdi. Shu bilan birga tuproqning amonifikasiyalovchi, nitrifikasiyalovchi va selyuloza parchalovchi faolligi ortdi hamda mineralizasion jarayonlar kuchaydi.

Mineral va organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham, birgalikda qo’llanilganda ham mikroorganizmlarning fizioologik guruhlari vakillari soniga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Amonifikatorlar ham go’sht-peptonli agarda aniqlanib, bakteriyalar bilan bir xil ko’rsatkichga ega bo’ldi. Bu qonuniyatlar yuqorida ta’kidlangan edi. Denitrifikatorlar tuproqda azot aylanishida muhim vazifani bajaradi. Lekin shu

3.1.1-rasm. Tuproqning mikrobiologik faolligini aniqlash uchun tuproq tahlili

bilan birga agronomik jihatdan denitrifikasiya zarar keltiradigan jarayon hisoblanadi. Chunki bunda mineral va organik o’g’itlar bilan tuproqqa tushgan azotning bir qismi atmosferaga molekulyar azot va azot oksidlari ko’rinishida uchib ketadi. Denitrifikatorlar soni ham o’suv davri avj olishiga qarab ko’payib bordi. Mineral o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar qo’llanilishi bilan denitrifikatorlarning soni keskin ortdi. Azotli o’g’itlar me’yorini har 50 kg / ga va shunga mos ravishda fosforli va kaliyli o’g’itlarning me’yorini oshirilishi denitrifikatorlar sonini sezilarli oshirdi. Masalan, 4.07 sanada nazoratda denitrifikatorlarm soni o’tloq tuproqning 1 gr da 8 mln dona bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich N200P140K100 variantida 14.8 mln, N250P175K125 variantida 17.3 mln, N300P210K150 variantida 19.6 mln, N350P245K175 variantida 21.5 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar ham denitrifikatorlar sonini nazoratga nisbatan sezilarli oshirdi. Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish denitrifikatorlar sonini ortishiga olib keldi. Lekin mineral o’g’itlarning denitrifikatorlar soniga tasiri organik o’g’itlarnikidan ancha yuqoribo’ldi. Mineral va organik o’g’tilarni birgalikda qo’llash tajribada denitrifikatorlar sonini maksimal darajada bo’lishini ta’minladi. Bunda mineral o’g’itlar organik o’g’itlar fonida denitrifikatorlar sonini yanada oshirdi, yani organik o’g’itlar mineral o’g’itlarning tasiri uchun yaxshi fon yaratib berdi. Bu holatlar o’tloq – bo’z tuproqda ham kuzatildi.

Mikroorganizmlarning fiziologik guruhlaridan azot fiksatorlar ham muhim rol o’ynaydi ular tabiatda azotning aylanishida faol ishtirok etadi. Shuning uchun tuproqda ular miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha o’tloq tuproqda Eshbi muhitida o‘suvchi azotfiksatorlar soni g’oza o’suv davri davomida ortib boradi va iyul, avgust va sentabr oyining boshlarida nisbatan yuqori bo’ldi. O’tloq bo’z tuproqda bu holat kuchsizroq namoyon bo’ladi. Mineral o’gitlarni qo’llash natijasida tuproqda azotfiksatorlar soni ortib boradi va mineral o’g’itlarning eng yuqori dozasida maksimal ko’rsatkichga ega bo’ladi. Masalan, o’tloq tuproqda 7.07 sanada nazoratda 1 gr tuproqda azotfiksatorlar soni 7.2 mln dona bo’lgan bolsa, N200P140K100 variantida 12.6 mln, N250P175K125 variantida 14.5 mln, N300P210K150 variantida 16.3 mln, N350P245K175 variantida 17.9 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham tuproqda azotfiksatorlar sonini oshirdi. Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish azotfiksatorlar sonini butun o’suv davri davomida barqaror lashishini ta’minladi.Lekin organik o’g’itlarning azot fiksatorlar soniga ta’sir mineral o’g’itlarnikidan kuchsizroq bo’ladi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda azotfiksatorlar soni eng yuqori darajada bo’ldi. Bu ayniqsa N250P175K125+40 t/ga go’ng variqntida yaqqol kuzatildi. Azotfiksatorlarning sonini ortishida azotli o’g’itlar sezilarli rol o’ynaydi. Demak, mineral va organik o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar tuproqda mikroorganizmlarning fizziologik guruhlari sonini sezilarli ravishda oshirdi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini ishonarli oshirdi.



3.2. Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati

Dehqonchilikda organik o’g’itlarning qishloq xo’jaligi ekinlari o’sib rivojlanishi va tuproq xususiyatlariga tasiri ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan, biroq ularning ba’zi mikroorganizmlar, jumladan, trixoderma lignorum zamburug’i bilan uyg’unlashgan holdagi ta’siri yetarlicha o’rganilmagandir. Shu maqsadda ularning qishloq xo’jaligi ekinlar, jumladan, g’o’zaning o’sib rivojlanishi va tuproq ekologiyasiga ta’sirini o’rganish ilmiy kuzatishlarimizning asosi qilib olindi. Tajribalarda 6 ta variant o’rganildi. 1. Nazorat 2. Nazorat + trixoderma 3. Go’ng 30 t/ga 4. Go’ng 30 t/ga + trixoderma 5. Siderat 375 s/ga 6.Siderat 375 s/ga + trixoderma.Tajribaning birinchi yilida sanoat asosida yetishtirilgan trixoderma lignorum 19 zamburug’i (titr 1g/da 1mln dan ortiqroq spora,70 kg/ga) yekish bilan birgalikda chigit ostiga 5-6 sm chuqurlikka berildi.

Tajribalar Pastdarg’om tumanining “Toshquvvat bobo” fermer xo’jaligi dalalarida olib borildi va mavsum davrida xo’jalikdagi mavjud agrotexnikaga amal qilindi.

Tajriba variantlarida organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’i ta’sirida tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati va ularning organik o’g’itlar chiritish dinamikasi bo’z gazmolining tuproqdagi chirishi uslubi asosida o’rganildi.

Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki,bo’z gazmolining chirish tezligi 30 kunda organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’I uyg’unlashgan holda qo’llanilgan variantlarda jadal kechib gazmolning chirishi 95,5-98,0 % ni tashkil etdi. Organik o’g’itlar qo’llanilgan variantning dastlabki 10 va 20 kunlarida gazmolning chirishi sekin bordi. Bu tuproqdagi haroratning va organik o’g’itlarning chirishining pastligi bilan tushuniladi. Shuningdek, mavsumning boshi, o’rtasi va oxirida tuproqdagi mavjud mikroorganizmlar va ular sonining dinamik o’zgarishi doimiy kuzatildi (3.2.1- jadval).

3.2.1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, nazorat variantda mavsum oxirida trixoderma lignorum sonida sezilarli o’zgarish kuzatilmaydi. Biroq qolgan variantlarda trixoderma sonining oshishi kuzatiladi, ayniqsa, organik o’g’itlar berilgan variantlarda yaqqol ko’rinadi.



3.2.1-jadval

Organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’ini qo’llashning tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatiga ta’siri (1 g quruq tuproqda ming/dona),(N.Sohadinova,2013)

Tajriba variantlari

Bakteriyalar

Zamburug’lar

Aktinomtisitlar

Chigit ekish oldidan 20.IV

Mavsum oxirida 20.IX

Chigit ekish oldidan 20.IX

Mavsum oxirida 20.IX

Chigit ekish oldidan 20.IX

Mavsum oxirida 20.IX

Kuzgi shudgor nazorat

1800

9500

35,0

29,9

340

900

Kuzgi shudgor trixoderma

1900

9800

34,2

37,4

180

1700

Shudgor + go’ng

3100

22500

39,0

37,6

540

2030

Shuagor + go’ng + trixoderma

3000

32200

30,4

41,8

570

2300

Siderat

5500

44200

48,0

49,3

1010

2560

Siderat + trixoderma

5700

46100

50,0

60,4

1030

3450

Masalan, siderat o’g’iti tuproqqa haydalgan va trixoderma lignorum berilgan variantlarda mavsum oxirida 1 g quruq tupoqdagi trixoderma miqdori 10,8 ming donani tashkil etgan bo’lsa, go’ng va trixoderma berilgan variantda 8,8 ming dona nazorat variantda esa bor yo’g’i 2,6 ming donani tashkil etdi. Trixoderma sonining mavsum oxirida kamaymay oshib borishi quyidagicha mulohaza qilinadi.Tuproqda yetarlicha organik o’g’itning bo’lishi trixoderma zamburug’i faoliyatini jadallashtiradi. Natijada tuproqdagi V.dahliaye zamburug’ining

faoliyatini susaytirib g’o’zada so’lish kasalligining paydo bo’lishini bir muncha muddatga kechiktiradi. Bu davrda esa g’o’za yetarlicha hosil to’plab olgan bo’ladi. Variantlar bo’yicha mikroorganizmlar faoliyatining jadal ortishi tuproqning agrofizik agroximiyaviy holatining yaxshilanishiga imkon yaratadi. Haydov qatlamidagi gumus miqdori mavsum oxirida 0,07-0,05 %, tuproq tarkibidagi azot,fosfor va kaliy miqdorining ham sezilarli oshishi kuzatiladi.

Tuproqda o’simlik uchun ozuqa rejimining yaxshilanishi g’o’zaning o’sib rivojlanishidagi ijobiy farqlarga sabab bo’ladi. Nazorat variantda bosh poyaning balandligi 82,3 sm bo’lgan bo’lsa, organik o’g’itlar va trixoderma uyg’unlashgan holda berilgan variantlarda85,6-85,9 sm ekanligi qayd etildi. Xuddi shunday qonuniyat simpodial shox soni va meva elementlari hosil bo’lishida ham kuzatiladi.

Tajribaning barcha variantlarida g’o’zaning hosildorligi, nazorat variantga nisbatan sezilarli oshganligi qayd etildi. Eng yuqori hosildorlik organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’i uyg’unlashgan holda berilgan variantlardan olindi. Bu variantlardan olingan qo’shimcha hosil nazorat variantga nisbatan 0.50 - 0.54 tonnani, iqtisodiy samara esa 170 – 180 % ni tashkil etdi.



3.3.Tuproqdagi gumus muvozanatini saqlab turish va miqdorini oshirish

Tabiiy ekotizimning asosiy tashkil etuvchi komponentlaridan biri bo’lgan tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchisi gumus miqdoridir. Har xil genezisga ega bo’lgan tuproqlarda u har xil ko’rsatkichga ega bo’ladi. Bunday gumus miqdori va sifat tarkibi nisbatan doimiy va o’zgarmas bo’ladi. Tabiiy sharoitda hoil bo’lgan tuproqlarning unumdorlik darajasi gumus miqdoriga va boshqa bir qator muhim ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Ma’lumki tuproqda gumus hosil bo’lishi asosan undagi o’simlik va hayvonot qoldiqlaridan iborat bo’lgan organik massaning gumufikatsiyasi va mineralizatsiyasi jarayonlarining pirovard natijasidir. Tabiiy ekologik muhitda mazkur jarayonlar natijasi deyarli o’zgarmas (stabil) kattalikka ega bo’lishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy hosil bo’lgan qora tuproq (gumusi 5-20%), podzol tuprog’i(1,5-2%), bo’z tuproqlar (1,5-4%), taqirlar va taqirli tuproqlar(0,5-1,5%), o’tloqli tuprolar (2-2,5%) va hokazolar. Bu tuproqlarda gumus hosil bo’lishi muayyan mintaqaviy tuproq hosil bo’lish jarayoni qonuniyati ta’sirida ro’y beradi hamda bundan tashqari tabiiy gumus hosil bo’lishida kichik biologik moddalarning aylanish qonuni ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.Bu hodisalarni umumlashtirib ko’rsatadigan bo’lsak, tabiiy moddalarning (gumus va boshqa moddalarning) biokimyoviy aylanishi doimiy muvozanatga kelgan bo’ladi.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan yerlardagi tuproqlarda-agrogeosenozlarda esa, tabiiy tuproq hosil bo’lish sharoitiga juda katta o’zgarishlar kiritiladi yoki butunlay boshqa sun’iy (tabiiy sharoitning ham ta’siri bo’lgani holda) sharoit vujudga keladi.Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni boshqacha qilib aytilganda, gumus va boshqa moddalarning biogeokimyoviy aylanishi ma’lum muvozanatga kelishi yoki bu moddalarni ortib borishi tendensiyasi ro’y berishi kuzatilishi kerak. Chunki sun’iy hosil qilingan optimal yoki maksimal sharoitda (yuqori unumdorlikda olingan hosilga ko’ra)fotosintez mahsuldorligi (mineralizasiyadan yangi hosil bo’ladigan CO2 hisobiga) yoki ekinlar hosilini oshib borishi tuproq unumdorligini albatta ortishiga olib keladi.

Umuman olganda, yuqorida aytib o’tilgan hodisalarni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:

-tabiiy ekotizim-beogeosenozda tuproq o’simlik mikro va makrofauna-mikroorganizmlarning o’zaro ta’sirida nisbatan stabil kattalikka va sifat ko’rsatkichlarida ega bo’lgan gumus hosil bo’ladi;

-antropogen (sun’iy) ekotzim agroekotizim agrogeosenozda esa, tuproq o’simlik (har xil tur va navdagi yekinlar)- mikro va makrofauna (chorva mollari) mikroorganizmlarning muvofiqlashtirilgan o’zaro ta’sirida miqdor jihatdan o’sib boruvchi kattalikka va yo’naltirilgan sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan gumus hosil bo’lishi mumkin (yoki aksincha).

Ko’pgina izlanishlar natijalariga asosan aytish mumkinki, bo’z tuproqlar mintaqasi sug’oriladigan tuproqlari, dehqonchilik yuqori madaniy darajada olib borilganda, qo’riq tuproqlardan gumus holati bo’yicha keskin farqlanadi; bunda undagi gumusni miqdori bir qancha ortishi bilan birga, sifat tarkibi ham yaxshilanishi kuzatiladi (Ziyamuhamedov, Rijov, 1975; Rijov, Toshqo’ziyev 1976; Sattorov, Valiyev,1990). Uzoq muddat davomida yuqori miqdorda go’ng qo’llanilib (40-80 t/ga) dehqonchilik yuritilgan tipik bo’z tuproqlarda (xususiy tomorqa yerlarida) gumusning umumiy miqdori 4% ga yetishi kuzatilgan, uning tarkibida gumin kislotasi miqdori fulvokislotadan ko’paygan, ya’ni qora tuproqlardagi nisbatga tomon yo’nalgan.

Bizning izlanishlarimiz natijasiga ko’ra, Oq-Qovoq tajriba markazidagi uzoq muddatli takriba dalalaridan olib, gumusni fraksiya va guruhli tarkibi o’rganilganda, oradan 55 yil o’tgach, uzoq muddat o’g’it qo’llanilmasdan paxta yetishtirilganda tuproqda gumus miqdori 39,4 foizga, azot miqdori 24foizga kamaygani aniqlandi. Har yili o’rtacha miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilib kelinganda (N-150, P2O5-100, K2O-50-70 kg/ga) tuproqdagi gumus va azot miqdori mutanosib ravishda 23,3 va 18,3 foizga kamayganligi kuzatildi, bu esa nazorat variantidagidan birmuncha kam. Tuproqqa har yili 30 t/ga miqdorida go’ng solinganda, gumusning miqdori 1,75 foizga yetdi va dastlabkisidan 33,5 foizga, azotning miqdori 25 foizga ortganligi aniqlandi. Paxta-beda almashlab ekishning 45 yilida yuqoridagi miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda gumusning miqdori 10 foiz, azot esa 11,8 foizga ortdi. Gumusning tarkibi analizga ko’ra, go’ng qo’llanilgan hamda almashlab ekish joriy etilgan variantlarda gumin kislotasining miqdori nazoratga nisbatan 4,5-8 foizga ortgan, bu esa gumusning sifati ham yaxshilanib borayotganligini ko’rsatadi.



Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 181.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik