O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»



Download 97.53 Kb.
bet5/5
Sana22.01.2017
Hajmi97.53 Kb.
1   2   3   4   5

3.3. Tuproqni muhofaza qilishda almashlab ekishning ahamiyati

Tuproqning 0-30 sm li qatlamida bo’lgan zapas organik moddlar bedapoya buzilgan yildan uzoqlashgan sari asta-sekin kamayib boradi. Tuproq tarkibida bo’lgan chirindi har yili 30 sm chuqurlikda haydalganda juda tez parchalanadi. Shundan kelib chiqqan holda biz bedapoya chuqurroq buzilgandan keying yillarda uni yuza qilib (20 sm chuqurlikda) haydashni, keyin haydash chuqurligini asta-sekin oshirib borishni tavsiya etamiz. Bedapoyalar ana shu tartibda haydalganda beda tomonidan tuproqda to’plangan organik moddalardan maqsadga muvofiq foydalaniladi.

Defoliatsiya qilingan maydonlardagi bedapoyalarni buzish, tuproqning suv o’tkazuvchanligini yaxshilaydi va hajm massasini kamaytiradi. bedapoya buziladigan yerni 40 sm, keying yillarda uni 20, 25, 30, 35 va 40 sm chuqurlikda haydash bilan bir vaqtda bedapoya buzilgan yili gektariga 150 kg hisobida azot, fosfor, ikkinchi va uchinchi yili 250 kg dan shu xildagi o’g’itlar bilan, 4-7 yillari yana ana shu o’g’itlar bilan 350 kg dan normada o’g’itlash eng samarali hisoblanadi. Tajribaning ana shu variantida eng yuqori paxt hosili olindi.

Bedapoya buzilgandan keyin uchinchi va to’rtinchi yili bedaning keying yillarda ekilgan ekinlarga ko’rsatadigan ta’siri pasayib ketadi. Tajribaning faqat bedapoyasi buzilgan yili 40 sm chuqurlikda haydalib, keying yillarda haydash chuqurligi o’zgartirilib, 20, 25, 30, 35, 40 sm chuqurlikda shudgorlangan variantlarda berilgan o’g’itlardan va beda tufayli to’plangan organik moddalardan foydalanish olti yil davomida ta’sir ko’rsatadi. Bundan shunday xulosaga kelish lozimki, eroziyalangan tuproqlarda turli xildagi organic o’g’itlarni yerga bedapoya buzilgandan keyin uchinchi va to’rtinchi yildan boshlab solish samarali hisoblanadi. Aniqlanishicha, mexanik tarkibi jihatidan yengil bo’lgan eroziyalangan tuproqlarda yuqori hosil olish uchun gektariga 250 kg dan azot va fosfor, 75 kg dan kaliy berish, sug’orish rejimini to’liq dala nam sig’imiga nisbatan 70-60% namligida amalga oshirish va gektar boshiga 105-113 ming tup ko’chat qalinligiga erishish kerak bo’ladi.

Aniqlanishicha, o’rtacha drajada eroziyalangan to’q tusli o’tloq tuproqlarda qo’shimcha paxta hosili olishga javdardan bo’shagan yerlarga, uch-to’rt yil davomida gektariga 30 t hisobidan go’ng va 40 t hisobidan sanoat chiqindilari hamda 50 t hisobidan lignin berilgan holda erishish mumkin.

O’rtacha darajada eroziyalangan o’tloq-allyuvial tuproqlarda olib borilgan tajribalarning ko’rsatishicha, yerga g’o’ng va sanoat chiqindilari solinganda tuproqdagi nitratlar miqdori mineral o’g’itlarning bir o’zi solingandagigaqaraganda 2 baravar, shahar chiqindilari berilganda esa 2,4 va undan ham ko’proqqa oshgan. Yerga organik o’g’itlar berish bilan bir vaqtda oraliq ekin sifatida ekilgan javdar tuproqqa qo’shib haydab yuborilganda tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori keskin ravishda oshdi. Kontrol variantda esa tuproqning haydalma qtlamidagi harakatchan fosfor miqdori aprel oyida 26,4 mg/kg ni tashkil etgan bo’lsa, bir oydan keyin uning miqdori 39,1 mg/kg, iyunning oxirida 47,4 mg/kg ga yetib, vegetatsiya davri oxirlarida 29,4 mg/kg ga tushib qoldi.

Yerga solinadigan go’ng va ayniqsa shahar chiqindilari normasini oshirgan sari tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori ham keskin (deyarli ikki baravarga) oshirdi. Yerga go’ng, shahar chiqindilari solingandan keyin yoki oraliq ekin sifatida ekilgan javdar tuproqqa qo’shib haydab yuborilganda tuproqning hajm massasi ma’lum darajada kamaydi. Bu ayniqsa kuchsiz eroziyalangan tuproqlardan sezilarli darajada nomoyon bo’ldi. Bularning hammasi tuproqning miliorativ holatini yaxshilaydi, suvda eruvchan zararli tuzlar yaxshi yuviladi va kapillyar jarayonlarning susayishi natijasida tuproqning qayta sho’rlanishi ham kamayadi.

Demak, turli xil organik o’g’itlar tuproqqa nitrat va fosfatlar rejimini yaxshilaydi, bu o’z navbatida g’o’zaning jadal o’sishi va rivojlanishini, hosildorlikni oshirishni va paxta hosili sifatini yaxshilanishini ta’minlaydi.

3.1-rasm. Almashlab ekishda beda asosiy tuproqni muhofaza qiluvchi ekin.
Mineral o’g’itlar fonida yerga mikro va organik o’g’itlar solishda g’o’zaning oziq rejimi ancha yaxshilanadi, tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy elementlari o’imlik tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Bularning hammasi har qaysi go’za tupidan tola chiqishini oshiradi, o’simlikning umumiy massasi ortadi, oziq elementlarining organik moddalarga aylanishi yaxshi kechadi va ularning samaradorligi oshadi.

Mazkur tuproqlarda gumofos o’g’itini sinash yaxshi natijalar berdi. Eroziyalangan tuproqlarda gumofos o’g’itlarini qo’llash bilan gektar boshiga qo’shimcha paxta hosili olish mumkin. Bunda gektariga 500 kg miqdorida berilgan gumofos o’zini to’liq oqlay oladi.

Guminli o’g’tlar organik o’g’itlarning qo’shimcha manbai hisoblanadi. Ularni g’o’za va makkajo’xoriga mineral o’g’itlarga qo’shib berilganda samaradorligi ancha oshdi. Demak, guminli o’g’itlarni g’o’zaning dastlabki rivojlanish davrlarida gektariga 150 dan 500 kg gacha normada berish maqsadga muvofiq bo’ladi.

XULOSALAR

1. G’o’za va boshqa ekinlarni o’stirish texnologiyasini takomillashtirish borasidagi vazifa dalaning tabiiy sharoitida o’simlikning ildizi orqali surunkasiga oziqlanishini tamin etishdan iboratdir. Buning uchun suv bilan havo o’rtasidagi antogonizmga (qarama-qarshilikka) bardosh berishga to’g’ri keladi. Dalada tuproq haddan tashqari namiqadigan bo’lsa, bu hol tuproqni kuchli darajada zichlanishiga olib keladi.

2. Dalada dukkakli o’simliklar xususan, beda ekini uzoq muddat davomida o’stiriladigan bo’lsa, tuproqda ko’p miqdorda azot elementi to’planadi. Beda ildizi orqali ko’plab maxsus moddalar ajratishi tufayli g’o’za uchun qiyin o’zlashtiriladigan va erimaydigan holatdagi kalsiy uch fosfat tuzlarini yaxshi o’zlashtiradi.

3. Paxta yetishtirish uchun eng qimmatlilari tipik va och tusli bo’z tuproqlar hisoblanadi. Chunki tipik bo’z tuproqlar tarkibida bo’ladigan chirindi miqdori 1,2-1,4, och tusli bo’z tuproqlardagisi esa 1,0-1,2% ni tashkil etadi. Ularning tarkibidagi yalpi fosfor 0,16-1,25% atrofida va kaliy miqdori 2,2-3% bo’ladi. To’q tusli bo’z tuproqlar va jigarrang tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 2,5% ga qadar boradi.

4. G’o’za o’g’itlanmasdan monokul’tura qilib o’stirilganda gk boshiga 15 sentnerdan hosil berishi mumkin, lekin bu xilda hosil yetishtirish maqsadga muvofiq emas. Chunki g’o’za ko’p mehnat va boshqa xarajatlar talab qiladigan ekinlardan hisoblanadi. Shuning uchun paxtadan 15 sentner o’rniga yuqori hosil olish uchun albatta yerga o’g’it solish talab etiladi.

5. Go’ng yerlarni haydash paytida namligi barqaror bo’ladigan va havo chegaralangan holda kiradigan zonaga 30-40 sm chuqurlikda solinishi lozim. Bu yerda o’simlik ildizining aktiv faoliyati natijasida asta-sekin parchalanadi va ekinlarni uch yilgacha kuchli ravishda oziqlanishini taminlaydi. Go’ng yerga odatdagi P5-35 kul’tivatori bilan solingandagi kabi 10-20 sm chuqurlikda berilsa, uning samaradorligi asosan birinchi yili kuzatilib, hamma organik o’g’itlar yerga solingan yiliyoq minerallashadi va uning keying yillarda ko’rsatadigan samarali ta’siri keskin ravishda pasayib ketadi.

6. G’o’za-beda almashlab ekish tizimiga g’alla ekinlarini rejali ravishda kiritish va 3 dalali g’o’za-g’alla-beda almashlab ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuning uchun dehqon-fermer xo’jaliklariga g’o’za-g’alla-beda almashlab ekishni joriy qilish lozim.

.


TAVSIYALAR

Bugungi kunda respublikamizda qat’iy ravishda g’o’za-g’alla-beda almashlab ekish tizimiga rioya qilish vaqti keldi. Oldingi 9 va 10 dalali g’o’za-beda almashlab ekish tizimiga g’alla ekinlarini rejali ravishda kiritish va 3 dalali g’o’za-g’alla-beda almashlab ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuning uchun dehqon-fermer xo’jaliklariga g’o’za-g’alla-beda almashlab ekishni joriy qilishni tavsiya qilamiz.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari.Toshkent.2012 y.B. 2-10.

2. Abduraхimov M. K. Tuproqni muhofaza qilishda almashlab ekishning ahamiyati. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. T., 2000. B. 157-159.

3. Botirov X., Кирйигитов Х. Пожнивные сидераты в борьбе с сорняками. «Проблемы сохранения агробиоразнообразия, его роли в развитии АПК, достижения продовольственной безопасности и устойчивости окружающей среды». Самарканд. 2012. – С. 64-66.

4. Haydarova R. Jizzax viloyati tog’yonbag’ri tuproqlarining agrofizik xossalariga suv eroziyasining ta’siri. “Проблемы рационального использования и охрана биологических ресурсов Южного Приаралья. Нукус-2010. -С. 69-70.

5. Jumanov D., Rizayev A. Suv va ozuqa rejimlarining g’o’za hosildorligiga ta’siri. “O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli”. Samarqand. 2007. B. 35-37.

6. Mavlonov D., Hamdamov A. G’o’za hosildorligiga kul’tivatsiyalash va sug’orishning ta’siri. “O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli”. Samarqand. 2007. B. 24-26.

7. Masharipov U., Oripov R. Oraliq ekinlardan “yashil o’g’it” sifatida foydalanilganda g’o’za hosildorligi. “Agrar fan yutuqlarida talabalarning ishtiroki”. Samarqand. 2010. B.5-7.

8. Matkarimov O’. Tuproqlar kimyoviy ifloslanishining ekologik holatiga ta’siri. Toshkent. 2007. “Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari” Toshkent. 2007. B.218-220.

9. Mo’minov K., Mahmadmurodov A. Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlarda tamaki yetishtirish asoslari. Samarqand. 1998. 54-b.

10. Niyozaliyev B.I., Ibrohimov N. N., Xayitboyev X. X. Organik-mineral komposblarni tayyorlash va g’o’za ekinida qo’llash. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. T., 2000. B. 30.

11. Ostonaqulov T. E. Mustaqillik yillarida Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taminlash muammolari. «Проблемы сохранения агробиоразнообразия, его роли в развитии АПК, достижения продовольственной безопасности и устойчивости окружающей среды». Самарканд. 2012. – С. 8- 12.

12. Qashqarov A., Qashqarov N., Qashqarova K. Almashlab ekishda paxta yetishtirish texnologiyasi. T: 1991. 115 bet.

13. Ravshanova N. O., Atamurodova M. A. Dukkakli don ekinlaridan keyin ekilgan bug’doyning hosil strukturasiga ta’siri. «Проблемы сохранения агробиоразнообразия, его роли в развитии АПК, достижения продовольственной безопасности и устойчивости окружающей

среды». Самарканд. 2012. С. 89-92.

14. Samanov Sh., Masudov X., Xatamov S. Tuproq muhofazasi shu kunning dolzarb yo’nalishi. “Agrar fan yutuqlarida talabalarning ishtiroki”. Samarqand. 2010. B. 7678.

15. Sulaymonov G’., Sanaqulov A. Oziqlantirish sharoitlarini urug’lik g’o’zaning o’sishi, rivojlanishiga ta’siri. “Agrar fan yutuqlarida talabalarning ishtiroki”. Samarqand. 2010. B.. 7-9.

16. Turopov S., Oripov R. Oraliq ekinlar va g’o’za hosildorligi. “O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli”. Samarqand. 2007. B. 63-65.

17. Xasanov F. Влияние комплексного применения агротехнических приемов на урожайность хлопчатника. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. T., 2000. B. 100-101.

18. Xayriyeva N., G’aniyevU., Muminov K. M. Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlarda mineral o’g’itlardan samarali foydalanish. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. T., 2000. B. 166-167.

19. Xo’jaqulov V., Xudoyqulov O. G’o’za navlari hosildorligiga ozuqa rejimining ta’siri. “O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli”. Samarqand. 2007. B.. 75-77.

20. G’afurova L., Maxsudov X. Tuproqni muhofaza qilish – hozirgi zamonning jahonshumul muammosi. “Orol dengizi havzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari. T., 2002. B. 27-38

21. G’aniyev S. Mineral o’g’itlar va atrof-muhit muhofazasi. “Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari” Toshkent. 2007. B. 211-212. 2021.

22. Sharipov Sh. Tuproq unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar va uning oldini olish choralari. “Проблемы рационального использования и охрана биологических ресурсов Южного Приаралья. Нукус-2010. -С. 73.



23. Cho’liyeva M., Mo’minov K. eroziyaga uchragan yerlarda g’o’zani o’g’itlash asoslari. “O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli”. Samarqand. 2007. B. 50-52.

ILOVALAR
Katalog: attachments -> article -> 6675
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 97.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik