O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»



Download 97.53 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2017
Hajmi97.53 Kb.
  1   2   3   4   5

Aim.uz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti

«Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»kafedrasi



Tuproqning ekologik muhitiga almashlab ekishning ta’siri

«5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun



BITIRUV MALAKAVIY ISh

Ilmiy rahbar_____dots. .

«____»_________2013 y.

Bitiruv malakaviy ish Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2013yil «___»_____ dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (_______-bayonnoma).

Kafedra mudiri ________dots
Bitiruv malakaviy ish YaDAK ning 2013 yil «___»________dagi majlisida

Himoya qilindi va ____ball bilan baholandi (____-bayonnoma).

YaDAK raisi: ___________
Samarqand -2013

«______»________2013 y.



MUNDARIJA bet

KIRISH …………………………………………………………………………….3

1. ADABIYOTLAR SHARHI……………………………………………………..5

1.1. Ekinlarning potensial imkoniyatlari va o’stirish texnologiyasini takomillashtirish yo’llari..........................................................................................5

1.2. Almashlab ekish yerdan to’g’ri foydlanishning asosiy usulidir...................14

1.3. Almashlab ekish dalalarni tabaqalashtirilgan chuqurlikda haydash............22

2. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI…………….......36

2.1.Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………………...36

2.2.Tadqiqot obyektlari…………………………………………………………...37

2.3. Tadqiqot uslublari............................................................................................ 38

3. TADQIQOT NATIJALARI.......................................................39

3.1. Tuproqlarning agrokimyoviy xarakteristikasi............................................39

3.2. Almashlab ekishda organik va mineral o’g’itlardan foydalanish...................40

3.3. Tuproqni muhofaza qilishda almashlab ekishning ahamiyati.....................50

XULOSALAR…….................................................................................................54

TAVSIYALAR........................................................................................................56

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............................................57

ILOVALAR……….................................................................................................60



K I R I SH

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida aholini turmush sharoitini yaxshilashga, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish masalasiga hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda.2012 yilning 19- yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ”2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” ga bag’ishlangan majlisida Prezident I.A.Karimov o’z ma’ruzasida ”O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,3 % ni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir”- deb ta’kidlab o’tgan edi [1].

2011 yilning o’zida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish o’tgan yillarga nisbatan 6,6% ga ortgan. Mamlakatimizda o’tgan yili 6 mln 800 ming tonna g’alla, 3 mln 500 ming tonnaga yaqin paxta, 8 mln 200 ming tonnadan ortiq sabzavot va poliz, qariyb 3 mln tonna bog’dorchilik mahsulotlari yetishtirilgan.Shu bilan birga, 6 mln 600 ming tonna sut, 1mln 500 ming tonnadan ortiq go’sht, 3 mlrd 500 mln donadan ziyod tuxum tayyorlangan[11].

Zamonaviy dehqonchilik tizimida g’o’za, g’alla va boshqa yo’ldosh ekin turlarining tez pishar, ser hosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli raqobatbardosh navlarini yaratish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Bu vazifa seleksioner olimlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

G’o’za qator oralariga kuzgi bug’doy ekish texnologiyasi errigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarda bug’doy yetishtirish xususiyatlari, ang’izdagi samonni yoqishni salbiy oqibatlari bo’yicha so’nggi yillarda bir qator yangi ishlanmalar yaratildi va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish sezilarli amaliy natijalar berishi kutilmoqda.



Tadqiqot maqsadi. Ushbu ishni bajarishdan maqsad tuproqning ekologik sog’lomlastirishning asosiy usullaridan biri almashlab ekishni joriy qilish vauning agrotexnologik ahamiyatini o’rganishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari. Ishning oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:

- almashlab ekishda ekinlarning o’stirish texnologiyasini takomillashtirish yo’llari;

- almashlab ekish tuproqdan to’g’ri foydalanishning asosiy usuli ekanligini o’rganish;

- almashlab ekish dalalarini tabaqalashtirilgan chuqurlikda haydash usullarini o’rganish;

- turli xil almashlab ekish sxemalarida o’g’itlashning tuproq ekologik muhitiga ta’sirini o’rganishdan iborat.

Tadqiqot natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati.

Qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligini saqlash va uning ekologik muhitini yaxshilash tadbirlaridan biri almashlab ekishni joriy etish bo’lib muhim ilmiy ahamiyatga ega.Almashlab ekishni joriy qilish va qishloq xo’jaligida amalga oshirish muhim agrotexnologik tadbirlardan bo’lganligi uchun katta amaliy ahamiyatga ega.



Ishning tuzilishi va hajmi.Ushbu malakaviy bitiruv ishi-60 sahifadan iborat bo’lib, kirish 3 ta bo’lim, xulosalar va 23 ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishda ta 4 ta jadval va 2 ta rasm mavjud.

1. ADABIYOTLAR SHARHI

1.1. Ekinlarning potensial imkoniyatlari va o’stirish

texnologiyasini takomillashtirish yo’llari.

G’o’zani sug’orishning ilmiy asosdagi rejimi paxta hosildorligini qariyib ikki baravar oshirish imkonini berib, u gektar boshiga 20 sentnerni tashkil etdi. Kelajakda paxta hosildorligini oshirish bo’z tuproqlarning tabiiy namligiga bog’liq bo’lib, bu ’’O’zpaxtachilik’’ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (O’zPITI) ning 60 yillik malumotlariga qaraganda u gektar boshiga 15 sentnerni tashkil etadi. Shunga ko’ra paxtadan yuqori hosil olish uchun yerlarga turli mineral o’g’itlar solishga to’g’ri keldi. Shunday qilib, paxta hosildorligini oshirishda eng muvofiq omil mineral o’g’itlar sanalib, bu urushdan oldingi 40-yillarda gektar boshiga 30 sentner atrofida hosil olish imkonini berdi. Shundan etiboran paxta hosildorligini oshirish uchun juda kata ishlar amalga oshirildi; yerga solinadigan o’g’itlar miqdori 2 baravarga oshirildi, paxta yetishtirish texnologiyasi takomillashtirildi, g’o’za parvarishidagi deyarli hamma ishlar mexanizatsiyalashtirildi (g’o’zani sug’orish bundan mustasnodir). Lekin paxta hosildorligi keyingi yarim asr davomida ko’paymay ilgarigi darajada qolaverdi [12].

Buning sabablarini keying ikki yil davomida O’zPITI va O’zbekiston FA ekisperimental biologiya inistetuti tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga asosan aniqlashga muvaffaq bo’lindi. Ya’ni g’o’zalar gidroponika usulida o’stirilib barcha sabablarni aniqlashga erishildi.

G’o’zani yangi usulda o’stirishning mohiyati shundan iboratki, bunda o’simlik suv va oziq moddalar bilan muntazam ravishda taminlanadi. Buning uchun vegetatsion idishlarga tosh yoki inert materiallar to’ldiriladi, ustiga esa bir qavat qum solinib, unga g’o’za nihollari joylashtiriladi. O’simlikning ildiz sistemasi joylashgan zonasiga soat sayin oziq moddalardan iborat eritma berib turiladi. O’simlikning oziq moddalar, suv va havo bilan tuxtovsiz taminlanib turishi uning o’sish hamda rivojlanishining jadal borishiga imkon yaratadi va paxta hosildorligini keskin oshiradi. Bunda o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan zonaga suv va oziq eritmalar bilan birga havoning doimiy ravishda kirib turishi muhim ahamiyatga ega .

Bu g’oya quyidagilarga asosan izohlanadi. Gektar boshiga 200 sentnerni tashkil etadigan hosil yozgi vegetatsiya davri hisobiga olinadi. Agar g’o’za teplitsa sharoitida o’stiriladigan (kuz-qishki va bahor faslida ) bo’lsa paxta hosili o’z -o’zidan ikki baravar ortishi va u har gektardan 400 sentnerni tashkil etishi kerak. Lekin o’simlikda kechadigan fotosintez jarayonini tungi soatlarda ham davom ettirishga majbur etilsa, u holda hosildorlik yana ikki baravarga oshib, gektar boshiga 800 sentnerni tashkil etishi mumkin[14].

G’o’zani gidroponika usulida o’stirshda qo’llaniladigan M. A. Belousov tomonidan g’o’zani ildizi orqali oziqlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyada vitaminlar va organik kislatalar hisobiga olinmagan, qaysiki, ular keyingi yillarda olib borilgan kuzatish natijalariga qaraganda har qanday o’simlikning normal oziqlanish uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Shularning hisobiga ham paxta hosildorligi oshib, bu miqdor nazariy jihatdan gektar boshiga 1000 sentner atrofida bo’lishi kerak. Bunda albatta ikki holatni eslatishga to’g’ri keladi.

Birinchisi–akademik S.I.Vavilovning hayot davrida yorug’lik beradigan lampochkalar bunyot etilib, ular spektri bo’yicha quyosh yorug’ligidan qolishmagan edi.

Ikkinchisi-akademik Konstantinov o’ttizinchi yillardayoq fotoperiodizm, ya’ni tunni va kunduzini navbatlanishi g’o’zaning yovvoyi ajdodlari uchun albatta shart deb hisoblangan edi. Chunki o’simlik kun va tun o’zaro navbatlanmasa, vegatatsiasini davom ettiradi, lekin u reproduktiv fazasiga o’ta olmaydi va fotoperiodizm jarayoni g’o’zaning tezpishar navlarida vegetatsiya davri qisqarib borgan sari asta-sekin o’z ahamiyatini yo’qotadi. Chunki g’o’za vegetatsiya davrini davom ettirishi va hosil berishini uzoq davom etadigan yorug’lik sharoitida va hatto to’xtovsiz yoritilganda sodir qilishi mumkin.

G’ozani sanoat asosida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha g’oya o’sha paytlarda yuqori tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi va bu xildagi tadqiqotlar uchun zarur b’lgan moddiy sharoitlar yaratib berilmadi. Bu g’oya professor Moshkovni o’ziga jalb etdi. Bu konsepsianing nazariy asoslari quyidagilardan iboratdir. Har qanday o’simlik turida hosildorlik fotosintez jarayoni mahsuli hisoblanadi. Masalan, quruq holatda yoqilgan o’simlikdan hosil bo’ladigan 5%li kul moddasi uning ildizi orqali oziqlantirishda bunyod etgan mahsuli bo’lib, qolgan, ya’ni yoqilgan paytida yo’qotilgani, fotosintez mahsuli hisoblanadi va u 95%ni tashkil etadi. Shunga ko’ra ekinlar hosilini faqat fotosintez jarayoni ixtisosini to’liq egallagan holda keskin oshirish mumkin bo’ladi.

Bunday muvafaqqiyatga professor Moshkov o’simlikni uzoq muddat davomida (kechayu-kunduz) yorug’lik bilan ta’minlab, uni ildizi orqali muntazam oziqlantirgan holda gidroponika usulida o’stirish yo’li bilan erishdi. O’simlikni ana shu usulda o’stirish yorug’lik kulturasi nomini oldi. Bunda olingan natijalar kutilgandan ham ortiq bo’ldi: boshoqli don ekinlari hosili gektar boshiga 180 t danga, sabzavot ekinlariniki esa 1800 t dan to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkich keyingi yillarda Davlat nav tarmog’i uchastkalarida ayrim hollarda yetishtirilgan yuqori darajadagi hosildorlikdan va bevosita ishlab chiqarish sharoitida olinayotgan rekord hosildan ham bir necha baravar yuqoridir Prjevalskiyda gektar boshiga 100 sentner, Ukrainada va boshqa mamlakatlarda gektariga 80 sentner atrofida don hosili olinmoqda.

Sun’iy yorug’lik sharoitida yetishtirilgan rediska hosilining pishib yetilishi dalada yetishtirilgan rediskanikiga qaraganda ikki-uch baravar jadal bordi va o’simlikning hamma qismini yesa bo’ladigan, tarkibidagi askorbin-vitamin “C” miqdori yuqori darajada bo’ldi. Shuni ham aytish kerekki, o’simliklarni yorug’lik kulturasida yetishtirish yo’li bilan ham tobora ortib borayotgan aholining normal darajada oziqlanishini to’liq ta’minlasa bo’ladi. Ma’lumki quruqlikning juda oz qismi dehqonchilik qilish uchun o’zlashtirilgan. Shunga ko’ra kishilik jamiyati oldida yer shari quruqligining yana bir katta qismini o’zlashtirish vazifasi turibdi.

Balki, vaqti kelib, suv sathidan ham hosil yig’ib olinishi mumkin bo’lar. Chunki anchadan beri tadqiqotchilar o’simliklarni suv kulturasida yetishtirishni tajriba qilib ko’rmoqdalar. Dengiz va okeanlar yer sharining uchdan ikki qismini tashkil etishini nazarda tutadigan bo’lsak, suvning cheksizligini tasavvur etish qiyin emas[18].

Agar insoniyat xohlasa havodan ham hosil yig’ib olishi mumkin. Buni atroponika usulida hosil yetishtirayotgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlari to’la tasdiqlamoqda. Chunki o’simlik oziq moddalar va suvni o’zining hamma organlari orqali: ya’ni poyasi, barglari va ildizi orqali o’zlashtiradi. Havoga ilib qo’yilgan har qanday o’simlik o’simtasiga oziq eritmasi 5 minut oralatib purkab turilsa u normal rivojlanadi va normal darajada hosil beradi.

Yuqoridagi tadqiqotlardan ko’rinib turibdiki, yaqin kelajakda oziq-ovqat mahsulotlarini sun’iy usulda yetishtirish masalasi yo’lga qo’yiladi. Bunda olingan mahsulotlar tabiiy sharoitda-yerda yetishtirilgandagiga qaraganda sifat jihatidan yaxshi bo’lishi mumkin. Buni ayni paytda ikra, guruch va kartoshkani sun’iy yo’l bilan yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqilganligi va uni joriy etilganligi to’liq tasdiqlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sun’iy usulda yetishtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari mamlakatimizda tashkil etilgan maxsus institutlar tomonidan keng ko’lamda olib borilmoqda[2].

Gidroponikaning amaliy jihatdan ahamiyati shundan iboratki, bu metod o’simlikning dala sharoitida oziqlantirishda jiddiy kamchiliklar borligini ko’rsatdi. Jumladan, g’o’zaning ildizi orqali oziqlanishiga talabi doimiy bo’lmay, balki qisqa muddat, ya’ni sug’orilgan kuni va sug’orilgandan keyin bir necha kun davomida 5-10 kungacha ehtiyoj sezadi. Boshqa paytlarda esa suvga va oziq moddalarga bo’lgan talabini kuchli darajada rivojlanadigan ildiz sistemasini jadallashtirish bilan qondiradi. Bunda ildiz sistemasini shakillantirish uchun o’simlik ko’plab energiya va oziq moddalarni hosildorligi hisobiga sarflashga majbur bo’ladi. Masalan, adabiyotlardan ma’lumki, bug’doy ekinining bir tupi suv va oziq moddalar izlab, juda katta sathni (16m2) tashkil etadigan o’zlashtiruvchi ildiz sistemasini tashkil qiladi.

G’o’za va boshqa ekinlarni o’stirish texnologiyasini takomillashtirish borasidagi vazifa dalaning tabiiy sharoitida o’simlikning ildizi orqali surunkasiga oziqlanishini tamin etishdan iboratdir. Buning uchun suv bilan havo o’rtasidagi antogonizmga (qarama-qarshilikka) bardosh berishga to’g’ri keladi. Dalada tuproq haddan tashqari namiqadigan bo’lsa, bu hol tuproqni kuchli darajada zichlanishiga olib keladi. Bu masalani maxsus o’rganish (Bekarevich va Gorbunov) shunga olib keldiki, ekinni sug’orish jarayonida tuproq havo to’lqinidek changlashib ketadi va qurigandan keyin kuchli darajada zichlashib qotib qoladi. Suvda bo’lgan tuproq agregatlari kapellyar yo’llar orqali har tomonidan namlanadi va unga havo kirishi uchun joy qolmaydi. Lekin havo tuproq agregatlarining kapillyar oqimini hamma vaqt siqib turavermaydi, vaqt o’tishi bilan havoning siqish kuchi tuproq zarrachalarining bir-birini tortib turish kuchidan ustunlik qiladi va shunda agregatlarning mexanik elementlari ajralib ketib, quriganidan so’ng suv kirishi mumkin bo’lmagan qattiq massaga aylanadi. Agar tuproq agregatlarini bir tomondan namiqtiriladigan bo’lsa (kapillyar oqimi bo’yicha), u vaqitda havo asta-sekin undan chiqib ketadi va tuproq zarrachalari maydalashib zichlashib qolmaydi. Shunga ko’ra tuproq sug’orishdan keyin ham o’zining yumshoq holatini saqlab qoladi va tuproqning dastlabki yumshoq holatini tiklash maqsadida kultivatsiya qilish qator oralariga ishlov berish yoki chopiq qilib yumshatishga hojat qolmaydi[9].

Bu holni G.I. Pavlov samarasi deb nomlanuvchi tajriba orqali ko’rsatish mumkin. Bu tajribaning mohiyati shundaki, oldindan kapillyarlar orqali namiqtirilgan tuproq agregatlari egatlar orqali yoki hatto yoppasiga bostirib sug’orilgandan keyin ham o’zining dastlabki yumshoq holatini saqlab qoladi. Bu xildagi tajribalar 1940-1941 yillarda o’tkazilib, bunda suv chuqur olingan egatlar orqali juda past oqimda jildiratib oqizildi. Bunday sug’orishdan keyin kultivatsiya va chopiq qilish kabi yo’llar bilan qator oralariga ishlov berish o’tkazilmadi, faqatgina kultivatorning oldingi bitta organi bilan suv oqizilgan egat tubi yumshatildi.

G’o’zalar chuqur olingan egatlar orqali past oqimda jildiratib sug’orilganda tuproq zichlashmaydi, o’zining dastlabki yumshoq holatini saqlab qoldi va qator oralariga ishlov berishga hojat qolmadi. Bu esa o’z navbatida oziq moddalarni to’plashi uchun maqbul sharoit yaratdi. Bularning hammasi g’o’zani odatdagi usulda o’stirishdagiga qaraganda kam mehnat va mablag’ sarflash bilan yuqori hosil olish maqsadida o’tkazildi.

Qishloq xo’jaligini rivojlantirishda erishilgan zamonaviy fan yutuqlari tuproqni kapillyarlar orqali namiqtirish muammosini hal etish imkonini berib, bunda ekinni yomg’irlatib va tuproq ostidan sug’orish kabi takomillashtirilgan usuldan foydalangan holda o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamni muntazam namiqtirib turish va tuproqning dastlabki yumshoq holatini saqlab turishga erishiladi. Ana shu sug’orish usullaridan eng istiqbolli va yaqin kelajakda keng tarqaladigani ekinni yomg’irlatib sug’orishdan iborat bo’ladi. Sug’orishning bu usuli “Paxta orol” sovxozida anchadan beri muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilib kelmoqda va Toshkent viloyatining Chirchiq daryosi sohillarida o’tkazilgan tajribalarida juda yaxshi natijalarni berdi. Ana shu sharoitda tuproq profilining o’ziga xos tuzilishi sug’orishni kichik normada gektariga 400-500m3 suv sarflab o’tkazish imkonini berib, bu miqdor suv sug’orish oraliqlaridaqurib qoladigan tuproqning 40-50 sm li qatlamini namiqtirib turish uchun bemalol yetadi. Tuproqning bundan pastki qatlami esa odatda suv bilan yetarli darajada to’yingan bo’ladi va uni namiqtirish uchun hojat qolmaydi[19].

Professor N. F. Bespalov tomonidan Mirzacho’lning och tusli bo’z tuproqlarida olib borilgan kuzatish ishlariga qaraganda, bunda tuproqning mexanik tarkibi chuqur qatlamidan boshlab yiriklashib boradi, chunonchi, tuproq zarrachalari tuproqning yuza qatlamida changsimon mayda zarrachali bo’lgani holda pastki qatlamida mexanik elementlari yiriklashib boradi. Bunda tuproq kapillyarlari yuqoriga qarab torayib, pastki tomoniga qarab esa kengayib boradi. Ana shu kapillyarlar orqali tuproqning 2,5 m chuqurligida bo’lgan sizot suvlari ko’p miqdorda (vegetatsiya davri mobaynida gektariga 10000 m3 gacha) ko’tariladi va g’o’zaning ildiz sistemasi joylashgan qatlami to’liq nam sig’imidagi holatda bo’ladi. Bunda faqat tuproqning haydalma qatlami qurib qolishi mumkin bo’lib, uni nam holatda saqlab turish uchun gektar boshiga 400-500 m3 miqdorida suv berib turish kifoya qiladi. Bu xildagi yomg’irlatib sug’orish DDA turidagi yirik tomchilab sepadigan mashinalar yordamida bajariladi.

Bunday mashinalar sizot suvlari 2,5 m chuqurlikda joylashgan yerlarda qo’llanilganda katta samara berdi, tuproqning mexanik tarkibi uning profili bo’yicha bir xil bo’lgan yerlarda qo’llash esa aksincha foydasiz bo’ldi. Bu xildagi tuproqlarda o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamga nam mayda kapillyarlar orqali harakatlanib, butun mavsum davomida gektariga 1000 m3 miqdorida ko’tariladi va sug’orishlar oralig’ida tuproqning ildiz sistemasi joylashgan butun qatlami (1 m gacha) qurib qoladi. Yomg’irlatish mashinasi bilan gektar boshiga 400-500 m3 suv berilgandan keyin yerning ustki qatlami qurib chang holatga keladi, zichlashadi va keyinchalik yomg’irlatib berilgan suv tuproqqa singmasdan uning yuzasi bo’ylab oqib ketadi.

Mazkur muammo endilikda g’o’zani “Fregat”, “voljanka” turidagi va suvni purkab yog’diradigan boshqa mashinalar yordamida sug’orish orqali hal etildi. Suv mayda tomchilar holida, yomg’irlatish mashinasining aylanib turadigan ish organi yordamida vaqti-vaqti bilan berilganda tuproq yuzasidagi tuproq agregatlari buzilishining oldi olinadi va ular changlanib ketmaydi. Tuproqning ustki qatlami hamisha yumshoq holatida bo’ladi va ekin yomg’irlatib sug’orilganda tuproqning ildiz sistemasi joylashgan qatlam yetarli darajada namiqadi.Shunga ko’ra ekinni dispers holda purkab yomg’irlatadigan mashinalar yordamida sug’orish paxtachilikda keng ko’lamda yoyilishi shubhasiz.

Ekinni yomg’irlatib sug’orish usulini keng tarqalishiga qarshilik qilayotganlarning fikricha, bunda ko’plab suv bug’lanib ketadi, ya’ni tuproqqa juda kam miqdorda yetib keladi. Keyingi yillarda olib borilgan kuzatishlarga qaraganda, bu xildagi shubha haddan tashqari bo’rttirib ko’rsatilgan bo’lib chiqdi. Chunki ekin yomg’irlatib sug’orilganda isrof bo’ladigan suv 10-15 % ni tashkil etadi, bu miqdor suvni egatlar orqali berishdagi bekorga sarflanadigan suv miqdoriga deyarli teng keladi. Agar yomg’irlatib sug’orishda sug’oriladigan daladan tashqariga chiqib ketadigan tashlama suv bo’lmasligini inobatga oladigan bo’lsak, yomg’irlatib sug’orishda suvning anchagina qismi iqtisod bo’lishi o’z-o’zidan ma’lum. Chunki ekin egatlar orqali sug’orilganda ko’plab suv kollektorlarga oqib ketadi va sug’orish egatlariga kelgunga qadar ham bir qismi tuproqqa sizib bekorga isrof bo’ladi[20].

Yomg’irlatib sug’orish bir qator agrotexnik va iqtisodiy jihatdan ham samarali hisoblanadi. Chunki yomg’irlatib sug’orishda mehnat unumdorligi bir necha baravar ortadi va suvchilar kasb kasalliklari (bod va hokazo) dan holi bo’ladilar, qator oralariga ishlov berishdagi moddiy xarajatlar anchaga tejaladi. Yomg’irlatib sug’orishdan keyin hosil bo’ladigan qatqaloqni yo’qotish uchun tuproq 3-5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi va kultivatorning ishlash kengligi ikki-uch baravarga oshirilishi mumkin, oxiri o’simlik barglaridagi changing yuvilishi fotosintez jarayoni uchun maqbul sharoit yaratadi va assimilyatlarning hosil elementlari tomon oqishini kuchaytiradi, bu esa hosilning pishib yetilishini tezlashtiradi[5].

Yomg’rlatib sug’orishning afzalligini hisobga olgan holda sobiq VASXNILning O’rta Osiyo bo’limi 1987 yil iyul oyining boshlarida ekinlarni yomg’irlatib sug’orish usulini butun O’rta Osiyo regioni bo’yicha keng qo’llash uchun tavsiya etishga qaror qildi va regionga ko’plab yomg’rlatish mashinalari hamda ularning zapas qismlarini keltirish bo’yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qildi.

Lekin bunda ham ekinni yomg’irlatib sug’orish o’simlikni ildizi orqali doimiy ravishda oziqlantirib turish muammosini hal eta olmaydi. Chunki suv va oziq moddalarni o’simlik ildiziga yetkazib turish vaqti-vaqti bilan xuddi ekinni egatlar orqali sug’orishdagi kabi amalga oshiriladi.Shunga ko’ra o’simlikni ildizi orqali doimiy ravishda oziqlantirish masalasi tuproq ostidan sug’orish yordamida hal etilishi lozim. Shulardan ekinni tuproq ostidan va kapillyarlar orqali sug’orish bir muncha keng qo’llanilgan hamda yaxshi natijalar bergan. Lekin ularning har qaysisining ham o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.

Tuproq ostidan sug’orish unchalik katta bo’lmagan tarixga ega. O’ttizinchi yillardayoq professor Rediger tuproq ostidan sug’orishning xilma-xil turlarini sinab ko’rdi. Kuchli darajada namiqqan tuproqlarda diametri 5 sm li maxsus asbob yordamida haydov chuqurligida kanalcha hosil qilindi. Vegetatsiya davri mobaynida kanalcha orqali suv berilib, o’simlik ildiz sistemasi joylashgan zona tuprog’i kapillyarlar orqali namiqtirilib turildi. Bunda tuproq yaxshi namiqdi va o’zining yumshoq holatini saqlab turdi. Ekinlarni bu usulda sug’orish organik moddalarga boy va sizot suvlari yer betiga yaqin joylashgan tuproqlar uchun juda mos keladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan va tarkibida chirindi kam saqlangan tuproqlarda hosil kanalchalar yoz davomida bir-ikki galgi sug’orishdan keyinoq tuproq bilan to’lib qoldi. Sunga ko’ra Rediger ijod etgan g’o’ya keng tarqalmadi.

Tuproq ostidan sug’orish bir qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Chunonchi sug’orish quvirlariga filtrlangan suv berishiga qaramay ular ham asta-sekin loyqalandi va quvirlarni tozalash uchun kata xarajat qilishga to’g’ri keladi. Sug’orishning bu usulini agrotexnika jihatidan kamchiligi shundan iboratki, bunda kapillyarlar pastdan yuqoriga ko’tariladigan suv oqimi tuproqning ildiz sistemasi joylashmagan yuza qatlamiga o’zi bilan oziq moddalarni olib chiqadi va tuproqni sho’rlanishga olib keladi[6].

Keyingi yillarda olib borilgan kuzatishlarga qaraganda, ekinlarni yomg’irlatib sug’orish tuproq ostidan sug’orishning hamma turlari ichida eng samaralisi bo’lib, u kelajakda ishlab chiqarishda keng joriy etiladagan usullardan biri bo’lib qoladi. Chunki bu usul tuproq ostidan sug’orishning hamma xususiyatlariga ega bo’lib, u o’simliklarni suv va oziq moddalar bilan surinkasiga ta’minlab turish imkonini beradi. Tuproq kapillyarlar orqali namiqtirilganda u yumshoq holatini saqlab qoladi va pastki oqim bo’yicha singib borayotgan suv oziq moddalarni o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan zo’nasiga olib tushadi, demak, sh bilan tuproqning ustki qatlamini sho’rlanishning oldini oladi. Bunda o’rnatilgan naylarning yer betiga chiqarib qo’yilganligi ularni tiqlib qolganda tozalash ishlarini anch osonlashtiradi[21].

Tuproqning yumshoq va nam bilan yetarli miqdorda taminlanishi, yani unda suv,oziq moddalari va havoning doimiy bo’lishi denitrifikatsiya jaroyonida azotning havoga uchib nobud bo’lishining oldini oladi. Shunga ko’ra Tojgistonlik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar g’o’za tomchilab sug’orilganda o’simlikning azotdan foydalanish koyffisenti birga yaqin keladi. Bu g’o’zani odatdagi usul-egatlar orqali sug’irishdagi azotli o’g’itlardan foydalanish koyffisentiga qaraganda ikki baravarni tashkil etadi.

Ekinlarni yorug’lik kulturasida o’stirish hayoliy natijalar berganligiga qaramay hozircha bu usulni amalda qo’llab bo’lmaydi va u ma’lum vaqtni talab etadi.

Quyosh enirgasidan mumkin qadar to’liq foydalanish ma’lum darajada qiziqish uyg’otib, u “yashil revolyutsiya” deb nomlanuvchi yigirmanchi asrdagi ilmiy tadqiqotlarga o’simlikshunoslikni olib kirdi. Masalaning mohiyati shundaki, bunda ekinlar hosildorligini eng ko’p sinab ko’rilgan yo’l, yani o’g’itlarning, shu jumladan meniral o’g’itlarning yuqori normasini qo’llash bilan oshirish ko’zda tutiladi. Lekin o’g’itlar yuqori normada ishlatilganda o’simlik juda kuchli vegitativ massa hosil qilib,o’z-o’zini soyalab, fotosintez jarayonini susaytirib yuboruvchi barglar bilan qalin qoplanadi. Natijada o’simlik ko’pincha yerga yotib qoladi va yuqori darajada hosil bermaydi. Bu xildagi qarama-qarshilikni yo’qotish uchun o’simlikning past bo’yli formalaridan foydalanish muljallanadi.Bu usul bog’dorchilik va g’alachilikda o’zini oqlay oldi. Bog’dorchilikda past bo’yli meva daraxtlarini ko’paytirish hosilni sezilarli darajada oshishiga va sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Bug’doyning poyasi yug’on, qisqa va yerga yotib qolmaydigan navlarini ekish hamda ularni unumdorligi yuqori bo’lgan fonda o’stirish gektar boshiga 100 sentnergacha don yetishtirish imkonini beradi[7].

Paxtachilikda ana shu texnologiyaga o’tish masalasi qo’yidagi masalalarni hal etish yo’li bilan amalga oshirilishi kerak.

ekinlarni to’proq ostidan yoki yomg’irlatib sug’orishlarni o’rganish;nol tipida shoxlaydigan g’o’za navlarini yaratish; ko’chat qalinligiga zich bo’lgan paxta hosilini yig’ib olishni mexanizatsiyalashtirish.



Katalog: attachments -> article -> 6675
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 97.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik