O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,77 Mb.
bet1/5
Sana25.06.2017
Hajmi0,77 Mb.
#15499
  1   2   3   4   5





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti

“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasi

Mekkamova Umida Shomurotovna
ZARAFSHON QO`RIQXONASI EKOTIZIMNING AVTOTROF

KOMPONENTLARI
«5850200-Ekologiya va tabiatdan foydalanish»ta`limy o`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:________dots.SultanovM


Bitiruv malakaviy ishi “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2013_yil “__”_________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № ______).


Kafedra mudiri ___________dots.Boymurodov H.T.
Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2013_yil “___”____________dagi majlisida himoya qilindi va _______ ball bilan baholandi (bayonnoma № ______).
YaDAK raisi:_______________________

Samarqand-2013



<<______>>______2013 y

Mundarija.

Kirish......................................................................................................3

1.Adabiyotlar sharhi ….........................................................................7

1.1.O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan qo'riqxonalar haqida malumot...................................................................................................7

1.1.1. Hisor qo’riqxonasi.........................................................................7

1.1.2. Baday-to'qay davlat qoriqxonasi..............................................12

1.1.3. Zomin davlat qo'riqxonasi……………………………………..13

1.1.4. Qizilqum davlat qo'riqxonasi………………………………….14

1.1.5. Nurota davlat qo'riqxonasi…………………………………….16

1.1.6. Surxon davlat qo'riqxonasi…………………………………….17

2.Tadqiqot sharoitlari ob’ekti va uslublari………………………… 19

2.2. Zarafshon Davlat qo'riqxonasinig tashkil etish tarixi................19

2.3.Zarafshon Davlat qo'riqxonasinig fizik-geografik xususiyatlari.23

2.4.Tadqiqot ob’ekti va uslublari…………………………………… 25

3.Tadqiqot natijalari………………………………………………… 27

3.1. Zarafshon davlat qo’riqxonasidagi o’simliklarni

o’rganish tarixi.................................................................................27

3.2.O’simliklarni dominantlik asosida

assotsiatsiyalarga taqsimlanishi………………………………….38

3.3..Daraxtlar..........................................................................................38

3.4.Buta va butachalar...........................................................................50

3.5.Bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o't o'simliklar......................... 53

3.6.Zarafshon qo’riqxonasida o’sadigan ayrim noyob

o'simliklarning bio-ekologiyasi va ahamiyati................................57

3.7.Ekotizimning hozirgi holati va qo'riqxonaning vazifalari..........62

Xulosalar.................................................................................................65 Tavsiyalar................................................................................................66

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................67
Kirish:

Mavzuning dolzarbligi: 1998-yilda bioxilma-xillikni saqlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi va harakat dasturi qabul qilinib O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan maqullandi.

Bioxilma-xillik o’zi nima? O’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlar xilma-xilligi shu tirik organizmlar turlari biosferaning asosi hisoblanadi. Shu orqali har bir ekotizimda energiya oqimi ozuga zanjirlari zamon va makonda turlar xilma-xilligi, biogen moddalar aylanmasi shakllanib amalga oshiriladi. Evolutsiyon jarayonda ekotizimlarda tashqi va ichki omillar ta’sirida tirik organizmlar jamoalari doimo o’zgarib turadi va rivojlanadi. Ekotizimlardagi bioxilma-xillikni 3 ta darajada o’rganiladi va tahlil qilinadi. Birinchi daraja-turlar xilma-xilligi. Bunda hayvonlar, o’simliklar, zamburug’lar va mikroorganizmlar turlari o’rganilib tahlil qilinadi.Ikkinchi daraja-genetik xilma-xillik. Bunda barcha tirik organizmlarning genetik xususiyatlari va genofondi o’rganiladi va tahlil qilinadi.Uchinchi daraja-ekotizimlar xilma-xilligi. Bunda ekotizimlar xilma-xilligi o’rganiladi va tahlil qilinadi.

O’zbekiston Respublikasida o’simliklar olamini muhofaza qilish haqida Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 26-dekabrda “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan:

O’zbekiston Respublikasida o’simliklar dunyosini huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy tartibi 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun bilan tartibga solingan. Jumladan o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun tabiiy sharoitda o’sadigan o’simlik dunyosini, shuningdek takror yetishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi[1].

O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.

-floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish;

-tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish;

-o’simlik dunyosidan oqilona ofydalanishning va uni takror yetishtirishni ta’minlash.

-yuridik va jismoniy shaxslarning o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.(Qonunning 2-moddasi).

O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risadi qonuning 6-7-moddalariga ko’ra o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va mahsus bo’lishi mumkin.

O’simlik dunyosi obyetlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda bepul amalga oshiriladi.

O’simlik dunyosi ob’ektlari mahsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatining va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida berib qo’yiladi.

Qo’riqxonalar, qo’riqlanadigan joylar va tabiat yodgorliklarida o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan o’simlik turlarini tayyorlash man etiladi.

O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan o’simlik turlaridan foydalanish ular bilan (ularning qismlari yoki faoliyat mahsullari bilan) savdo qilish, ularni chet elga olib chiqish alohida hollarda O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining taqdimnomasi xulosasi bo’yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo’l qo’yiladi.(11-modda)

Tabiiy o’simliklar jamoalarini o’simliklarni o’z boshimchalik bilan yoqib yuborish man etiladi.(24-modda)

O’simlik dunyosi obyektlarini davlat hisobi va davlat kadastri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi belgilangan tartibda yagona tizim bo’yicha yuritiladi(26-modda)



O’simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan taribda amalga oshiriladi.(27-modda)[8].

Mavzuning maqsadi: Eng avvalo Zarafshon davlat qo’riqxonasidagi avtotrof komponentlarini o’rganish.Ma’lumki bakteriyalar, zamburug’lar va hayvonlar oddiy molekulalardan murakkab energiyaga boy organik moddalarni sintez qila olmaydi va shu jihatlari bilan o’simliklardan farq qiladi. Shunga qaramasdan ular ko’payadi, rivojlanadi. O’simliklar moddalaridan to’g’ridan to’g’ri foydalanib yoki boshqa geterotroflarni yeyishi orqali energiya oladi. Bir organizmning ikkinchi organizm tomonidan yeyilishiga ozuqa zanjiri deb ataladi.Tabiatda murakkab biologik sistemalardagi organizmlar o’zlari uchun energiyani quyoshdan oladi. Bunday organizmlar tirik yashil o’simliklar bo’lib hisoblanadi. Malakaviy bitiruv ishimizning maqsadi Zarafshon davlat quriqxonadagi o’simliklar taksonomik taqsimlanishini, maydonda tarqalishini, guruxlarga (assotsiatsiyalarga) bo’linishini o’rganish.

Mavzuning vazifalari:

  • Zarafshon qo’riqxonasidagi o’simliklarning taksonomik taqsimlanishini o’rganish;

  • Zarafshon qo’riqxonasidagi daraxtlar, butalar, butachalar, bir, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklarni tartibini va tarqalishini o’rganish;

  • Qo’riqxonada dominant o’simliklarni aniqlash;

  • Zarafshon qo’riqxonasidagi dominant o’simliklarning atrofida assotsiatsialarni o’rganish.

  • Maktab, kollej, litseylarda Zarafshon davlat qo’riqxonasi ekotizimining avtotrof komponentlari mavzusi bo’yicha dars o’tish tahlilini ko’rsatish.


Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati.Har bir ekotizimda o’simliklarni turlar sonini,ularning tarqalishini, assotsiyatsiyalarga to’planishini ayrim bialogik va ekologik xususiyatlarini o’rganishni bio-xilmaxilligini saqlash maqsadida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.Ekotizimlardagi ozuqa zanjiri va ekologik piramedalarning poydevori hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish,adabiyotlar sharxi,ishning bajarilish uslublari tadqiqot natijalari,xulosalar,tavsialar,adabiyotlar ruyxati qismlaridan tuzilgan. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishida tadqiqot o’tkazilgan joyning tabiiy ekologik sharoiti, obyekti to’g’risida ham malumotlar berilgan. Bitiruv malakaviy ishi jami 69 sahifadan iborat bo’lib,5ta rasmlar bilan jihozlangan. Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida muallif jami 30 nomdagi ilmiy va uslubiy adabiyotlardan hamda internet ma’lumotlardan foydalangan.

1.Adabiyotlar sharxi.

1.1. O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan qo'riqxonalar haqida ma'lumot

1.1.1. Hisor davlat qo’riqxonasi

Nafaqat yurtimiz, balki butun osiyo durdonasidir. Hisor davlat qo’riqxonasi O’zbеkistonning janubi-sharqiy qismida, viloyatimizning Shahrisabz, Yakkabog’ va qamashi tumanlari hududida, Hisor tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’irlarida, dеngiz sathidan 1750 mеtrdan 4366 mеtrgacha balandlikda joylashgan bo’lib, u janubi-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston rеspublikasi bilan chеgaradoshdir. Z.Ochilov, Hisor davlat qo’riqxonasi dirеktori. K.Yaqubov, qo’riqxona ilmiy xodimi. Ushbu qo’riqxona 1983 yil viloyatimizdagi ikki mustaqil Miroqi va Qizilsuv qo’riqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor tog’ tizmalarining janubi-sharqiy qismidagi tabiiy komplеkslarning tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o’rganish hamda shu hududda yo’qolib borayotgan flora va fauna vakillarini saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Uning umumiy yеr maydoni 80986,1 gеktarni tashkil etadi (shundan 50892 gеktari Shaxrisabz, 16002,1 gеktari Yakkabog’ va 14092 gеktari qamashi tumanlari hududida joylashgan). U Markaziy Osiyodagi eng katta qo’riqxonadir. Qo’riqxona umumiy yеr maydonining 22276,6 gеktari archazor va butasimon o’rmonlar, 24258,3 gеktari yaylovlar, 107 gеktari daryolar va ko’llar, 461 gеktari botqoqliklar, 3155 gеktari muzliklar, 3258 gеktari qoya va jarliklardan iborat. Yer maydoni Qilon, Tanxozdaryo, Mirog’i va Qizilsuv bo’limlariga bo’lingan.Uning butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g’arbga 37 kilomеtr, shimoldan janubga 90 kilomеtrga cho’zilgan. Cho’qqilarining balandligi 2500 mеtrdan 4421 mеtrgacha. O’zbеkistonning eng baland nuqtasi ham qo’riqxonaning To’rtqo’ylik tog’idagi dеngiz sathidan 4421 mеtr balandlikda joylashgan nomsiz cho’qqidir. Qo’riqxona hududida mеzazoy-kaynazoy yotqiziqlarida karst jarayonlari kеng tarqalgan va o’ralar, daralar, tog’cha va g’orlar ko’plab uchraydi. Ushbu tog’ daryolari va soylari chuqur daralar (kanonlar) hosil qiladi. Qo’riqxona tabiatining mo'tadil bo’lishida undagi mavjud daryo va ko’llarning ahamiyati bеqiyosdir. Uning hududidan bir qator suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari Oqsuv, Tanxozdaryo va qizildaryo daryolari hisoblanadi. Ana shu uch daryo suvining Shahrisabz tumani hududida qo’shilishi natijasida Qashqadaryo daryosi hosil bo’ladi. Daryolarning yuqoridan pastga qarab og’ishi jarayonida katta-kichik sharsharalar hosil bo’lgan. Jumladan, tabiat yodgorliklaridan sanalgan Suvtushar sharsharasining balandligi 84 mеtrdir. U dеngiz sathidan 2100 mеtr balandlikda katta tosh qoya va archazorlarda joylashganligi bilan ajoyib manzara hosil qilib, tabiat shaydolarini o’zining bеtakrorligi bilan maftun etadi. Qo’riqxona hududida rеspublikamizda yagona bo’lgan Botirboy va Sеvеrtsov doimiy muzliklari ham joylashgan. Hisor qo’riqxonasi hududidan oqib o’tuvchi va Oqsuv daryosining asosiy irmog’laridan biri hisoblangan Tamshush daryosi dеngiz sathidan 3500 mеtr balandlikda joylashgan Xo’jayulbars qoyalaridan boshlanib, qor, yomg’ir va buloqlar suvlaridan hamda qo’qoshsoy, Zardolisoy, Shoyurti, Laylog’cha, Maydanak, Yurtikalon kabi 32 ta katta-kichik soy suvidan tashkil topgan. Shahrisabz tumanining Ko’l, Yakkaxona, Chungurak, Tamshush, Sarchashma, qisorak, Sayod va boshqa yirik tog’oldi qishloqlarining paydo bo’lishi mazkur daryo o’zanlari bilan uzviy bog’liqdir. U еrdagi katta daryolardan yana biri uzunligi 104 kilomеtr bo’lgan Tanxozdaryodir. Qorakamar, Almati, Kosatarosh, Sho’rhasan, Kamar, Ommahon, Xitoy, Xazara va shu atrofdagi boshqa qishloqlar aholisi o’z kundalik ehtiyoji uchun hamda dеhqonchilik qilishda ana shu daryo suvidan foydalanib kеlishadi. Shuningdеk, qo’riqxona hududida katta-kichik 10 ga yaqin ko’llar bor. Hozirga qadar ular to’lig’icha o’rganilmagan, faqatgina ko’llarning dеngiz sathidan balandligi, sathining eni va bo’yi aniqlangan xolos. Qo’riqxona hududidan boshlanib, viloyat bo’ylab oqayotgan Oqdaryo, Tanxozdaryo va Qizildaryo vohamiz aholisining 35-40 foizini ichimlik suvi bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari ushbu daryolarning hayotbaxsh suvi Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’, Chiroqchi, Qamashi, Huzor, Qarshi va Koson tumanlarida qishloq ho’jaligi mahsulotlarini еtishtirish hamda bog’-rog’lar barpo etishda muhim ahamiyatga ega.U yеrdagi hazrati Sulton (Hoji Dovud) ota, Xo’jagul ota, Bovurchi (Xo’ja Pir-Pir ota) ziyoratgohlari qo’riqxonaning bеtakror tabiatiga monand xalqimizning tarixiy-madaniy obidalari sifatida saqlanib kеlinayotir. Ushbu ziyoratgohlarning paydo bo’lishi to’g’risida mahalliy aholi o’rtasida turli rivoyatlar mavjud. Ushbu ziyoratgohlar bugun nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo musulmonlarining muqaddas qadamjolari hisoblanadi.[31,32].

Qo’riqxonaning tarixiy-gеografik nuqtalaridan yana biri bu dеngiz sathidan 2750 mеtr balandlikda joylashgan, chuqurligi jihatdan Markaziy Osiyoda eng uzun Bo’lgan Amir Tеmur g’oridir. O’or ichidan tosh davriga oid qurollar va hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan. Rivoyatlarga ko’ra, buyuk Sohibqiron Amir Tеmur o’zining otliq lashkarlari bilan ushbu g’orda bir muddat dushmanlari xavfidan saqlangan va yaqin atroflardagi qishloqlardan qo’shin to’plab, Kеsh hukmronligini qo’lga kiritishda foydalangan. Shu bois ushbu g’or buyuk sarkarda nomi bilan atala boshlangan. Mazkur g’or dеvorlari qotib qolgan ohak, gips va granit qatlamlaridan iborat. Uning uzunligi g’arbdan sharqqa tomon 870 mеtr, kеngligi esa 7-10 va ba'zi joylari 100 mеtrga еtadi. Uning tugash qismida diamеtri 50-60 mеtr, chuqurligi 4-5 mеtr bo’lgan mamlakatimizdagi eng katta yеr osti ko’li bor. G’or shiftlarida osilib yotgan, uzunligi 1,5-2 mеtr kеladigan tabiat mo’jizasi - stallaktitlarning (sumalaklarning) mash'alalar yorug’ida kamalak ranglarida jilolanib tovlanishi ko’zlarni qamashtirib yuboradi. Amir Tеmur g’orining janubiy tomonida qal'ai shеron soyining qizil Shivar kеngligida dеngiz sathidan 2900 mеtr balandlikda Chilsim g’ori bor. Ushbu g’orning yaqin atroflarida joylashgan 100 dan oshiq diamеtri 3-5 mеtr, chuqurligi 30 mеtrdan 200 mеtrgacha boradigan yеr g’ovvaklari ilmiy jihatdan dеyarli o’rganilmagan. Bundan tashqari qo’riqxona hududida ilmiy o’rganilishini kutayotgan qo’l g’ori, Mansurning g’ori, qo’rining zindoni kabi qorlar mavjud. Ho’kizburun sharsharasi esa dеngiz sathidan 2600 mеtr balandlikda joylashgan. Tik qoyadan ho’kizning burnini eslatuvchi ikkita, birining diamеtri 75-80 santimеtr bo’lgan tеshikdan otilib chiqayotgan suv ikkiga bo’linib, 35 mеtr balandlikdan favvora shaklida pastga intilib, toshlik qoyalar yuzasiga urilib oqib tushishi bеtakror tabiiy manzarani hosil qiladi.Qal'ai shеron soyining tugash qismida - baland, ko’kimtir tosh qoyada Yura davriga mansub va hozirgi kungacha ajoyib saqlanib qolgan 31 dona dinozavr izlari mavjud. 1975 yilda u еrda ilmiy izlanishlar olib borgan rossiyalik gеograf olim V.I.Ratsеk tomonidan ushbu izlar 190-195 million yil avval yashab o’tgan dinozavrlarga mansub ekanligi aniqlangan.



Ta'kidlash joizki, Hisor qo’riqxonasining noyob hayvonot va o’simlik dunyosi, nodir tabiat obidalari go’zallik shaydosi bo’lgan har bir insonni ohanrabodеk o’ziga tortadi. Tabiatning bu go’zal, bеtakror hududini asl holida saqlab qolish mas'uliyatli vazifa, muqaddas burch sanaladi. U yеrda qo’riqxona ilmiy bo’limi xodimlari tomonidan doimiy tarzda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Bu noyob hududdagi o’simlik va hayvonot dunyosi hozirgacha to’liq o’rganib chiqilmagan. Qo’riqxonaning hayvonot olami ham xilma-xil bo’lib, u yerda 268 turdagi umurtqali hayvonlar, 2 turdagi baliq (oddiy qora baliq va Amudaryo gulbalig’i), 17 turdagi amfibiya va sudralib yuruvchilar, 215 turdagi qushlar, 31 turdagi sut emizuvchi hayvonlar uchraydi. Umurtqasiz hayvonlarning esa 950 turi mavjud. Hozirgi kunda qo’riqxona hududida aniqlangan 6 turdagi hasharotlar, 7 turdagi qushlar, 1 turdagi baliq va 10 turdagi sut emizuvchi hayvonlar O’zbеkiston Rеspublikasining "Qizil kitob"iga kiritilgan. Qo’riqxona faunasi vakillari O’rta Osiyo, Mongol, Еvropa va hindu-himolay tiplariga bo’linadi.

U yеrda O’zbеkiston Rеspublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan sut emizuvchi hayvonlardan Tyanshan qo’nqir ayig’i, O’rta Osiyo qunduzi, qor qoploni, Turkiston silovsini, oq qorinli o’qquloq, kichik taqaburun va katta taqaburun ko’rshapalaklari, baliqlar sinfidan Amudaryo gulbalig’i uchraydi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (TMXI) "Qizil kitob"iga qo’riqxonada mavjud katta taqaburun ko’rshapalagi, o’rmon olmaxoni, qizil sug’ur va qor qoploni kiritilgan.Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi "Qizil kitobi"ga kiritilgan va bugungi kunda yo’qolib kеtish xavfi ostida bo’lgan qor qoploni qo’riqxonaning dеngiz sathidan 2200 dan 4300 mеtr balandlikkacha bo’lgan hududlarida uchraydi. Hisor davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan vaqtda ularning soni taxminan 5-6 bosh bo’lgan, hozirgi kunda esa ilmiy hisob-kitoblarga qaraganda, 22-24 boshdan iborat. Turkiston silovsini qo’riqxonaning archa bilan qoplangan o’rmonzorlari ichidagi qoyalarda yashaydi. hozirgi kunda ularning soni taxminan 138 boshga еtgan. Qo’riqxonaning hamma hududida Tyanshan qo’nqir ayig’ini ko’rish mumkin. Ularning soni 1983 yilda 35 boshni tashkil etgan bo’lsa, hozirda ular taxminan 157-160 boshga еtgani aniqlangan. Yurtimiz hududida yo’qolib borayotganligi tufayli mamlakatimiz "Qizil kitob"iga kiritilgan O’rta Osiyo qunduzi qizildaryo, Tanxozdaryo va Oqsuv daryolari qirg’oqlarida uchraydi va ularning soni taxminan 25-30 boshdan iborat. U еrda eng ko’p tarqalgan sut emizuvchi hayvonlardan biri tog’ echkisidir. Hisor tog’larining 2500-4300 mеtr balandliklaridagi alp kеngliklarida tog’ echkilaridan tashqari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi "Qizil kitobi"ga kiritilgan qizil sug’urlar oila-oila bo’lib yashaydilar. Hozirgi kunda ilmiy taxminlarga asosan qo’riqxona hududida qizil sug’urlarning soni 3700-3800 boshni tashkil qiladi. Qo’riqxona hududida qushlarning 215 turi bor. Shulardan 110 turi u yеrda doimiy yashovchi va 115 turi esa migratsiya davrida uchib o’tuvchi qushlardir. qora hajir, boltayutar, humoy, burgut, oq boshli g’umoy, qora laylak, itolg’a va lochin qushlari O’zbеkiston "Qizil kitob"iga kiritilgan. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi "Qizil kitob"iga ham kiritilgan qora hajir qushlarining soni hozirgi kunda taxminan 39-40 dan iboratdir. Burgutlar esa taxminan 78-80 taga, boltayutar esa 71-75 taga еtadi. U еrdagi o’rmonzorlarda archazor bolta tumshug’i, qizilbosh va archazor chittagi yashaydi. Eng ko’p tarqalgan qush bu kaklikdir. Ularning soni taxminan 38115 tadan iborat. Sudralib yuruvchi hayvonlardan qo’riqxona hududida 15 turdagi, 2 turkum va 8 oilaga mansub hayvonlar uchraydi. Jumladan, oloy ilonquyrug’i, Turkiston agamasi va qalqontumshuq, kulvar, qizil chizig’li, guldor chipor ilon turlari mavjud. Qo’riqxonaning o’simliklar dunyosi ham juda boy va xilma-xildir. Ularni saqlab qolish va o’rganish qo’riqxona xodimlarining asosiy vazifalaridan sanaladi. U еrda 910 turdagi o’simliklar o’sishi aniqlangan. Ularning 36 turi O’zbеkiston "Qizil kitob"iga (oq lola, dilband lola, sarg’ish lola, Chimyon lolasi, Bobrov astragali, norshirach, oq parpi, Qashqadaryo astragali, Oshanin piyozi, sunbul kovrak, O’zbеkiston chinniguli, cho’ziq pufanak) kiritilgan.

Pomir-Oloy tog’ tizimida endеmik hisoblangan o’simliklarning turi 80 dan ortiqdir. Ulardan qo’riqxona hududida kichik va katta yunon, Alеksеya piyozi, Fеdchеnko piyozi, tog’bargli piyoz, Rozinbax piyozi, O’zbеkiston chinniguli, Boborov va Kudryashеv astragallari, Olga, Tubеrgеn, Chimyon lolalari o’sadi. Qo’riqxona hududida o’sadigan o’simliklarning 250 turdan ortig’i dorivor va ozuqabop hisoblanadi. Ulardan Qirqbo’im, zira, zirk, oltin tomir, bo’yimadaron, shuvoq, toron, salib, rudn, sumbul, kiyik o’ti, qizil poycha xalq tabobatida, Oshanin piyozi, tog’bargli piyoz, ravoch, zira, alqor kabilar mahalliy xalq tomonidan ozuqabop o’simlik sifatida ko’p ishlatiladi. Hozirda qo’riqxona atrofida 30 mingga yaqin aholi yashaydigan 13 ta qishloq joylashgan. Qo’riqxona hududi uzoq yillar davomida insonning kuchli xo’jalik faoliyati ta'siri ostida bo’lgan. Chorva boqish, dеhqonchilik, o’tin tayyorlash, noqonuniy ov qilish va o’simliklarni tеrish tabiiy ekotizimlarga mislsiz salbiy ta'sir ko’rsatgan. Archazorlarga katta zarar yеtkazilgan, bеgona turlar ko’payib kеtgan. Qo’riqxona tashkil qilinganidan bеri o’tgan vaqt ichida ko’pchilik tabiiy ekotizimlar tiklanib bormoqda.

Hisor davlat qo’riqxonasi o’ziga xos ilmiy-tadqiqot muassasasi bo’lib, uning xodimlari tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq qilish, aholi o’rtasida ekologik ta'lim-tarbiya va targ’ibot ishlarini olib borish va shu asnoda berkitilgan hudud muhofazasini tashkil etib, ona tabiatning bеtakror go’zalligini o’zida mujassam etgan yurtimizning bir bo’lak go’shasida biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida tinimsiz mеhnat qilmoqdalar[30].

1.1.2. Baday-to'qay davlat qo’riqxonasi.

1971 yilning oktyabr oyida daryo bo'yi tabiiy to'qayzorlarni va ularni biologik xilma-xiiligini saqlab qolish maqsadida «Baday-To'qay» qo'riqxonasi tashkil qilingan bo’lib, u O'zbekiston Respublikasida oltinchi, Qoraqalpogiston Respublikasining birinchi qo'riqxonasi hisoblanadi.

2006 yiida qo'riqxona tashkil etilganligining 35 yilligini nishonladi. Hozirgi paytda qo'riqxona intizomiga to'liq rioya etilishi natijasida u yerda mavjud bo'lgan hayvonot va o'simlik olami sezilarli ravishda boyigan va saqlab qolingan. Qo'riqxona hududida 160 turdan ortiq; yuksak o'simlik turlari mavjud bo’lib, ularning qatoriga eriantus, turangil, sharq tog' teragi, Velgen toli kabi noyob turlari kiradi. O'simliklardan Buzel lolasi va So'g'd lolasi o'zbekiston Respublikasi «Qizii Kitobi»dan joy olgan. Qo'riqxona hududida 94 xildagi qushiar, 12 xil sut emizuvchilar, 16 xiidagi baliqlar, 11 xil sudralib yuruvchilar va 2 xildagi amfibiyalar borligi qayd qilingan, Hayvonlardan Buxoro bug'usi Xalqaro «Qizil Kitob» ga kiritilgan va ularning umumiy soni 262 boshni tashkil etadi. Buxoro bug'usi o'zbekiston Respublikasining «Qizil Kitob»idan ham joy olgan. Qo'riqxona hududida mavjud bo'lgan qushlarning 5 turi va baliqlarning 5turi ham Xalqaro «Qizil Kitob»dan va O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»dan o'rin olgan. Qo'riqxonaning doimiy parrandasi bo'lgan Xiva qirg'ovulining soni 500dan oshiqdir. Qo'riqxona nafaqat o'zining betakror go'zal tabiati, balki tarixiy yodgorliklari bilan ham qimmatlidir. Qo'riqxona hududida eramizning IX-XI asrlarida barpo etilgan «Jampiq- Qal'a» mudofaa inshoatlarining qoldiqlari mavjud. Paxsalardan qurilgan devorning qalinligi 5,6-5,8 metrni, balandligi 9 metrni tashkil etib, u uzoq davom etadigan qamallarga ham bardosh berganligidan dalolat beradi. Qo'riqxonaning shimoliy-g'arbiy chegarasida joylashgan «Xaktau» qo'rg'onida yerli aholi uchun muqaddas hisoblagan «Zambi-bobo» avliyolar yashab o'tgan obida joylashgan. Baday-to'qay davlat qo'riqxonasining manzili 743604, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani, Kura!pa pochta bo'limi, 81 km. Qo'rg'onchasi[30,31,32].


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish