O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


-rasm.             Manba



Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana31.05.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
2.2.4-rasm.

  

 



    

 

Manba: http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va 

savdo vazirligi  



51 

 

 

2013-  yil    davomida    tovar  ayirboshlash  hajmi  bo‘yicha  YI  mamlakatlari 

ichida O‘zbekistonning eng yirik savdo shеriklari: Buyuk Britaniya (130,7 million 

dollari),    Germaniya  (591,2  mln.  AQSh  dollari),    Italiya    (123,8    mln.    AQSh  

dollari),   Bеlgiya    (95,5    mln.  AQSh  dollari), Fransiya  (91,5 mln. AQSh  dollari), 

Nidеrlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) bo‘ldi.  

1995-2012-yillar davomida  YI  firma va kompaniyalari,  shuningdеk  bank 

tuzilmalari  O‘zbеkistonda    umumiy    qiymati    8    mlrd.    AQSh    dollari    atrofida  

bo‘lgan yirik  invеstitsion  loyihalarni  amalga  oshirishda  ishtirok  etdi.  Undagi 

Germaniya,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya,  Italiya  kabi  yirik  davlatlarning  salmoqli 

ulushi saqlanib qolayotgan bo‗lsa-da, Kipr, Chexiya, Sloveniya, Estoniya, Polsha 

kabi  Yevropa  Ittifoqi  yangi  a‘zo  davlatlarining  ulushi  ortib  borayotganligi  ijobiy 

holatdir.  Yevropa  eksporti  mahsulotlarining  asosiy  qismini  elektr  jihozlari  va 

mashinalar,  qishloq  xo‗jaligi  va  plastik  materiallar  tashkil  etsa,  O‗zbekiston 

eksportining  katta  ulushi  to‗qimachilik  mahsulotlari  va  qimmatbaho  metallardan 

iborat. Shu bilan birga, ikki tomonlama savdo-sotiqni kengaytirish uchun hali ishga 

solinmagan ulkan salohiyat mavjud.

  

Shu  bilan birga  oхirgi  yillarda  Gеrmaniya,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya,  



Bеlgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chехiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa 

qator    davlatlar    bilan    to‘g‘ridan-to‘g‘ri    ikki    tomonlama    aloqalar    izchil    va 

barqaror  rivojlanmoqda.  

Yuqoridagilaridan  хulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  YI  O‘zbеkiston 

uchun  hozirgi    kundagi  asosiy  hamkordir.   YI  bilan  iqtisodiy  munosabatlarni  qay 

tarzda amalga oshishi O‘zbеkistonning jahon  hamjamiyatidagi o‘rnini  bеlgilaydi. 

Shunday    ekan,    O‘zbеkiston  Rеspublikasining    YI    davlatlari  bilan  iqtisodiy  

munosabatlarini  chuqurlashuvi    o‘z-o‘zidan    siyosiy,    madaniy    hamkorlikni  

rivojlanishiga olib kеladi 

O‘zbekiston-Buyuk  Britaniya  munosabatlarining  asosi  1993-yil  noyabrida 

Ơzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ushbu mamlakatga tashrifi 

orqali yo‘lga qo‘yilgan.

 



52 

 

Savdo  va  sanoat  bo‘yicha  Ơzbekiston-Britaniya  kengashi  savdo-iqtisodiy 



munosabatlarning samarali  mexanizmi  bo‘lib, uning 20-yubiley  majlisi  Londonda 

2013 -yil  20-22 noyabrda bo‘lib o‘tdi. 

 

2013-yil  yakunlariga  ko‘ra  O‘zbekiston  bilan  Buyuk  Britaniya  o‘rtasidagi 



savdo  aylanmasi  130,7  million dollarni tashkil  etib, shundan  eksport 39,8  million 

dollar,  import  90,9  million  dollarga  teng  bo‘ldi.  2014-yil  yanvar-may  oylarida 

o‘zaro savdo hajmi 50,4 million dollarni tashkil etib, eksport 8,5 million dollarga, 

import 41,9 million dollarga teng bo‘ldi.

38

 

Germaniya  bilan  ikki  tomonlama  aloqalar  an'anaviy  keng  ko'lamli 



xarakterga ega bo‘lib, keng turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli 

shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.

 

Ikki  mamlakat  o‘rtasida  turli,  jumladan  oliy  darajadagi  siyosiy  muloqot 



yo‘lga  qo‘yilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 

Germaniyaga  rasmiy  (1993,  1995  va  2001yy.),  GFR  Prezidenti  R.Gerzogning 

O‘zbekistonga  davlat  (1995y.)  va  Kanzleri  G.Shryoderning  rasmiy  (2002y.) 

tashriflari  amalga  oshirilgan.  Tashqi  ishlar  vazirliklari  o‘rtasida  siyosiy 

maslahatlashuvlarning  11  raundi  o‘tkazilgan.  Shuningdek,  parlamentlararo 

aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda  mudofaa  vazirliklari  yo‘nalishida 

hamkorlik faol rivojlanmoqda. 

Germaniya 

O‘zbekistonning 

Yevropadagi 

asosiy 

savdo-iqtisodiy 

hamkorlaridan  biri  hisoblanadi.  2013-yil  yakunlariga  ko‘ra,  o‘zbek-german  tovar 

aylanmasi hajmi 591,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan,  eksport - 45,8 

mln.AQSH dollarini, import- 545,4mln AQSH dollarini tashkil etdi.  2014-yilning 

5  oyi  davomida  ushbu  ko‘rsatkich  253,2  mln.  dollarga  yetdi.  Ikki  mamlakat 

o‘rtasidagi  moliyaviy  va  texnikaviy  hamkorlikning  umumiy  hajmi  313,9  mln. 

yevrodan oshgan. 

Ayni  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasida  99  ta  korxona  germaniya 

sarmoyasi  ishtirokida  o‘z  faoliyatini  yuritmoqda.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar, 

                                                           

38

 



www.mfer.uz

 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar,Investitsiya va Savdo Vazirligi  

 



53 

 

investitsiyalar  va  savdo  vazirligida  39  ta  Germaniya  kompaniyalari  ro‘yhatdan 



o‘tkazilgan

39

.  



O‗zbekiston  bilan  Latviya  o‗rtasidagi  munosabatlar  mustahkam  huquqiy 

asosga  ega.  1992-yilda  O‗zbekiston  va  Latviya  o‗rtasida  diplomatik  aloqalar 

o‗rnatilganidan buyon o‗zaro hamkorlikning deyarli barcha sohalariga oid qirqdan 

ortiq davlatlararo shartnoma va hukumatlararo bitimlar imzolangan. 

Latviya  –  O‗zbekistonning  Yevropa  Ittifoqidagi  yirik  savdo  hamkorlaridan 

biridir.  Eng  ko‗p  qulaylik  yaratish  tizimi  samarasida  o‗zaro  tovar  ayirboshlash 

hajmi 2012-yilda qariyb 20 foiz o‗sib, 246 mln. AQSh dollardan oshdi.  

2013-yilning  yakunlariga  ko‗ra,  bu  ko‗rsatkich  250  mln.AQSH  dollarni  tashkil 

etdi. 

O‗zbekiston  Latviyaga  yuqori  sifatli  paxta  tolasi,  motor  moylari, 



farmatsevtika  mahsulotlari  va  boshqa  tovarlar  yetkazib  beradi.  Latviya 

mamlakatimizga  uskunalar,  transport  vositalari,  plastmassa  eksport  qiladi, 

shuningdek, logistika xizmati ko‗rsatadi. 

2014-yil  1-yanvar  holatiga  ko‘ra,  O‗zbekistonda  Latviya  sarmoyasi 

ishtirokidagi  22  korxona  faoliyat  yuritmoqda.  Latviyada  esa  mamlakatimiz 

kompaniyalari  bilan  hamkorlikda  tashkil  etilgan  qirqdan  ortiq  korxona  ishlab 

turibdi. 

O‘zbekiston-Shveysariya  davlatlararo  munosabatlarining  jadallashuvi 

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik, o‘suvchan islohotlar 

va keng konstruktiv sheriklik siyosati samaradorligining yorqin dalillaridan biridir. 

Bunday  siyosat  mamlakatimizning  yuksak  xalqaro  nufuzga  ega  bo‘lishini 

ta'minlagani barobarida butun jahon hamjamiyati tomonidan o‘z e'tirofini topdi va 

qo‘llab-quvvatlanmoqda.  O‘zbekiston  va  Shveysariya  o‘rtasida  ikki  tomonlama 

rasmiy  hamkorlikka  mamlakatlarimizaro  diplomatiya  munosabatlari  o‘rnatilgan 

kuni  –  1992-yil  7-mayda  asos  solingan  edi.  Hozirgi  vaqtda  davlatlarimiz  o‘zaro 

hamkorligining  shartnoma-huquq  asosini  tashkil  etadigan  25  ta  qo‘shma  hujjat 

imzolangan. 

                                                           

39

  

www.mfer.uz



 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,investitsiya va savdo vazirligi  


54 

 

Savdo-iqtisodiy  sohada  mamlakatlarimiz  o‘rtasida  o‘ta  qulay  shart-sharoit 



muhitini yaratib berish tartibi o‘rnatilgan. 2013-yili o‘zaro tovar aylanmasi 141,4 

million AQSh dollarini tashkil etdi. 2014-yilning 9 oyi mobaynida ikki tomonlama 

savdo-sotiq  hajmi  92,3  million  AQSh  dollariga  yetdi.  O‘zbekistondan 

Shveysariyaga paxta tolasi, yog‘och-qog‘oz massasi va dori-darmonlar, xizmatlar 

eksport  qilinadi.  Import  qilinadigan  tovarlar  orasida  esa  to‘qimachilik  jihozlari, 

turli  asbob-uskunalar,  farmatsevtika  va  kimyoviy  dori-darmonlar,  optika 

uskunalari, plastmassalar va boshqalar mavjud.  

Hozirgi vaqtda respublikamizda shveysariyalik sarmoyadorlar ishtirokida 77 

ta  kompaniya  faoliyat  olib  borayotgani  ham  amaliy  sheriklikdan  o‘zaro 

manfaatdorlik mavjud ekanligidan dalolat beradi. Ushbu kompaniyalarning 55 tasi 

qo‘shma  korxonalar  bo‘lsa,  22  tasi  esa  yuz  foizlik  xorij  kapitali  asosida  tashkil 

etilgan.  O‘zbekiston  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi 

huzurida  29  ta  Shveysariya  kompaniyasining  vakolatxonasi  akkreditatsiyadan 

o‘tgan  bo‘lib,  ular  faoliyati  farmatsevtika,  kimyo,  oziq-ovqat  va  mashinasozlik 

sohalari, savdo-sotiq va xizmatlar yo‘nalishlarini qamrab oladi. 

O‗zbekiston  —  Yevropa  Ittifoqi  iqtisodiy  va  savdo  munosabatlari  bir 

maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan 

23  yil  ichida  salkam  to‗rt  barobarga  ko‗paydi.  Biroq  ikki  tomonlama  savdo 

aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir. 

  


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat