O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim



Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana31.05.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
2.2.1.-jadval 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tovar tarkibi (foiz hisobida) 

  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi 

Eksportning  tovar  tarkibini  diversifikatsiya  qilish  natijasida  mamlakatimiz 

paxta  yakka  hokimligi  oqibati  bo‗lgan  paxta  tolasi  eksportiga  qaramlikdan  xalos 

bo‗ldi. Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan 

2013-yilda  7,7  foizga  tushdi.  1990-yilda  eksportning  umumiy  hajmida  xomashyo 

hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 foizdan kamroq bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda 

ushbu  ko‗rsatkich  72  foizdan  ziyoddir.  Mamlakat  iste‘mol  tovarlari  ishlab 



46 

 

chiqarishning  jadal  sur‘atlarda  rivojlanishi  natijasida  import  tarkibida  oziq-ovqat 



mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yilda bug‗doy importi 

nafaqat  to‗xtatildi,  balki  O‗zbekiston  o‗z  bug‗doyi  va  g‗allasidan  tayyorlangan 

unni  eksport  qila  boshladi.  Natijada  import  tarkibida  oziq-ovqat  mahsulotlarining 

ulushi  1990-2013-yillarda  48,9  foizdan  9,7    foizga  qadar  qisqardi.  Mashina  va 

uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 12,1 foiz dan 2013-yilda 44,1 

foizga  yetdi.Tashqi  savdo  geografiyasi  tarkibida  ham  diversifikatsiya  jarayonlari 

sodir  bo‗ldi.  Tashqi  savdoda  sobiq  Ittifoq  respublikalariga  nisbatan  uzoq  xorij 

mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Jumladan, 1990–2013-yillarda O‗zbekiston 

eksportining  tarkibida  uzoq  xorij  mamlakatlarining  ulushi  37,7  foizdan  52,6 

foizgacha,  import  tarkibida  esa  42,6  foizdan  62,6  foizgacha  ortdi.  Mustaqillik 

yillarida  mamlakat  iqtisodiyotiga  sarflanayotgan  investitsiyalar  hajmi  barqaror 

o‗sish  sur‘atlariga  ega  bo‗ldi.  Jumladan,  ―O‗zbekistonda  investorlar  uchun,  ko‗p 

jihatdan  beqiyos,  o‗ta  qulay  investitsion  muhit,  imtiyoz  va  preferensiyalar  tizimi 

yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan 

xorijiy investitsiyalar hajmi ham yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin 

dalilidir. Istiqlol yillarida milliy iqtisodiyotda dollar hisobida 162 milliarddan ortiq 

kapital mablag‗ o‗zlashtirilgan bo‗lib, buning 56 milliard dollaridan ziyodi xorijiy 

investitsiyalardir. Faqatgina 2013-yilning o‗zida kapital investitsiyalar hajmi dollar 

hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 foizni tashkil 

etdi‖


36

Xorijiy  investorlar  uchun  yaratilgan  qulay  biznes  muhiti,  keng  huquqiy 



kafolat  va  imtiyozlar  tizimi,  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni 

rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga 

to‗g‗ridan  to‗g‗ri  xorijiy  investitsiyalar  oqimini  tubdan  ko‗paytirish  imkonini 

berdi. Natijada  2013-yilda o‗zlashtirilgan umumiy  kapital qo‗yilmalar hajmining 

3  milliard  dollardan  ortig‗ini  xorijiy  investitsiyalar  tashkil  etdi.    Shuning  72 

                                                           

36

 Karimov I.A. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati  



qurish yorug‗ kelajagimizning asosiy omilidir. -T.: O‗zbekiston, 2013. 9-b. 


47 

 

foizdan  ziyodi  yoki  2  milliard  200  million  dollari  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  xorijiy 



investitsiyalardir. 

Milliy  iqtisodiyotga  xorijiy  investitsiyalarni  samarali  jalb  etish,  ishlab 

chiqarish  korxonalarini  modernizatsiya  qilish  va  yangilash,  zamonaviy 

innovatsiyalarga  asoslangan  va  yuksak  samarali  texnologiyalarni  joriy  etishda 

zarur  imtiyozlarga  ega  bo‗lgan  maxsus  industrial  zonalar  tashkil  etilmoqda. 

―Navoiy‖  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasi  tashkil  etilganidan  buyon  uning 

hududida  umumiy  qiymati  100  million  dollardan  ziyod  bo‗lgan  19  ta  investitsiya 

loyihasi  bo‗yicha  ishlab  chiqarish  korxonalari  ishga  tushirildi.  Jumladan,  yuksak 

texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani 

elektron  hisoblagichlar,  yuqori  kuchlanishga  chidamli  kabellar,  issiqlik  va  suv 

isitish  qozonlari,  mobil  va  statsionar  telefon  apparatlari,  tayyor  dori  vositalari  va 

boshqa  turdagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  yo‗lga  qo‗yildi.  2013-yilda  maxsus 

zonadagi  korxonalar  tomonidan  qiymati  100  milliard  so‗mdan  ziyod  mahsulot 

ishlab  chiqarildi  va  bu  boradagi  o‗sish  sur‘ati  2012-yilganisbatan  25,8  foizni 

tashkil etdi. ―Angren‖ maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy 

qiymati qariyb 44 million dollar bo‗lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan 

diodli  yorug‗lik  lampalar,  turli  kattalikdagi  mis  quvurlar,  ko‗mir  briketlari 

kabiyuksak  texnologiyalar  asosidagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  yo‗lga  qo‗yildi. 

Shuningdek,  shakar  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  yangi  zavodva  boshqa  korxonalar 

tashkil etildi. Ayni shu yo‗nalishda to‗plangan tajribani hisobga olib, 2013-yilning 

mart  oyida  Jizzax  viloyatida  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasi  tashkil  etilgan. 

Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‗rsatishi ko‗zda tutilgan. Bugungi 

kunda  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasihududida  transport,  ishlab  chiqarish  va 

muhandislik-kommunikatsiya  infratuzilmasini  jadal  rivojlantirish  bo‗yicha  faol 

ishlarolib  borilmoqda.  O‗tgan  yilning  o‗zida  mazkur  zona  hududida  Xitoy 

kompaniyalari  ishtirokida  100  ming  dona  mobil  telefon  ishlab  chiqarish, 

shuningdek,  chorva  mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  ozuqa  tayyorlash  bo‗yicha 

umumiy  qiymati  qariyb  6  million  dollar  bo‗lgan  dastlabki  3  ta  loyiha  amalga 

oshirildi.Respublikamiz  iqtisodiyotiga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  nafaqat 



48 

 

xorijiy  sheriklar  bilan  hamkorlikda  yangi,  istiqbolli  loyihalarni  amalga  oshirish, 



balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni 

joriy  etish,  shu  asosda  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlarning  yuqori  sifatini 

ta‘minlashga  qaratilgan. 

 

  




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat