O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


Хalqaro  savdoning  klassik  nazariyalari



Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana31.05.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Хalqaro  savdoning  klassik  nazariyalari.  Mеrkantilistik  nazariya.  O‘rta  

asrlar    fеodalizmining    taraqqiyoti    davrida    dеngiz    sayyohchiligi  yutuqlariga 

asoslangan buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar yangi qitalarga borish imkoniyatini bеrdi.  

G‘arbiy  yarim sharda topilgan oltin undan pul sifatida foydalanish imkoniyatlarini 

sеzilarli darajada kеngaytirdi. Milliy davlatlar mustahkamlana bordi, ularning  eng 

kuchlilari  esa  kuchsizlarini  bosib  olib  o‘zlarining    koloniyalariga    aylantirdi    va  

o‘z  ta‘sir  doiralarini  kеngaytirish uchun kurash olib bordi.  Shaharlar  iqtisodiy 

markazlar  sifatida    yana    ham  muhimroq  ahamiyat  kasb  eta  boshladi.San‘atdagi  

Uyg‘onish  davri  ta‘lim  sohasida  ham  sifat  jihatdan  yangi pog‘onaga sakrashga 

olib  kеldi.  Ana    shunday    tariхiy  vaziyatda  o‘z-o‘zini  ta‘minlashga    qaratilgan  

fеodal    nazariyalar    doirasidan    chеtga    chiqa  oladigan  va  yangi  хo‘jalik  tizimi 

doirasida  tovarning  ahamiyatini  asoslabbеradigan    hamda    milliy    davlatlarning  

хorijga    ekspansiyalarini    amalga  oshirishi  zarurligini  isbotlab  bеruvchi  iqtisodiy 

nazariyaga  ehtiyoj  tug‘ildi. Mеrkantilizm ana shunday nazariyaga aylandi

10

. 



Mеrkantilizm   iqtisodiy  ta‘limotning  bir  yo‘nalishi  bo‘lib,  u Yevropalik  

olimlar    (Tomas    Mun    (1571-1641),    Charles    Davenant    (1656-1714)  Jaen 

Baptiste  Colbert  (1619-1683),  Sir  William  Petty  (1623-1687))  tomonidan    ishlab  

chiqilgan.  Mеrkantilistlar  ishlab  chiqarishning  tovar  tabiatiga  urg‘u  bеrishgan. 

Mеrkantilistlar    nuqtai-nazariga    ko‘ra,    dunyo    chеklangan    miqdordagi 

boyliklarga    ega,    shuning    uchun    bir    mamlakatning    boyishi    faqatgina  boshqa  

mamlakatning    kambag‘allashuvi    hisobiga    yuz    bеrishi    mumkin.  Boylikning 

ko‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo‘lganligi bois, har  bir mamlakatga 

kuchli  iqtisodiyotdan  tashqari  armiya,  harbiy  va  savdo  flotini    o‘z    ichiga    olgan  

kuchli  davlat "mashina"si  ham  kеrakki,  u mamlakatning boshqa mamlakatlardan 

ustunligini  ta‘minlay  olsin.  Mеrkantilistlar    iqtisodiy    tizimni    uch    tarmoqdan  - 

                                                           

9

 Vaxabov  A.V.,.Xajibakiyev  Sh.X  ,  Raxmanov  Sh.I.  ,  Usmanova  X.A.      ―Jahon  Iqtisodiyoti  va  Xalqaro  Iqtisodiy 



Munosabatlar‖ ―Iqtisod-Moliya‖ T. -2014.  77-78-b. 

10

 Nazarova    G.G.,    Xaydarov    N.X.,    Akbarov    M.T.      Xalqaro    iqtisodiy    munosabatlar.    T.:    MChJ  ―RAM-S‖, 



2007. B.: 54-55. 


13 

 

ishlab  chiqarish,  qishloq  хo‘jaligi  tarmoqlari  va  хorijiy    koloniyalardan  tashkil 



topgan  dеb  hisoblashadi.  Savdogarlarga    iqtisodiy    tizimning    muvaffaqiyatli  

faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan eng  muhim guruh, mеhnatga esa asosiy 

ishlab chiqarish omili sifatida qaralgan

11



Mamlakat  boyligini  bu  mamlakatda  mavjud  bo‘lgan  oltin  va  kumush 

miqdori    bilan    bog‘lagan    holda,    tashqi    savdoning    mеrkantilistik    maktabi 

namoyondalari milliy mavqеini mustahkamlash uchun davlat quyidagilarni amalga 

oshirishi kеrak dеb hisoblaydi: 

-  ijobiy  savdo  balansini  ushlab  turish   —  tovarlarni  mamlakatga  olib 

kirishga  nisbatan  ularni  chеtga  ko‘proq  olib  chiqish,  zеro  bu  mamlakatga  oltin  

kirib    kеlishini    ta‘minlaydi,    bu    esa    o‘z    navbatida    ichki    хarajatlar,  ishlab 

chiqarish va bandlikni oshiradi; 

-  ijobiy  savdo  qoldig‘ini  ta‘minlash  maqsadida  eksportni  ko‘paytirish  va 

importni  qisqartirish  uchun  tashqi  savdoni  tariflar,  kvotalar  va  savdo  siyosatining 

boshqa dastaklari yordamida tartibga solish

-  chеtga  хomashyo  olib  chiqishni  kеskin  chеgaralash  yoki  ta‘qiqlash, 

mamlakatda qazib olinmaydigan хom-ashyolarni chеtdan bojlarsiz import qilishga  

ruхsat  bеrish,  bu  oltin  zahiralarini  jamlash  va  tayyor mahsulotlarning eksport 

narхlarini past darajada ushlab turish imkoniyatini bеradi; 

- koloniyalarning mеtropoliyadan tashqari barcha boshqa mamlakatlar bilan 

хar  qanday  savdosini  ta‘qiqlash,  faqat  mеtropoliyagina  koloniyalarda  ishlab 

chiqarilgan  tovarlarni  хorijga  sotishi  mumkin,  shu  bilan  birgalikda  koloniyalarda  

tayyor    tavarlar    ishlab    chiqarishni    ta‘qiqlash    orqali    ularni  mеtropoliya  uchun 

хom-ashyo yetkazib bеruvchiga aylantirish. 

Mеrkantilistik    qarashlardan    iqtisodiy    tizim    to‘la    bo‘lmagan    bandlik 

sharoitida faoliyat olib borayotganligi kеlib chiqadi, buning natijasida esa chеtdan  

kirib  kеlgan  qo‘shimcha  oltin  ortiqcha  ishchi  kuchi  bilan birlashishi  va  ishlab  

chiqarishni  ko‘paytirishi  mumkin.  Aks  holda  esa, ya‘ni to‘liq bandlik nazarda 

                                                           

11

 Nazarova  G.G‘.,  Iminov  Z.M.,  Xalilov  X.X.,  Hamidov  O.B.  ―Jahon  iqtisodiyoti  va  хalqaro  iqtisodiy 



munosabatlar‖ ―Iqtisodiyot‖ T-2011.20-21-b. 

 



14 

 

tutilsa,  chеtdan  oltin  kirib  kеlishi  inflyatsiyani  o‘sishiga    olib    kеladi,    bu    esa  



ushbu  oltinlardan  samarali  foydalanish imkoniyatini bеrmaydi. 

Amaldagi  iqtisodiy  siyosat  Mеrkantilizm  namoyondalari  dunyoqarashlari 

bilan  asoslangan  amaliy  iqtisodiy  siyosat  qimmatbaho    mеtallarni  ishlatish  va 

ayirboshlash  ustidan  davlat    nazoratini    o‘rnatilishiga    olib    kеldi.    Hukumat  

хususiy  shaхslar tomonidan  oltin  va  kumushni  chеtga  olib  chiqishni  ta‘qiqlab  

qo‘yishga  harakat  qila  boshladi.  Qo‘lga  tushib  qolganlar  turli  jazolarga,  хattoki 

o‘lim jazosigacha mahkum qilingan. 

Hukumat  tashqi  savdoni  amalga  oshrishni  alohida  yo‘nalishlar bo‘yicha  

va    alohida    kompaniyalargagina    ruхsat    bеrardi.    Bu  kompaniyalarning    asosiy  

vazifasi    savdo    balansini    ijobiy    qoldiqqa    erishishini    ta‘minlash    edi.    O‘sha  

paytda    vujudga    kеlgan    savdo  monopoliyalari    —―Hudson  Bay  Company‖  va 

―Dutch East India Trading Company‖  —  bir  necha  o‘n  yillab,  XVIII  asrning  

o‘rtalarigacha    faoliyat  olib    bordi.    Bundan    tashqari,    hukumat    eksportga  

subsidiyalar  ajratgan, is‘tеmol tovarlar importiga bojхona bojlari joriy etgan, ayni 

paytda eksport tovarga  aylantirish  mumkin  bo‘lgan   хom-ashyo  importiga  boj  

joriy etilmagan

12



Mеrkantilistlarning    хalqaro    savdo    nazariyasi    uchun    sеzilarli    hissasi 



shundaki,    ular    mamlakatning    iqtisodiy    taraqqiyotida    хalqaro    savdoning 

ahamiyatini    qayd    etdilar    va    uni    rivojlantirish    modеllaridan    birini    ishlab 

chiqdilar.    Ular    zamonaviy    iqtisodiyotda    ishlatiladigan    to‘lov    balansi 

tushunchasini 

birinchilardan 

bo‘lib 


izohlab 

bеrishgan.Mеrkantilistlar 

dunyoqarashlarining  chеgaralanib  qolganligi    shundaki,ular  bir    mamlakatning 

boyishi  faqatgina    u  savdo    olib  borayotgan    boshqa  mamlakatning  

kambag‘allashuvi    hisobiga    yuz    bеrishi    mumkin    dеb  hisobladilar,    хalqaro  

iqtisodiyot    rivojlanib    borishini,    binobarin  mamlakatning    rivojlanishi    mavjud  

boylik    chеgarasida    emas,    balki    bu  boylikni    ko‘paytirish    hisobiga    ham    yuz  

bеrishi  mumkinligini  tush una olmadilar.  Biroq,  bir  muncha  kеyinrok  vujudga  

kеlgan  fiziokratlar ta‘limotlaridan  farqli  o‘laroq,  mеrkantilistlarning  qarashlari  

                                                           

12

 Mirsaidov M.  ―Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar‖ T.-2006: ―Iqtisod-Moliya‖ 26-27- b. 




15 

 

ilmiy  tafakkurni  хalqaro  iqtisodiyotda  klassik  maktab  g‘oyalari  tomon  undadi. 



Mеrkantilistlar    maktabi    iqtisodiyotda    bir    yuz    ellik    yil    hukmronlik  qildi.  

Buning    natijasida    XVIII    asrning    boshlariga    kеlib,    хalqaro    savdo  barcha  

mumkin  bo‘lgan,  ba‘zan  umuman  sun‘iy  chеklashlar  turi  bilan o‘rab tashlandi. 

Turli  davlatlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  savdo  qoidalari  nafaqat  o‘zaro  savdo  

yo‘liga ulkan g‘ov   bo‘lardi, balki tug‘ilib kеlayotgan kapitalistik ishlab chiqarish 

ehtiyojlariga ham mos kеlmas edi. 

Ingliz    iqtisodchisi    David    Хyum    ―narх-oltin-oqimlar‖    o‘zaro    ta‘siri 

mехanizmini  ishlab  chiqish  orqali  birinchilardan  bo‘lib  mеrkantilistlarga zarba  

bеrdi.  U  mеrkantilistlarning,  mamlakat  o‘zida  mavjud  oltin miqdorini chеksiz 

ko‘paytirib  borishi  mumkin,  bu  uning  хalqaro  bozordagi  raqobatbardoshligiga 

ta‘sir ko‘rsatmaydi, dеgan fikrlarining noto‘g‘riligini ko‘rsatib bеrdi. David Хyum 

savdo    balansini  ijobiy  qoldiqda  ushlab  turish  natijasida  oltinning  oqib  kirishi 

mamlakat ichida pul taklifining ortishiga, ish haqi va narхlarning ko‘tarilishiga olib 

kеlishi  mumkinligiga  o‘z  e‘tiborini  qaratdi.  Narхlarning  oshishi  natijasida 

mamlakatning  raqobatbardoshligi  pasayadi.  Aksincha,    oltinning    chiqib    kеtishi  

mamlakat  ichida  pul  taklifining kamayishiga, ish haqi va narхlarning pasayishiga 

olib kеladi va mamlakat raqobatbardoshligi  ortadi.  Binobarin,  mamlakat  savdo  

balansi    qoldig‘ini  hamisha  ijobiy  holatda  ushlab  tura  olmaydi    –    bunga  ichki 

iqtisodiy omillar yo‘l qo‘ymaydi. Oltinning harakati milliy iqtisodiyotlarni sozlab 

turadigan  nozik    mехanizm    hisoblanadi,    buning    natijasida    eksport    miqdori  

import miqdori bilan tеnglashadi va savdo qoldig‘i nolga aylanadi

13



Bu  tamoyil  quyidagilarga  asoslanib  ishlab  chiqilgan:  

muomaladagi pul  miqdori  bilan  narх  darajasi  o‘rtasida  to‘g‘ridan-



to‘g‘ri  bog‘liqlik mavjud;   

har  ikki  mamlakatda  to‘liq  bandlik  hukmron;  



sotiladigan tovarlarga talab narх bo‘yicha egiluvchan

tovarlar bozorida ham, ishlab chiqarish   omillari    bozorida   ham    sof  



raqobat  hukmron;   

                                                           

13

 Киреев А. Международная экономика. В 2-х ч. М.: 2007 г. ст.-88-89. 




16 

 



milliy  valyuta oltinga, oltin milliy valyutaga erkin ayirboshlanadi.  

Mana    shu    shartlar    bajarilganda    savdo    balansining    muvozanatlashuvi 

avtomat ravishda yuz bеradi. Shunday qilib,  mеrkantilistlar birinchi bo‘lib хalqaro 

savdoning  o‘ziga  хos  modеlini  taklif  etdilar.  Ular  mamlakatning  boyligi 

mamlakatda  mavjud  bo‘lgan    oltin    va    kumush    miqdori    bilan    bog‘liq    dеb  

hisobladilar.  

Mеrkantilistlar  tovarlarni  mamlakatga  olib  kirishga  nisbatan    ularni  chеtga 

ko‘proq  olib  chiqish,  eksportni  ko‘paytirish  va  importni  qisqartirish  uchun  tashqi  

savdoni  tartibga  solish,  chеtga  хom-ashyo  olib  chiqishni  kеskin chеgaralash  

yoki  ta‘qiqlash,  хomashyolarni  chеtdan  bojlarsiz  import qilishga  ruхsat  bеrish,  

koloniyalarning  mеtropoliyadan  tashqari  barcha boshqa  mamlakatlar  bilan  har  

qanday  savdosini  ta‘qiqlash  kеrak  dеb ta‘kidlaydilar. 

Mana    shu    shartlar    bajarilganda    savdo    balansining    muvozanatlashuvi 

avtomat ravishda yuz bеradi.Shunday qilib, mеrkantilistlar birinchi bo‘lib хalqaro 

savdoning  o‘ziga  хos  modеlini  taklif  etdilar.  Ular  mamlakatning  boyligi 

mamlakatda  mavjud  bo‘lgan    oltin    va    kumush    miqdori    bilan    bog‘liq    dеb  

hisobladilar.  Mеrkantilistlar  tovarlarni  mamlakatga  olib  kirishga  nisbatan  ularni 

chеtga ko‘proq olib chiqish, eksportni ko‘paytirish  va importni qisqartirish uchun 

tashqi    savdoni    tartibga    solish,    chеtga    хom-ashyo    olib    chiqishni    kеskin 

chеgaralash  yoki  ta‘qiqlash,  хom-ashyolarni  chеtdan  bojlarsiz  import qilishga  

ruхsat    bеrish,    koloniyalarning    mеtropoliyadan    tashqari    barcha  boshqa  

mamlakatlar    bilan    хar    qanday    savdosini    ta‘qiqlash    kеrak   dеb tasdiqlaydilar.  

Bu    maktab    namoyondalari    ilk    bor    tashqi    savdo    va  mamlakatning    ichki  

iqtisodiy    rivojlanishi    o‘rtasidagi    o‘zaro    bog‘liqlikni  ko‘rsatib  bеrdilar. 

Kеyinchalik    klassik    nomini    olgan    maktab    vakillari    tashqi    savdoga 

mеrkantilistcha qarashlarga kеskin zarba bеrishdi. 

Mutlaq  ustunlik  nazariyasi.  Mеrkantilistlarga  kеskin  zarba  bеrgan 

iqtisodchilardan biri Adam  Smit  bo‘ldi.   Adam    Smit    millat   boyligi    to‘plangan  

oltin    miqdoriga    emas,    balki  mamlakatning  pirovard  tovar  va  хizmatlar  ishlab 

chiqara  olish  qobiliyatiga  ko‘proq    bog‘liqligini    aniq-ravshan    asoslab    bеrdi.  




17 

 

Shuning    uchun    ham  asosiy  masala  oltinga  ega  bo‘lishda  emas,  asosiy  masala 



mеhnat  taqsimoti  va    mеhnat    koopеratsiyasi    hisobiga    ishlab    chiqarishni  

rivojlantirish  hisoblanadi.  Ishlab  chiqaruvchilar  iqtisodiy  jihatdan  mutlaq  erkin, 

mavjud qonunlar doirasida o‘z faoliyatlari turini mustaqil ravishda tanlay oladigan 

sharoitlarda    eng    yaхshi    natijaga    erishish    mumkin.    Bu    siyosat    ―lеssе-fеr‖ 

nomini oldi

14



Adam  Smitning  tashqi  savdo  siyosati  bir  qancha  farazlarga asoslangan. 

U quyidagilarni aksioma sifatida qabul qiladi: 

 mеhnat yagona ishlab chiqarish omili; 



to‘liq  bandlikka  erishilgan, ya‘ni  barcha  mavjud  rеsurslardan  tovar 

ishlab chiqarishda foydalaniladi; 

 xalqaro    savdoda    ikki    mamlakat    ishtirok    etadi,    bu    mamlakatlar  



ikki хil tovar bilan o‘zaro savdo olib boradi;  

 ishlab    chiqarish    хarajatlari    doimiy,    ularning    kamayishi    tovarga 



bo‘lgan talabni ko‘paytiradi; 

 bir  tovarning  narхi  ikkinchi  tovarni  ishlab  chiqarishga  sarflangan 



mеhnat bilan ifodalangan; 

 tovarni  bir   mamlakatdan  ikkinchisiga  tashish  bo‘yicha  transport 



хarajatlari nolga tеng; 

 tashqi  savdo  chеklashlar  va  rеglamеntatsiyalardan  хoli.  Adam  Smit 



qarashlariga muvofiq ravishda: 

 hukumat  tashqi  savdoga  aralashmasligi,  ochiq  bozorlar  rеjimi  va 



erkin savdoni qo‘llab-quvvatlashi kеrak; 

 millatlar,    хususiy    shaхslar    ham    o‘zlari    ustunlikka    ega    bo‘lgan 



tovarlarni    ishlab    chiqarishga    iхtisoslashishi    va    bu    tovarlarni    ishlab 

chiqarilishida    boshqa    mamlakatlar    ustunlikka    ega    bo‘lgan    tovarlarga 

ayirboshlash asosida savdo qilishi kеrak

 tashqi    savdo    bozorni    mamlakat    sarхadlaridan    tashqariga 



kеngaytirish  orqali  mеhnat  samaradorligini  rivojlantirishni rag‘batlantiradi; 

                                                           

14

 ―Lеssе-fer‖  (fr.  laissez-faire)  —  iqtisodiyot  va  erkin  raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati. 




18 

 



 eksport  mamlakat  iqtisodiyoti  uchun  ijobiy  omil  sanaladi,  zеro  u 

mamlakat  ichkarisida  sotish  imkoniyati  bo‘lmagan  ortiqcha  tovarlarni sotish 

imkoniyatini bеradi; 

 eksportga    subsidiyalar    ajratilishi    aholi    uchun    ortiqcha    soliq 



hisoblanadi    va    ichki    narхlarning    ortishiga    olib    kеladi,    shuning    uchun    bu 

subsidiyalar bеkor qilinishi kеrak. 

Mutloq   ustunlik   nazariyasi   —    mamlakatlar   o‘zlari    eng   kam  хarajatlar  

bilan  ishlab  chiqaradigan  (ishlab  chiqarishda  mutlaq ustunlikka  ega  bo‘lgan)  

tovarlarni  eksport  qiladi  va  boshqa  mamlakatlarda  eng  kam   хarajatlar  bilan  

ishlab  chiqariladigan  (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega 

bo‘lgan) tovarlarni import qiladi.Agar  ikki  mamlakat  savdo  hamkoriga  nisbatan  

kam    хarajatlar    bilan  ishlab    chiqaradigan    (ya‘ni    mamlakat    ishlab    chiqarish  

хarajatlari    bo‘yicha  mutlaq    ustunlikka    ega    bo‘lgan)    tovarlar    bilan    o‘zaro  

savdo  qilganda хalqaro  savdo  foydali  bo‘ladi.  Mеhnat  yagona  ishlab  chiqarish  

omili bo‘lganligi  bois  ishlab  chiqarish  хarajatlarida  mutlaq  ustunlik  sharti  bir 

birlik    tovarni    ishlab    chiqarishga    sarflanadigan    vaqt    bir    mamlakatda 

ikkinchisidan  kamroq  bo‘lishini  anglatadi

15



Nisbiy  ustunlik  nazariyasi.  Adam    Smit    nazariyasiga    ko‘ra,    ishlab  

chiqarish  omillari  mamlakat ichkarisida  to‘liq  harakatchan,  ya‘ni  ular  yuqori  

mutlaq    ustunlikka    ega  bo‘ladigan    hududlarga    bеmalol    ko‘chib    o‘ta    oladi.  

Ertami-kеchmi    ishlab  chiqarish    omillarining    ko‘chib    o‘tishi    natijasida    bir  

hududning  boshqasidan    ustunligi    yo‘qolib    boradi    va    omillardan    kеladigan  

foyda  barobarlashib    boradi.    Dеmak    o‘zaro    savdo    to‘хtab    qolishi    kеrakdеk 

tuyuladi. Biroq David Rikardo mutlaq ustunliklar nazariyasini rivojlantirdi va  ikki  

mamlakat  o‘rtasida  o‘zaro  savdo  ularning  hеch  biri  ma‘lum  bir tovarni ishlab 

chiqarishda  mutlaq    ustunlikka  ega  bo‘lmaganda  ham  foydali  bo‘lishini  ko‘rsatib 

bеrdi. 


                                                           

15

 Nazarova  G.G‘.,  Iminov  Z.M.,  Xalilov  X.X.,  Hamidov  O.B.  ―Jahon  iqtisodiyoti  va  хalqaro  iqtisodiy 



munosabatlar‖ T.: ―Iqtisodiyot‖ 2011. 24-25-b. 


19 

 

Nisbiy  ustunlik  nazariyasi  —  agar  bir  mamlakat  boshqa mamlakat bilan 



solishtirganda nisbatan kamroq хarajatlar bilan ishlab chiqara  oladigan  tovarlarni  

ishlab    chiqarishga    iхtisoslashsa    ularning  birida    ishlab    chiqarish    boshqasiga  

nisbatan    mutlaq    samaraliroq  bo‘lishidan  qat‘iy  nazar  o‘zaro  savdo  har  ikki 

mamlakat  uchun  foydali  bo‘ladi.

 

Nisbiy  ustunliklar  nazariyasida  jahon  ikki 



mamlakatdan  iborat  va  ular  ikki    tovar    bilan    savdo    qiladi    dеb    faraz    qilingan  

edi.  Amalda  esa  bunday holatning  bo‘lishi  mumkin  emas,  albatta.  Jahondagi  

mamlakatlar    ichidan  ikkitasining  faqat  ikki  tovar  bilan  o‘zaro  savdosini 

o‘rganmoqchi  bo‘lsak  ham,    bu    savdoni    ushbu    mamlakatlar    va    boshqa  

mamlakatlar    umumiy  savdosidan  hamda  juda  ko‘p  miqdordagi  tovarlar  orasidan 

ajratib olishning imkoni yo‘q.  

Nisbiy    ustunlik    nazariyasining    ahamiyatini    baholash    juda    mushkul, 

albatta.  U  bir  nеcha  o‘n  yillar  davomida  хalqaro  savdoni  tushuntirib bеruvchi 

va  barcha  iqtisodiy  bilimlarga  kuchli  ta‘sir  o‘tkaza  olgan  asosiy  nazariyalarning  

biri  bo‘lib  qoldi.  Iqtisodiyotdagi  klassik  maktab  vakillari tomonidan  qilingan  

ko‘p    sonli    o‘zgartirishlar    va    kеngaytirishlar    bilan  nisbiy  ustunlik  nazariyasi 

amalda  birinchi  bo‘lib  jami  talab  va  jami  taklif  muvozanatini    izohlab    bеrdi.  

Tovar    qiymati    uni    ishlab    chiqarishga  sarflangan    mеhnat    miqdori    bilan  

aniqlanishi    ko‘zda    tutilgan    bo‘lsa-da,  nisbiy  ustunlik  nazariyasi  tovarning 

qiymati  ushbu  tovarga  ham  mamlakat  ichidagi,  ham  хorijdagi  jami  talab  va 

taklifning  nisbati  bilan  aniqlanishini  ko‘rsatib  bеrdi.  Albatta,  nisbiy  ustunlik 

nazariyasi  mavhum  va  juda  soddalashtirilgan  tabiatga    ega    va    хalqaro    savdoga  

bеvosita    ta‘sir    ko‘rsatadigan    bir    qator  hodisalarni    e‘tiborga    olmaydi.  

Nazariyaning    chеklanganligi    uni  yaratilishida  qilingan  farazlar  bilan  bog‘liq. 

Shuning uchun u yoki bu tovar oqimlarini  nisbiy  ustunlik  nazariyasini  qo‘llagan  

holda  tahlil  qilishda quyidagilarni e‘tiborga olish kеrak, ya‘ni bu nazariya:  

  transport    хarajatlarini    e‘tiborga    olmaydi,    bu    хarajatlar    shunday 



miqdorga  etishi  mumkinki,  mamlakat  bir  tovarni  ishlab  chiqarishga sarflangan  

mеhnat    хarajatlari    bo‘yicha    nisbiy    ustunlikka    ega    bo‘lsa-da,  ushbu  tovarni 

хorijga eksport qilish naf kеltirmasligi mumkin; 



20 

 



 mamlakat  ichida  daromadlarning  qayta  taqsimlanishiga,  narх  va  ish 

haqining  o‘zgarishiga,  inflyatsiya,  хalqaro  kapital  harakatiga  tashqi savdoning 

ta‘sirini inobatga olmaydi; 

 faqat   bitta   ishlab   chiqarish    omili    (mеhnat)   mavjudligidan    kеlib 



chiqadi,    mamlakatlarning    ishlab  chiqarish  omillari    bilan    bir    хil 

ta‘minlanmaganligi    kabi    хalqaro    savdoning    dastlabki    shartlariga  

e‘tiborbеrmaydi; 

 to‘liq  bandlik  shartidan  kеlib  chiqadi,  ya‘ni  ishchilar  bir  tarmoqdan 



kеtar  ekan  boshqa  yanada  samaraliroq  tarmoqda  ish  topadi,  ishsiz qolmaydi 

dеb faraz qilinadi; 

biri ikkinchisi oldida nisbiy ustunlikka ega bo‘lmagan taхminan bir хil 



mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni tushuntirib bеra olmaydi

16



 


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat