O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi



Download 1 Mb.
bet1/3
Sana03.08.2021
Hajmi1 Mb.
#137066
  1   2   3
Bog'liq
METODIKA Kurs ishi


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI


SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTЕTI
___________________________________________________
Sattarov Otabek
5111100 – Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha
Musiqa o`qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari fanidan



Mavzu: “Interfaol metodlar va ularni musiqa ta’lim-
tarbiya jarayonlarida qo’llash”
Ilmiy rahbar:

Urganch 2020-yil




Rеja:
Kirish
1.Musiqa ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
2.Musiqa madaniyati darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llash
mazmuni

3.Musiqa o`qituvchilarini innovatsion ta`lim faoliyatiga tayyorlash


4.Ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida ta`lim samaradorligini
ta`minlash yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati
Xulosa

2

Kirish


Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng qamrovli yangilanishlar va ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga “Ta`lim to`g`risida” gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham huquqiy, ham tashkiliy pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda.
Ta`lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini oshirish barobarida o`qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm – fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan va qo`llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada tayyorlash (qayta tayyorlash) bugungi kunning muhim vazifalaridandir.
O`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda ta`limga interfaol usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o`rin tutadi. Zero, an`anaviy ta`limda o`quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsalar, rivojlantiruvchi ta`lim mezonlariga muvofiq bilimlarni o`quvchilarning o`zlari o`rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishiga yo`naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta`limning barcha bo`g`inlarida fanlarning o`qitilishi, mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish bo`yicha ko`plab o`quv – uslubiy qo`llanmalar, tavsiyanomalar, ko`rsatmalar va pedagogik texnologiyalarni qo`llashning mazmun va mohiyati yoritilgan adabiyotlar ko`plab yaratilmoqda. Bu borada ayniqsa fanlar bo`yicha “Uzviylashtirilgan Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturlari” ning yaratilishi e`tiborga molik ish bo`ldi. Ta`limga pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan nashr qilingan muhim adabiyotlar va ilmiy – uslubiy ishlar jumlasiga Yo`ldoshev Sh, Usmonov S, R. Ishmuhammedov, A. Abduqodirov, A. Pardayev, O`. Tolipov, Tojiyevlarning ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish bilan ta`lim samaradorligini oshirish bo`yicha bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlariga M. Yunusova, O. Do`stmuhammedova, G. Iskandarovalarning ilmiy izlanishlarini misol keltirish
3

mumkin. Ushbu ishlar mazmunida ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shuningdek ona tili va adabiyoti, botanika, matematika, fizika, geografiya, rus tili va adabiyoti fanlarini pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etish masalalari, uning pedagogik, metodik, tashkiliy jihatlari ilmiy tadqiq qilingan.


Musaiqa ta`limi sohasida esa M. Abramova, D. Soliyevalar tomonidan nashr qilingan umumta`lim maktablari 2 – sinfi uchun darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo`yicha chiqarilgan o`quv – metodik qo`llanmadan bo`lak alohida ilmiy – uslubiy, va tadqiqot ishlari qilinmagan. Bu qo`llanma ham tavsiyanoma xarakterida bo`lib, dars jarayonida qo`llash mumkin bo`lgan ayrim texnologiyalarga tavsif berish bilan cheklangan.
Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy – tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish muammosi maxsus ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Bu esa bizning magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda interfaol uslublardan foydalanish” nomlanishida tanlashimizga sabab bo`ldi. Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish