O’zbekiston respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent to’qimachilik va engil sanoati instituti iqtisodiyot nazariyasi


O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari



Download 83.32 Kb.
bet9/12
Sana21.05.2021
Hajmi83.32 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari.

Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mam­lakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga oiishning revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo’lni, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii tanlandi.

« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivoj­lanish yoii xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, in­son manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ».

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:




  • iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan us­tuvorligini ta’minlash;


  • o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;


  • butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;


  • bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;


  • bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.


Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qoilab-quvvatlanayotgani bejiz emas, albatta».

Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqi­yot modelining naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyu­sion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodi­yotiga oiishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:


  • totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;


  • Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.


Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilish­ning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:




  • O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;


  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;


  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.


Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichi­da iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.

Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator vazi­falami ko‘rsatib berdi:


  • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;


  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqti­sodiy barqarorlikni ta’minlash;


  • milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;


  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.


O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazi­falami amalga oshirishni ko‘zda tutadi:


  • iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish;


  • xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu aso­sida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;


  • mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;


  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin egallashiga erishish;


  • mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;


  • iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish.


Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor muno­sabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi.



Download 83.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat