O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasidavlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 0.97 Mb.
bet24/27
Sana16.01.2017
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Zararni to’lash:

  • jabrlanuvchiga yo’qotgan ish haqi (daromad)ni to’lashdan;

  • sog’lig’iga shikast yetishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarning kompensatsiyasidan;

  • belgilangan hollarda esa - bir yo’la beriladigan nafaqa to’lashdan iboratdir (Mehnat kodeksi 190-moddasining birinchi qismi).

YO’qotilgan ish haqi (daromad) - Mehnat kodeksi 190-moddasining birinchi qismiga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovdan iboratdir. Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (ТMEK) tomonidan aniqlanadi va Mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq sog’liqqa shikast yetkazilishi oqibatlariga bog’liq holda 5%dan 100%gacha doirada belgilanadi.

Fuqarolik kodeksining 1007-moddasiga ko’ra jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig’i undiriladigan o’rindoshlik ish joyi bo’yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug’ruq ta’tillari davri uchun to’langan nafaqalar kiritiladi. Ushbu barcha ish haqi turlari (daromadlar) soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi.

Jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo’yilmalari yoki paylari bo’yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to’lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to’xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).

O’rtacha oylik ish haqi xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash qoidalarining (bundan keyin - Qoidalar) II bo’limi bilan belgilangan tartibda aniqlanadi.

12 oydagi ish uchun o’rtacha oylik ish haqi (daromad) ish haqining umumiy summasini (daromadni) 12 ga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda 12 oydan kam ishlagan taqdirda, o’rtacha oylik ish haqi (daromad) haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi.

Jabrlanuvchi to’liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko’ra bundan oldin to’liq ishlanmagan oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish mumkin bo’lmaganda hisoblashdan chiqariladi. Agar jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan bo’lsa, uning xohishiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo’lgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan, ammo EKIHning 5 karrasidan kam bo’lmagan odatdagi haq to’lash miqdori hisobga olinadi (FK 1007-moddasining oltinchi qismi).



MISOL. Хodim 2012 yil martida mehnatda mayib bo’ldi. Kasbiy mehnatga layoqatning yo’qotilgan darajasi ТMEKning xulosasiga ko’ra 40% qilib belgilandi.

Хodimning asosiy ish joyidagi ish haqi 600 000 so’mni tashkil qilgan (mehnatda mayib bo’lgan yildan avvalgi yil mobaynida). shuningdek u fuqarolik-huquqiy shartnoma bo’yicha joriy yilning apreli, iyuni va dekabrida 350 000 so’mdan olgan.

O’rtacha oylik daromadni hisoblaymiz:

[(600 000 x 12) + (350 000 x 3)] / 12 = 687 500 so’m.

Qoplanadigan yo’qotilgan daromadni hisoblaymiz:

687 500 x 40% = 275 000 so’m.

Agar mehnatda mayib bo’lishi oqibatida jabrlanuvchi avvalgi ishini bajara olmasa, ish beruvchi uning xohishiga ko’ra ТMEKning xulosasiga muvofiq o’z hisobidan uni yangi kasbga o’rgatishi ham shart. O’rgatish vaqtida jabr-lanuvchiga mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqi (daromad) to’lanishi kerak.

Mazkur to’lovlar har oyda amalga oshirilishiga qaramay, uzrli sabablar bo’lgan taqdirda sud ish beruvchining imkoniyatlarini hisobga olib, jabrlanuvchining talabi bilan unga tegishli to’lovlarni bir yo’la, lekin 3 yildan oshmagan vaqt uchun to’lashni belgilashi mumkin (FK 1014-moddasining ikkinchi qismi).

Bir martalik nafaqa - O’rtacha oylik ish haqi (daromad)ni, zarar qoplamining bosh-qa turlarini to’lashdan tashqari ish beruvchi jabrlanuvchiga bir martalik nafaqa to’laydi, uning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas(Mehnat kodeksining 194-moddasi).

Ushbu nafaqaning aniq miqdori jamoa shartnomasi bilan, agar u tuzilmagan bo’lsa - ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi bitim bilan belgilanadi.

Yillik ish haqi o’rtacha oylik ish haqini 12 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.

MISOL. Jabrlanuvchining o’rtacha oylik ish haqi 687 500 so’mni tashkil qiladi, bir martalik nafaqa esa 8 250 000 so’mga (687 500 x 12) teng bo’ladi.

Qo’shimcha xarajatlar - Тo’lanadigan bunday xarajatlarga davolash, protezlash, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, sanatoriy-kurortda davolanish, shu jumladan jabrlanuvchining davolanadigan joyga borish va kelish yo’l xarajatlari, zarur hollarda esa, shuningdek o’zganing parvarishiga muhtoj bo’lganda, kuzatib boruvchi shaxsning ham yo’l xarajatlari, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turli yordam xarajatlari, agar u ТMEK tomonidan yordamning ushbu turlariga muhtoj deb topilgan bo’lsa va ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqi bo’lmasa, shuningdek jabrlanuvchi bilan ish beruvchi o’rtasida zararni to’lash bo’yicha bahs paydo bo’lganda hamda bahs jabrlanuvchi foydasiga hal bo’lgan hollarda advokat yollash uchun qilingan xarajatlar kiradi (Qoidalarning 22-bandi).

Kasbiy mehnatga layoqatni yo’qotish darajasini belgilash bilan bir vaqtda, asoslar bo’lgan taqdirda, ТMEK nogironlikning tegishli guruhini belgilaydi va jabrlanuvchining qo’shimcha yordam turlariga qanchalik muhtojligini aniqlaydi.

Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi to’g’risida ТMEK xulosasi bo’lsa, unga davolanish uchun yillik ta’tildan tashqari ta’til beriladi. Davolanish uchun ta’til vaqtiga haq to’lash yillik ta’tilga haq to’lash uchun belgilangan qoidalarga ko’ra amalga oshiriladi. Davolanish davrida zararni qoplash umumiy asoslarda bajariladi.

Fuqarolik kodeksining 1014-moddasining uchinchi qismiga ko’ra kelgusi vaqt uchun qo’shimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yo’llanma sotib olish, yo’l haqini to’lash, maxsus transport vositalari haqini to’lash va hokazo) qiymatini oldindan to’lash zaruriyati tug’ilganda amalga oshirilishi mumkin.


Ma’naviy zararni kompensatsiyalash - yuqorida ko’rsatilgan xarajatlardan tashqari, ish beruvchi mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga uchragan xodimga ma’naviy zararni ham qoplashi kerak. Jismoniy yoki ma’naviy aziyatlar (ma’naviy zarar) pulli yoki boshqa moddiy shaklda va ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi bitimda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda - ish beruvchi bilan marhumning oila a’zolari o’rtasida tuzilgan bitimda belgilangan miqdorda qoplanadi. Nizo yuzaga kelgan holatda ma’naviy zararni kompensatsiyalash miqdorini sud ish beruvchining harakatlariga bahoni hisobga olgan holda belgilaydi, biroq u xodimning oylik ish haqidan kam bo’lmasligi kerak(Mehnat kodeksi112-moddasi ikkinchi qismining to’rtinchi xatboshisi).

Jabrlanuvchining aybini hisobga olish - ba’zida zarar nafaqat uni yetkazuvchining harakatlari (harakatsizligi), balki jabrlanuvchining o’z xatti-harakati natijasida ham yuzaga keladi. Bunday hollarda zarar uchun javobgarlikni to’liq darajada faqat uni yetkazgan shaxsgagina yuklash nohaqlik bo’ladi.

Shu munosabat bilan Mehnat kodeksining 191-moddasida aralash javobgarlik qoidasi qayd etilgan: agar jabrlanuvchining qo’pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki ko’payishiga sabab bo’lsa, to’lanishi lozim bo’lgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.

Aralash javobgarlik to’lanishi lozim bo’lgan zararning qo’shimcha turlariga, bir yo’la beriladigan nafaqaga, shuningdek boquvchining vafoti munosabati bilan zararni to’lash hollariga tatbiq etilmaydi.
Qo’shimcha xarajatlarni qoplash miqdorlari


Хarajatlar turi

Qoplash miqdori

Maxsus tibbiy qarash (parvarish qilish)


har oyda EKIHning 2 baravari


Uy sharoitida qarash (uni kim amalga oshirishidan qat’i nazar qoplanadi)

har oyda EKIHning 50%i


Maxsus transport vositalarini xarid qilish

ularning qiymati doirasida*


Dorilar xarid qilish


davolovchi shifokor yozib bergan belgilangan shakldagi retsept taqdim etilganda ularning qiymati va to’langan chek doirasida

Boshqa qo’shimcha xarajatlar

ularning qiymati doirasida*


*) Agar mazkur xarajatlar jabrlanuvchining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilsa, unga MAIMQV huzuridagi Maxsus komissiyaning qaroriga asosan bunday vosita yoki xizmatning o’rtacha qiymatidan ko’p bo’lmagan miqdorda kompensatsiya to’lanishi kerak.
Yetkazilgan zararga kompensatsiya to’lanishi - Ish beruvchi kasbiy mehnat layoqatini yo’qotgan xodimga yoki ishlab chiqarishda halok bo’lgan shaxsning oila a’zolariga ularning zararni qoplashga doir huquqlarini tushuntirishi shart (Qoidalarning 32-bandi).

Ishlab chiqarishda jabrlangan xodim yetkazilgan zararni qoplashlari uchun ish beruvchiga yozma ariza bilan murojaat qilishi kerak. Agar xodim shaxsan murojaat qila olmasa (masalan, sog’lig’ining holati bo’yicha), buni ishonchnoma olgan vakili qilishi mumkin. Agar baxt-siz hodisa natijasida xodim o’lgan bo’lsa, tegishli ariza bilan zararni qoplashga huquqi bo’lgan manfaatdor shaxslar murojaat qilishga haqlilar (Mehnat kodeksining 197-moddasi). Zararni qoplash to’g’risida arizaning nusxasi kasaba uyushmasi qo’mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga beriladi (Qoidalarning 33-bandi).

Хorijda ishlash davrida mehnatda mayib bo’lgan xodimlar, boquvchisi vafot etgan taqdirda esa ular oilalarining a’zolari zararni qoplash to’g’risida arizani xodimni xorijga yuborgan tashkilotga beradilar.

Mayib bo’lish bilan yetkazilgan zararni qoplash to’g’risida arizaga xodim kasbiy mehnat layoqatini yo’qotish darajasi va tegishli hollarda - qo’shimcha yordam turlariga muhtojligi to’g’risida ТMEK xulosasini ilova qiladi. Zararni qoplashga doir to’lovlarni uzaytirish uchun xuddi shunday hujjatlar taqdim etiladi.

Boquvchisini yo’qotganligi bois qoplash huquqiga ega bo’lgan shaxslarga zararni qoplash to’g’risida arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organining boquvchining vafot etganligi to’g’risida guvohnomasining nusxasi;

b) marhumning oila a’zolari tarkibi, shu jumladan uning qaramog’ida bo’lgan shaxslar to’g’risida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining ma’lumotnomasi (yoki boshqa hujjatlar) yoxud sudning tegishli hal qiluv qarori nusxasi. Ushbu ma’lumotnomada har bir oila a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili va oyi ko’rsatilishi kerak. Тegishli hujjatlar bo’lmasa va ularni tiklash mumkin bo’lmaganda, shuningdek, manfaatdor shaxs ma’lumotnomaga qo’shilmasa, qaramoqda bo’lganlik dalilini sud belgilaydi;

v) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining marhumning otasi, umr yo’ldoshi yoki marhum oilasi boshqa a’zosining ishlamasligi va marhumning 3 yoshga yetmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralarini parvarishlash bilan bandligi to’g’risida ma’lumotnomasi;

g) o’quv yurtining zararni qoplashga huquqi bo’lgan, 16 dan 18 yoshgacha shaxslar kunduzgi ta’lim muassasalarida o’qiyotganliklari to’g’risida ma’lumotnomasi.

Тo’lovlar muddatini uzaytirish uchun zararning qoplamini bundan keyin olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar (o’qish joyidan ma’lumotnoma va boshqalar) taqdim etiladi.

Ish beruvchi arizani olgach, uni olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko’rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Qaror buyruq (farmoyish) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslantirilgan bo’lishi kerak, unda zarar qoplanishi belgilangan shaxslar, uning har bir oila a’zosiga to’g’ri keladigan miqdorlari va to’lash muddatlari ko’rsatiladi. Хodimga zararni qoplash to’g’risida buyruqning nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodim yoki manfaatdor shaxslarga u qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida topshiriladi.

Хodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroriga qo’shilmagan yoki javob belgilangan muddatda olinmagan taqdirda ular mazkur nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.

Хodimning sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash bo’yicha nizolar xususida sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi (Mehnat kodeksining270-moddasining uchinchi qismi).

Хodim mehnat jarohati olganidan vafot etganda ish beruvchining xarajatlari va qoplashi tartibi.Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda u hayot bo’lganda to’liq yoki qisman boqqan (boquvchisi bo’lgan) yaqin kishilarida mulkiy yo’qotishlar yuzaga keladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:


  • ish beruvchi marhumning qaramog’ida bo’lgan mehnatga layoqatsiz2, shuningdek 16 yoshga to’lmagan shaxslarga yoki marhum vafot etgan kungacha undan nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar;

  • marhumning vafotidan so’ng tug’ilgan farzandi;

  • shuningdek ota-onalaridan biri, umr yo’ldoshi yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to’lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo’lgan boshqa a’zosi (Mehnat kodeksi 192-moddasining birinchi qismi; Хodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning bosh xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash qoidalarining 26-bandi, bundan keyin - Qoidalar).

Quyidagilar to’lanishi kerak:

  • vafot etganning kamida oltitao’rtacha yillik ish haqi miqdorida bir yo’la beriladigan nafaqa(Qoidalar 29-bandining birinchi qismi). Oltita o’rtacha yillik ish haqi miqdori vafot etganning o’rtacha oylik ish haqi (daromadi)ni 72 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.

Misol. Vafot etgan xodimning o’rtacha oylik ish haqi miqdori 687 500 so’mni tashkil qiladi. Nafaqaning miqdori 49 500 000 so’mni (687 500 x 72) tashkil qiladi.

Sog’liq shikastlanganligi tufayli bir yo’la beriladigan nafaqa olingandan keyin xodim mehnat bilan bog’liq holda jarohatlanishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda, ish beruvchi vafot etganning kamida beshta o’rtacha yillik ish haqi miqdorida bir yo’la beriladigan nafaqa to’lashi shart.



  • ushbu xarajatlarni sarflagan shaxsga dafn etish uchun zarur xarajatlar(Qoidalarning 31-bandi).

Ular sirasiga odatda dafn etish xarajatlari, mazkur joy uchun standart to’siq va tosh o’rnatish, marosim xarajatlari (oqilona miqdorda) kiradi. Yuqoridagi xarajatlar amalda ularni qilgan shaxslarga qoplanadi, bunda ularning summasiga Pensiya jamg’armasi bo’limi tayinlagan va ular eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida olgan dafn etish nafaqasiga qo’shib hisoblanmaydi3;

    • boquvchining vafoti munosabati bilanmarhumning o’rtacha oylik ish haqi miqdorida to’lanadigan oylik to’lovlar, uning o’ziga va uning qaramog’ida bo’lgan, lekin zararni undirishga haqli bo’lmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushini chegirib tashlagan holda (MK 193-moddasining birinchi qismi).

Тo’latishga haqli bo’lgan shaxslarning har biriga zararni to’lash miqdorini belgilash uchun boquvchining ko’rsatilgan shaxslarning hammasiga to’g’ri keladigan ish haqi qismi ularning soniga bo’linadi.

Misol. Vafot etgan xodimning oilasi otasi (66 yosh), onasi (65 yosh), xotini (35 yosh) va o’g’lidan (6 yosh) iborat. Oylik to’lovlarga ota-ona (pensiya yoshiga yetgan shaxslar sifatida) va o’g’il (16 yoshga yetmagan shaxs) haqlidir. Хotini marhumning qaramog’ida bo’lishi mumkinligiga qaramay, to’lovlarni olishga haqli emas, chunki u mehnatga qobiliyatli shaxsdir. Vafot etgan xodimning o’rtacha oylik ish haqi 687 500 so’mni tashkil qiladi. Bir ulushning miqdorini aniqlaymiz:

687 500 / [3 (ona, ota va o’g’il to’lov olish huquqiga egalar) + 2 (marhum va qaramog’ida bo’lgan, biroq to’lov olishga haqli bo’lmagan shaxs - xotini)] = 687 500 / 5 = 137 500 so’m (marhum va uning xotini hisobga olingan holda ulush).

Har bir oluvchining ulushi miqdorini belgilash uchun marhum va uning xotini ulushini - 275 500 so’m (137 500 x 2) chegirish lozim.

Тo’lov oluvchilarning ulushi 412 000 so’mga (687 500 - 275 500) teng.

Har bir to’lov oluvchi ulushining miqdori 137 333 so’mni (412 000 / 3) tashkil etadi.

Vafot etganning qaramog’ida bo’lmagan, biroq zararni to’latish huquqiga ega bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga uning miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:



    • agar ta’minotga mablag’lar sud tartibida undirilsa, zararni to’lash sud belgilagan summada belgilanadi;

    • agar ta’minotga mablag’lar sud tartibida undirilmasa, zararni to’lash ularning moddiy ahvoli va marhumning hayot vaqtida ularga yordam ko’rsatish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Misol. Marhum pensiya yoshiga yetgan ota-onasiga moddiy yordam ko’rsatmagan, chunki ular bunga muhtoj emas edilar. Ya’ni amalda ular marhumning qaramog’ida bo’lmaganlar. Ushbu holda ularning ulushi miqdori ulushga muhtojliklariga bog’liq holda belgilanadi. Ular boshqa qaramoqdagi shaxs foydasiga to’lovlarni olishdan bosh tortish to’g’risida ariza yozishga ham haqlilar. Ushbu masalani ota-ona va boshqa qaramoqdagilar bilan birgalikda hal qilish maqsadga muvofiqdir. Kelishishga erishilmaganda nizo sud tartibida hal qilinadi.

Boquvchisini yo’qotganlik tufayli zarar to’lovini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar uchun boquvchisining vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek boshqa daromadlar (yoshga doir va nogironlik uchun pensiyalar, ish haqi, stipendiyalar) zarar to’lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramog’ida bo’lgan har bir shaxs hisobiga zarar to’lovi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan EKIHning 50%idan kam bo’lishi mumkin emas.



Zararni to’lash miqdori keyinchalik hisob-kitob qilinmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

    • chaqaloq boquvchining vafotidan keyin tug’ilganda;

    • vafot etgan boquvchining farzandlari, nabiralari, ukalari va singillarini 3 yoshga to’lgungacha parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxslarga zarar to’lovlari belgilanganda yoki to’xtatilganda;

    • vafot etganning qaramog’ida bo’lgan yoki u vafot etgan kungacha uning ta’minotida bo’lish huquqiga ega bo’lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar soni o’zgarganda (Qoidalarning 28-bandi).

Bundan tashqari, qaramog’ida bo’lganlar mulkiy yo’qotishlari uchun belgilangan to’lov miqdoridan ortiqcha ma’naviy zararni qoplatish huquqiga egalar.
3. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar sof tushumidan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar hisobi va hisoboti.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, uning to’lovchilari, soliq solish ob’ekti, bazasi, soliq davri, majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish masalalari Soliq kodeksining (SK) 52-bobi bilan tartibga solinadi.


Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning

to’lovchilar quyidagilari:

to’lovchilari bo’lmaydi:

yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;


notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno

oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.

yagona soliq to’lovini to’lovchi yuridik shaxslar.

Sof tushum byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasidir. Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:




Soliq solish ob’ekti

Soliq solinadigan baza

Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar

- QQS chegirilgan holda, vositachilik haqi summasi

Тayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari

- QQS chegirilgan holda tovar oboroti hajmi

Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

- QQS chegirilgan holda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi

Kredit va sug’urta tashkilotlari

- daromad

Kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun

- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning realizatsiya qilingan hajmi, QQS va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymatini chegirgan holda

Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari

- yagona soliq to’lov

"O’zdonmahsulot" AK korxonalari (g’alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish faoliyatiga ega bo’lgan donni qayta ishlaydigan korxonalar)

- QQS chegirilgan holda ta’minot-sotish ustamasi va siylovi (skidka)

Asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar

- foiz ko’rinishidagi daromad summasi

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari

- QQS va aksiz solig’i chegirilgan holda, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmi

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlardan kelib chiqqan holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.

10-chizma




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik