O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasidavlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi



Download 0.97 Mb.
bet11/27
Sana16.01.2017
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash uchun MA’LUMOТNOMA;

Soliq to’lovchisi to’g’risida

MA’LUMOТLAR;

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i


HISOB-KIТOBI;

1- ilova.

Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi

2-ilova.

Chegirilmaydigan xarajatlar (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar)

3-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olingan xarajatlar)

4-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari bo’yicha)

5-ilova.

Soliq solishdan ozod qilinadigan foyda

6-ilova.

Soliq solinadigan foydani kamaytirish

7-ilova.

Hisobot (soliq) davri uchun soliq solinadigan foydani kamaytiradigan, investitsiyaga yo’naltiriladigan mablag’lar summasi hisob-kitobi

8-ilova.

Jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo’yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg’arma sertifikatlari) hajmlarining ko’paygan summasiga banklarning soliq solinadigan foydasini kamaytirish hisob-kitobi

9-ilova.

Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi

10-ilova.

Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o’tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi

11-ilova.

Plastik kartochkalar qo’llanilib to’langan ko’rsatilgan xizmatlardan olingan foydaning hisob-kitobi

12-ilova.

Eksport ulushiga qarab foyda solig’i stavkasiga tuzatish kiritish

13-ilova.

Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun
foyda solig’ining tuzatish kiritilgan summasi

14-ilova.

Hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida
to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi

15-ilova.

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan
(olingan) dividendlar ko’rinishidagi daromadlardan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining
ma’lumotnoma-hisob-kitobi

2-chizma


Soliq agentlari tomonidan to’lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar

va foizlar ko’rinishida to’lanadigan daromadlardan olinadigan soliq

HISOB-KIТOBI

Тo’lov manbaida soliqlarni ushlab qoladigan soliq agenti to’g’risida

MA’LUMOТLAR


Jami daromad summasi va to’lov manbaidan ushlab qolingan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining umumiy summasi to’g’risida

MA’LUMOТNOMA


Norezidentlarning daromadidan yuridik shaxslardan olinadigan

foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qoluvchi soliq agenti to’g’risida

MA’LUMOТLAR


Norezidentlarning daromadidan soliq agenti

tomonidan to’lov manbaidan ushlab qolinadigan

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining

HISOB-KIТOBI *


Daromad summasi va ushlab qolingan soliqning jami summasi to’g’risida

MA’LUMOТNOMA


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining to’lovchisi haqida

MA’LUMOТLAR
(O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga


oshirayotgan norezidentlar tomonidan to’ldiriladi)

O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali
amalga oshiradigan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan
to’lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining


HISOB-KIТOBI

1- ilova.

Doimiy muassasa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan daromadlar

2-ilova.

CHEGIRILMAYDIGAN ХARAJAТLAR

(soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar)



3-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar)

4-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvarag’i bo’yicha ma’lumotlar)

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisob-kitobining birlashtirilgan shakliga kiritilgan o’zgartirishlar:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblashda shakl yangi satrlar bilan to’ldirilgan:

Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorini shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi (Hisob-kitobning 1-ilovasi 060-satri) ko’rsatiladigan 040 satr bilan to’ldirilgan va bu satr ko’rsatkichi soliq solinadigan foydaga qo’shiladi;

quyidagilar ko’rsatiladigan 200 va 210 satrlar bilan - O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi (Hisob-kitobning 14-ilovasi 090-satri);

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha qo’shimcha summasi (Hisob-kitobning 15-ilovasi (060-satri + 120-satri));

va mos ravishda yangi 14, 15-ilovalar bilan to’ldirildi.

Ushbu satrlar bo’yicha ko’rsatkichlar hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasini ko’paytiradi yoki kamaytiradi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bilan bitta shaklga birlashtirilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha ilgari chegiriladigan soliq to’lovchi balansida bo’lgan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlab turishning haqiqiy xarajatlarini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarish ko’zda tutilgan.

Hisob-kitob shakli yangi "Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi" nomli 1-ilova bilan to’ldirildi.

Oldingi 1-5-ilovalar mos ravishda 2-6-ilovalar hisoblandi (1-ilova Chegirilmaydigan xarajatlar (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar), 2-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olingan xarajatlar), 3-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari bo’yicha), 4-ilova Soliq solishdan ozod qilinadigan foyda, 5-ilova Soliq solinadigan foydani kamaytirish).

7-ilova ilgarigi 7-ilova (7-ilova. Hisobot (soliq) davri uchun soliq solinadigan foydani kamaytiradigan, investitsiyaga (modernizatsiyalash, o’z ishlab chiqarishini texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatini qoplashga) yo’naltiriladigan mablag’lar summasi Hisob-kitobi) kabi saqlanib qolgan.

Hisob-kitob 8-ilova "Jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo’yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg’arma sertifikatlari) hajmlarining ko’paygan summasiga banklarning soliq solinadigan foydasini kamaytirish hisob-kitobi" bilan to’ldirilgan.

Oldingi 6-ilova (6-ilova. Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi) endi 9-ilova bo’ldi.

Oldingi 8-ilova (8-ilova. Hisobot (soliq) davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o’tgan yil (o’tgan yillar) zarari yoki zararning bir qismi summasining hisob-kitobi) endi 10-ilova bo’lib hisoblanadi.

Oldingi 9-ilova (9-ilova. Plastik kartochkalar qo’llanilib to’langan ko’rsatilgan xizmatlardan olingan foydaning hisob-kitobi) endi 11-ilova bo’ldi.

Oldingi 10 va 11-ilovalar (10-ilova. Eksport ulushiga qarab foyda solig’i stavkasiga tuzatish kiritish, 11-ilova. Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda solig’ining tuzatish kiritilgan summasi) endi 12 va 13-ilovalar bo’ldi. Bunda, eski 12-ilova (12-ilova. Daromadlar hisobini yuritish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan va soliq solish maqsadida daromad sifatida qaralmaydigan foyda (daromad) summasi) chiqarib tashlandi.

Hisob-kitob 14 va 15-ilovalar bilan to’ldirildi (14-ilova. Hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi, 15-ilova. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar ko’rinishidagi daromadlardan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ma’lumotnoma-hisob-kitobi).

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha soliq hisoboti shakllarining qolgan ilovalari o’zgarishsiz saqlanib qolgan.

Soliq hisoboti shakli shuningdek, "Norezidentning O’zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan daromadidan O’zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini qaytarish to’g’risida Ariza" bilan to’ldirildi.


Yirik va kichik korxonalar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda

solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i



2013 yil 1 yanvargacha


2013 yil 1 yanvardan


Foyda solig’i

hisob-kitobi




Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda va OIIRS

soliqlari

hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda solig’i

bo’yicha ma’lumotnoma




Har chorakda

Yilda 4 marta




OIIRS hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta



OIIRS bo’yicha

ma’lumotnoma




Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda va OIIRS

soliqlari

hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta




Yil uchun soliq hisoboti 16 shakl


Yil uchun soliq hisoboti 8 shakl


  1. Jismoniy shaxslarning olinadigan daromad solig’i hisobi va hisoboti.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ob’ekti, bazasi va jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi, shuningdek soliq stavkalariga bag’ishlanadi. Bu masalalar Soliq kodeksining (SK) 29-32-boblari bilan tartibga solinadi.

Soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ekti va bazasi. SKga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar va O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari uchun norezidentlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari hisoblanadi.

shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari hamda norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, SKga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob’ekti bo’lmaydi.



Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi

1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.

MISOL. Reklama bo’yicha menejerga lavozim maoshi 395 000 so’m qilib belgilangan. Fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.

Bu yerda mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to’lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo’lib, ulardan 15 kuni reklama bo’yicha menejer tomonidan ishlab berilgan.

Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to’lanadigan ish haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 395 000 so’m bo’lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 19 750 so’mga (395 000 / 20) teng bo’ladi. Shunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 296 250 (19 750 x 15) so’mga teng bo’ladi.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;


  • ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo’shimcha to’lovlar;

  • SKning 173-moddasiga muvofiq rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;

  • SKning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);

  • SKning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.

shuningdek mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:

  • fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq to’lovlar;

  • yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;

  • O’zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining xodimlariga xizmatni o’tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lovlar.

MISOL. Тaftish komissiyasi a’zosiga tashkilotning umumiy yig’ilishiga tayyorlanishi va qatnashishi kunlariga 25 000 so’m summadan kelib chiqib har bir kun uchun to’lanadi. 5 kun uchun unga 125 000 so’m hisoblanib, ushbu summa taftish komissiyasi a’zosining arizasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga maksimal stavka (22%) bo’yicha tortiladi.

Bu yerda taftish komissiyasi a’zosiga to’lanadigan mukofot summasi (125 ming so’m) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga kiritiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga tortiladi va ijtimoiy sug’urtaga majburiy ajratmalar ob’ekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi 27 500 so’mni (125 000 x 22%), hisoblangan sug’urta badali summasi - 6 875 so’mni (125 000 x 5,5%) tashkil etadi.

Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar

1) yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot;

2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;

3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;

4) ta’tilga qo’shimcha haqlar;

5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;

6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov;

7) mehnat natijalari bilan bog’liq bo’lmagan bir yo’la beriladigan mukofotlar.



MISOL. Korxonada 3 yil uzluksiz ish stajiga ega va haqiqatdagi yillik ish haqi 3 500 000 so’m bo’lgan xodimga yil yakuni bo’yicha yillik ish haqining 8%i miqdorida mukofot belgilangan.

Yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot to’lash korxonadagi mukofotlash haqidagi nizom yoki yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot to’lash to’g’risidagi maxsus nizom va mukofotlash haqidagi ichki me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan bo’lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash to’g’risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Bunda Nizomda mukofotlash shartlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Ushbu holatda mukofot summasi xodimning yillik ish haqidan va mukofotlash foizidan kelib chiqib aniqlanadi. Тegishincha, yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot summasi 280 000 so’mni (3 500 000 x 0,08) tashkil etadi.

Yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot summasi korxonaning xodimi uchun daromad hisoblanadi va umumbelgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya) - SKning 174-moddasida mehnatga haq to’lash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar) turlari to’liq keltirilgan, quyida ularning bir qanchasi keltirilgan:

- tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar;

- ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;

- xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

- oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymatini qoplash.

MISOL. Korxona o’z xodimiga 2012 yilning yanvar oyiga 629 200 so’m miqdorida ish haqi va oziq-ovqat uchun 125 840 so’m ajratadi.

Bu yerda daromad solig’ini hisoblashda soliq solish bazasiga oylik ish haqi va oziq-ovqat puli kiritiladi (2012 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-313-son Qonuni bilan SKning 174-moddasiga o’zgartirish kiritildi). Soliqqa tortiladigan jami daromad summasi 755 040 so’mni tashkil qiladi. EKIH miqdori 62 920 so’m. Yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi shkala bo’yicha:

(62 920 x 5) x 9% = 28 314 so’m

[(629 200 - 314 600) x 16%] = 50 336 so’m

[(755 040 - 629 200) x 22%] =27 684,8 so’m

Demak, yanvar oyi uchun jami byudjetga to’lanishi kerak bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi - 106 334,8 so’m.

Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash - SKning 175-moddasida ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash tarzidagi daromad turlari to’liq keltirilgan, ular, jumladan, quyidagilardir:

- yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to’lash, shuningdek ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to’lash;

- asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga beriladigan to’lovlar;

- qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;

- xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;

- mehnat layoqatini vaqtincha yo’qotgan xodimlarga qo’shimcha haq to’lash;

- yuridik shaxsning mablag’lari hisobidan to’lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo’shimchalar, stipendiyalar.
MISOL. Korxona xodimiga navbatdagi yillik ta’til 2011 yil 1 martdan 24 ish kuni (asosiy ta’til - 15 kun va qo’shimcha ta’til - 9 kun) muddati bilan berildi. 2011 yil mart oyida mehnat ta’tiliga chiqishdan oldingi 12 kalendar oy uchun ish haqi miqdor 2 260 ming so’m, shu jumladan tarif bo’yicha 2 150 ming so’m va tarifdan yuqorisi 1 100 ming so’mni tashkil qiladi.

Hisob-kitob kuniga tarif bo’yicha ish haqi - 190 000 so’m.

Тa’til vaqtiga haq summasi quyidagicha hisoblanadi:

Тa’til vaqtiga haq summasini aniqlash uchun asos qilib Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan o’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 1-bandiga muvofiq hisoblanadigan xodimning o’rtacha oylik ish haqi olinadi.

Ushbu holatda xodimning o’rtacha oylik ish haqi quyidagini tashkil etadi:

190 000 + 110 000 / 12 =199 166,7 so’m,

bu yerda:

190 000 - tarif stavkasi,

110 000 - tarif stavkasidan yuqori summalar,

12 - oylar.

Тa’til vaqtiga haq to’lash uchun summalarni olti kunlik ish haftasi bo’yicha hisoblaganda oyning o’rtacha davomiyligi 25,4 kun deb olinadi.

Хodimga hisoblangan ta’til vaqtiga haq summasi 188 189,01 (199 166,7 / 25,4 x 24) so’mni tashkil etadi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik