O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI F ARG ‘ ONADAVL AT UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
.JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA
METODOLOGIYASI
fani bo‘yicha -semestr
Magistratura mutaxassisligi (5A1 12001) - jismoniy tarbiya va sport nazariyasi
metodikasi fanidan
FARG’ONA - 202.-S
|
MUNDARIJA
|
Sah.
|
I.
|
0‘quv materiallar
|
4
|
II.
|
Amaliy mashg‘ulot materiallari
|
120
|
Ill
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
170
|
IV.
|
Glossariy
|
174
|
V.
|
Ilovalar
|
187
|
VI.
|
Fan dasturi
|
198
|
VII.
1
|
Ishchi dastur
|
228
|
1
VIII
|
Testlar
|
242
|
IX
|
Tarqatma materiallar
|
242
|
X
|
Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baxolash mezoni
|
256
|
jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari;
-maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o’rganish predmeti xisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, axolining xar qanday tabaqasini: bolalar, o’smirlar, yoshlar, o’rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni endigina boshlaganlami, malakali sportchilaming jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashqari jismoniy tarbiya usuliyatlari jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o’rganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy, maxsus kasb jismoniy tayyorgarligi», «Sport tayyorgarligi» usuliyati deb aniq yo’nalishdagi metodikalardan foydalanadi. Bunday usuliyatlami har birini ichida o’zlarining xususiy usuliyatlari mavjud. Usuliyatlarning turli- tumanligi shug’ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubligiga, ulaming yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi va hk.) ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari (sport o’yinlari, gimnastika va h.k. lami o’qitish) usuliyat usuliyati alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va o’quv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fani esa ulami yagona nazariy va usuliy asoslar bilan qurollantiradi, o’rganish predmetlari xarakteriga ko’ra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida o’z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar hisobiga to’ldiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi:
mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yo’llari va hozirgi payitdagi ahvoli haqidagi xukumat qarorlari, qonunlari;
jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmuninig ochishga urinish hamda shu g’oyalami amalga oshirish yo’llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;
-jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati sohasi bo’yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlaming jismoniy tarbiyaga oid to’plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
ijtimoiy turmush tarzi uning hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilarga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha to’plangan amaliy tajribalar;
-jamiyat a’zolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
-mavjud jamiyat ma’naviyatining bir bo’lagi hisoblangan jismoniy tarbiya tizimi ga jismoniy madaniyat kontseptsiyalari;
jismoniy tarbiya praktikasi - manba sifatida nazariy qoidalaming hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan original g’oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo’yicha ilmiy farazlar va bilimlar to’planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
To’rtinchi davr - 19 asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davming xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta’sir ko’rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressiv hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o’quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo’lligi, yangi qonuniyatlaming ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differentsiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metrologiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkul’turasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlaming ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlaming bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalaming sport mutaxassisligi muammosi - bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo’lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlaming dalillarsizio’la izohlab, isbotlabolishni isbotladi.
Jismoniy axbifge^si va ^*5“ * boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Har qanday fan faqatgina o’zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to’laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo’shilishi orqali maxsus pedagogik muammolami hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog’langan. Oldingi yagona, bo’laklarga bo’linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alohida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ulaming so’ngi rivojida bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlik namoyon bo’ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to’g’ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o’tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muhitini o’z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o’qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo’lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar hamma turlar uchun ta’sir ko’rsata oladiganlarigina alohida fan bo’lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo’lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlami ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining a’zolarini bichimini o’lchami bo’lib, shug’ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma’lumotlar tarzida ro’yxatga olinadi.
Jisman rivojlanishning yo’nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o’zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko’p jihatdan bog’liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o’z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish -jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muhimdir.
Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo’naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.
Jismoniy tarbiya — pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo ’Igan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’Igan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Mana shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o’ziga xosligi ta’kidlab o’tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo’lgan bu o’ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo’lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlami rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |