O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining



Download 25,85 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi25,85 Kb.
#490587
Bog'liq
34 19.12.2020




[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi;

2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.22.00 Hakamlik sudlari]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida
Sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan va sudlar tomonidan jinoyatlarning oldini olish choralariga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 296-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishda jinoyat sabablarini va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart bo‘lib, bu jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyat samaradorligini jiddiy tarzda oshirish vositasi hisoblanadi.
2. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash masalasini hal qilish chog‘ida, sudlar surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan protsessual qonun talablari, shu jumladan, jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga doir talablari bajarilgan-bajarilmaganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari zarur. Qonunning bu talabi bajarilmagan bo‘lsa, sud bunday holatlar aniqlanishini ta’minlovchi choralar ko‘rishi shart.
3. Qonunga ko‘ra, sud jinoyat sodir etilishiga imkon bergan holatlarga taalluqli faktik ma’lumotlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirib chiqishga majbur. Shu maqsadda, zarurat bo‘lganda, sud majlisiga qo‘shimcha guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni talab qilib olish lozim. Ishlab chiqarish texnologiyasi buzilganligi, mexanizmlar texnik holati va h.k. bilan bog‘liq holatlarni aniqlash uchun sud mutaxassislar yordamidan foydalanishga, zarurat tug‘ilganda, ekspertiza o‘tkazishga haqli. Agar sud muhokamasi davomida qonun buzilganligi yoki mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vazifalari vijdonan bajarilmaganligi, shuningdek fuqarolarning ishlab chiqarishda yoki turmushda noo‘rin xulqi-atvori, ular tomonidan ijtimoiy burch buzilganligi bilan bog‘liq holatlar aniqlansa, sud mazkur shaxslarni sud majlisida guvoh tariqasida so‘roq qilishga haqli.
4. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan faoliyat samaradorligi sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipiga izchil rioya qilinishiga bog‘liq.
Shuni inobatga olgan holda, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida va sud muhokamasi davomida, sudlar jinoyatning barcha ishtirokchilarini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari, ko‘rilayotgan ish materiallari bilan sodir etilgan jinoyatga aloqasi tasdiqlangan shaxslarga nisbatan asossiz ravishda jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki tugatish faktlariga nisbatan doim munosabat bildirishlari lozim.
5. Sudlar jinoyatlar profilaktikasiga oid faoliyatida sud protsessida jamoatchilik ishtiroki samaradorligini oshirishga qaratilgan choralar ko‘rishlari zarur.
Tushuntirilsinki, sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi ishtirok etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi masala jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasi iltimosnomasiga ko‘ra, sudyaning ajrimi bilan hal qilinadi. Bunda jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi vakolatli organ tomonidan yuborilganligi, uning vakolatlari tegishli tartibda tasdiqlanganligi, muayyan shaxsning sud muhokamasida ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar (ko‘rib chiqilayotgan ishda jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etishi, ish natijasidan shaxsan manfaatdorligi va h.k.) bor-yo‘qligi tekshirilishi kerak.
Shuni nazarda tutish lozimki, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi jamoat tashkiloti umumiy yig‘ilishi yoki uning saylanadigan organi tomonidan, korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasining yoki uning tashkiliy bo‘linmasi (birlashmaning ishlab chiqarish birligi, sex va h.k.) umumiy yig‘ilishi tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini korxona yoki muassasa ma’muriyati iltimosnomasiga ko‘ra, ishda ishtirok etishiga ruxsat berish qonunga asoslanmagan.
Bir jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasidan aynan bir sudlanuvchiga nisbatan jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishni sudda ko‘rish uchun tayinlangandan so‘ng ishda ishtirok etishga ruxsat etilgan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisiga, uning iltimosiga ko‘ra, ish materiallari bilan tanishish va zarur ma’lumotlarni yozib olish imkoniyati berilishi, sud majlisining tayyorlov qismida esa, protsessual huquqlari tushuntirilishi lozim.
6. Sudlarning e’tibori hukm, ajrim va qarorlar matni puxta tuzilishi zarurligiga qaratilsin, chunki ishonarli bo‘lmagan, asoslantirilmagan, shoshma-shosharlik bilan tuzilgan sud hujjatlari sudning obro‘sini, u qabul qilayotgan qarorlarning tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini pasaytiradi.
Sud majlisida raislik qiluvchi sud muhokamasi olib borilishi, shu jumladan, jinoyatni sodir etishga imkon bergan holatlar bayonnomada to‘liq va xolisona aks ettirilishi uchun shaxsan javobgardir.
7. Sudlar jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga doir qonun talabini bajarishda ish bo‘yicha aniqlangan va jinoyat sodir etilishiga olib kelgan muayyan holatlarni xususiy ajrimda ko‘rsatishlari lozim.
Xususiy ajrimda (qarorda) aniqlangan kamchilik va xatoliklar mohiyati bayon etiladi, shuningdek ular bilan sodir etilgan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ko‘rsatiladi va ularni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rish tavsiya etiladi.
Xususiy ajrimni (qarorni) sud majlisida e’lon qilish maqsadga muvofiqligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi, biroq, barcha hollarda ish bo‘yicha xususiy ajrim (qaror) chiqarilgani e’lon qilinadi va bu haqda yozuv sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
8. Xususiy ajrim (qaror) uning ustidan shikoyat qilish muddati o‘tganidan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya (xususiy) shikoyati yoki protesti berilgan holda, xususiy ajrim (qaror) ish yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rilgandan so‘ng, basharti u bekor qilinmasa, qonuniy kuchga kiradi.
9. Sudlar xususiy ajrimlar (qarorlar) o‘z vaqtida ijro etilishi, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar amalda bartaraf etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari lozim.
10. Sudlar fuqarolarning huquqbuzarliklar oldini olish yoki ularni to‘xtatishga, jinoyatchilarni ushlashga qaratilgan harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida, ularning ish, o‘qish yoki yashash joyiga xabarnomalar yuborish, shuningdek ommaviy axborot vositalaridan foydalanish amaliyotini joriy etishlari lozim.
11. Viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda ish bo‘yicha jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilinayotgan choralar samaradorligini to‘laroq tekshirish, shu jumladan, quyidagilar tavsiya etiladi:
sud muhokamalarida, tegishli tashkilot va jamoalar kuzatuviga topshirilgan sudlanganlar tuzatilishi va qayta tarbiyalanishida jamoatchilik ishtirokini nazarda tutuvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyotini muntazam umumlashtirib borish, mazkur materiallardan jinoyatlarni oldini olishga oid tadbirlarda o‘z vaqtida va to‘laqonli foydalanish;
ushbu masalada sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va ularni bartaraf etish hamda ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sudyalarga aniq yordam ko‘rsatish;
sud protsessining tarbiyaviy-profilaktik ta’siri, ish faqat moddiy va protsessual qonun normalariga qat’iy rioya qilgan holda hal etilgandagina samara berishi mumkinligini hisobga olib, sansalorlik, dastlabki va sud tergovi to‘liq emasligi va bir tomonlama olib borilganligi faktlariga qat’iyroq munosabat bildirish;
agar surishtiruv, tergov organi, prokuror yoki sudning o‘zi tomonidan aniqlangan jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rilmagan bo‘lsa, ushbu bo‘shliq to‘ldirilib, unga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirish.
12. Sudlar o‘ta og‘ir jinoyatlar, shu jumladan, terrorizm, qasddan odam o‘ldirish, korrupsiyaga oid, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga tajovuz qilish bilan bog‘liq, shu jumladan, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan holatlarga, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlariga alohida e’tibor berishlari kerak.
Sudlar jinoyat ishlarini ko‘rishda aniqlangan har bir sansalorlik, xo‘jasizlik faktiga, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot va ayrim mansabdor shaxs faoliyatida yo‘l qo‘yilgani boshqa huquqbuzarlikka nisbatan munosabat bildirishlari lozim.
13. Sudlar qonuniy kuchga kirgan hukmni, basharti sudning fikriga ko‘ra, bunday muhokama tarbiyaviy-profilaktik ahamiyatga ega bo‘lsa, sudlangan shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyiga yuborishi lozim.
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo belgilangan shaxsga nisbatan hukm nusxasini uning ish joyiga yuborar ekan, sud mehnat jamoasi e’tiborini sudlanganning xulqi ustidan nazorat qilish va u bilan tarbiyaviy ishlar olib borish majburiyatiga qaratishi lozim.
Zarur hollarda hukm ma’lumot uchun matbuot, radio, televideniye yoki uning tarbiyaviy ta’siri keng bo‘lishini ta’minlovchi boshqa usullarda jamoatchilik e’tiboriga yetkazilishi lozim.
14. Xususiy ajrimlar (qarorlar) sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yuqori turuvchi sudlar bunday ajrimlar (qarorlar) chiqarilishi amaliyotini hamda amalda bajarilishi natijalarini muntazam ravishda o‘rganishlari va umumlashtirib borishlari lozim.
15. Viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sabablarini va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash to‘g‘risidagi qonun talablari bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, xususiy ajrimlar (qarorlar) sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan choralar ko‘rishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-dekabr,
34-son

Download 25,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish