O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 163,03 Kb.
bet1/4
Sana24.07.2021
Hajmi163,03 Kb.
#127067
  1   2   3   4
Bog'liq
SQ-301-II 23.03.2012




O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV

Toshkent sh.,

2012-yil 23-mart,

SQ-301-II-son

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risida



HISOBOT

Kirish



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) 2011-yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.

Sud va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan sud-huquq tizimini isloh qilish va uni liberallashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish, “Xabeas korpus” institutining ta’sirchanligini ta’minlash jarayonlarida faol ishtirok etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari bilan ularning huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida, fuqarolarning Ombudsmanga murojaatlarini chuqur tahlil qilish yo‘li bilan fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan qonun ustuvorligi, qonuniylik, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya organlari, shuningdek mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq Ombudsmanga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish vazifasi parlament Ombudsmanini uning faoliyat amaliyotiga inson huquqlari monitoringini o‘tkazish, inson huquqlari madaniyati unsurlarini shakllantirish bo‘yicha axborot-ma’rifiy ishlarni olib borish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda o‘rganish, inson huquqlari sohasidagi milliy qonun hujjatlari normalari buzilishining oldini olish va bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik sohalarini kengaytirish kabi faoliyat shakllarini takomillashtirish yo‘li bilan Ombudsman faoliyatining samaradorligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga undadi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining “jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylangan” ochiq fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan qoidalarini amalga oshira borib, Ombudsman tomonidan davlat va hokimiyat institutlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘li bilan jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish va sud organlari bilan o‘zaro aloqasining yangi yo‘llarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Ombudsmanning 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tayyorlangan bo‘lib, unda Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, inson huquqlari monitoringi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, Ombudsmanning joylardagi vakillari faoliyati, Ombudsmanning davlat organlari va nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi, Ombudsmanning maslahat-kengash organlari ishidagi ishtiroki, axborot-ma’rifiy faoliyati va inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

I. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyat

Qonun xujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi qonun loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertiza qilishga bog‘liq bo‘lib, bunda huquqni himoya qilish ekspertizasi ayniqsa muhim sanaladi, zero u me’yoriy-huquqiy hujjat to‘laqonliligining tobora jiddiy mezoni – uning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilganligini hisobga olishga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasining inson huquq va erkinliklari sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish hamda uni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiqlashtirish maqsadida tahlil etish Ombudsmanning vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifa hamon juda dolzarb bo‘lib turibdi: Ombudsmanga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ayrim normativ hujjatlarning takomillashtirilmaganligi, huquqni qo‘llash amaliyotidagi nuqsonlar inson huquq va erkinliklarining buzilish sabablari ekanligidan dalolat beradi.

Monitoring tadqiqotlari, fuqarolar murojaatlarining tahlili shundan dalolat beradiki, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning takomillashtirilmaganligi; ayrim amaldagi qonun hujjatlarining faol rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlarga, fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelmasligi; yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi; qonunda bayon etilgan huquqiy normalarning yetarli darajada aniq va tushunarli emasligi oqibatida ularni ikkiyoqlama talqin qilinishi qonuniylikning buzilishiga olib keluvchi omillar bo‘lib xizmat qilmoqda. Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyati ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgandir.

Ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida Ombudsman parlament palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ombudsmanning davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi organi bilan o‘zaro hamkorligining muhim vositasi inson huquqlari masalalari bo‘yicha qonun ijodkorligi ishlarida ishtirok etish hisoblanadi.

2011-yilda, avvalgi yillardagi kabi, Ombudsman va parlamentning ushbu sohadagi hamkorligining asosiy yo‘nalishlari:

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yalpi majlislari va parlament eshituvlarida, palatalar Kengashlari va qo‘mitalarining yig‘ilishlarida ishtirok etish;

– parlament qo‘mitalari, hukumat va qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasi, qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflar tayyorlash;

– qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar ishida ishtirok etish;

– parlament qo‘mitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ishtirok etish;

– BMT shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish hamda milliy qonun hujjatlarini inson huquqlariga doir xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

– inson huquqlari bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishiga doir monitoringlar natijalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish;

– O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan hamkorlikdagi konferensiyalar, seminarlarni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

2011-yilda Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilgan qonun ijodkorligi jarayonida qonun loyihalarini navbatdagi eshituvga tayyorlash bosqichlarida faol ishtirok etdi.

Hisobot yilida Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, hukumat, vazirliklar va boshqa davlat organlari tomonidan taqdim etilgan 30 dan ortiq qonun loyihalari ularning inson huquqlarini ta’minlash va uni himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Xususan, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tugatishga doir ish yuritishning alohida tartiblari muddatlarini tezlashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (birinchi o‘qish), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (birinchi o‘qish), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Kasanachilik to‘g‘risida”gi, “Kasanachilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati to‘g‘risida”gi, “Sog‘liq va rivojlanishga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan bolalarni himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Inson huquqlari sohasidagi milliy harakat dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga temir yo‘l yuklari tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (birinchi o‘qish), “Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash sohasining takomillashtirilganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (yangi tahrir), “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari o‘rganib chiqildi.

Ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasi qonun loyihalari qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga, shuningdek amaldagi qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish va takroriy yoki bir-biriga zid qoidalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan.

2011-yilda Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senatining majlislarida, parlament eshituvlari, qo‘mitalarning, ishchi guruhlarning inson huquqlari va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini muhokama qilish ishlarida faol ishtirok etdi. Xususan, Ombudsman Kotibiyatining katta referenti D. Muratova tergov izolyatorlari va vaqtinchalik ushlab turish izolyatorlari faoliyatlarining qonunchilik asoslarini shakllantirishga, qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. 2011-yil 29-sentabrda mazkur Qonunning qabul qilinishi Ombudsmanning ushlangan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirishda muhim davr bo‘ldi. Qonunda Ombudsman nomiga yo‘llangan ariza, taklif va shikoyatlarni senzuraga taalluqli emasligini va topshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda adresatga muhrlangan holda jo‘natilishi yoki topshirilishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo‘yildi. Alohida bir modda Ombudsmanning qamoqda saqlash joylariga borish tartibiga bag‘ishlandi. Qonun qamoqda saqlash joylari ma’muriyatiga Ombudsmanning ushlab turilgan va qamoqda olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashuvi hamda suhbati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari hamda sud-huquq tizimining yanada liberallashtirilganidan dalolat, shuningdek, qamoqda saqlanayotgan, xalqaro standartlarga muvofiq dastlabki qamoq joylarida nafaqat munosib sharoitlar, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan o‘z huquqlarini himoya qilish va talab etish imkoniyatlari ta’minlanishi zarur bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash muhim yutuq bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Ombudsman va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy aktlarini 2009-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2011-yil 29-sentabrdagi “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyati ular o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tuzilgan guruh tomonidan faol amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini bajarishda Ombudsman Inson huquqlari sohasidagi milliy harakat dasturini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasini rivojlantira borib, Milliy dastur loyihasi turli yo‘nalishlar, ularni amalga oshirish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish mexanizmlari va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha kompleks tadbirlarni belgilaydi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirish, qonunchilik bazasini takomillashtirish, aholining turli guruhlari huquqlarini yanada samarali ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni ko‘zda tutadi.

Inson huquqlari sohasidagi milliy harakat dasturining qabul qilinishi inson huquqlarini ta’minlash jarayonining yangi sifat bosqichiga o‘tishi, davlat va fuqarolik jamiyatlari o‘rtasida sheriklik aloqalarining mustahkamlanishi, inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimining xalqaro-huquqiy tizimlar bilan muvofiqlashtirishni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Hisobot davrida Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish vaqtida majlislarda ishtirok etish yo‘li bilan davom ettirildi. Yuzaga kelgan amaliyotga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalari Ombudsmanga taklif va mulohazalar uchun taqdim etiladi.

Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Meros huquqi sohasida sudlar tomonidan qonun hujjatlarining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi, “Otalikni aniqlash ishini ko‘rib chiqishda sudlar tomonidan qonun hujjatlarining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzish ishlari yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaror loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

2011-yilda Ombudsmanning sa’y-harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari bilan inson huquqlariga rioya qilish va himoyalash sohasida parlamentning nazorat faoliyati sohasida o‘zaro aloqalarni inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishiga oid monitoringda, konferensiyalar, seminarlar ishida va boshqa tadbirlar, shuningdek, mamlakatda inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha ahvol haqida ma’lumot almashishda ishtirok etish yo‘li bilan mustahkamlashga yo‘naltirildi.

2008-yildan boshlab, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari amnistiya aktining qo‘llanishi tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabrdagi 253–II-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq amnistiya aktini qo‘llashda oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Shu maqsadda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tarkibida ishchi guruhlar tashkil etildi. Ishchi guruhlarning a’zolari sudlarda amnistiya aktini qo‘llash bo‘yicha materiallarni o‘rganish va ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, jinoiy jazoni ijro etish muassasalarida bo‘ladi, mahkumlar bilan suhbatlar va ozod etilgan shaxslar bilan ish olib borishning holatiga doir monitoringlar o‘tkazadi. Mazkur ish davomida ushbu sohadagi jamoatchilik nazorati institutini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

So‘nggi 3 yil mobaynida Ombudsman 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan PQ–911-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etib keladi. Shu maqsadda Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi va uning hududiy tuzilmalari ishida ishtirok etadi.

Shunday qilib, inson huquqlari sohasidagi qonunlarning amaliy samaradorligi va qonun hujjatlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni aniqlash Ombudsmanga parlament taomillaridan foydalanish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlaydigan qonun hujjatlarini takomillashtirishda ko‘maklashishga imkon beradi.

II. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish

Monitoring tadqiqotlarining o‘tkazilishi Ombudsman instituti faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va uni himoya qilish holatini aniqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni qo‘llash faoliyatida inson huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida va Ombudsmanning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq hisobot yilida Toshkent shahri misolida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali munosib hayot kechirish huquqini ta’minlash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

Tahlillar ko‘rsatdiki, Ombudsman nomiga kelib tushgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi shikoyatlar soni bir muncha kamayganligiga qaramay, fuqarolarning ushbu toifada huquqlari buzilish holatlari hali ham o‘rin tutadi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bilan bog‘liq qonun hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari, Ombusdman Kotibiyati xodimlari, Ombudsmanning Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakilining Ekspert guruhi a’zolari, Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi va Toshkent shahar Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan olib borildi.

Monitoring bilan saylanma 31 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati qamrab olindi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay huquqiy sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha Toshkent shahrining uchta tumani mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati o‘rganildi.

Ombudsman topshirig‘iga ko‘ra o‘tkazilgan monitoring doirasida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi tomonidan “Toshkentdagi ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlar bahosida” nomli ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqot yakunlari tadbirkorlarning Toshkent shahridagi ishbilarmonlik muhitiga, poytaxtda tadbirkorlar faoliyati uchun yaratilgan va amal qilayotgan sharoitlarga tadbirkorlar tomonidan berilgan bahoni aniqlashga imkon berdi.

O‘tkazilgan “Toshkentdagi ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlar bahosida” nomli ijtimoiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, tadbirkorlarning anchagina qismi, qariyb 25 foizi o‘zlarining kichik biznes sohasidagi faoliyatlarini amalga oshirish sharoitlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmagan.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali munosib hayot kechirish huquqini ta’minlash bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti Toshkent shahri misolida o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:

– yer uchastkalarini ajratish borasida tadbirkorlik tizimlarini qo‘llab-quvvatlashga jalb etilgan davlat boshqaruv organlarining ayrim xodimlarining ishga yuzaki munosabati;

– tadbirkorlik faoliyatining belgilangan turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olishning murakkabligi;

– ayrim xomashyo turlari, material-texnik resurslardan foydalanishga imkoniyat yetarli emasligi;

– kichik sanoat ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq muammolar;

– xo‘jalik faoliyatini yuritish sohasida huquqiy bilim olishda tadbirkorlik subyektlarining faol emasligi;

– tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish masalalaridan yetarlicha xabardor emasligi;

– tadbirkorlik subyektlarining malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor emasligi;

– ayrim kichik korxonalar rahbarlari tomonidan mehnat qonunchiligiga oid alohida normalarning qo‘llanishi bilan bog‘liq muammolar.

Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish natijalari, shuningdek ijtimoiy so‘rov xulosalari shuni ko‘rsatdiki, ayrim mansabdor shaxslar tomonidan hanuzgacha biznes-tuzilmalar xo‘jalik faoliyatining yuritilishi va rivojlanishiga ko‘maklashmaydigan holatlarga yo‘l qo‘yish holatlari uchrab turibdi, bu esa ularning ish faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, o‘tkazilgan monitoring tadqiqotlari jarayonida, tadbirkorlar orasida huquqiy-tushuntirish ishlarining yetarlicha olib borilmasligi ularning ba’zilari o‘z huquqlarini bilmasligi, milliy qonun hujjatlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va kafolatlardan bexabar ekanliklariga olib kelayotgani aniqlandi.

Monitoring mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotning mazkur sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan aniqlangan kamchilik va qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan aniq takliflar bildirildi.

O‘tkazilgan monitoring yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy hisobotda tadbirkorlarning huquqlariga rioya etish borasida amaldagi qonun hujjatlarining bajarilishi jarayoni haqida ma’lumot taqdim etildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolar aniqlandi, shuningdek, iqtisodiyotning mazkur sohasidagi vaziyatni yanada yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Monitoring yakunlari 2011-yil 27-dekabrda o‘tkazilgan Toshkent shahar hokimiyati, Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya, Toshkent shahar Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi va Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmasining qo‘shma majlisida taqdim etildi.

To‘plangan tajriba, monitoring materiallari Toshkent shahri va respublika viloyatlarida oila biznesini rivojlantirish uchun huquqiy kafolat va sharoitlarni ta’minlash monitoringini o‘tkazish uchun asos bo‘lib, bu monitoring Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNT, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston viloyat Kasaba uyushmalari Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining quyi tuzilmalari vakillarining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.

Biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli – oila biznesining yanada chuqurroq tahlili mazkur sohada jadal rivojlanish va islohotlar tezlashishining zamonaviy talablariga javob beradigan amaldagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

III. Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish borasidagi faoliyati

Fuqarolarning inson hamda fuqaro huquq va erkinliklarining buzilishi to‘g‘risidagi shikoyatlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish Ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishi sanaladi.

Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etildi. Bu ish asosan fuqarolarning Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali, Ombudsman va Kotibiyat xodimlarining shaxsiy qabulida, mamlakat mintaqalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringlar davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish asosida olib borilmoqda.

Hisobot yilida Ombudsmanga 11238 ta fuqarolar murojaati kelib tushdi, shundan 7134 tasi Ombudsmanning markaziy idorasiga, 749 tasi mintaqaviy vakillarga kelib tushgan shikoyat va arizalardir.


Download 163,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish